XVI. 3. Maktabgacha ta’lim muassasining ota-onalar bilan
hamkorlikdagi ishining mazmuni va usullari
MTMning ota-onalar bilan ishlashining jamoa tarzida va
yakkama-yakka holda ishlash shakllarini mohirlik bilan qo‘shib olib
borish, keng aholi orasida pedagogik tashviqot ishlarini tashkil etish
tufayli bolalarni tarbiyalashda ijobiy natijalarga erishish mumkin.
MTM xodimlarini ota-onalar va oila bilan hamkorlikdagi ishlarining
eng keng tarqalgan shakllaridan bir qanchasini keltiramiz:
– Ota-onalar bilan yakkama-yakka ishlash. Ilg‘or pedagogik
tajribalarning ko‘rsatishicha, ishning bu turi katta ahamiyatga ega.
Bunda tarbiyachi oila va bolaning shaxsiy xususiyatlarini o‘rganib
ularni o‘zining tarbiyaviy ishida hisobga oladi. MTMlarimiz
tajribasida ota-onalar bilan yakkama-yakka olib boriladigan ishlarning
turli xil shakllari aniqlangan; oilaga tarbiyachining borishi, ota-onalar
uchun suhbat o‘tkazish, ularga maslahatlar berish, ota-onalarning
MTM hayoti bilan tanishishlari.
– Ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar. Bular
ota-onalarning guruhiy va umumiy majlisi, ota-onalar maktabi,
anjumanlar, shanbaliklar, savol-javob kechalari.
– Ko‘rsatmali ishlar. Ishning bu turi ko‘rgazmali, bolalarning
ishlarini namoyish qilish, ochiq eshiklar kuni, pedagogik axborot
stendlari, ota-onalar uchun kutubxona oilaviy tarbiyaning barcha
masalari bo‘yicha materiallar solingan papkalardir.
285
– Ota-onaga pedagogik ta’lim berish va boshqalarni ko‘rsatish
mumkin.
– Tarbiyachining oilani borib ko‘rishi.
Bola yashab turgan oilani o‘rganish ota-onalar bilan yaqin aloqa
o‘rnatish va ularga yordam, maslahatlar berishning samarali
yo‘llaridan biridir. Tarbiyachi oilaga tekshiruvchi sifatida emas
maslahatchi, do‘st va bola tarbiyasiga yordam beruvchi shaxs sifatida
boradi. Tarbiyachining oilaga borishidan asosiy maqsad bola
yashayotgan sharoitni ko‘rish va zarur bo‘lsa, ota-onalarga yordam
ko‘rsatishdir. Oilani borib ko‘rish va ota-onalar bilan suhbatlashish
katta pedagogik odat bilan o‘tkazilishi kerak. Ota-onalar bilan
suhbatda bolaning eng yaxshi tomonlari ochib berilsa, ota-onalarning
tarbiyachiga bo‘lgan hurmati va ishonchi ortadi. Tarbiyachi bolaning
uyida ko‘rganlarini qayd qilish bilan bir qatorda ularni tahlil qiladi,
ota-onalar majlislarida oilaviy tarbiyadagi ijobiy va salbiy tomonlar
haqida gapiradi. Ularga o‘zining maslahatlarini beradi. Oila
tarbiyasidagi ijobiy ishlarni ota-onalar uchun tashkil etilgan testlarda
aks ettirish ham mumkin. Oilani borib ko‘rgandagi taassurotlarini
tarbiyaviy ishlarni hisobga olish ustuniga yozib qo‘yishi kerak. Oilaga
kamida yiliga 2 marta borib ko‘riladi. Tarbiyachining oilaga borishi
ota-onalarda pedagogik madaniyatni oshiradi.
Ota-onalar bilan shaxsiy suhbatlar. Oila bilan shaxsan ishlashning
eng keng tarqalgan usuli sifatida qo‘llanadigan suhbat bolalarni
ertalab qabul qilish va kechqurun kuzatish vaqtida o‘tkazilishi
mumkin. Ular tarbiyachilar bilan ota- onalarni bir-biri bilan yaqinroq
tanishishlariga yordam beradi. Tarbiyachining ota-onalar bilan ertalab
o‘tkazadigan suhbatlari qisqa muddatli bo‘ladi, shuningdek, uning
yaqinlarida yaxshi kayfiyat, tarbiyachiga ishonch hissi paydo
bo‘lishida katta ahamiyatga ega.
Ota-onalardan bola kechqurun qanday kayfiyatda bo‘lganini,
qanday uxlaganini, bola o‘zini qanday sezishini so‘rash foydali.
Tarbiyachi ota-onalarga bolalarni bugun guruhda nimalar kutishi
haqida qisqacha axborot beradi. Bu narsa bolani kayfiyatini ko‘taradi,
ota-onani xotirjam qiladi. Ota-onalar bilan kechki suhbatlar ham vaqt
jihatidan cheklangan, ota-onalar bilan kechki suhbat vaqtida tarbiyachi
bolaning tashqi ko‘rinishiga taalluqli kamchiliklar aytilishi mumkin.
Bolani guruhda kunni qanday o‘tkazgani, nimalar bilan mashg‘ul
bo‘lgani, o‘zini qanday tutgani, nimaga e’tibor berish kerakligi haqida
286
axborot beradi. Ota-onalarni bola tarbiyasida yo‘l qo‘ygan biror
kamchilik va xatosini tahlil qilish uchun ular bilan yanada mufassal
suhbat o‘tkazish zarurati tug‘ilganda vaziyatni tuzatish uchun malakali
maslahat hamda tavsiya berish kerak bo‘lganda maslahatlar
o‘tkaziladi.
Guruhiy maslahatlar va majlislar. Agar tarbiyachiga aynan bir
masala bir nechta ota-onani qiziqtirayotgani ma’lum bo‘lsa, ular
uchun umumiy maslahatlar tashkil etadi. Pedagog maslahatga
oldindan tayyorlanadi: zarur adabiyotlarni va ko‘rsatmali materiallarni
tanlaydi. Maslahat o‘tkaziladigan aniq vaqt haqida ota-onalarini
ogohlantiradi. Bunday maslahatlar onda-sonda va muntazam
o‘tkazilishi mumkin. Ota-onalarning guruhiy majlislari zaruriyatiga
qarab yil choragida bir marta o‘tkaziladi. Bunday majlislardan maqsad
ota-onalarni aniq pedagogik masalalar bilan tanishtirishdir. Ularda
mazkur guruhdagi bolalarni tarbiyalash masalalari muhokama
qilinadi, guruh ishi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar qarab chiqiladi,
ota-onalarning bayramda ishtirok etishlari haqida gapiriladi.
Majlislar mavzusini belgilashda va unga tayyorgarlik ko‘rishda
ota-onalari taklif etilayotgan bolalarni yoshini hisobga olish zarur. Shu
munosabat bilan o‘yin yoki mehnat faoliyatlari haqida masalalar
ko‘proq o‘rin egallash mumkin. Ota-onalarning umumiy majlisi
maktabgacha ta’lim muassasalari hamma tarbiyalanuvchilarining ota-
onalari uchun yiliga ikki marta o‘tkaziladi. Ular maktabgacha
muassasa mudirasi, vrach, tarbiyachilar ishtirokida tashkil etiladi.
Umumiy majlislarda ta’lim-tarbiyaviy ishning yakunlari muhokama
qilinadi. Birinchi umumiy majlis o‘quv yili boshida o‘tkazilib, unda
mudira ota-onalarni maktabgacha ta’lim muassasining yillik ish rejasi
bilan tanishtiradi. Rejaning oila bilan bog‘liq qismiga aniq to‘xtalib
o‘tish lozim. Ikkinchi umumiy majlis o‘quv yili oxirida o‘tkaziladi.
Bunda maktabgacha ta’lim muassasining o‘tgan yildagi ish yakunlari
haqida ma’lumot beriladi. Bolalar muassasida tarbiyalanuvchilarning
yashash sharoitlarini yaxshilashda ota-onalarning qo‘shgan hissalari
ta’kidlab o‘tiladi. Umumiy majlislarda bolalar muassasasi jamoasi
qanchalik katta va murakkab ishni bajarishni va bu ishda qanday
yordam berish kerakligini ishonchli tarzda ko‘rsatishi kerak.
Majlislarda pedagog ma’ruzasining hajmi 20-25 minutga mo‘ljal-
lanadi.
287
Ota-onalar bilan MTM xodimlarini birgalikdagi faoliyatini tashkil
etish va uning mazmuni MTM dagi sharoitlarga bog‘liqdir.
Birgalikdagi faoliyat kerakli darajada amalga oshiriladigan joyda
o‘zaro yordam, bir-birini tushunish, topshirilgan ishga javobgarlik
holati
vujudga
keladi.
Ota-onalar
MTM
maydonini
ko‘kalamzor1ashtirish, xonalarni qish mavsumiga tayyorlash,
sog‘lomlashtirish ishlarini o‘tkazishda yordam ko‘rsatish1ari,
bolalarga bayram kostyumlari tayyorlashda, bolalarni sayohatga
kuzatib borishda ishtirok etishlari mumkin. Agar ota-onalar orasida
fotosuratchilar, tikuvchilar, rassomlar bor bo‘lsa, ular MTMga
bevosita yordam ko‘rsatishlari kerak. Ota-onalarning ishi ijtimoiy
xarakterga ega va ixtiyoriylikka asoslangan bo‘lishi kerak.
Birgalikdagi ishni to‘g‘ri tashkil etish uchun yillik reja tuziladi va
ko‘rinadigan joyga ilib qo‘yiladi. Ota-onalardan qaysi kunlari MTMga
kelib yordam berishlari mumkinligini so‘rash lozim.
Ochiq eshiklar kuni ota-onalar bilan ishlashning samarali
shaklidir. Ochiq eshiklar kuni jamoaning o‘z kalendar yillik rejasi
bo‘yicha har bir yosh guruhning ma’lum rejimi bo‘yicha odatdagi
mehnat kunidir. Bunday kunlarni yiliga 1-2 marta o‘tkazish tavsiya
qilinadi. Ochiq eshiklar kunini o‘tkazish zarur. Ya’ni ota-onalarga
bolalarni jismoniy chiniqtirish, ovqatlantirish, nıashg‘ulotning borishi,
sayr haqida ko‘pgina narsalarni ko‘rish imkoniyatiga ega ekanliklari
haqida ma’lum qilinadi.
Ota-onalarga esa quyidagilar eslatiladi: bolalar bilan oddiy
munosabatda bo‘lish, ularning faoliyatida imkon boricha ishtirok
etish, tarbiyachiga xalaqit bermaslik, farzandiga tanbeh bermaslik
(mashg‘ulotlar o‘tkazilayotganda).
Ochiq
eshiklar
kunini
o‘tkazishga
tayyorlanayotganda
fotosuratchini taklif etish, keyinchalik esa “Ota-onalar – bizning
mehmonimiz”, “Bizda ochiq eshiklar kuni” mavzusida fotoko‘rgazma
tashkil etish mumkin. Bu ochiq eshiklar kunida qatnasha olmagan ota-
onalarda qiziqish uyg‘otadi.
Ota-onalar qo‘mitasi va jamoachilik bilan ishlash. Har bir
MTMda ota-onalar qo‘mitasi bo‘lib “Maktabgacha ta’lim muassasasi
nizomi” bo‘yicha tashkil etiladi. Ota-onalar qo‘mitasi ishning
vazifalari va mazmuni uning huquqlari, hisoboti va ish yuritishi ota-
onalar qo‘mitasi haqidagi “Nizom“da aks ettiriladi. Bu qo‘mita ota-
onalarning umumiy majlisida bir yil muddatga saylanadi. Uning
288
tarkibiga har bir guruhdan 1-2 vakil kiradi. Ular orasidan rais va kotib
saylanadi. MTM rahbari va pedagogik jamoa ota-onalar qo‘mitasiga
faol tarbiya masalalarida uzoq bo‘lmagan kishilar tarafdoridir.
Tarbiyachilar u yoki bu oila qanday ota-onalar qo‘mitasiga a’zo
bo‘lgandan so‘ng MTMga ota yoki ona qanday yordam berishi
mumkin, ular jamoa tarbiyasi hayoti bilan qiziqishadimi, MTMda
bo‘lish kerakligi haqidagi mashg‘ulotlar tartibini kuzatish, sayr
qilishda ishtirok etish haqidagi taklifga labbay deb javob berishadimi,
degan savollarga javob berishlari kerak. Ota-onalar qo‘mitasini unda
ishlashni xohlovchi ota-onalardan ham saylash mumkin. Bunday ota-
onalar odatda, samarali qiziqib ishlaydilar. Ota-onalar qo‘mitasi ota-
onalarning umumiy majlisiga hisob beradi, unga avval qabul qilingan
qarorlarning bajarilishi haqida hisobot beradi. Ota-onalarning umumiy
majlisiga hisob beradi. Ota-onalar qo‘mitasining faoliyati MTMning
yillik rejasiga mos holda rejali ravishda olib borilishi kerak. Qo‘mita
ishini mudiri boshqarib boradi. Uning niajlislari kamida ikki oyda bir
marta o‘tkazilishi kerak.
MTMning ota-onalar bilan ishining yillik rejasi :
– umumiy majlislar;
– ota-onalar bilan axloqiy va jismoniy tarbiya masalalarida olib bori-
ladigan ish;
– “Bolalarning tabiat qo‘ynidagi mehnati – axloqiy tarbiyaning
vositasidir” degan mavzuga alohida e’tibor berish;
– ota-onalarni MTM ishiga yaqinlashtirish, ularni MTMdagi tarbi-
yaviy ishlar bilan keng tanishtirish.
Quyidagilar ota-onalar e’tiborida bo‘lmog‘i kerak:
– navbatchilikni tashkil etish;
– shanbaliklar uyushtirish;
– ochiq mashg‘ulotlarda qatnashish;
– guruh majlislarida qatnashish;
– individual suhbatlar, maslahatlar.
– oilalarni borib ko‘rilganda bolalar mehnat faoliyatlariga alohida
e’tibor berish (bola yoshiga mos holda).
Umumiy majlislar:
1.
MTM va oilada bolaning axloqiy tarbiyasi. Mavzu bo‘yicha ota-
onalar chiqishlarini tayyorlash.
2.
Bola tarbiyasida ota-onalar obro‘yi. Ma’ruza mavzusi bo‘yicha
tayyorlangan ota-onalar chiqishlari.
289
a) Yoz paytida MTM hovlisida tarbiyaviy ishlar (bunda mehnat
tarbiyasi masalalariga alohida e’tibor beriladi).
b) Yoz sharoitida sog‘lomlashtirish tadbirlari (shifokor axboroti).
v) Bolalarni ekskursiyaga olib chiqish bilan bog‘liq tashkiliy
masalalar.
a) Bolalar bilan o‘tkazilgan yozgi sog‘lomlashtirish ishlarining
yakuni.
b) Ota-onalar qo‘mitasi ishining hisoboti.
Dostları ilə paylaş: |