338
yoki kichik guruhni (har biriga 7-10 daqiqa vaqt ajratib) qamrab olishi
mumkin.
Erkin faoliyat davri barcha bolalar taklif etiladigan muloqot,
suhbat bilan almashadi. Bu vaqt oldingi kundagi yorqin taassurotlar,
tabiatdagi o‘zgarishlar, yaqinlashib kelayotgan esdalik sanalar va
h.k.ga doir erkin muloqotga bag‘ishlanadi. Suhbat jarayonida pedagog
keyingi kunlardagi ta’limiy faoliyatlarning mavzularini rejalashtirish
uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarni
qiziqtirayotgan dolzarb masalalarni o‘zi
uchun qayd etib boradi,
kelajakda bolalar bilan qiziqarli o‘yinlarni rejalashtiradi. Agarda
guruh hayotida nizo va kelishmovchiliklar qayd etilgan bo‘lsa, ularni
ijtimoiy maqbul usullar bilan hal qilish yo‘llarini muhokama etish,
bolalarning o‘zini tutish me’yor va qoidalari haqidagi tasavvurlarini
aniqlashtirish, birgalikda “guruhga xos” qoidalarni ishlab chiqish
mumkin.
Pedagog muhokama uchun badiiy matndan foydalanishi –
ma’naviy-axloqiy mazmunga ega qisqagina hikoya, ertak, she’r o‘qib
berishi, bolalar bilan birgalikda kitobdagi
hamda ularning hayotidagi
voqealarni o‘zaro taqqoslashi mumkin.
Zarur hollarda pedagog guruh doirasidagi muloqotni kelgusidagi
ta’limiy faoliyatlarga ma’no-mazmun baxsh etadigan (mavzuni,
muammoni bolalar uchun qiziqarli bo‘ladigan) badiiy matnni o‘qish
bilan yakunlashi mumkin.
Guruh doirasidagi muloqotdan keyin kattalar bilan o‘tkaziladigan
ikki ta’limiy faoliyat (atrof-muhit bilan tanishtirish, elementar
matematika, tasviriy faoliyat va boshqalar – haftaning muayyan
kuniga mos ravishda) guruh xonasida o‘tkaziladi va butun guruh bilan
ishlashni ko‘zda tutadi (muayyan mavzu va mashg‘ulot mazmuniga
ko‘ra maktabgacha yoshdagi bolalar qandaydir
vazifalarni birgalikda
yoki yakka tarzda bajarish maqsadida juftlarga bo‘linadi).
Ayrim bolalar ishda faol ishtirok etmasligi, chekkaroqdan boshqa
bolalar faoliyatini kuzatib turishi mumkin. Bu hol bolaning
mashg‘ulotdan hech qanday foyda olmayotganini anglatmaydi.
Keyingi gal u dadilroq bo‘lib, ishga kirishiga jazm etadi.
Musiqa yoki sport zaliga o‘tganda bolalar katta yoshdagi boshqa
ustozlar (musiqa xodimi, trener) bilan muloqot yuritadi. Har kuni
guruh xonasi doirasidan tashqariga chiqish bolalar hayotiga rang-
baranglik
olib
kiradi,
ularning
ijtimoiy-madaniy
makonini
339
kengaytiradi. Ushbu ta’limiy faoliyatning bir qismini pedagog bolalar
bilan birga o‘tkazishi, boshqa qismini esa yengil nonushta
tayyorlashga sarflashi mumkin (agarda
u ota-onalar iltimosi bilan
tashkil etilayotgan bo‘lsa). Birgalikda ovqatlanish bolalar guruhining
jipslashuviga xizmat qiladi. Nonushta paytida erkin, qulay muhitni
vujudga keltirish, bolalarning bir-biri bilan o‘tgan ta`limiy
faoliyatlardan olgan taassurotlari bilan
bemalol fikr almashishiga
imkon berish zarur. Nonushtadan keyin pedagogga stolni tartibga
keltirish uchun navbatchilar yordamlashadi.
Kun bolalarning erkin faoliyati bilan yakunlanadi. Ayni shu
vaqtda pedagog haftada ikki marta bir necha bolani (qo‘shimcha
mashg‘ulot zarur bo‘lganlarni) kommunikativ treningga taklif etadi.
Barcha xohlovchilar ularga qo‘shilishi mumkin. Har bir guruh bilan
mashqlar majmui 10 daqiqaga mo‘ljallangan. Hafta kunlardan birini
pedagog bolalarda o‘yin faoliyatini usullarini rivojlantirish maqsadida
ular bilan o‘ynashga bag‘ishlaydi.
Kattalarning bolalar bilan o‘yini
va kommunikativ treningning
tashkiliy o‘ziga xosligiga e’tibor qaratish lozim: pedagog bu ishni
bolalarning erkin mustaqil faoliyati bilan bir vaqtda amalga oshiradi.
Bu jarayonda pedagog kichik guruhlar bilan ishlaydi, u bolalarni o‘yin
yoki suhbatga maxsus jalb qilishi yoki xohlovchilarni taklif etishi
mumkin.
Taxminiy rejalashtirish.
Kalendar reja 1-2 haftaga tuziladi. U butun ish kuni
davomidagi faoliyat batafsil yoritilgan reja-konspekt shaklida
yoziladi:
Sana: _________
Ertalabki soat: Bolalarni kutib olish (ertalabki filtr)
“Men tabiatga qanday yordam beraman?” mavzusida suhbat:.
Maqsad: bolalarda “yaxshi” va “yomon”
nimaligini tushunishni
rivojlantirish, tabiatga muhabbat hissini shakllantirish.
“Yil mavsumlar”ga oid rasmlarni ko‘rish:
Maqsad:
bolalarning
mavsumlar
ketma-ketligi
haqidagi
bilimlarini mustahkamlash. Yilning har bir mavsumiga xos xususi-
yatlarni aniqlash.
Yog‘ingarchilik turlarining o‘zgarishlari bilan tanishtirish.
“O‘simlikni uzib ol” mavzusida ta’limiy o‘yin:
340
Maqsad: bolalarda o‘simlikning tuzilishi, qismlari va ahamiyati
haqidagi bilimlarni mustahkamlash.
Reja bo‘yicha ta`limiy faoliyatga o‘tish uchun undovchi kirish.
Masalan, Bolalar, sizlar …………..ga bormoqchimisiz?
Bugun biz ………..ni bajarishimiz lozim. Siz….... ga yordam
berasizmi?
Nima deb o‘ylaysiz, ……… bo‘ladimi? Nima uchun……?
Qaysi biringiz menga ……….. bajarishga yordam bera olasiz?
Bugun
sizlar
bilan
ertaklar
olamiga
sayohat
qilamiz.
Siz…….ertaklar olamiga sayohat qilmoqchimisiz? Va hokazo.
Dostları ilə paylaş: