Didaktik o‘yin turlari:
216
Narsa va o‘yinchoqlar bilan o‘ynaydigan o‘yinlar
Stol ustida qo‘yib o‘ynaydigan o‘yinlar
Og‘zaki o‘yinlar
Didaktik o‘yinda bolalar har doim o‘zlarini o‘ynayotgandek his
etishlari kerak.
Narsalar bilan o‘tkaziladigan didaktik o‘yinlardan tarbiyachi
bolalarni narsalar, ularning xususiyatlari va bir-biridan farq qiladigan
xususiyatlari bilan, ularni ishlatish usullari bilan tanishtirish vositasi
sifatida foydalanadi.
Bolalarning narsalar, ularning sifati to‘g‘risidagi bilimlarni
mustahkamlash uchun har xil o‘yinchoq1ar, suratlar, uy-ro‘zg‘or
buyumlaridan foydalaniladi. O‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar.
“Xaltachada nima bor?” o‘yinning maqsadi, o‘yinchoq1arning
nomlari bilan tanishtirish va bu o‘yinchoqlar to‘g‘risida bilimlarni
mustahkamlash, tovushlar talaffuzini mashq qildirishdir. “Bu nima?”
o‘yinida bolalar qo‘g‘irchoqqa har xil narsalar va ularning ishlatilishi
to‘g‘risida gapirib beradilar. Bunday o‘yin guruhda, bog‘cha
maydonchasida, uxlash xonasida o‘tkazilishi mumkin.
Didaktik o‘yinlarda tarbiyachi bolalarni faqat narsalarning nomi
va ular nimaga kerakligi bilan tanishtiribgina qolmay, balki shu
narsalarning shakli, rangi, katta-kichikligi, fazoda tutgan o‘rni haqida
ham tanishtiradi. Har bir buyum va o‘yinchoq o‘zining aniq tashqi
ko‘rinishiga ega bo‘lishi kerak, o‘yinda esa qo‘yi1gan maqsad
narsaning asosiy belgisini ajrata bilishga imkon tug‘dirishi lozim.
Bunday talabga xalq o‘yinlari o‘z shaklining aniqligi, rangining
tiniqligi bilan ko‘proq javob bera oladi. Bolalarni o‘y1ashga, aqliy
vazifalarni bajarishga undaydigan o‘yin1ar ham katta ahamiyatga ega.
Bolalarning rang haqidagi tushunchalarini mustahkamlash va
aniqlash uchun quyidagi o‘yinlar o‘tkaziladi: sharlarni rangiga qarab
to‘plash, “Dumaloqni dumalatish", xalqachalarni ipga o‘tkazish, “Shu
rangdagi dumaloqni dumalatish”, “Kimda mana bu rangdagi xalqacha
bor”, “Kim mana bu rangdagi haltachani topa oladi” va h.k.
Shakl, rang predmetlarning asosiy belgisidir. Shakl to‘g‘risida
tushunchalarni “Xaltachada nima bor”, “Nima o‘zgardi?“,
“O‘yinchoqlar do‘koni”, “Qo‘g‘irchoqni kiyintiramiz”, “Bu nima?” va
boshqa o‘yin1ar orqali aniqlash va mustahkamlash mumkin.
Qo‘g‘irchoq bolalarning eng sevimli o‘yinchoqlaridan biri. Har
bir bolalar bog‘chasida didaktik jihozlangan o‘yinchoq bo‘lishi kerak.
217
Qo‘g‘irchoq jihozlariga kiyim, ichki kiyim, poyabzal, idish-tovoq,
mebel o‘yinchoq1ar kiradi. Qo‘g‘irchoq bilan quyidagi o‘yinlarni
o‘tkazish mumkin: “Qo‘g‘irchoqni kiyintiramiz”, “Qo‘g‘irchoqni
sayrga
otlantiramiz”,
“Qo‘g‘irchoqni
mehmon
qilamiz”,
“Qo‘g‘irchoqlar bayrami”, “Qo‘g‘irchoqning tug‘ilgan kııni”,
“Qo‘g‘irchoqni uxlatamiz”. O‘yinlar topishmoqlar bilan qo‘shib
Olib borilganda qiziqarli o‘tadi. Masalan, “Qo‘g‘irchoqni uxla-
tamiz” o‘yinida qo‘g‘irchoqqa karovat tayyorlayotganda tar-biyachi
“Uzun, yumshoq, yo‘l-yo‘l..…” (matras), “Oq, toza, to‘rt bur-chak...”
(yostiq), “Paxtali issiq…” yoki “junli issiq”(adyol) va boshqa
topishmoqlarni aytishi mumkin. Qo‘g‘irchoqning karovati tayyor
bo‘lgandan keyin qo‘g‘irchoqni yotqizib, alla aytadi.
Mebellarning nimaga ishlatilishi, o‘yinchoqlarning nomini
mustahkamlash
uchun
“Qo‘g‘irchoqqa
xona
yasatamiz”,
“Qo‘g‘irchoqqa o‘yinchoq sovg‘a qilamiz” kabi o‘yinlarni o‘tkazish
mumkin. Tarbiyachi bolalarni narsalar, ularning nomlari, belgi
sifatlari, nimaga ishlatilishi bilan tanishtiribgina qolmay, muayyan
predmetlar orqali ularni oddiy turlarga ajratishni o‘rgatib boradi; ayiq,
qo‘g‘irchoq, quyon-o‘yinchoqlar; kastryulka, tarelka, choynak-idish-
tovoq. o‘yinlarni narsa va buyumlarnîng tasvirli rasmlari orqali ham
o‘tkazish mumkin. Bularga r’Bu narsa o‘zi to‘g‘risida nima deydi?”,
“Kim birinchi bo‘lib aytib beradi?” (bolalar diqqatini rivojlantirishga
qaratilgan qo‘g‘irchoq, narsava ularning shakli, rangi to‘g‘risida),
“Kim bo‘ladi?”, “Qaysinisi bir xil qaysinisi har xi1?” kabi o‘yin1arni
ko‘rsatsa bo‘1adi.
Bolalarning tabiat to‘g‘risidagi bilimlarini mustahkamlash uchun
“Hidiga qarab top”, “Mazasiga qarab top”, “Ushlab ko‘rib top”, “Kim
nimani eshityapti” kabi o‘yinlarni o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
Kichik yoshdagi bolalar bilan so‘zli o‘yin1ar o‘tkazilmaydi.
Katta va tayyorlov guruhlarida didaktik o‘yinlar o‘zining mazmun
va g‘oyasi jihatidan ancha murakkabdir. Btı yoshdagi bolalar bilan
buyum va rasmlar bilangina didaktik o‘yinlar o‘tkaza qolmay, so‘zli
didaktik o‘yinlar ham o‘tkaziladi. Buyumlar va rasmlar bilan
o‘tkaziladigan didaktik o‘yinlarda bolalarning narsalar sifati,
xususiyati, nimadan yasalgani, qayerda qilingani, nima uchun
kerakligi va hokazolar to‘g‘risidagi bilimi aniqlanadi hamda
mustahkamlanadi. Bunday o‘yin1arga quyidagilarni misol qilib
218
keltirish mumkin: “Nima nimadan yasalgan?”, “Guruh xonasiga
sayohat”, “Ovoziga qarab top” va boshqalar.
Umumlashtirishga o‘rgatish bo‘yicha turlarga ajratishni
o‘rgatuvchi o‘yinlar katta o‘rin egallaydi. “Qaysi fabrikada nima
ishlar bajariladi?”, “Fabrikada nima ish qilinadi, dalada nima
yetishtiriladi?”, “Kimga nima kerak?”, “Kim nima bilan ishlaydi?”,
“Qayerda o‘sadi?”, “Sayohat” (shahar bo‘ylab, dalaga maktabga va
hokazo), “Pochta” va boshqalar.
Bolalarda dastlabki matematik tasavvurlarni rivojlantiruvchi
didaktik o‘yin1ar ham o‘tkaziladi. Masalan, “Kim sanashni biladi?”,
“Yuramiz, yuramiz–to‘xtaymiz”, “Bizning kun”, “Yil fasllari” va
boshqalar.
Bolalar nutqini rivojlantirish uchun quyidagi o‘yin1arni o‘tkazish
mumkin: “So‘z qo‘sh”, “Orkestr”, “Mana bu tovushga so‘z top”,
“So‘zlardan hikoya tuz” va h.k.
Yuqorida sanab o‘ti1ganlar jamoa o‘yin1aridir. Bular asosida
yana bir qancha o‘yin1ar topish mumkin.
Didaktik o‘yinlarga rahbarlik. Boshqa o‘yin1ar singari, didaktik
o‘yinlarga ham tarbiyachi rahbarlik qilishi lozim. Birinchi navbatda
didaktik o‘yinni va unga kerakli materialni tanlash kerak. Hamma
guruhlar didaktik jihozlarga, bo‘yi 40- 50 sm keladigan qo‘g‘irchoqqa
ega bo‘lishi lozim. Uning jihoziga quyidagilar kiradi:
ichki kiyim, ko‘ylak, ishton, rezinka, uzun paypoq;
pahmoq, satin, shoyi ko‘ylak, fartuk, so‘lakcha;
qishlik palto, kuzlik palto;
bosh kiyimlar: shapkacha, panasma, qalqopcha, shlyapacha;
poyabzal: tufli sandal, yumshoq shippalı;
yotadigan va oshxonada ishlatiladigan narsalar – ko‘rpa- yostiq,
matras, adyol, choyshab, ko‘rpa jildi, yostiq jildi, sochiq,
dasturxon, salfetka.
Bu hamma narsalar orziga mos rangda (qizil, pushti, to‘q qizil va
h.k.) har xil sifatli gazmoldan tikilgan va nomi har xil bo‘lishi kerak.
Qo‘grirchoqdan tashqari har xil hayvonlar, qushlar, idish-
tovoqlar; va transportni aks ettiruvchi oryinchoqlar ham
bo‘lishi kerak.
MTMda tevarak-atrof bilan tanishtirish dasturiga muvofiq bir
qancha rasmlar turkumi bo‘lishi kerak:
219
A)
kishilarning polizdagi, uy sharoitidagi mehnatini aks ettiruvchi,
ularning mehnatini yengillatuvchi mashinalar rasmlari;
B) kishilarning turar joylarini aks etiruvchi rasmlar;
V) kishilarni suvda, quruqlikda, havoda olib yuruvchi vositalarning
rasmlari;
G) uy jihozlari: idish-tovoq, mebel, madaniyat buyumlari, bezakli
buyumlar, o‘yinchoqlar;
D) dasturxon, choyshab, sochiq, yostiq jildi, qishki, yozgi, bahorgi,
kuzgi ko‘ylaklar, bosh kiyim, yil fasllariga qarab kiyiladigan oyoq
kiyimlar;
YE) iste’mol mollari: sabzavotlar, mevalar, uy mahsulotlari, shirin-
liklar;
J) uy va yovvoyi hayvonlar; qushlar;
Z) daraxtlar, butalar, gullar va boshqa o‘simliklar;
Bu rasmlar asta-sekin to‘planib boriladi. Ular yirik (15- 20sm) va
karton qog‘oz1arga yopishtirilgan bo‘1ishi kerak.
Didaktik o‘yinlarda tabiat materiallari va oddiy narsalar ham
ishlatiladi.
Didaktik o‘yinlarga maxsus o‘rin ajratilishi va bolalar kun
tartibidan ma’1um joy olishi kerak. Didaktik o‘yin1arni mashg‘u1ot
bilan bog‘1ab olib borishni yaxshilab o‘y1ab amalga oshirish lozim.
Bu o‘yinlar mashg‘ulot va o‘yin soatlarida o‘tkaziladi. Ularni butun
guruh bolalari bilan ham o‘tkazish mumkin. O‘yinning mazmuni va
undan kelib chiqadigan natija oldindan yaxshilab, aniq o‘ylab olinadi.
O‘yinning g‘oyasi o‘yin harakatlari, qoidasi va o‘yinning borishi
shunga bog‘liqdir. Masalan, “Kim qanday qichqiradi?” o‘yinida har
xil vazifa qo‘yilishi mumkin:
– bolalarning hayvonlar tovushini bilish-bilmasliklarini aniqlab olish;
– hayvonlar haqida tushuncha berish;
– bolalar hayvonlarni tovushidan tanib oladimi-yo‘qligini bilish.
Bu o‘yindan bolalarga tovushlarni talaffuz qilishni mashq
qildirish maqsadida ham foydalanish mumkin.
Didaktik o‘yinlarda majburiy qoidalar juda ko‘p uchraydi: navbat
bilan harakat qilish, faqat so‘raganda javob berish, o‘rtog‘iga
quloq solish, o‘ynaganda boshqalarga xalaqit bermaslik, qoidani
bajarish, o‘z aybiga iqror bo‘1ish va hokazo. Didaktik o‘yinlarda
bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi. Bir xil bolalarga
qiyin topishmoq aytilsa, boshqasiga yengilrog‘i, osonrog‘i aytiladi;
220
yomon gapiradigan bolalar ko‘proq gapirishga jalb qilinadi. Buning
uchun o‘yinni o‘tkazishdan avval hamma bolalarni yaxshilab eslab,
o‘yinning imkoniyatlari, harakatlariga qarab topishmoq beriladi, ba’zi
bir faolroq bolalarga boshqalarni qiziqishini bo‘g‘maydigan rol
biriktiriladi.
Didaktik o‘yinga
rahbarlik qilishda o‘yinning maqsad va
mazmunini belgilash, o‘yin g‘oyasini o‘ylab topish, o‘yin qoidasi va
asosiy harakatlarni tushuntirish, bolalar o‘rtasidagi munosabatni
yaxshilash, tarbiyaviy ta’sir orqali o‘yinning borishga rahbarlik qilib
borish va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Didaktik o‘yinni bolalarning
bergan savollari, takliflari va tashabbuslariga qarab, o‘yin jarayonida
kutilmaganda kengaytirish, uning mazmunini boyitish mumkin.
O‘yinni belgilangan vaqtda boshlash va tugatish katta mahoratdir.
Tarbiyachi o‘yin vaqtini o‘zining tushuntirislıini kamaytirish hisobiga
siqishtiradi.
O‘yinni tarbiyachi bolalarda o‘yinga qiziqish uyg‘otgan holda
tugatishi kerak, ya’ni bolalar shu o‘yinni yana davom ettirishni xohlab
qolsinlar. Tarbiyachi shunday deydi: “Kelgusiga bundan ham
yaxshiroq o‘ynaymiz”, yoki “Yangi o‘yin bundan ham qiziqroq
bo‘ladi”. Tarbiyachi o‘yinning yangi variantlarini ishlab chiqadi.
Didaktik o‘yinlar guruh xonasida, zalda, maydonchada,
o‘rmonda, dalada va boshqa joylarda o‘tkazilishi mumkin. Bu
o‘yinning ta’sirchan1igini, taassurotlarning har xilligini, bolalarning
faolligini oshiradi. Shunday qilib, didaktik o‘yin maktabgacha
yoshdagi bolalarga ta’lim berish vositasi bo‘lib, ııni muvaffaqiyatli
amalga oshirishga yordam beradi.
Bola tarbiyasida o‘yinchoqning ahamiyati
Ko‘pchilik
bolalar
o‘yinlari
xilma-xil
o‘yinchoqlardan
foydalanish bilan bog‘1iq. O‘yinchoq bola hayotining yo‘ldoshi,
uning quvonchi manbayidir. U nafaqat o‘yin quroli, balki bola- lar
o‘yinida sherik, o‘rtoq, kattalar qo‘1ida esa tarbiyaning mu- him
qurollaridan biridir. O‘yinchoq o‘yin yaratishda ishtirok etadi,
bolaning o‘ziga xos sherigi sifatida namoyon bo‘ladi, uning shaxsiga
katta ta’sir o‘tkazadi. U bolaga shunchalik yaqinki, bola o‘z
o‘yinchoqlarini sevadi, ularga bog‘lanib qoladi, shu tufayli u o‘zini
atrofdagi hayotning to‘laqonli a’zosi deb hisoblaydi.
To‘g‘ri tanlangan o‘yinchoqlar bolaning aqliy rivojlanishiga
yordam beradi. Xalq pedagogikasida o‘yinchoqlarning butun bir
221
sistemasi ishlab chiqilgan. Ular bilan amalga oshiriladigan o‘yin1ar
bolaning
sensor
qobiliyatlarini
rivojlantirishga
qaratilgan.
“Yoshlarning ma’naviy olamini bolalikdan boshlab ezgu g‘oya1ar
asosida shakllantirish va kamol toptirish haqida gap borganda, muhim
bir masala haqida to‘xtalib o‘tish o‘rînli deb o‘y1ayman. U ham
bo‘lsa, dunyoga hayrat ko‘zi bilan boqib, undan o‘zgacha ma’no
topishga intilayotgan murg‘ak farzandlarimizning qiziqishi va
hissiyotlariga mos qo‘g‘irchoq va o‘yinchoqlarni ishlab chiqarish
masalasidir.
Bir qaraganda bu muammo arzimas narsa bo‘lib tuyulishi
mumkin. Lekin har qaysi go‘dak ilk bor olamni o‘z atrofidagi
o‘yinchoqlar orqali anglashini inobatga oladigan bo‘lsak, ularning
inson tarbiyasidagi o‘rni beqiyos ekanligi ayon bo‘ladi. Farzand-
larimiz milliy, hunarmandchiligimiz asosida yaratilgan o‘yinchoq-
larni o‘ynashsa, ularning tarbiyasiga ijobiy ta’sir etgan bo‘lar edik”,
– degan fikrni mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I.A Karimov
“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ta’kidlaydi (156 bet).
Darhaqiqat, go‘dakning ulg‘ayib kelajakda qanday yo‘1dan borishi
o‘zining hayot tarzini qanday axloqiy-ma’naviy asoslarga qurishi ham
uning bolalikda qanday o‘yinchoqlar o‘ynagani bilan belgilanadi. Har
bir xalqning o‘yinchog‘i o‘zining pedagogik badiiy va amaliy
an'anasiga egadir. O‘yinchoq hamma millat xalqlariga hurmat hissini
tarbiyalashi lozim.
Dostları ilə paylaş: |