Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

 


307 
 
XVII. 4. Ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish mazmuni 
Ta’lim-tarbiyaviy ishning mazmuni, metodi va usullari hamda uni 
tashkil etish turlari, bolalar xulq-atvorini tarbiyalash mazmuni, ularda 
madaniy-gigiyenik malakalarni shakllantirish, bolalar o‘yinlariga 
rahbarlik usullari, bolaning bo‘sh vaqti, ko‘ngilochar daqiqalarni 
tashkil 
etish, 
shuningdek, 
ota-onalar 
bilan 
ishlash 
turlari 
rejalashtirilishi lozim, 
O‘qitishning 
har 
bir 
bo‘limiga 
doir 
mashg‘ulotlarni 
rejalashtirishda bilimlarni egallashning asosiy bosqichlari hisobga 
olinadi. Rejada bilimlar mazmunining takrorlanishi, ularni sekin-asta 
murakkablashtirish nazarda tutiladi. Istalgan bo‘1imga doir 
mashg‘ulotlarni rejalashtirishda mazkur bo‘lim bilan bog‘1angan 
asosiy ta’lim-tarbiyaviy masalalardan tashqari dasturning boshqa 
bo‘limlaridan ayrim masalalarni kiritish kerak. Mashg‘u1otlarni 
bunday yaxlitlash ularni rivojlantiruvchi samarasini oshiradi. 
Ta’lim-tarbiyaviy ishlar mashg‘u1ot1ardan tashqarida kundalik 
turmush, o‘yin, mehnatda ham davom ettiriladi. Rejada bolaning xulq-
atvorini, bir-birlariga xayrixohlik munosabatini, bir-birining o‘yiniga 
qiziqishlari bilan hisoblashishni, yuzaga kelgan nizolarni haqgo‘ylik 
bilan hal qilish kabilarni tarbiyalash vazifalari nazarda tutiladi. Rejada 
o‘yinda bolalarni o‘zaro munosabatlari va xulq- atvorlarini tarbiyalash 
vazifasini kiritib, tarbiyachi bolalar o‘yinlarining mazmunini, ularning 
o‘ynash ko‘niknıalarini hisobga oladi. Kun davomida tarbiyachi 
xilma-xil harakatli va didaktik o‘yinlarni uyushtiradi, ularga rahbarlik 
rejalashtiradi. Bolalarning mehnat faoliyatlarini tashkil etish 
shakllariga doir rejalashtirish muhimdir. Mehnatni tashkil etish shakli 
sifatida barcha guruhlarda topshiriqlardan foydalaniladi. O‘z 
mazmuniga 
ko‘ra 
topshiriqlar 
turlicha 
bo‘lishi 
mumkin. 
Tarbiyachining ish rejasida 
yangi 
topshiriq mazmunini qayd 
etish, so‘ngra uni bajarishga jalb etiladigan bolalar ismlarini ko‘rsatish 
maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachi bolalar navbatchiligiga rahbarlikni 
rejalashtirar ekan, tarbiyachi mehnat hajmi va mazmunini, bolalarga 
navbatchilik vazifalarini tanishtirishda foydalanadigan jihoz, metod va 
usullarni ko‘rsatadi. Rejada bolalarning jamoa shaklidagi mehnatlarini 
tashkil qilish mazmuni va tarkibi, o‘tkazish vaqti ko‘rsatiladi. Zarur 
jihozlar belgilanadi va joylashtiriladi. 


308 
Mustaqillik bayramlari, mustaqil yurtimizdagi muhim sanalar va 
hodisalar bilan bog‘liq bayramlar, maktabgacha ta’lim muassasasida 
bolalarga Vatanga muhabbat, baynalmilal hislarni tarbiyalash, ularni 
xalqimizning boy milliy va umumbashariy qadriyatlari asosida 
tarbiyalash maqsadida bayram ertaliklari o‘tkazi1adi. Bayramlarni 
tarbiyaning muhim vositasi sifatida puxta rejalashtirish lozim. Rejada 
muassasaning butun jamoasi, bolalarning tayyorlarligi aks ettiriladi. 
Pedagogik kengashda bayram ssenariysi ishlab chiqiladi va 
tasdiqlanadi. 
Maktabgacha ta’lim muassasasi ota-onalar o‘rtasida pedagogik 
targ‘ibotni amalga oshiradi. Ularni oila va maktabgacha ta’lim 
muassasasining bolalarga ta’sir ko‘rsatishda hamkorlikni yo‘lga 
qo‘yish maqsadlarida ta’lim - tarbiyaviy ish mazmuni bilan 
tanishtiradi. Bolalarni oilada tarbiyalashning ilg‘or usullarini 
o‘rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi. Bu ish izchil tarzda amalga 
oshiriladi va maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi tomonidan 
yillik rejada, tarbiyachi tomonidan ham rejalashtiriladi. Ishni tashkil 
etish usullari quyidagilarni: ota-onalar majlisi, bola oilasiga borishni, 
ochiq eshiklar kunini, mashg‘ulotlar o‘tkazishni, bolalar ishlari 
bo‘yicha ko‘rgazmalar tashkil etishni nazarda tutadi. 

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin