192
o‘yinlar. Bolalarga ta’lim-tarbiya berish maqsadida kattalarning
o‘yinni
tanlay bilishi, unga to‘g‘ri rahbarlik qilish “MTM ta’lim va
tarbiya dasturi“da belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga
oshirishni ta’minlaydi.
O‘yin bolalarni rivojlantirish va tarbiyalash vositasidir.
Psixologlar o‘yinni maktabgacha yosh davrida yetakchi faoliyat deb
hisoblaydilar. O‘yin tufayli bolaning yuqori rivojlanish bosqichiga
o‘tishini ta’minlovchi sifatlar shakllanadi, ruhiyatida sezilarli
o‘zgarishlar yuz beradi. O‘yinda bola
shaxsining hamma tomoni bir-
biriga o‘zaro ta’sir etgan holda shakllanadi. O‘ynayotgan bolani
kuzatayotib
uning
qiziqishlarini,
tevarak-atrof
to‘g‘risidagi
tasavvurini, kattalarga va o‘rtoqlariga bo‘lgan munosabatini bilib olish
mumkin.
Shaxsdagi biror sifatni tarbiyalash uchun uning boshqa tomon-
larini ham rivojlantirish kerak. Masalan, bolaning o‘yiniga qiziqishini,
tashkilotchilik qobiliyatini rivojlantirish uchun mazmun jihatidan boy
o‘yin1ar yaratilishi kerak. Bolalarning ijodiy o‘yinlarini rivojlantirish
uchun esa o‘z navbatida yaxshi tashkil etilgan bolalar jamoasi zarur
bo‘ladi. O‘yin bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalash sistemasida,
MTMning ta’lim-tarbiya ishida, axloqiy, mehnat va estetik tomonlama
tarbiyalashda katta o‘rin tutadi. O‘yinda bola organizmiga xos
bo‘1gan talab
va ehtiyojlar qoniqtiriladi, hayotiy faollik ortadi,
bardamlik, tetiklik, quvnoqlik tarbiyalanadi. Shuning uchun ham
bolalarni jismoniy tarbiyalash sistemasida o‘yin munosib o‘rin
egallaydi.
O‘yin ta’1im va mashg‘ulotlar bilan, kundalik hayotdagi kuza-
tishlar bilan uzviy bog‘liq ho‘1ib juda katta ta’1im-tarbiyaviy
ahamiyatga ega. Ijodiy o‘yin1arda muhim bilim egallash jarayoni
yuzaga keladi, bu bolaning
aqliy kuchini ishga soladi, tafakkurini,
xayolini, diqqatini, xotirani faollashtirishni talab qiladi, bola
masalalarni mustaqil hal qilishga o‘rganadi, o‘ylagan narsasini amalga
oshirish uchun yaxshiroq va osonroq usul o‘ylab topadi, o‘z
bilimlaridan foydalanish va uni so‘z bilan ifodalashga o‘rganadi.
O‘yinda aks ettirilayotgan narsani bilib olishga qiziqish uyg‘onadi.
Ko‘pincha o‘yin bolalarga yangi bilim berish va ularning fikrini, bilim
doirasini kengaytirish uchun xizmat qiladi. Ijodiy o‘yinni tor didaktik
maqsadlarga bo‘ysundirib bo‘lmaydi, bu o‘yin yordamida juda katta
tarbiyaviy vazifalar hal qilinadi.
193
Qoidali o‘yin bolaning sensor rivojlanishini, tafakkur va nutqini,
ixtiyorsiz diqqati va xotirasini, har
xil harakatlarini muntazam
ravishda mashq qildirib borish imkonini beradi. Har bir qoidali o‘yin
ma’1um didaktik maqsadga ega bo‘1ib, bolani umumiy
rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Ta’1imning o‘yin shaklida bo‘lishi
muhim ahamiyatga ega bo‘1ib bolani umumiy rivojlantirishga
qaratilgan bo‘ladi hamda bolaning yosh xususiyatlariga mos keladi.
Qiziqarli o‘yin bolaning aqliy faolligini oshiradi, o‘yinda bola
mashg‘ulotdagiga nisbatan murakkabroq masalani hal qilishi mumkin.
Bu ta’lim butunlay o‘yin shaklida bo‘lishi kerak degan gap emas.
Ta’lim turli usullar va metodlarni qo‘llashni talab etadi. O‘yin ta’lim
shakllaridan biri bo‘lib, boshqa bir metod bilan qo‘slıib olib
borilgandagina yaxshi natija beradi, bular kuzatish, suhbat, so‘zlab
berish va hokazolar. Bola o‘ynayotib o‘z
bilimidan foydalanishni,
uni har xil sharoitda ishlata bilishni o‘rganadi. Ijodiy o‘yinlarda
bolalarning fantaziyasi, buyum yasashi, tajriba qilishiga keng yo‘l
ochiladi.
O‘yinda aqliy rivojlanish bilan birga axloqiy sifatlar ham shakl-
lanadi. O‘yin jarayonida ytız bergan kechinmalar bola ongida chuqur
iz qoldiradi, shuning uchun o‘yin bolada yaxshi hislarni, ulug‘vor
orzular
va intilishlarni, sog‘lom qiziqishlarni tarbiyalashga. yordam
beradi O‘yin mustaqil faoliyat bo‘lib, bu jarayonda bolalar o‘z
tengdoshlari bilan aloqa qilishga kirishadilar. Ularni umumiy maqsad,
unga erishishdagi umumiy kechinmalar birlashtiradi. Shuning uchun
o‘yin do‘stona munosabatlarni tarbiyalashda, jamoa hayoti
malakalarini, tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirishda muhimdir.
Birgalikdagi o‘yin bilan birlashgan kichik bolalar jamoasida
murakkab munosabatlar vujudga keladi.
Tarbiyachining vazifasi har
bir bolani faol o‘yinga jalb qilish, bolalar o‘rtasida do‘stlikka,
haqqoniylikka, o‘rtoqlarini javobgarligini sezishga asoslangan
munosabatlar o‘rnatishdan iborat.
O‘yin mehnat tarbiyasi vazifasini bajarishga ham yordam beradi.
Bolalar o‘z o‘yinlarida har xil kasbdagi kishilarni aks ettiradilar. Bu
bilan ular kattalarning harakatlariga taqlid qilib qolmay, shu bilan bir
qatorda ularning ishiga, mehnatiga bo‘1gan munosabatlarini ham aks
ettiradilar. O‘yin bolada ko‘pincha mehnat qilish xohishini uyg‘otadi,
o‘yin uchun kerakli narsalarni tayyorlash va yasashga majbur qiladi.
O‘yinda hozirgi zamon bolalariga xos bo‘lgan texnikaga qiziqish
194
paydo bo‘ladi va rivojlanadi, bolalar har xil mashinalar yasaydilar va
texnik o‘yinchoq1ar bilan o‘ynaydilar. O‘yin estetik tarbiyaning
muhim vositasidir. O‘yinda ijodiy xayol,
fikrlash qobiliyati yuzaga
keladi va rivojlanadi. Yaxshi tanlangan o‘yinchoq badiiy didni
tarbiyalashga yordam beradi. Harakatli o‘yinlarda harakatning
go‘zalligi va maromi bolalarni o‘ziga maftun qiladi. O‘yinning katta
tarbiyalovchi ahamiyati o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi. O‘yin befoyda,
hatto zararli bo‘1ishi, ba’zan yomon hislarni qo‘zgratishi mumkin.
Tarbiyachi o‘yin yordamida bolalarni har tomonlama rivojlantirish
vazifasini amalga oshirish uchun unga mulıtazam ravishda ta’sir etib
borishi zarur. Bu vazifani hal etishda o‘yin bolalar bog‘chasidagi
ta’lim- tarbiyaviy ishning hamma tomonlari bilan bog‘Iangan bo‘lishi
kerak. O‘yinda bolalarning mashg‘ulotlarda olgan bilim va malakalari
aks etadi va rivojlantiriladi, ular orqali esa bola hayotga o‘rgatiladi.
Ikkinchi tomondan, o‘yinda tarbiyalangan sifatlar faoliyatning boshqa
turlariga ko‘chiriladi.
Dostları ilə paylaş: