Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


XVII. 2. Kunning birinchi va ikkinchi yarmida bolalar



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

XVII. 2. Kunning birinchi va ikkinchi yarmida bolalar 
hayotini tashkil etish 
Bolalar hayoti kunning birinchi va ikkinchi yarmidagi kun 
tartibiga binoan tashkil etiladi. Buning uchun hamma zarur shart-
sharoitlarni yaratish zarur. 
Kichik guruh bolalarining ko‘p vaqti guruh xonasida o‘tadi. 
Yaxshi jihozlangan xona, o‘yinchoq va qo‘llanmalarni to‘g‘ri tanlash 
bolalarning to‘laqonli hayot kechirishining asosiy sharti hisoblanadi. 
Guruh xonasidagi o‘yinchoqlar bu yoshdagi bolalarning 3-4 ta bo‘lib 
o‘ynashlarini e’tiborga olib joylashtirilishi, “Oila”, “Bolalar 
bog‘chasi” va shunga o‘xshash o‘yinlarni o‘ynashlari uchun 
o‘yinchoq burchagi tashkil etilishi, unda yana qurilish materiallari, 
harakatlanuvchi o‘yinchoqlar ham bo‘lishi kerak, qolgan o‘yinchoqlar, 
rasmlar shkaflarga bolalar bemalol oladigan qilib joylashtirishi lozim. 
Xonada bolalarning polda mashina, aravachalarni bemalol yurgiza 
olishlari va yirik qurilish materiallari bilan o‘ynashlari uchun ham joy 
ajratilishi kerak. Harakatlarni rivojlantiruvchi jihozlar binoning 
maxsus xonalarida saqlanadi va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlaridagina 
olib chiqiladi. Maydonchaga qum yashiklari, bolalarning sakrashlari, 
tirmashib chiqishlari uchun kerakli jihozlar, qorda, muzda uchishlari 
uchun chanalar qo‘yiladi. 


296 
Kichik guruh bolalari uchun ham xuddi birinchi kichik 
guruhnikidek muhit tashkil etiladi. Bundan tashqari, kuzatish va 
mehnat uchun tabiat burchagiga akvariumda balki, to‘rlarda qushlar 
va mayda hayvonlar joylashtiriladi. Guruh xonasidan kitob javoni 
uchun joy ajratiladi. MTM maydonchasida sport o‘yinlari bilan 
shug‘ullanish uchun maxsus joy bo‘ladi, u kerakli anjomlar bilan 
jihozlab qo‘yiladi: velosipedda uchish uchun yo‘lka, tirmashib chiqish 
uchun jismoniy tarbiya narvonchalari, muvozanatni saqlash uchun 
ma’lum balandlikda yotqizilgan g‘o‘la va shunga o‘xshashlar bo‘ladi. 
Olib chiqilgan o‘yinchoqlarni o‘ynash uchun maxsus stollar, 
o‘rindiqlar, suv bilan o‘ynash uchun maxsus idish, qum yashigi 
bo‘lishi kerak. 
O‘rta guruh xonasi uxlash xonasi, hojatxona va yechinish 
xonasiga ega bo‘lishi kerak. Guruh xonasi bir necha bo‘limdan iborat 
bo‘lishi kerak. Birinchi o‘yin bo‘limida qo‘g‘irchoq bilan o‘ynash 
uchun hamma kerakli narsalar joylashtirilgan shkaf bo‘ladi. Ikkinchi 
o‘yin bo‘limida qurilish materiallari qo‘yiladigan shkaf va ular bilan 
o‘ynash uchun joy ajratiladi. Shu xonaning yana bir qismida 
bolalarning badiiy faoliyat bilan mustaqil shug‘ullanishlari uchun 
kerakli materiallar qo‘yiladi. Kitob burchagi va stol usti bosma o‘yini 
bilan shug‘ullanishlari uchun o‘yin burchagida tinchroq joyni ajratish 
kerak. Tabiat burchagini derazalarga yaqinroqda joylashtirgan ma’qul. 
Xona amaliy san’at asarlari va ko‘kalamzorlashtiruvchi o‘simliklar 
bilan bezatiladi. 
Maydoncha boshqa maydonchalardan yashil, manzarali o‘sim-
liklar bilan to‘silib, jismoniy mashqlar va sport ermak o‘yinlari uchun 
kerakli asboblar bilan jihozlanadi. 
Katta guruh o‘yin bo‘limlari bolalarning yoshiga mos holda, o‘rta 
guruh xonasi kabi jihozlanadi. Guruh xonasida yana mashg‘ulot 
o‘tkaziladigan bo‘lim ajratiladi va u yerga tarbiyachining stoli, ekran, 
shkaf, doska joylashtiriladi. Bolalarning mustaqil o‘ynashlari uchun 
hamma kerakli materiallar ular bemalol foydalana oladigan qilib 
joylashtirilishi kerak (stollar, o‘yinchoq1ar solingan qutichalar, vitrina 
shkafi, tokchalar va boshqalar). Tabiat burchagi, qo‘l mehnati bilan 
shug‘ullanadigan burchak, kitob burchagi, tasviriy faoliyat bilan 
mustaqil shug‘ullanadigan burchak, musiqaviy faoliyat burchaklari 
bo‘lishi kerak. Bulardan tashqari bolalar bemalol, erkin harakat 
qilishlari uchun kattagina bo‘sh joy bo‘lishi zarur. Maydonchada sport 


297 
o‘yinlari, yugurish, sakrash, tirmashib chiqish, irg‘itish uchun katta 
joy ajratiladi. Syujetli o‘yinlar uchun o‘yinchoq1ar ham bo‘ladi. 
Tayyorlov guruhi. Bu yerdagi mashg‘ulot o‘tkaziladigan bo‘limda 
katta guruhdagi singari bolalar uchun ikki kishilik stollar qo‘yiladi. 
Guruh xonasidagi jihozlar zarurat tufayli shug‘ullanganda o‘yinga joy 
bo‘shatish maqsadida boshqa tomonga surib qo‘yadigan qilib 
joylashtiriladi. Maydonchada sport o‘yinlari va har xil o‘yinlar uchun 
joy ajratiladi, gulxona va poliz tashkil etilib, u yerda bolalar o‘zlari 
gul va sabzavotlarni yetishtiradilar. 
Bolalar hayotini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar. Kunning 
birinchi yarmida bolalar hayotini tashkil etish, bolalarning MTMda 9-
10 soat bo‘lishi kun tartibida belgilab qo‘yilgan. Bunda ertalabki 
qabul muhim rol o‘ynaydi. Tarbiyachi bolalarning MTMdagi vaqti 
qiziqarli, sermazmun o‘tishini ta’minlaydi. 
Buning uchun ertalab bolalarni ochiq chehra bilan kutib oladi, 
ota-onalari bilan xushmuomala, xayrixoh munosabatda bo‘ladi. 
Ertalabki qabul vaqtida ijodiy o‘yinning hamma turlari tashkil etiladi, 
tabiat burchagida kuzatish, bolalarning guruh xonasidagi, ovqat va 
mashg‘ulotlardagi navbatchiliklari, nonushtadan oldin ertalabki 
gimnastika va yuvinish tashkil etiladi. Nonushta vaqtida tarbiyachi 
bolalarning ovqatlanish madaniyatini nazorat qilib turadi. 
Nonushtadan keyin dasturda ko‘rsatilgan vaqt mobaynida 
mashg‘ulot o‘tkaziladi. Mashg‘ulotgacha va mashg‘ulot o‘rtasida 
o‘yinlar tashkil etiladi. Qanday o‘yin o‘tkazilishi mashg‘ulotning 
mazmuni va xususiyatiga bog‘liq. Bolalar o‘tirib shug‘ullanadigan 
mashg‘ulotdan oldin harakatli o‘yinlar, jismoniy tarbiya va musiqaviy 
mashg‘ulotdan oldin tinch o‘yinlar o‘ynashadi. Mashg‘ulotdan keyin 
sayr o‘tkaziladi. Tarbiyachi tevarak-atrofdagi tabiatni, kattalar 
mehnatini, ijtimoiy hayot voqealarini kuzatishni tashkil etadi. 
Harakatli o‘yinlar o‘tkazadi, mustaqil o‘yin o‘tkazishni taklif etadi. 
Mana shu vaqt ichida bolalarning mustaqil faoliyatlari, mehnat, 
didaktik o‘yinlar, ijodiy o‘yin turlari bilan shug‘ullanishlari uchun 
katta e’tibor beriladi. Maqsadli sayrlar uyushtiriladi. Sport o‘yinlari va 
mashqlar, jismoniy dam olish va shunga o‘xshashlar bolalarning 
harakat faolligini o‘stirishga ham katta ahamiyat beriladi. 

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin