Nazorat uchun savol va topshiriqlar:
1. Rejalashtirish qanday xususiyatlarga ega?
2. Tarbiyachining ish hujjatlarini sanang.
3. Istiqbol reja qanday muddatga tuziladi?
4. Haftasiga qisqa muddatli guruhlarda mashg‘ulotlar nimaga asos-
lanib tuziladi? 2-smenada-chi?
5. Topshiriq: Tarbiyachining ish hujjatlarinini tartib bilan yozing,har
birini mazmun mohiyatini taqdimot orqali namoyish qiling.
344
XX. MODUL.
O‘ZBEKISTONDA INKLYUZIV TA’LIMGA
MUHTOJ BO‘LGAN BOLALAR BILAN ISHLASH
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:
inklyuziv ta’lim, huquq va
qobiliyat, ijtimoiy adolat, tenglikka erishish, nogiron, Konvensiya,
didaktik o‘yin, kamsitish, qaramlilik, mos keluvchi, rivojlantiruvchi,
inklyuziv
XX. 1. Inklyuziv ta’lim va uning mohiyati
Har qanday jamiyatda kelajak vorislari bo‘lmish farzandlarni
mas’uliyatni his etadigan, ularni davlat taraqqiyoti va gullab-
yashnashiga salmoqli ulush qo‘shadigan munosib fuqarolar bo‘lib
yetishishlariga katta umid bilan qaraladi. Yangi O‘zbekistonda
bolalar huquqlarini himoya qilishga juda katta e’tibor berilmoqda.
Mamlakatimizda maktab, litsey, gimnaziya, kollej kabi bilim
dargohlari bilan birgalikda turli maxsus maktab internatlar,
mehribonlik uylari faoliyat ko‘rsatayotganligi ham fikrimizning
isbotidir. Ko‘plab davlatlarda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham
imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus tashkillangan maktablar
bor. Ularning vazifasi bolalarni maxsus o‘quv yurtlariga tayyorlashdir.
Bolalarni himoya qilish xalqaro tashkiloti konvensiya tizimiga
o‘zining asosiy maqsadi etib bola huquqlarini asos qilib oladi. Bola
huquqlari xalqaro konvensiya hamma bolalarning ehtiyojini hisobga
olgan, huquq va qobiliyatlarini hurmat qiladigan ta’lim tizimini
yaratish g‘oyasini ilgari surdi. Chunki har bir bolada, u sog‘lommi
yoki nogironmi, takrorlanmaydigan xarakter, qiziqish, imkoniyat va
bilimga ehtiyoj bor.
Hamma bolalarning ehtiyojlarini hisobga olgan, huquq va
qobiliyatlarini hurmat qiladigan, ijtimoiy adolat hamda tenglikka
erishishni maqsad qilib olgan ta’lim tizimi inklyuziv ta’lim deyiladi.
Inklyuziv ta’lim nogiron bolalarni ta’lim jarayoniga integratsiya
qilish hamda umumta’lim maktablarini nogiron bolalarga
moslashtirishni ko‘zda tutadigan, ijtimoiy adolat va tenglikni bosh
maqsad qilib olgan jarayondir.
Inklyuziv ta’lim ijtimoiy modelga asoslanadi va u muammoni
bolada emas, balki dastur va metodologiyada deb hisoblaydi. Bunday
ta’lim tizimiga ba’zi bir o‘zgartirishlar kiritishni taqozo etadi. Bunda
har bir bolaning ehtiyojini hisobga olgan holda o‘quv rejalari
tayyorlanadi, uslubiyotning psixologik muammolari bilan bog‘liq
tomonlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yiladi. Inklyuziv ta’lim hamma bolalarni,
345
shu jumladan, nogiron bolalarni ham o‘zlari xohlagan maktabda
o‘qishi mumkin, deb xulosa chiqaradi.
Bolaning nogiron bo‘lib qolishiga jamiyat, undagi muhit,
tushunmovchiliklar, yo‘l qo‘yilgan xatolar sababchi bo‘lgan. Demak,
uning o‘qishi uchun ham shu jamiyatning o‘zi jon kuydirishi shart.
Bola huquqlari xalqaro Konvensiyadan kelib chiqib, yaxshi
maktab ta’limini uch xil ibora bilan ta’riflash mumkin, ya’ni:
–mos keluvchi;
–rivojlantiruvchi;
–inklyuziv;
Konvensiyaning 6-moddasida shunday satrlar bor: “Tirik qolish
va rivojlanish”. Bu modda mos keluvchi ta’limga taalluqli.
Rivojlantiruvchi ta’lim 29-moddada ko‘rsatilgan: “Ta’lim shaxsning
yuqori darajada rivojlanishiga, iqtidorli, aqliy va jismoniy
qobiliyatlarini o‘stirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi, bolani erkin
jamiyatda faol yashashga tayyorlashi kerak”.
2-va 28-moddalar inklyuziv ta’limga tegishli bo‘lib, ularda
kamsitishning oldini olish, ta’lim hamma uchun qobiliyatiga yarasha
ekanligi belgilab qo‘yilgan.
Maxsus ehtiyojli bolalar, boshqa bolalar, o‘qituvchi va
tarbiyachilar faoliyati inklyuziv ta’limda o‘ziga xos o‘rin tutadi.
Bunday ta’lim tufayli maxsus ehtiyojli bolalar:
– jismoniy va ruhiy ehtiyojlarini qondiradilar;
– ijtimoiy xulq va o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish malakalarini
yaratadilar;
– ularning imkoniyatlarini hisobga olgan o‘quv materiallarini
o‘zlashtiradilar;
– tengqurlari bilan turli o‘yinlarda ishtirok etib rivojlanadilar;
– jismoniy tarbiya darslarida shaxmat-shashka o‘yinlari, turli sport
musobaqalarida vaqtni kuzatuvchi hakam yoki darvozabon bo‘lishlari
mumkin;
– do‘stona muhitda do‘st orttiradilar;
– turli ko‘ngilochar va bayramona dasturlarda ishtirok etadilar.
Boshqa bolalar esa;
– do‘stona muhitni yaratadilar;
– maxsus ehtiyojli bolalarga g‘amho‘rlik qiladilar,ularni turli
o‘yinlarga jalb qiladilar;
– sinf tadbirlarida ishtirok etadilar;
346
–tozalik va ozodalikni ta’minlaydilar;
– jamoa oldida ma’suliyat hissini rivojlantiradilar;
– didaktik va o ‘yin vositalarini tayyorlashda birgalikda ishtirok
etadilar;
– o‘qituvchi va tarbiyachilar bolalarni bir-birlarining ichki dunyolarini
tushunishga o‘rgatadilar;
– har bir bolaning qobiliyati va imkoniyatini hisobga oladilar;
–har bir bolada hayotiy malaka va mustaqillikni shakllantiradilar;
– ishlarni tahlil qiladilar va baholaydilar;
– ota-onalarga amaliy yordam ko‘rsatadilar;
– barcha bolalarga birdek bilim berib, tarbiyalaydilar;
Demak, inklyuziv ta’lim maxsus ehtiyojli, nogiron bolalar ham
faqat maxsus maktablarda emas, balki sog‘lom bolalar o‘qiydigan
umumta’lim maktablarida ham ta’lim-tarbiya olishlari mumkin
ekanligini e’tirof etadi. Buning uchun esa maktab ham, o‘qituvchi-
tarbiyachilar ham inklyuziv ta’lim tizimiga tayyor bo‘lishi, maktab
darajasi, jismoniy sharoit va o‘qishga imkon omillari shu ta’lim
talablariga to‘la javob berishi kerak.
Maktab darajasida integratsiyani muvaffaqiyatli kiritishga bir
necha o‘zaro bog‘liq omillar ta’sir ko‘rsatadi. Markaziy omil o‘quv
dasturiga kiritish imkoniyatidir. Shuningdek, binolarning jismoniy
joylashuvi, o‘qish uchun imkoniyat va moliyalashgan imkon ham
asosiy omillardandir.
Inklyuziv ta’limda maktabdagi jismoniy sharoit ham katta o‘rin
tutadi. Oddiy qilib aytadigan bo‘lsak, barcha maktablar eshigiga
o‘quvchilar zinapoyalar orqali kirib boradilar. Lekin bu
zinapoyalardan maxsus aravachalarda yuradigan nogiron bolalar
ko‘tarila olmaydilar, hatto qo‘ltiqtayoqda yuradigan bolalar ham,
qiynalishlari mumkin. Demak, zinapoyalardan ham, eshiklardan ham
sog‘lom bolalar bilan birga nogiron bolalar ham bemalol o‘tishlari
uchun qulay sharoit yaratilishi shart. Bundan tashqari, sinf xonalari va
laboratoriyalardagi maxsus o‘rindiq hamda moslamalar ham nogiron
bolalarga mos bo‘lishi kerak.
O‘qishga imkon yaratish ham juda muhimdir. Yozish
qobiliyatlarida buzilish mavjud bo‘lgan bolalarga tovush va tasvirni
kattalashtirish etarli bo‘lmaydi. Bunda o‘quvchilar imo-ishora yoki
Brayl xatini puxta o‘rganishlari kerak.
347
Aqliy nuqsoni bor bolalar soddalashtirilgan yozma yoki og‘zaki
informatsiyani olishlari kerak. O‘quv rejasini bunday differensiyalash
o‘qituvchilarda o‘z ishlariga ijodiy yondashishni taqozo etadi. Maktab
ma’muriyati buning uchun o‘qituvchilarga imkon yaratib berishi
kerak. Bunday ijodiy yondashuv o‘quv rejasiga qattiq talab qo‘yilgan
joylarda birmuncha qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.
“Bolalarni qutqaring” (Buyuk Britaniya) tashkiloti, uning boshqa
mamlakatlardagi tashkilotlari inklyuziv ta’limdagi asosiy to‘siqlarni
xalq ta’limi tizimi va maktablarga qo‘yadi. Bizning fuqarolik
jamiyatiga qadam qo‘yayotgan davlatimizda bunday to‘siqlarni o‘z-
o‘zini boshqarishning milliy modeli bo‘lgan mahallalarda hal etish
mumkin. E’tiborsizlik (1), yashirish (2), mablag‘ masalasi (3),
sharoitga moslashmaslik (4), kambag‘allik (5), sinfda o‘quvchilar
sonining ko‘pligi (6), kamsitish (7), qaramlilik (8), kutilmagan
holatlar (9) kabi to‘siqlarni mahallalarda bemalol bartaraf etsa bo‘ladi,
yoki bu muammolarni hal etishni quyidagi jadval asosida shunday
taqsimlash mumkin (sxemaga qarang).
Bir qancha davlatlar tajribasi, jumladan, Norin (Qirg‘iziston) va
Qo‘qon shaxarlaridagi inklyuziv ta’lim loyihasining tajribasi maxsus
ehtiyojli bolalarni sog‘lom tengqurlari bilan birgalikda o‘quv-tarbiya
ishlarida har tomonlama faol ishtirok etishlari mumkinligini
tasdiqladi.
Dostları ilə paylaş: |