Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


XV. 3. Maktabgacha ta’lim muassasasi bilan maktab



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

XV. 3. Maktabgacha ta’lim muassasasi bilan maktab 
aloqasining shakllari 
Maktabgacha 
 ta’1im muassasasi 
bilan maktab aloqasining 
asosiy shakllari: 
– o‘qituvchi va tarbiyachilarning izchilligi; 
– pedagogik kengash, seminar va ochiq dars mashg‘ulot1arga qat-
nashishi; 
– o‘zaro fikr almashishi; 
– ta’lim sohasidagi yangiliklarni ish jarayoniga maqsadli qo‘Ilash; 
– ilmiy-uslubiy jihatdan hamkorlikda; 
– ilg‘or ish tajribalar bilan o‘rtoqlashish; 
– l-sinfda o‘ti1adigan fanlar va mashg‘ulotlar o‘rtasidagi izchillikni 
ta’minlash; 
– ta’limni ilmiylik prinsipida tashkil etish; 
– ta’lim - tarbiyaviy jarayonlarni uslubiy jihatdan ta’min lashga eri-
shish; 
– l-sinf o‘qituvchisining bo‘lajak o‘quvchilari bilan oldindan tani-
shuvi; 
– tarbiyachilarning l-sinf o‘quvchilarining dars jarayonidagi ishtiroki 
va nazorati; 
– mashg‘ulotva mashg‘u1otdan tashqari jarayonlarda bolalar faoli-
yatini kuzatish va suhbatlashish; 
– tarbiyachi tomondan har bir bola uchun tavsifnoma tayyorlash. 
Bolalar maktabga kelgan dastlabki hafta oy mobaynida 
tarbiyachilar bolalarni 
maktabga moslashuvini, 
fanlarni 
o‘zlashtirishga ulgura olishlarini kuzatishi lozim; bolalarning xulq-
atvor, faoliyatlarini kuzatadi, o‘quvchilar bilan suhbatlashadi, orqada 
qolayotgan o‘quvchilarning o‘qishdagi kamchiliklari hamda ularni 
bartaraf qilish choralarini o‘qituvchi bilan birgalikda hal etadi. 
Tarbiyachi o‘qituvchilarning hamkorlikdagi kengashlarida bolalarni 


275 
maktabga tayyorlashning aniq natijalari tahlil qilinadi, ishning kuchli 
va zaif tamonlari aniqlanadi, kamchiliklarni bartaraf qilishning aniq 
yo‘llari belgilanadi. 

Hamkorlikning eng yaxshi tajribalari tuman, shahar va respublika 
anjumanlarida yoritiladi, amaliyotga joriy etiladi. 

Maktab va maktabgacha ta’lim muassasasi aloqalarining 
davomiyligi. 

Hamkorlikdagi ishlarning rejaliligi, muntazamliligi. 

Muammolarning yaxlit dinamik jihatdan hal etilishiga rioya qilish. 
Amaliy birgalikdagi ishning istiqbol rejasi tashkil etilib, unda 
maqsad, asosiy vazifalar aniq shakllantirilgan, turli yo‘nalishlarga doir 
mazmun aniqlangan, ishning aniq shakli, muddatlari, bajarilishi uchun 
mas’ul shaxslar ko‘rsatiladi. Bu esa amaliy hamkorlikning muvaf-
faqiyatiga olib keladi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, hamkorlikdagi izchillikni ro‘yobga 
chiqarishga doir har tomonlama mazmunli ishlarni yuqori darajasiga 
erishish bolalarni maktabda muvaffaqiyatli o‘qishlariga zamin 
hozirlaydi. 
Maktabgacha ta’1im muassasasi va maktab o‘rtasidagi aloqa ikki 
yo‘nalishda olib boriladi: 
– maktabgacha ta’lim 
muassasasi 
bilan maktabning 
pedagoglar jamoasi o‘rtasidagi aloqa. 
– maktabgacha ta’lim muassasasi bolalari va boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarini bir-birlariga yaqinlashtirish. 
Tarbiyachilar boshlang‘ich sinfda olib boriladigan ta’lim- 
tarbiyaviy ishning mazmuni, o‘ziga xos tomonlari bilan tanishadilar, 
natijada MTMda bolani maktab talabi darajasida tayyorlash 
istiqbollari belgilab olinadi. 
Maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari – katta va tayyorlov 
guruhlari olib boriladigan ishlar mazmuni bilan tanishib boradilar va 
maktabda ta’1im berishda bolalar egallagan bilim, malaka va 
ko‘nikmalarga asoslanadilar. MTM bilan maktab pedagoglarining 
o‘zaro aloqa o‘rnatishlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad bolalarni 
zamon talabiga javob beradigan darajada maktab ta’limiga tayyorlash 
uchun o‘quv tarbiyaviy ishlar bo‘yicha maktab bilan ınaktabgacha 
ta’lim muassasasi o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatish, bolalarning 
maktabda muvaffaqiyatli o‘qib ketishlari uchun MTM va maktabda 


276 
olib borilayotgan ta’lim-tarbiyaviy ishlarni chuqur tahlil qilib, bu 
sohada yuqori natijalarga erishishdir. 
Maktabgacha ta’lim muassasasi bilan maktab o‘rtasidagi 
aloqaning mazmuni va shakllari yuqoridagi vazifalarga qarab 
belgilanadi. MTM bilan maktab pedagogik tashviqot, metodik va 
amaliy masalalar yuzasidan bir-biri bilan aloqa bog‘laydi. Pedagogik 
tashviqot ishlari MTM maktabga tayyorlov guruhi tarbiyachisining va 
birinchi sinf o‘qituvchisini MTMning maktabga tayyorlov guruhida va 
birinchi sinfda olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlar vazifasi bilan 
tanishtirishni, maktabga tayyorlov guruhi va 1-sinf dasturi mazmunini, 
tayyorlov guruhi bolalari va maktabdagi 1-sinf o‘quvchilarining 
o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishni taqozo etadi. Mana shunday 
usulda ish olib borilganda o‘qituvchi va tarbiyachilar maktabni 1-sinf 
va MTMning tayyorlov guruhidagi bolalarga xos bo‘lgan yosh 
xususiyatlarini, 
ularning 
ruhiy 
tabiatini, 
aqliy 
va 
ijtimoiy 
rivojlantirishlarini tushunib, ularni maktabga tayyorlov masalalarini 
yaxshiroq anglab olishlarida yordam beradi. 
Bu maqsadni amalga oshirishda maktabgacha ta’lim muassasasi 
bilan maktab o‘rtasida quyidagicha konkret aloqa shakllari o‘rnatiladi: 
o‘qituvchi va tarbiyachilar bolalarni maktabga tayyorlash va uzviylik 
masalalari bo‘yicha, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha 
birgalikda o‘tkaziladigan tadbirlarning mosligini muhokama qilish 
uchun seminar, pedagogik kengashlarda qatnashish, shuningdek, 
bolalarning yosh xususiyatlarini, ularning MTMdan maktabga 
o‘tishlaridagi ruhiy qiyinchiliklar, maktab sharoitiga qiynalmay 
moslashishlariga yordam beruvchi omillar bo‘yicha tarbiyachi va 
o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan leksiyalar orqali tajriba 
almashuv va boshqalar kiradi. 
Maktabgacha ta’1im muassasasi bilan maktab o‘rtasidagi uzviy 
aloqaning pedagogik vazifasi MTMning tayyorlov guruhida va 
maktabning 1-sinfida olib boriladigan ta’1im-tarbiyaviy ishlarni 
amalga oshiradigan faoliyat shakllari va usullari bilan o‘zaro 
tanishishni taqozo etadi. 
Bu 
masalada MTMning tayyorlov guruhi tarbiyachilari 
maktabning 1-sinfida olib borilayotgan darslarni kuzatadilar va dars, 
mashg‘ulotlardan keyin birgalikda yig‘ilishib uni muhokama qiladilar, 
ayrim metodikalar bo‘yicha seminar praktikumlarda qatnashadilar; 


277 
ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashish, bolalarni maktabga tayyorlash 
bo‘yicha yoki 1-sinfda bolalarga bilim berish bo‘yicha pedagogik 
kengashlarni o‘tkazadilar. Yuqorida keltirilgan hamma ish shakllari 
va mazmunini amalga oshirishdan asosiy maqsad ilgari surilayotgan 
masalani har tomonlama tahlil qilish, uni hal etishda uchraydigan 
kamchiliklarni aniqlash, bolalar bog‘chasi va maktabda olib 
boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha 
aniq tavsiya va takliflarni ishlab chiqishdir. 
Maktabgacha ta’liın muassasasi bilan maktab o‘rtasidagi 
aloqaning amaliy vazifasi, shundan iboratki, bir tomondan, o‘qituvchi 
MTMning tayyorlov guruhiga borib o‘zining bo‘lajak o‘qituvchilari 
bilan tanishib boradi, ikkinchi tomondan tayyorlov guruhi 
tarbiyachilari o‘zlarining sobiq tarbiyalanuvchilari birinchi sinfda 
qanday o‘qiyotganini o‘rganib boradilar. Bolalarni maktabga 
kuzatishda har bir bolaga aniq tavsifnoma beriladi. 
Bu tavsifnomada tarbiyachi har bir bolaning rivojlanishidagi 
o‘ziga xos xususiyatlarni ochib beradi, bu o‘qituvchiga bola bilan 
munosabatda bo‘lganda pedagogik nuqtayi nazardan to‘g‘ri 
yondashishda yordam beradi. Tarbiyachi ham o‘z navbatida 1-sinfga 
borgan bolalari bilan izchil ravishda aloqa bog‘lab boradi, darslarda 
bevosita qatnashib qanday o‘qiyotganlari, xulqi, o‘qishdagi 
muvaffaqiyatsizliklari sababini o‘qituvchidan so‘rash orqali ham 
aniqlab boradi. Bular hammasi tarbiyachini bolalar bilan olib borgan 
ta’lim tarbiyaviy ishidagi yutuq va kamchiliklarni bilib olishga imkon 
yaratadi. 
Tarbiyachi va o‘qituvchilar ilg‘or tajribalarni tarqatish, tashviqot, 
targ‘ibot qilish maqsadida shahar, rayon konferensiyalarida qatnashib 
fikr almashadilar. Maktabgacha ta’lim muassasasi bilan maktab 
o‘rtasidagi uzviy aloqa samarali bo‘lishi uchun quyidagi shartlarga 
rioya qilish lozim. MTM bilan maktab o‘rtasidagi aloqa izchil amalga 
oshirib borilishi, u uzoq muddatga mo‘ljallangan bo‘lishi, amalga 
oshiriladigan ishlar, hal etiladigan masalalar rejali tusda bo‘lishi zarur. 


278 
Hamkorlik asosini birgalikda ishlash bo‘yicha tuzilgan istiqbol 
rejasi tashkil etib, unda o‘zaro aloqaning bosh vazifasi, mazmuni, ish 
shakllari, vaqti, bajarish uchun javobgar shaxslar ko‘rsatilishi lozim. 
Maktab bilan MTM yil davomida mana shunday aloqa o‘rnatib borishi 
natijasida ta’lim-tarbiyaviy ishlar yaxshi natija beradi. 
Bolalarni maktab o‘quvchilariga yaqinlashtirish shakllari ham 
xilma-xil: maktabga ekskursiya uyushtirish, maktab muzeyiga, sinf 
xonasiga, kutubxona, ustaxonaga borish, birgalikdagi mashg‘ulot1ar, 
bayram ertaliklari, musiqa-badiiy kechalar o‘tkazish, rasmlar hamda 
loy plastilindan yasalgan o‘yinchoqlar ko‘rgazmasini tashkil etish va 
boshqalardir. 
Rejalar aniq, mazmunli bo‘lsa va og‘ishmay amalga oshirib 
borilsa, 
birgalikdagi 
ishlar 
bo‘yicha 
istalgan 
natijalarga, 
muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Bu esa bolalarni maktab ta’limiga 
tayyorlashda, ularning maktabda qiynalmay o‘qib ketishlarida yaxshi 
samara beradi. 

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin