172
IX. 5. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi bilan tanishtirish.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi bilan yaqindan tanishtirish dolzarb masalalardan biri
hisoblanadi. Dastlab Konstitutsiya o‘zi nima, nima uchun u
Respublikamizning bosh qomusi hisoblanadi, uning mazmuni, mohi-
yati, inson va fuqarolarning asosiy holati to‘g‘risida tushuncha
berilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida yuqorida ko‘rsatib
o‘tilgan masalalar o‘z ifodasini topgan. Hamma huquqiy me’yorlar
undan kelib chiqadi va unga bo‘ysunadi.
“Konstitutsiya” so‘zi lotin tilida “Constitutio” so‘zidan kelib
chiqib, “tuzish”, “o‘rnatish”, “belgilash” degan ma’nolarni anglatadi.
Dastlab qadimgi Rimda jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar qonun
asosida belgilangan bo‘lib, u o‘zining uzoq tarixiga ega. Jahonda
birinchi Konstitutsiya 1787-yilda AQShda, 1831-yilda Belgiyada,
1874-yilda Shvetsariyada qabul qilingan.
O‘zbekiston
Respublikasi
mustaqillikga
erishganligining
dastlabki yillarida o‘zining Konstitutsiyasi qabul qilinishi o‘zbek
davlatchiligining rivojlanishiga asos bo‘ldi. Mustaqillikdan avval
O‘zbekiston garchand suveren davlat deb atalgani bilan barcha
masalalarni mustaqil hal eta olmagan. Konstitutsiyaning yaratilishi
1990-yilning iyun oyidan boshlangan bo‘lib, bunda Respublikamiz
olimlari, oliy kengash deputatlari, butun o‘zbek xalqi ishtirok etdi va
xalq muhokamasidan o‘tib 1992-yil 8-dekabrda qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun
umumxalq bayrami deb e’lon qilindi. Qabul qilingan Konstitutsiya
mustaqil respublikamizning birinchi asosiy qonuni hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqning maqsadini,
istagini, davlat suverenitetini, ijtimoiy va davlat tuzilishini, xalqaro
munosabatlarni, inson va fuqarolarning huquqiy holatini, davlat
organlarining vakolatlarini, saylov tizimi va boshqa muhim
masalalarni o‘z ichiga olgan.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi bilan tanishtirishdan maqsad o‘zi istiqomat qilayotgan
davlati, xalq irodasi va uning manfaatlari, milliy davlat, uning
ma’muriy-hududiy tuzilishi, milliy davlat ramzlari, fuqarolarning
burch va majburiyatlari, unda istiqomat qiluvchi barcha millat va
173
elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilish,
xalqimizning tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab-asrash,
onalik va bolalikni davlat tomonidan muhofaza qilinishi, har kimning
bilim olish va huquqlardan foydalanishi, jamiyat va davlat hayotining
eng muhim masalalari saylov, referendum, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti, inson erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz
huquqlari to‘g‘risida tushuncha berish orqali bolalarga huquqiy ta’lim
va tarbiya berishdan iborat.
Ma’lumki, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ta’lim-
tarbiya berish “Ilk qadam” dasturi asosida olib boriladi. Bolalarga
huquqiy tarbiya berish jarayoni asosan o‘rta guruhdan (3-4 yosh)
boshlanib, unda bolalarga Konstitutsiya saboqlari asosida ilk huquqiy
tushuncha berish, bolalarda ularning umumiy Vatani – O‘zbekiston
haqida tasavvur uyg‘otish, o‘zi tug‘ilib o‘sgan joyiga muhabbat
tuyg‘usini uyg‘otish, o‘z shahar, qishloq, mahalla va ko‘chasi
haqidagi bilimlarini kengaytirish, o‘zi yashash joyidagi me’morchilik
yodgorliklari, chiroyli qurilishlarga qiziqish uyg‘otish, ularning
nomlarini to‘liq aytishga o‘rgatish vazifalari qo‘yiladi.
Katta guruhda (4-5 yosh) bolalarda mustaqil O‘zbekiston davlati
haqidagi tushunchalarini kengaytirish, Samarqand, Buxoro, Xiva va
Toshkent shaharlari, “Buyuk Ipak yo‘li” haqida qisqacha ma’lumot
berish, O‘zbekistonning mustaqilligi, gerbi, bayrog‘i, madhiyasi
haqidagi bilimlari shakllantiriladi. O‘zbekiston madhiyasini ijro eta
olishga o‘rgatiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezident tomonidan
boshqarilishi, O‘zbekistonning poytaxti Toshkent shahri ekanligi
haqida tushuncha beriladi. Bolalarning o‘z tug‘ilgan yurtiga mehr-
muhabbat hissini shakllantirish, milliy g‘ururni tarbiyalash,
“Konstitutsiya saboqlari” asosida ilk tushunchalar beriladi.
Maktabga tayyorlov guruhi (6-7 yosh). Bolalarning mustaqil
O‘zbekiston haqidagi tasavvurlarini boyitish, O‘zbekistonning
qadimiy shaharlari va Buyuk Ipak yo‘li haqida “Konstitutsiya saboq-
lari” asosida tushunchalar beriladi. O‘zbekiston Respublikasini
himoya qilish har bir fuqaroning burchi ekanligi, tabiatga va atrof-
muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majbur ekanliklari, o‘z
sha’ni, qadr-qimmati va erkinliklari to‘g‘risidagi huquqiy bilimlarga
ega bo‘ladilar. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni
Konstitutsiya bilan tanishtirishda eng asosiy g‘oya mustaqillik g‘oya-
larini aks ettirilishi hisoblanadi. Bunda “O‘zbekiston – mening
174
Vatanim”, “Konstitutsiya asosiy qomusimiz”, “Qonun muqaddas”,
“Mustaqillik bayrami” mavzularida suhbatlar o‘tkazib, bolalarda
dastlabki tasavvur va tushunchalar hosil qilinadi.
O‘zbekistonda davlat tili – o‘zbek tilidir degan modda bilan
tanishtirish, tushunchalar berishda – “Til – millatning ulkan va bebaho
boyligi” mavzusida suhbat o‘tkazish orqali davlat tili va uning qabul
qilinishi bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar beriladi. Ulug‘ bobomiz
A.Navoiy o‘zbek tilining “asoschisi” haqida bilimlar, davlatimizda
130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qilishi, ularning
yashashi va o‘sib-ulg‘ayishi uchun hamma bilan teng sharoitlar
yaratilganligi, bu millatlarning tillari, urf-odatlari va an’analarining
o‘zbek xalqi tomonidan hurmat qilinishi, bu millatlarning xohishi
bo‘yicha o‘zi istagan tilda ta’lim olishlari mumkinligi to‘g‘risida
tushuncha beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlari Vatanimizning milliy
g‘ururi, o‘zligimizni namoyon etuvchi, millatimiz sha’ni va obro‘sini
butun jahonga namoyon etishdagi faxrimiz iftihorimizdir. Davlat
ramzlaridan davlat bayrog‘i (1991-yil 18- noyabr), davlat gerbi (1992-
yil 2-dekabr), madhiya (1992- yil 10-dekabr) qabul qilinganligi,
ularning tuzilishi, unda aks etgan ranglar va tas virlar, belgi va
ishoralar bilan tanishtiriladi. Mujassam mashg‘ulotlar (nutq o‘stirish,
tasviriy faoliyat, atrof olam) orqali tushunchalari kengaytiriladi, davlat
madhiyasini baralla kuylab olishga o‘rgatib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasining poytaxti –Toshkent shahri.
8-modda shaharning tarixiy, diqqatga sazovor joylari, ta’lim
maskanlari va bolalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan, shuningdek,
o‘zi tug‘ilib o‘sgan shahar, qishloq, mahalla va ko‘chalar, yashash
joyidagi tarixiy, madaniy-ma’naviy yodgorlik, ularning nomlarini
to‘liq aytishga o‘rgatib boriladi. Bunda “Ona shahrim – Toshkentim”,
“Samarqand – qadimiy shahar”, “Buxoro shahri”," O‘zbek xalqining
milliy san’ati”, “Xiva shahri”, “Buyuk Ipak yo‘li" "Mening
mahallam” haqida suhbatlar o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni – O‘zbekiston xalqining
millatidan qat’iy nazar, O‘zbekistonning fuqarolari tashkil etadi deb
nomlangan 8-modda bilan tanishtirishda etnik, diniy yoki til jihatdan
boshqa millatga mansub kishilar O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan
bo‘lsalar, ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanishi,
ularning o‘z diniga e’tiqod qilish va uning rasm-rusumlarini bajarish
175
va o‘z ona tilidan foydalanish huquqi rad etilmaganligi haqida
ma’lumot beriladi.
– O‘zbekiston Respublikasi demokratik davlat bo‘lib, u
umuminsoniy prinsiplar asosida unda yashayotgan har bir inson,
uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, sha’ni va boshqa daxlsiz
huquqlari oliy qadriyat bo‘lib hisoblanishi to‘g‘risida fikr yuritilganda,
inson shaxsining sha’ni va qadr-qimmati huquq va erkinliklariga
nisbatan davlatimiz tomonidan qilinayotgan g‘amxo‘rlik, adolat va
tinchlikni ta’kidlash, do‘stlik va birdamlik ruhida tarbiyalashni
ta’minlash masalalari, ijtimoiy va huquqiy tamoyillar to‘g‘risida
tushuncha beriladi.
– Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlangan, har bir inson
xohlagan diniga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik
huquqiga ega (31- modda),– degan moddani tushuntirishda davlatimiz
har bir bolaning fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqini hurmat
qilinishini ta’minlanishini, bolalar ota- onalar istaklariga muvofiq
holda din tanlash, vijdon erkinligiga, hamda erkin fikrlash huquqlariga
ega ekanliklari to‘g‘risida ma’lumot beriladi. O‘z dini yoki
e’tiqodlarini targ‘ib qilish erkinligi faqat qonunda belgilangan hamda
davlat xavfsizligi, jamoat tartibini, aholining ma’naviyati yoki
sog‘lig‘ini saqlash yoki boshqa shaxslarning asosiy huquq va
erkinliklarini himoya qilish uchun zarur hisoblangandagina chekla-
nishi mumkin.
– Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat
sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan
himoyalanish huquqiga egadir, – deyilgan 37-moddasini tushun-
tirishda bolalarda kattalar mehnatiga hurmat va qiziqish hissini
uyg‘otish va tarbiyalash va umumlashtirish, ishlab chiqarish
korxonalari, qurilish, dalalar va boshqa sohalarda qilinayotgan mehnat
haqida bilimlarini takomillashtirish, o‘zbek xalqining milliy
hunarmandchilik, duradgorlik mehnati bilan tanishtirish, tarbiyachi,
enaga, oshpaz, bog‘bon va kasb egalari mehnatlariga nisbatan
minnatdorchilik tuyg‘ularini tarbiyalash, mashinasoz, tikuvchi,
novvoy, oshpaz, o‘ymakor, haydovchi, o‘qituvchi, shifokor va boshqa
kasblar bilan tanishtirish jarayonida kelajakda qanday kasb egasi
bo‘lishiariga zamin tayyorlanadi. O‘zbekiston Respublikasi mehnat
qonunchiligida mehnat qilish huquqi 16 yoshdan deb belgilangan.
176
Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega
(40-modda). Davlatimiz tomonidan sog‘liqni saqlash tizimini
takomillashgan xizmatlar turlari tashkil etganligi, bolalar eng yuqori
darajadagi andozadagi tibbiy yordam olish huquqiga, sog‘liqni himoya
qilish xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega ekanliklari haqida
ma’lumot beriladi, Shuningdek, bola tug‘ilmasdan avvalgi ona va
bolaga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar, sharoitlar, va bolalar o’limini
oldini olish chora-tadbirlari, tibbiy-sanitariya yordamini rivojiantirish
omillari, bolalar to‘yimli ovqat va toza ichimlik suvi bilan
ta’minlanishi, atrof- muhitni tozalash, tug‘ruq yoshidagi ayollarga
ko‘rsatiladigan g‘amxo‘rlik, yordam ishlari, maktabgacha ta’lim
muassasasidagi bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam, shifokor,
hamshira ishlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot va tushunchalar berilishi
lozim.
– Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish
davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat tomonidan
nazoratidadir, – deb nomlangan 41-modda bilan tanishtirishda har bir
bola ilm olish huquqiga egaligi hamma uchun teng imkoniyatlar
yaratilganligi, bu jarayon maktabgacha ta’lim muassasalaridan
boshlanganligi va quyidagi bosqichlarda davom ettirilishi:
– bepul va majburiy umumiy ta’lim;
–
bepul o‘rta maxsus ta’lim.
Shuningdek, bola o‘z qobiliyatiga ko‘ra oliy ma’lumotli bo‘lish
huquqiga ega. Davlat tomonidan barcha zarur vositalar, shart-
sharoitlar yaratilganligi, o‘qitishning zamonaviy usullarini qo‘llash,
axborot
texnologiyalarini
ta’lim
jarayonidagi
natijasini
ommalashtirish, bolalarning maktabga muntazam borishlari, maktab
intizomi, bolaning insoniylik qadr-qimmatini hurmat qilish kabi
huquqlari haqida tushuncha beriladi. “1-sentabr – Bilimlar kuni” deb
bayram qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 1-
sinfga qadam qo‘ygan bolalar bepul o‘quv-qurollari bilan
ta’minlanishi, kutubxonalar barcha manbalar bilan ta’minlanganligi
to‘g‘risida fikr yuritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitut-
siyasining XI bobida fuqarolarning burchlari va majburiyatlari
yoritilgan bo‘lib, bunda; – barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab
qo‘yilgan burchlarini bajaradilar – deb nomlangan 47-moddada –
maktabgacha yoshdagi bolalarga “burch” iborasining mazmuni bilan
tanishtirishda o‘z Vatani, uning milliy an’analari va odatlariga hurmat
177
bilan qarash, odob bilan muloqotga kirisha olish (salomlashish,
xayrlashish, minnatdorchilik bildirish), ota-onalari va Vatan oldidagi
burchlarini his etish, ularga g‘amxo‘rlik va parvarish qilish kabi
fazilatlarni o‘rgatishda tarbiyachi bolalarda muloyimlilik, e’tiborlilik,
qat’iyat, sabrtoqat va o‘zaro mehrni tarbiyalashi, yuzaga chiqarishi
lozim. Buning uchun “Ota-onaga hurmat”, “Burch”, “Yaxshilik”,
“Mening majburiyatlarim” kabi mavzularda suhbatlar uyushtiriladi.
– Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy
merosini avaylab-asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari
davlat muhofazasidadir (49-modda.) Bunda O‘zbekiston hududidagi
tarixiy obidalar, qadimiy yodgorliklar haqida tushuncha beriladi.
Bolalar qalbida o‘z xalqiga, uning boy merosiga hurmat va muhabbat
tuyg‘ulari tarkib toptiriladi.
Ta’lim-tarbiyaviy jarayonlarda: “Vatanimiz ziyoratgohlari”,
“Shahidlar xotirasi maydoni”ga sayohat uyushtirilishi maqsadga
muvofiqdir. Ma’naviy yodgorliklar o‘zbek xalqining og‘zaki ijodi
namunalari
asosida
bolalar
ongida
bularni
asrab
avaylash
tushunchalari tarbiyalanadi. Bola o‘zi yashayotgan shahar va
qishlog‘i, ko‘chasidagi madaniy yodgorliklar haqida tasavvur hosil
qilinishi, bolalar tariximiz va buyuk Sharq allomalarining hayoti va
ijodi
bilan
tanishtiriladi.
– Fuqarolar atrof-tabiiy muhitga
ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar (50-modda). Yer,
yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa
tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish,
zarur va ular davlat muhofazasidadir (55-modda).
Bolalarda tabiatdagi go‘zallikdan zavq olishni tarbiyalash orqali
ular ongida tabiatga zarar yetkazmaslik, ekologiyani zararlamaslik,
tevarak-atrofni iflos qilmaslik, o‘t-o‘lanlarni bosmaslik, daraxt
shoxlarini sindirmaslik, hayvon va qushlarga ozor bermaslik, uyalarini
buzmaslik va boshqalarni bolalar ongiga singdirish kerak. Bolalarda
ekologik madaniyatni tarbiyalash, davlatimiz tomonida ekologiya va
tabiatni muhofaza etish, “Suv va suvdan foydalanish”, “Yer osti
boyliklari hayvonot dunyosini muhofaza etish va undan oqilona
foydalanish”, “O‘simlik dunyosini muhofaza etish” borasidagi chora-
tadbirlar haqida tushuncha beriladi. Ta’lim-tarbiyaviy jarayonni
tashkil etishda: “Park” va “Bog‘cha”ga sayr, “Dunyodagi eng asosiy
narsa suvning xususiyatlari bilan tanishtirish”, o‘simlik va hayvonlar
haqidagi videoroliklar namoyish etish, “Qizil kitob” muhofaza ramzi
178
ekanligi haqida suhbat tashkil etish orqali tabiatga nisbatan
ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ko‘nikmalari shakllantirib
boriladi.
– O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish O‘zbekiston
Respublikasi har bir fuqarosining burchidir.
– Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy va muqobil
xizmatni o‘tashga majburdirlar, – deyilgan 52-moddada bolalarda
harbiy qo‘shin, milliy armiya to‘g‘risida tasavvur hosil qilish, ularga
nisbatan qiziqish uyg‘otish orqali Vatan muhabbati va uni ko‘z
qorachig‘idek saqlash hissi tarbiyalab boriladi.
Bolalarning millat tarixiga qiziqishini shakllantirish maqsadida
Amir Temur – yirik davlat arbobi, mashhur sarkarda bo‘lganligi
haqida ma’lumot berish. shuningdek, “14-yanvar – Vatan
himoyachilari kuni”, “Jaloliddin Manguberdi”, “Ona yurt
himoyachilari – milliy qahramonlarimiz” mavzularida suhbatlar
tashkil etiladi. Bosh qomusimizda jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan
“Oilaga” maxsus bob ajratilgan bo‘lib, unda davlatimiz tomonidan
oilaga, farzandlarga ko‘rsatilayotgan yordam, yetim bolalar va
vasiylikka olingan bolalarga ularni boqish, tarbiyalash, o‘qitish
jarayonlaridagi ota-ona va farzandlarning huquq va burchlari, voyaga
yetgan va mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida
g‘amxo‘rlik qilish majburiyatlari haqida tushuncha beriladi. Ya’ni, har
bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o‘z ota-onasini bilish,
ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish, ular bilan birga yashash
huquqiga egadir.
Ota-ona o‘z bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi
shartligi, bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ularning
ota-onasi zimmasiga yuklatiladi. Bu modda bilan tanishtirishda
bevosita “Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” va “Oila
Kodeksi” dan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-moddasi –
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti – davlat boshlig‘i hisoblanadi va
ayni vaqtda ijro etuvchi hokimiyatga va nafaqat uning markaziy
bo‘g‘iniga, balki respublikaning barcha ijro etuvchi tizimiga rahbarlik
qiladi. Davlat boshlig‘i sifatida u hokimiyatning barcha tarmoqlariga
boshchilik qilib, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi. Prezidentimiz
davlatimiz tinchligi, obro‘si, shon-shavkatini butun jahonga
tanitishdek ulkan mas’uliyatni amalga oshirayotgan, xalqimiz turmush
179
farovonligi, ulg‘ayayotgan yosh avlod kelajagini ta’minlashdek ulkan
vazifalarni amalga oshirayotganligi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar
berilishi lozim.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berish
jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab
berilgan qonun ustuvorligini ta’minlash, shaxs, jamiyat va davlat
manfaatlarining ustuvorligini, huquqiy demokratik davlat barpo
etishda yoshlarni qonunga bo‘ysunish va hurmat ruhida tarbiyalash,
ularning huquqiy bilimi, madaniyati va ongi shakllantirib boriladi.
Ma’lumki, yer yuzidagi barcha rivojlangan davlatlar yoshlarni
jamiyat va mamlakat hayotida faol ishtirok etishini istaydi. Bolalar
ulg‘ayib borish jarayonida jamiyat hayotida faol ishtirok etish uchun
barcha imkoniyatlarning hammasiga ega bo‘lib borishlari, hamda
hayotning muhim yechimlari mas’uliyatini his qilgan holda ularni o‘z
zimmalariga olishga tayyor bo‘lishlari lozim.
Dostları ilə paylaş: |