187
Mashg‘ulotlarning
ayrimlarida
boshlang‘ich
bilimlar
shakllantiriladi. Buning uchun tarbiyachi kuzatish, rasmlarni ko‘rish,
badiiy asarlarni, hikoyalarni o‘qish, diafilm va shunga o‘xshashlarni
ko‘rsatishdan foydalanadi. Boshqa mashg‘ulotlarda esa bilimlar
aniqlanadi, kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi. Mashg‘ulotlarda bu
xildagi suhbatlar, didaktik o‘yinlar, umumlashtiruvchi so‘zlardan,
bolalarning tabiatdagi mehnatidan foydalaniladi. Barcha guruhlarda
mashg‘ulotlarga qo‘shimcha sifatida maqsadli sayrlar o‘tkaziladi.
Ekskursiya.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni tabiat
bilan tanishtirishda ta’lim berishning tashkiliy formalaridan biri
ekskursiyadir. Ekskursiya jarayonida bolalar ona tabiat to‘g‘risida
aniq tasavvurga ega bo‘ladilar. Bu tasavvur tabiatni ko‘rish, eshitish,
sezish orqali idrok etiladi.
Ekskursiya jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiat,
undagi bog‘liqlik va uning qonuniyatlari to‘g‘risida realistik
tasavvurlar hosil bo‘ladi. Bu tushunchalar keyinchalik bolalar
egallaydigan ilmiy bilimlarning asosini tashkil etadi, maktabda
o‘rganiladigan tabiiy fanlarni o‘zlashtirib olishni osonlashtiradi.
Tabiat to‘g‘risidagi bilimlardan bexabar bo‘lish ko‘pincha o‘simlik va
hayvonlarga nisbatan noto‘g‘ri, ba’zi hollarda esa berahm va
shafqatsiz munosabatda bo‘lishga olib keladi.
Ekskursiya bolalarni tabiatni o‘ziga xos hodisa va voqealari bilan
tanishtiribgina qolmay, balki shu bilan qatorda insonlarni tevarak-
atrofdagi o‘zgartiruvchi faoliyatining natijalari bilan ham tanishtirib
boradi. Bu esa kishilarning yaratuvchanlik faoliyatiga hurmatini
tarbiyalaydi va unda qatnashish xohishini uyg‘otadi, o‘z o‘lka
tabiatidan, unda yashovchi mehnat ahlidan g‘ururlanish hissini
mustahkamlaydi.
Yuqorida tilga olingan barcha metodlar va usullar bolalarda
tabiatga nisbatan qiziqish uyg‘otadi, ularni yanada sinchkovlik bilan
kuzatishga, kuzatayotgan narsa ustida chuqurroq o‘ylashga, fikr, bilim
doirasini kengaytirishga, har xil tabiiy voqea, hodisalarni so‘z bilan
chiroyli qilib to‘g‘ri ifodalab berishga o‘rgatadi.
Dostları ilə paylaş: