Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

Bolaning maktab haqidagi tasavvurlarini aniqlash uchun 
savolnoma (motivatsion tayyorgarlik). 
Maqsad: Ushbu savolnoma shaxsining belgisi sifatida unda 
mas’uliyat hissi qanchalik shakllanganligi darajasini, bolaning maktab 
vazifasini qanchalik tushunib yetganligini va uning maktabga 
munosabatini aniqlaydi.
1. Sen maktab-maktab o‘ynashni yaxshi ko‘rasanmi? (Bolaning 
maktabga munosabati va unda o‘qishga xohishi).
2. Bu o‘yinda sen kim bo‘lishni xohlaysan: o‘qituvchimi, 
o‘quvchi? (Savol bilim manbasi sifatida o‘qituvchi bo‘lish istagi 
sababini va bilim olishga intilish sifatida o‘quvchi bo‘lish istagi 
sababini aniqlaydi).
3. O‘qish –bu qiyinmi yoki oson? Nima uchun? (Savol 
bolalardagi ta’lim olish jarayoni – bu ko‘p mehnat qilishi lozim 
bo‘lgan jarayon degan tushunchaga oydinlik kiritadi).
4. Katta bo‘lganingda, sen o‘qituvchi bo‘lishni xohlaysanmi? 
(O‘qituvchi bo‘lish yoki bo‘lmaslik xohishining asosli tushunib 
yetilishi, o‘qituvchi kasbiga uning munosabati).


319 
5. Sen maktabga bora boshlasang, sumkangga nimalarni joylab 
borasan? (sanab o‘tgan narsalardan uning bilimi va maktabda nimalar 
bilan shug‘ullanishi haqidagi tasavvurlarini aniqlash mumkin).
6. Maktabingga sen sevimli o‘yinchog‘ingni olib borasanmi? Uni 
qachon o‘ynaysan? (Savol bolalarning maktab tartib tizimi, maktabda 
tanaffuslar bo‘lishi haqidagi tasavvurlarini aniqlaydi).
7. Nega ayrim bolalar maktabda yomon o‘qishadi? (Bolalarda 
mas’uliyat hissining shakllanganligi, irodaviy tayyorgarligi darajasini 
oydinlashtiradi). Maktabda o‘qish bolalar uchun nega kerak? (Savol 
bolaning bilim olishga bo‘lgan intilishini aniqlaydi).
8. Agar senga o‘qituvching “2” qo‘ysa, sen xafa bo‘lasanmi? 
Nega? (Salbiy bahoga bola munosabatining asosi).
9. Maktabda sen qanday baholar olishga harakat qilasan? Buning 
uchun nima qilish kerak? (Bolaning ijobiy va salbiy baholar haqida 
bilishi). 
Matematika bo‘yicha ilk tasavvurlarini aniqlash uchun 
savolnoma

Maqsad: 
Bola 
tafakkuri 
rivojlanganligi 
darajasini, 
mashg‘ulotlarda olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishni 
aniqlaydi.
1. Qara, atrofimizdagi kvadrat shaklidagi va to‘g‘ri burchak shaklidagi 
narsalarni ayt?
2. Kvadrat to‘g‘ri to‘rtburchakdan nimasi bilan farq qiladi?
3. Kvadratni teng ikkiga bo‘l, undan ikkita to‘g‘ri burchak hosil 
bo‘lsin.
4. To‘g‘ri burchakni bo‘l, undan ikkita kvadrat hosil bo‘lsin.
5. Kvadrat aylanadan nimasi bilan farq qiladi?
6. Chap qulog‘ingni o‘ng qo‘ling bilan ko‘rsat.
7. Mening chap qo‘limni ko‘rsat.
8. Shkaf qayerda (chapda, o‘ngda) turibdi?
9. 8 sonidan keyin qanday son keladi?
10. 5 soni kattami 6 soni? Necha marta katta?
11. Ikki soni kichikmi 3? Necha marta?
12. 10 va 2 sonlari ishtirokida ayirish amalini bajarish uchun topshiriq 
shartini tuz.
13. Temur stakandagi sutning yarmini ichdi Barchinoy to‘liq. Kim 
ko‘p ichdi?
14. Qanday qilib 5 ni har xil qilib hosil qilish mumkin?


320 
15. Baland va past daraxtni chiz.
15.Xonamiz enini qadaming bilan o‘lcha.
Bola nutqi rivojlanganligini aniqlash (savodxonlikka o‘rgatish).
Maqsad: Bolalarning tovushlar, so‘zlar va so‘z birikmalari 
haqidagi bilim va tasavvurlarini, ularning so‘zlarni bo‘g‘inlarga 
ajaratish hamda berilgan so‘zlardan gap tuzishni bilishini aniqlash.
– “Chiroyli stol” so‘zi ishtirokida gap tuzish.
– “Ruchka” chiqib so‘zi bilan so‘z birikmasi o‘yla.
– Koptok haqida imkon qadar ko‘p so‘z ayt.
“Bolalar maktabga kelishdi. Ular sinfda o‘tirishibdi. Dars 
boshlandi. Bir o‘quvchini doskaga chaqirishdi”. Bu hikoyada nechta 
gap bor.(Har bir gapni uchburchak bilan belgilang. Qancha 
uchburchak bo‘lsa, demak shuncha gap bo‘ladi.)
“Mashina”, “oshxona” so‘zlarini bo‘g‘inlab ayt.
“Bahor keldi” so‘z birikmasidan gap tuz.
So‘z nimadan tashkil topgan?
Gap nimadan tashkil topgan?
Xonadagi “O” tovushi bor narsalarni ayt (boshqa tovushlarni ham 
aytish mumkin).
Savollarga javoblarni baholash mezonlari (J.Saidnazarova). 
Agar bola savollarga to‘liq javob bersa – bu 100 % hisoblanib, + 
belgi bilan belgilab qo‘yiladi.
Agar bola savollarining yarmiga javob bersa – bu 50% hisoblanib 
X belgisi bilan qayd etiladi.
Agar bola savollarning yarmidan ozrog‘iga javob bersa – bu 25 % 
hisoblanib / belgisi bilan qayd etiladi.
Agar bola har bir testning 2-3 savoliga javob bergan bo‘lsa, bu 
ko‘rsatkich me’yordan past hisoblanib, - belgisi bilan qayd etiladi.
Bolada o‘quv faoliyatiga tayyorgarlikning ilk zamini 
shakllanganligini (umumlashtirish, uyg‘unlashtirish, solishtirish, 
ajratish, xulosa chiqarish va boshqa bilish) aniqlash uchun yuqorida 
ko‘rsatilgan tashxislashning asosiy shakllaridagi topshiriqlar ko‘zda 
tutilgan edi. O‘tkazilgan tashxislash suhbati, Kern Irasek metodi 
bo‘yicha to‘rt topshiriq, shuningdek A.A.Venger metodikasi bo‘yicha 
“Grafik diktant” va J.Saidnazarovaning o‘quv faoliyati ko‘nikmalarini 
shakllantirish bo‘yicha savollar jamlamasi natijalarining maktab 
tayyorgarligining solishtirilishi va tahlili bolaning shaxsiy-ruhiy, aqliy 
va maxsus tayyorgarlik darajalarini xolis belgilash imkonini beradi, 


321 
rivojlanishdagi qusurlarni aniqlaydi, bola shaxsi rivojining turli to-
monlarini (qobiliyat, iqtidori yoki qoloqligi) tekshirish (zarur bo‘l-
ganda) yo‘llarini ko‘rsatib beradi.

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin