Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


XVIII. 4. Bolalarni maktabga tayyorlashda tibbiyot xodimlari



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

XVIII. 4. Bolalarni maktabga tayyorlashda tibbiyot xodimlari 
ishining ahamiyati
Har bir ota-ona farzandining hayotda o‘z o‘rnini topishini 
xohlaydi. Lekin hamma ota-onalar ham bolani maktabga qanday 
tayyorlash, unga nimalarni o‘rgatish kerakligini bilavermaydi. Bolani 
maktabga tayyorlashning quyidagi ikki usuli mavjud:
– bolani oilada maktabga tayyorlash;
– bolani maktabgacha ta’lim tashkilotida maktabga tayyorlash.
Bundan tashqari bolaning maktabga moslashishida ba’zi 
qiyinchiliklarga duch kelinadi, bu qiyinchiliklar tibbiy, shaxsiy, 
ijtimoiy-psixologik, aqliy omillarga bog‘lik. Ular o‘quv faoliyati 
jarayonida bartaraf etib boriladi. 5-7 yoshli bola organizimining faol 
yetishish jarayoni davom etadi. Bolaning vazni oyiga o‘rtacha 200 gr, 
bo‘yi 0 0,5 sm ga o‘sa boradi. Tana (gavda) tuzilishining 
imkoniyatlari o‘zgaradi. 6 yoshga kelib bolaning harakat jihatlari 
yetarlicha yaxshi shakllangan bo‘ladi: u turli tezliklarda yura oladi, 
qadam bosishi, tekis, yengil va tez yuguradi. U yugurib kelib sakrash, 
osilib (chirmashib) chiqish kabi murakkab harakatlarni o‘zlashtirgan 
bo‘ladi. Uning musiqa mashg‘ulotlaridagi harakatlari xilma-xil, ritmik 
va egiluvchan bo‘ladi. U o‘yin va mashqlarda chaqqonlik, abjirlik, 
tezkorlik, merganlik kabi sifatlarni yaxshiroq namoyon eta boshlaydi. 
Lekin shular bilan birga ularning asab tizimini mustahkamlash, asosiy 
jismoniy sifatlari bo‘lmish chaqqonlik, chidamlilik, tezkorlik, 
kuchlilik, epchillik kabilarni yanada rivojlantirish lozim bo‘ladi. 
Bolaning nafaqat o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishida, balki har qanday 


327 
ishda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan jismoniy 
sifatlardan biri chidamlilikdir. Bolani maktabga tayyorlashda 
navbatdagi muhim ish uni shifoxonada shifokor tekshiruvidan 
o‘tkazishdir. Bolaning sog‘ligi va jismoniy rivojlanishi haqidagi 
ma’lumotlar maktab uchun zarur. Maktab shifokori va pedagog 
bolaning jismoniy rivojlanishi, ko‘rish va eshitish darajasini hisobga 
olib, uni o‘qishning dastlabki kunlaridayoq partaga to‘g‘ri o‘tka-
zishda, unga tegishli jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tavsiya etishda, 
shuningdek, bolaning xulq-atvorini, axloqini bilib olib, har qaysisiga 
xos muomala topishda shu ma’lumotlardan foydalanadi. Bola qanday 
yuqumli kasalliklar bilan og‘riganligi, u qanday em-dorilar qabul 
qilganligi va kasalliklar oldini olish uchun nimalar qilish kerakligini 
maktab shifokori bilishi lozim. Har yili 1-yanvardan boshlab, 
shifoxonaning patronaj hamshirasi shu yili maktabga borishi kerak 
bo‘lgan bolalarning uylariga borib, ota-onalarga bolalarini o‘zlari 
bilan birga olib borib, uchastka bolalar shifokoriga ko‘rsatishlari 
lozimligini aytadi. Ota-onalar hamshiraning taklifiga jiddiy qarab, 
paysalga solmay poliklinikaga borishlari kerak. Poliklinikada muta-
xassis shifokorlar bolaning ko‘zi, qulog‘i, burni, tomog‘ini 
tekshiradilar, tishini davolaydilar. Nutqida nuqsoni bo‘lgan (ayrim 
harflarni noto‘g‘ri talaffuz etadigan, nutqi noaniq, duduqlanadigan va 
haqozo) bola shifokor-logopedga yuboriladi. Bunday atroflicha tek-
shirishlar natijasida shifokor ota-onalar qo‘liga bolaning shifo-
xonadagi shifokorlar ko‘rigidan o‘tganligi haqida ma’lumotnoma 
beradi. Maktab shifokorining so‘rovi bilan shifoxona bolaning shaxsiy 
ambulatoriya kartochkasini maktabga yuboradi. Bolalarini birinchi 
sinfga beradigan ota-onalar bajaradigan tayyorlov ishlari mana 
shulardan iborat. Mana shularni hisobga olgan holda bolani uyda 
qanday qilib sog‘lomlashtirish kerakligi haqida to‘xtalib o‘tamiz. Shu-
ning uchun ham zamonaviy sog‘lomlashtirish tadbirlarini sanab 
o‘tamiz:
– avval qirovli, so‘ng qorli yerda yalang oyoq yurish;
– ochiq havoda badandan suv quyish;
– saunadan foydalanish;
– kontrastli dush;
– yurish uchun muzlatilgan sochiqdan foydalanish;
– relaksatsiya va meditatsiya o‘tkazish;


328 
– bolaga individual yondoshish, magnit to‘lqinlar davrida 
yengillatilgan rejim bilan ta’minlash;
Biz bolaning sog‘lomlashishini quyidagi vazifalarning amalga 
oshirilishidan ko‘ramiz. Bolalardagi shamollash kasalligi asosan 
bolaning kiyimi va poyafzali harorat rejimiga to‘g‘ri kelmasligidan 
kelib chiqadi. Demak, haroratni va kiyimni doimo taqqoslab, 
kichkintoylar badani haroratning ko‘tarilishi yoki pasayishiga yo‘l 
qo‘ymaslik kerak. Shuningdek, bolalarning uxlashi va ovqatlanishi 
uchun sharoitlar yaratish ham muhim. Bolalar sog‘ligi uchun u 
yashayotgan shart-sharoitlar, muhitni shakllantirish uchun zarur 
bo‘lgan asosiy shartlar hisoblangan musiqa va hid terapiyasi juda ham 
muhim. Bolaning eshitish qobiliyati, ko‘rishi, ichak, jigar foliyati, 
jinsiy rivojlanishi qanday ahvolda ekanligi va xokozo. Faqat 
diagnostik ma’lumotlargina oilada bolaga aniq individual 
yondoshishni ta’minlaydi. Rejim hamisha bolalarning to‘liq fiziologik 
rivojlanishining negizi bo‘lgan va bo‘lib qoladi. Sayrlar fiziologlar va 
psixologlarning ilmiy dalillariga ko‘ra, maktabgacha yoshdagi bola bir 
kunda 6-13 ming harakat bajarar ekan, jumladan, 6 mingdan kam 
bo‘lsa bolalarda qulaylikning buzilishi (diskamfort) boshlanishi 
alohida ta’kidlanadi. Bola birinchi sinfga o‘qishga borar ekan, uning 
maktab ta’limiga jismonan tayyor holda bo‘lishi muhim ahamiyatga 
ega. Bolaning o‘ziga nisbatan jismonan baquvvat, kuchli bolalar 
orasiga tushib qolishi unda turli holatlarning shakllanishiga asos 
bo‘lishi mumkin. Tibbiy, psixologik – pedagogik kuzatuv daftari 
maktabgacha ta’lim tashkilotining har bir tarbiyalanuvchisi uchun 
alohida yuritiladi. Unda shu tarbiyalanuvchi bilan yil davomida 
o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik, psixologik-pedagogik tashxis xulosalari 
hamda uning maktabgacha ta’lim Davlat talablari asosida 
o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malakalarining ko‘rsatkichlari uzluksiz 
qayd etib boriladi:
Maktabga tayyorlov davri (6-7 yoshgacha).
Rivojlanish ko‘rsatkichlari:_____________________________ 
Antropometrik ma’lumotlar:
bo‘yi_____________
vazni_____________
Salomatligi:____________________________________________
Psixonevrolog:_________________________________________
Otoloringolog:_________________________________________


329 
Oftalmolog:___________________________________________
Uyquning kechishi:_____________________________________
Ishtahasi:_____________________________________________
Asab tizimining xususiyati:_______________________________
Nutq va nutqiy malakalari:_______________________________
Tovushning talaffuzi:___________________________________
So‘z boyligi:__________________________________________
Nutqi ifodali:_________________________________________
Nutqi ravon:__________________________________________
Gaplar tugallangan mantiqiy:_____________________________
Qisqa hikoya so‘zlab bera oladi:___________________________
Jismoniy rivojlanishi:___________________________________
Harakat:_____________________________________________
Mayda qo‘llar motorikasi:_______________________________ 
Ma’naviy axloqiy yetuklik:______________________________
Ma’naviy ko‘nikma:____________________________________
Madaniy gigiyenik ko‘nikma:____________________________
Har qanday maktab yoshiga yetgan (6-7 yosh) bola, avvalo, tibbiy 
ko‘rikdan o‘tishi lozim. Tibbiy ko‘rik orqali bolani maktabga aqlan, 
jismonan, ma’nan sog‘lom yoki sog‘lom emasligini aniqlash orqali 
uni maktabga chiqishini yoki chiqmasligini aniqlash mumkin.
Bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tayyorgarlik. Maktabgacha 
yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsad va 
vazifalari bolalarni jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantirish, ularning 
ruhiyat, shaxsiy qobiliyatlari, intilish va ehtiyojlarini qondirish, milliy 
va umuminsoniy qadriyatlarga, mustaqillik g‘oyalariga sodiq holda 
voyaga yetib borishini ta’minlash, ularni maktabgacha yoshdagi 
bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yilgan davlat talablariga muvofiq maktab 
ta’limiga tayyorlashdan iborat. Maktabgacha yoshdagi bolalarni 
rivojlantirish jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarning 
bajarilishiga erishish “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida amalga 
oshiriladi. Har bir oila barkamol avlodni tarbiyalash uchun qayg‘urishi 
lozim. Shu bois “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun hamda “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi”da mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotini ta’minlashning asosiy omili bo‘lgan kadrlarni tayyorlash 
borasidagi eng zarur tadbirlar tizimi belgilab berildi. Sog‘lom avlodni 
tarbiyalash davlat va jamiyatning ustuvor yo‘nalishidir. Hech kimga 


330 
sir emaski, respublikada bolalarni maktabgacha ta’lim-tarbiya tash-
kilotlariga jalb qilish kam foizni tashkil qiladi. Bunday nomu-
tanosiblik, bolalar maktab ostonasiga qadam qo‘ygan kundan boshlab 
ularning rivojlanish darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. So‘nggi yillarda 
maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim tarbiya 
mazmuni, shakli, vosita va metodlarini yangilashga alohida e’tibor 
berilmoqda. Davlat va jamiyat maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalarni 
yagona talab asosida rivojlantirish vazifasini qo‘ydi. Shunga ko‘ra 
maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat 
talablariga tayangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarga integral 
tarzda ta’lim-tarbiya berish maqsadida tayanch dasturlari taqdim 
etilmoqda. Bu tayanch dasturlari bugungi kunda maktabgacha ta’lim 
tashkilotlariga jalb etilmagan bolalarni ham rivojlantirish va yagona 
davlat talablari asosida maktabga tayyorlash imkonini beradi.
Ta’lim-tarbiya jarayoni yakunida mustaqil fikrlaydigan, erkin, 
bilimli, bir so‘z bilan aytganda, barkamol shaxsni voyaga yetkazish 
asosiy maqsad qilib belgilandi. Bu uzluksiz ta’lim tizimining ilk turi – 
maktabgacha ta’limga o‘ziga xos yondoshuvni talab etar edi. Bola 
dunyoga kelgan kundan boshlab, davlat va jamiyat hamda ota-ona 
zimmasiga uni sog‘lom, aqlli, xush xulqli qilib tarbiyalash vazifasi 
qo‘yiladi. Bolalarda aqliy faoliyatni dastlab muomala orqali, so‘ng 
ta’limiy faoliyatlar, o‘yinlar, bilim berish orqali amalga oshiriladi. 
Bola har doim buyumlar, hodisalar orasida bo‘ladi. Doimo biror narsa 
bilan tanishadi, nimanidir bilib oladi, ushlab ko‘radi, nimagadir quloq 
soladi, shu tarzda bola dunyoni anglaydi. Tevarak-atrof buyum va 
narsalar bolalarining sezgi organlariga, analizatorlarga ta’sir etadi va 
sezgi hosil bo‘ladi. Sezgi bolalarda ayrim xossalarni bilib olishga 
yordam beradi. Bolada aqliy malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, 
eng oddiy faoliyat usullari predmetlarini tekshirish, ulardagi muhim 
va muhim bo‘lmagan belgilarni ajratib ko‘rsatish, boshqa predmetlar 
bilan taqqoslash maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda aqliy 
tarbiya berish vazifalaridan biridir. Bu ko‘nikma, malakalar bilish 
faoliyatining tarkibiy qismlarga bo‘lib, bor bilimlarni chuqur egallab 
olishga yordam beradi. Pedagogika, psixologiya fani aqliy tarbiya 
vazifalarini samarali hal etishda, birinchi navbatda, bolaning 
imkoniyatlarini to‘g‘ri foydalanishni, ikkinchi tomondan, bola 
organizmining charchashiga sabab bo‘ladigan ortiqcha zo‘riqish 
bo‘lmasligi kerak degan fikrni ilgari suradi. To‘g‘ri tashkil etilgan 


331 
faoliyat jarayonidagina to‘la qonli aqliy rivojlanish ro‘y beradi. Shu 
sababli pedagoglarning vazifasi muayyan maqsadni ko‘zlab, 
tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish uchun kerakli sharoitni yaratish bolalarda 
aqliy faoliyatni dastlab muomala orqali so‘ng ta’limiy faoliyatlar
orqali amalga oshiriladi. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda 
aqliy tarbiyaning roli kattadir. Bolaning bilimlarni egallab olishlari 
ularning aqliy faolligini rivojlantirish, aqliy malaka va ko‘nikmalarini 
egallab olishlari, ularning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishlari uchun 
bo‘lajak mehnat faoliyatiga tayyorlanishda manba bo‘lib xizmat 
qiladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalashning 
asosiy vazifalari quyidagilar:
– Bolalarda tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi bilimlar tizimini ilmiy 
dunyoqarashini shakllantirish. Bola tevarak-atrofdagi narsalar, 
ularning vazifasi, sifati, xossalari haqida, qaysi materiallardan 
foydalanganligi, tayyorlanganligi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega 
bo‘lishi kerak.
– Bilishga dorir ruhiy jarayonlarni rivojlantirish: sezgi, idrok, 
xotira, xayol, tafakkur, nutq va boshqalar. Bilimga doir nutqni 
rivojlantirish aqliy tarbiyaning erkin vazifasidir.
– Bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni, aqliy mehnat 
madaniyatini rivojlantirish. Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar 
qiziquvchanligini ular aqlning sinchikovligini rivojlantirish va shular 
asosida bilishga qiziqish hosil qilishdan iborat.
– Aqliy malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, ya’ni oddiy 
faoliyat usullari, predmetlarni tekshirish, ulardagi muhim va muhim 
bo‘lmagan belgilarni ajratib ko‘rsatish boshqa predmetlar bilan 
taqqoslash maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish 
vazifalaridan biridir.
– O‘simlik va hayvonlar bilan tanishish bo‘yicha tizimli ta’limiy 
faoliyatlar olib borilgandan keyin bolalar o‘simlik, yosh hayvonlar 
to‘g‘risidagi ma’lum bir tasavvurga ega bo‘ladilar. So‘ngra 
bolalardagi aqliy ko‘nikma, malakalarni rivojlantirish maqsadida 
tarbiyachi bolalar bilan ta’limiy faoliyatlarni o‘tkazishni rejalashtirish 
mumkin. Bular quyidagilar: “Sen ta’rifla, men topaman”.
Didaktik vazifa – kattalarning savollariga narsaning xarakterli 
belgisini ajratib va nomini aytib javob berish. O‘yin harakati – 
kattalarga topishmoqni aytish. O‘yin qoidasi – ta’riflanayotgan narsani 


332 
nomini aytish mumkin emas. Tarbiyachining savollariga aniq va 
to‘g‘ri javob berish. Jihozlashda sabzavot va mevalar stol ustiga 
qo‘yiladi.Tarbiyachi stulini o‘simliklar ko‘rinmaydigan qilib qo‘yadi.
O‘yinning borishida tarbiyachi bolalarga stol ustidagi sabzavotlardan 
bittasini tanlashni aytadi. – Men sizdan uning qandayligini so‘rayman. 
Siz javob berasiz. Faqat uning nomini aytmang. Sizlarning 
javoblaringizdan men uni topishga harakat qilaman. Keyin tartib bilan 
tarbiyachi savol beradi: “Shakli qanday?, Hamma tomoni shardek 
dumaloqmi?, Chuqurchasi bormi?, Rangi qanday?” va boshqa. Bolalar 
savollarga to‘la javob berishadi. Bolalar narsaning xarakterli belgilari 
haqida gapirib berganlaridan keyin tarbiyachi topishmoqni topadi. 
Ta’limiy faoliyatda, o‘yinda, tabiat burchagida va maydonchadagi 
mehnatda, ekskursiya va sayr vaqtida tarbiyachi bolalarga atrofdagi 
olamning turli-tumanligini, chiroyini ko‘rsatadi, o‘simlikning turli 
xususiyatlari, sifatlari bilan tanishtiradi, o‘simlik va hayvonot olami 
haqida 
elementar 
tushunchani 
shakllantiradi. 
Tarbiyachining 
hikoyasidan faolroq o‘zlashtirib olishga bolalarning jozibali 
munosabati imkon beradi. Ta’limiy faoliyatlarda, didaktik o‘yinlarda 
qo‘yilgan vazifani hal etishda bola buyum va hodisalarning ayrim 
xususiyatlarini ajratishga, solishtirishga, umumiy xususiyatlarga, 
belgilariga qarab guruhlarga ajratishga, klassifikatsiya etishga 
o‘rganadilar. Bolalar fikr yuritishga, xulosalar chiqarishga o‘rganadi, 
bolalar diqqati, xotirasi va ixtiyoriy idroki rivojlanadi. Ta’limiy 
faoliyatni, o‘yin vazifasini hal etishda bola o‘zining xatti-harakatini 
tushuntiradi. Bu esa nutqining o‘sishiga yordam beradi. Ta’limiy 
faoliyatlar, didaktik o‘yinlar davomida turli maktabgacha yoshdagi 
bolalar ko‘p marotaba takrorlash orqali maktabgacha ta’lim
tashkilotining ta’lim-tarbiya dasturiga xos bilimlar majmuini 
o‘zlashtiradilar. Tabiiy materiallar bilan o‘ynaladigan o‘yinlarni 
tanlashtirishda tarbiyachi o‘yinning mazmuni atrof muhitdagi 
tabiatdagi o‘zgarishlarga mosligini unutmasligi lozim. Masalan: 
“Urug‘ sotib olish” o‘yini bahorda, “Hosil yig‘ishtirish” esa yoz yoki 
kuzda o‘tkazilishi kerak. Tarbiyachining o‘zi ham ta’limiy faoliyat , 


333 
o‘yinning turlicha variantlarini o‘ylashi mumkin: o‘yinga, ta’limiy 
faoliyatga qo‘shimcha vazifa, yangi rol, bolalarning atrofdagi tabiat 
haqidagi bilimlarini boyitishga va boshqalar. Ba’zi bir didaktik 
o‘yinlar turli variantda, turli yoshdagi bolalar uchun tavsiya etiladi. 
O‘yinlar o‘simliklar, hayvonlar yoki boshqa predmetlarning soni 
oshishi, turlicha qoida va o‘yin harakatlarining oshishi hisobiga 
murakkablashadi. Masalan, paypaslab bilish uchun sabzi, bodring, 
olma va boshqalar olish mumkin, keyinchalik shakli o‘xshash bo‘lgan 
meva va sabzavotlarni kiritish mumkin. Maktabgacha ta’lim yoshidagi 
bolalarga barg, gullar bilan o‘ynash ko‘pincha guruh xonasini, ovqat 
stolini bezash, guldasta, barglarni kattalarga, kichik bolalarga sovg‘a 
qilishga xohishlari bilan bog‘lanadi. Bunday o‘yinlarni, ta`limiy 
faoliyatlarni 
o‘tkazishda 
bolalarni 
o‘simliklarga 
nisbatan 
ehtiyotkorlik, gullarni bekordan bekorga uzmaslikka o‘rgatish lozim. 
Agar bola olma yoki boshqa predmetlarni shakliga diqqatini qaratgan 
bo‘lsa, unga olmani dumalatib ko‘rish, koptokdek silab ko‘rish, uning 
silliqligini aniqlashni taklif etish lozim. Bolalarda rang, shakl, kattalik 
tushunchalarini ishlatishga o‘rgatish lozim. Xilma-xil tabiat hodisasi 
olamida bolalarning bevosita kuzatishlari uchun eng tushunarligi 
o‘simlik va uy hayvonlaridir. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni 
o‘simlik va hayvonlar bilan tanishtirish jarayonida bolalarda tabiatga 
nisbatan muhabbat tarbiyalanadi, hayvonlarni parvarishlashga, 
o‘simliklarni o‘stirishga nisbatan istaklari tarbiyalanadi.

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin