203
Bunday o‘yinda bola o‘zini o‘sha asardagi qahramon o‘rnida his
etib, uning sezgi, kechinmalari dunyosiga chuqurroq kirib boradi.
Badiiy asarlarni qahramonlar tilida so‘zlab berish boladagi xayolni
rivojlantirishga yordam beradi va asar qahramonida mavjud bo‘lgan
ijodiy sifatlarni egallashga intiladi. Sahnalashtirilgan o‘yinda
badiiy
asarning g‘oyaviy mazmuni bolalar tomonidan chuqurroq anglab
olinadi.
Ertak yoki hikoyadagi mazmun bolalarga yaqin, ularning yoshi va
qiziqishiga mos, tushunarli bo‘lib, bola unga kirishib ketgan
taqdirdagina asardagi obraz va harakatlar to‘g‘ri aks ettiriladi.
Shuning uchun u yoki bu badiiy asar bo‘yicha sahnalashtirilgan o‘yin
o‘tkazishdan oldin tarbiyachi asarning mazmunini aks ettirishga
yordam beradigan tayyorgarlik ishini o‘tkazishi kerak.
Bu ish oldindan bir qator mashg‘u1ot va oryinlar o‘tkazish
orqali amalga oshiriladi. Sahnalashtirilgan o‘yinga tayyorlanish uchun
ma’1um bir vaqt ajratiladi va har bir mashg‘ulotda aniq masalalar hal
etib boriladi. Masalan, tarbiyachi hazil she’r o‘qiyotib jonli nutqqa
yaqinlashadi, bolalarga so‘zlarni, tovuslılarni
qanday talaffuz etish
kerakligini tushuntiradi. Qaytarishda esa tarbiyachi bolalardan
so‘zlarni aniq, balandroq yoki past, sekinroq yoki tez talaffuz etishni
talab etadi. Bu mashqlarda matnni eslab qolish uchun o‘tkaziladigan
har bir mashg‘ulotda 5-6 daqiqadan vaqt ajratiladi. Bolalar
“Sholg’om”, “Bo‘g‘irsoq”, “Tulki, xo‘roz va quyon” kabi ertakni
sahnalashtirishni juda sevadilar.
Ertak va hikoyalarni bolalar ko‘pincha o‘zlarining ijodiy
rolli o‘yinlarida sahnalashtiradilar, bu o‘yinlarda tulki, sichqon,
xo‘roz, quyon kabi personajlarni o‘yinlarda aks ettiradilar. Yozuv-
chilarning badiiy asarlarini ham bolalar sevib sahnalashtiradilar.
Bolalar
bilan suhbatlasha turib, tarbiyachi hikoya yoki ertak
qahramonlarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga harakat qiladi.
Har xi1 she’r, ertak qahramonlarining o‘ziga xos xususiyatlari
manashunday o‘rganiladi. Sahnalashtirish ishini quyidagi bosqichlar
bo‘yicha o‘tkazish mumkin:
1-bosqich. Adabiyotlarni tanlash. Sahnalashtirish uchun adabiyot
tanlaganda quyidagi talabga rioya qilish kerak:
Ertak, hikoya yoki she’rda qatnashuvchilar ko‘p bo‘1ishi
kerak.Asarda mazmun yaxshi bo‘lib
qolmasdan, harakatlarning xili
ham ko‘p bo‘1ishi kerak. Asar ifodali o‘qislıga ınos kelishi shart.
204
Mazmuni qiziqarli bo‘lishi kerak. Asar bolalarning yoshiga mos
kelishi kerak.
2-bosqich. Sahnalashtirish uchun tanlangan hikoya, she’r yoki
ertakning mazmunini o‘qib berish yoki qo‘g‘irchoq, soya teatrida
ko‘rsatish orqali tanishtiriladi.
3-bosqich. Eslab qolish. Asarni bolalar eslab qolishlari uchun uni
qayta o‘qib berish, postanovka ko‘rsatish,
rasmlar namoyish etish,
didaktik o‘yinlardan foydalaniladi.
4-bosqich. O‘yin qiziqarli o‘tishi va uzoq davom etishi uchun
o‘yinga kerakli materiallar, kiyimlar tayyorlab berish va shu bilan
birga to‘g‘ri rahbarlik qilish kerak. Bu ishni tarbiyachi bajaradi, katta
guruhda esa tarbiyachi yordamida u bilan birgalikda bolalar
bajarishadi. Tarbiyachi bir qancha ertakka doir rasmlar ko‘rsatadi.
Guruhda shu yoshli bolalarga xos bo‘lgan
ertaklar, hikoyalar
ularga tanish bo‘lib qolgandan keyingina sahnalashtirish boshlanadi.
“Sholg‘om”, “Bo‘g‘irsoq” kabi ertaklar sahnalashtiriladi. Tayyorlov
guruhida bu ish davom ettiriladi. Sahnalashtirish uchun ertaklargina
olinmasdan, badiiy asarlar, xususan, she’rlar ham olinadi.
Sahna-
lashtirish o‘yinlariga guruhlariga qarab har xil rahbarlik qilinadi.
Masalan, tarbiyachi o‘rta guruh uchun asosan harakatni aks ettiruvchi
asarlar tanlaydi, katta guruh bolalari uchun esa asar qahramonlarining
ancha murakkab munosabatlari, ularning kechinmalari, qayg‘ulari aks
ettirilgan asarlar tanlanadi.
Tarbiyachi bajarilgan ishning hisobini olib boradi. Bolalarga
qaysi asar yoqqanini, ular ko‘proq qaysi asarni sahnalashtirishni
yoqtirishlarini, qaysi bola topshirilgan rolni yaxshi ijro eta olganini,
rollarni ijro etishda bolalarda qanday qiyinchiliklar vujudga kelganini
yozib boradi. Mana shu asosda bo‘lg‘usi sahnalashtiriladigan o‘yinlar
jonlantiriladi.
Dostları ilə paylaş: