Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


XX. 2. Inklyuziv ta’limni joriy qilish davr talabi sifatida



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

XX. 2. Inklyuziv ta’limni joriy qilish davr talabi sifatida 
Maxsus yordamga muhtoj bo‘lgan bolalar ta’lim-tarbiyasi
ularni o‘qish va yozishga o‘rgatish muammolarini ijtimoiy hayot-
ga moslashtirishga ko‘mak berish, bu ishlarni samarali amalga
oshirish, maxsus soxa xodimlari hamda nogiron bolalar ota-ona-
lariga amaliy yordam berish kabi mas’uliyatli ishlar jumlasiga
kiradi.
Oila – 2, 3, 5
Maktab – 1, 2, 4, 
5,6
Mahalla – 1, 3, 4, 5, 7, 
Xalq ta’limi tizimi – 2, 3, 4, 6
Bola – 4, 8


348 
Maxsus yordamga muhtoj bolalar asosiy muamolarini ular
o‘zlari yashab turgan muxitdan, oiladan uzoqda ta’lim tarbiya 
berish bilan hal qilib bo‘lmaydi. Jamiyat o‘z a’zolariga javob-
garlikni o‘z bo‘yniga olmas ekan, cheklab qo‘yilgan huquq va
imkoniyatlar qaytarib berilmas ekan ijtimoiy integratsiyaga eri-
shish qiyin.
Maxsus ehtiyojli bolalarni ta’lim tarbiyasida tenghuquqlilik 
muammosini hal etish bugungi kunning dolzarb muammolaridan 
biridir. Ammo bugungi kunda ham juda ko‘plab bolalar turli xildagi 
sabablarga ko‘ra ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Inklyuziv
ta’limga jalb qilishning tashkiliy, ilmiy-uslubiy choralarini ko‘rib
chiqish, ya’ni mutaxassislarini tayyorlash, malakasini oshirishga
oid tadbirlarni ishlab chiqish lozim. Alohida yordamga muhtoj
bolalarni umumta’lim muassasalariga jalb qilishning ikki asosiy
omili bor: 
Birinchidan, alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar ham
sog‘lom bolalar bilan birgalikda o‘zaro faoliyat ko‘rsatishlari 
mumkin. Inklyuziv ta’lim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa,
maxsus ehtiyojli bolalar ijtimoiy tomondan himoyalanadilar,
sog‘lom bolalar esa ijtimoiy adolat va tenglikning tan olinishi
buyukligini nogiron bolalarga nisbatan yanada mehribon va
e’tibor bilan munosabatda bo‘lishni his etadilar. 
Ikkinchidan, nogiron bolalar ham sog‘lom tengdoshlari bilan
yonma-yon o‘qish, tarbiyalanish huquqiga ega ekanligi.
Bu ishlarni muvaffaqiyati har bir davlatning qonunlarida aks 
etilishi zarur. Chunki, qonunlar, ularni kerakli moddiy va ma’naviy 
resurslar bilan ta’minlanishini amalga oshirishni kafolatlaydi. 
Imkoniyati cheklangan bolalar–o‘quvchilarga ta’lim berishda ota-
onalar, mahallalar pedagoglar, mutaxassislar hamkorligida faoliyat 
ko‘rsatishlari talab qilinadi va majburiy shart hisoblanadi. 
Alohida ehtiyojli bolalar ham sog‘lom tengdoshlari bilan 
birgalikda o‘z qobiliyat darajasida faoliyat ko‘rsatish, ta’lim olishi, 
kasb-hunar o‘rganishi va rivojlanishi mumkin. Inklyuziv ta’lim
maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa, maxsus yordamga muhtoj
bolalar ijtimoiy tomondan himoyalandilar, ijtimoiy hayotda teng 
huquqliligini, o‘z tengdoshlari bilan birga bilim olishlari mumkin-
ligini his etadilar.


349 
Alohida ehtiyojli bolalar uchun tashkil etilgan segregasion-
maxsus, yopiq turdagi muasasalarda bolalardagi mavjud nuqsonlar 
ancha-muncha yuqori darajada korreksiyalansa-da, ammo bolalarning 
maktab jamoasidagi tor doiraga tushib qolishlari natijasida ijtimoiy 
jamiyatga moslashishi, kelajakda normal rivojlanishdagi boalalar 
qatori faoliyat yuritishlarida juda katta qiyinchiliklarga duch 
keladilar. Maxsus maktablar mana shu jihatlari bilan juda katta 
kamchiliklarga ega. Bundan tashqari maxsus ehtiyojli bolalarni barcha 
qatori keng jamoatchilik davrasidan ajratgan holda yashashlari ham 
demokratiya nuqtayi nazariga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki maxsus 
ehtiyojli bolalar ham barcha qatori haq-huquqlarga ega. Shuning 
uchun ham 1990-yilda Djonpiyeyen (Tailand)da juda muhim
koferensiya o‘tkazildi. Bu konferensiya “Ta’lim hamma uchun”
maqsadini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, unga 155 ta davlat
vakillari va 150dan ortiq nodavlat tashkilotlari qo‘shildilar. Tahlil
shuni ko‘rsatadiki, taxminan 10-15% bolalar maxsus ta’limga
muhtoj ekanligi aniqlandi. 
Djomtiyen (Tailan)da o‘tkazilgan konferensiya asosida
“Ta’lim hamma uchun” shiorini qo‘llab-quvvatlash va amaliyotga
tatbiq qilishni tahlil etish maqsadida 1994-yilda YUNESKO
tashkiloti va Ispaniya davlati bilan hamkorlikda Salamanka - 
Ispaniya umumjahon konferensiyasi o‘tkazildi. Ushbu konferensiya
ishtirokchilarining maqsadi va vazifasi butun dunyodagi imko-
niyati cheklangan bolalarning umumta’lim muassasalarida ta’lim
olishlari uchun qulayliklar yaratish, maktabda o‘qitish vazifasini
amalga oshirish uchun maktab islohotlarini o‘tkazish zarurligi
to‘g‘risida fikr-mulohazalar yuritishga qaratilgan edi. 
Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalariga jalb 
etishga bo‘lgan ehtiyoj bu shunda namoyon bo‘ladiki, ta’lim tizimidan 
butunlay chetda qolib ketayotgan maxsus ehtiyojli bolalarni ta’limga 
jalb etish, maxsus muasasalarga borishga yashash joyi juda uzoqda 
bo‘lganligi yoki moddiy mablag‘ning yetishmasligi yoki ota-
onalarning o‘z farzandini maxsus muassasaga borishini xohlamasligi 
oqibatida qiynalayotgan ota-onalarga ko‘mak berish, maxsus ehtiyojli 
bolalarni ijtimoiy jamiyatga erta va to‘laqonli moslashtirish, teng 
huquqlilik masalasini hal etish, kamsitishlarni oldini olishdadir.
Inklyuziv ta’lim masalasi 90-yillarning diqqat markazida bo‘lib 
qoldi. Janubiy Afrika va Janubiy Sharqiy Osiyodagi integrat-


350 
siyalashgan ta’lim dasturlari asosida yakuniy ish hujjatlari o‘rganilib 
chiqildi. Natijada barcha davlatlarning ta’lim vazirliklarida maxsus 
maktablar qoshidagi maxsus bo‘limlarga muqobil sifatida inklyuziv 
ishlash uslublari qabul qilindi.
Inklyuziv ta’limga bo‘lgan ehtiyoj uning jamiyatga va maxsus 
ehtiyojli bolalar uchun quyidagi nafli jihatlari mavjudligidan kelib 
chiqadi:

Inklyuziv ta’lim maxsus ehtiyojli bolalarga doimo o‘z oilasi 
mahallasi va qarindosh-urug‘lari davrasida bo‘lishga imkon bera-
di.

Bolalarni oilasidan, uyidan uzoqda bo‘lgan internatlarga 
joylashtirish ularning uyi, oilasi hamjamiyat hayotiga ishtirok etish 
huquqiga to‘sqinlik qiladi. Uyidan, oilasidan, ota-ona mehridan
uzoqda bo‘lgan bola diydasi qattiq bo‘lib o‘sadi. Chunki oila 
tarbiyaning bosh markazidir.

Inklyuziv ta’lim barcha uchun ta’lim sifatini yaxshilaydi.

Inklyuziv ta’lim ta’lim sifatini yaxshilashga olib keladigan 
katalizator bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Maxsus ehtiyojli bola-
larni umumta’lim muassasalariga qabul qilinishi o‘quvchilarni 
yanada bolaga qaratilgan faolroq va ko‘proq o‘quvchilarni 
qamraydigan yangi o‘qitish uslublarini ishlab chiqishga undaydi. 
Buning nafi esa hamma bolaga tegadi.

Inklyuziv ta’lim kamsitishlarni oldini olishga yordam beradi. 
Jamiyatda nogironlargan nisbatan yanglish fikr va munosabat 
juda yuqoridadir. Ular haqida ma’lumotlarning kamligi va ularni 
yoshligidan maxsus muassasalarda yopiq tarzda ta’lim tarbiya 
berilishi bunga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday munosabatni 
yo‘qotish yoki kamaytirish ancha mushkul ishdir. Lekin tajribadan shu 
narsa ma’lumki, kattalarga nisbatan bolalar farqli va o‘xshashlik 
jihatlarni tezroq anglar ekanlar. Agarda maxsus ehtiyojli bolalar 
normal rivojlanishdagi bolalar bilan birgalikda ta’lim tarbiya olsalar
bu barcha bolalarni nogironlarga nisbatan o‘zlari singari bola 
ekanliklarni anglab, kamsitmasliklarini ta’minlagan bo‘lar edi.

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin