Nazorat uchun savol va topshiriqlar:
1.Bolalarning sog‘ligi va jismoniy rivojlanganligi holati qanday
tashxislanadi?
2. Tashxislashda
nimalarga alohida
e’tibor
qaratish
kerak?
3. Kern-Irasek uslubi qanday bajariladi?
Topshiriq: “Grafik diktant” va tashxislashning qo‘shimcha shakllarini
tahlil qiling va izohlang.
334
XIX. MODUL. MAKTABGACHA TA’LIM
TASHKILOTIGA QISQA MUDDATLI GURUHLARDA
BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASH
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:
mashg‘ulotlar, tarbiyachi,
bolalar, qisqa muddatli guruhlar, kunning birinchi va ikkinchi yarmi,
mashg‘ulot turlari, ta’lim-tarbiya
XIX. 1. Qisqa muddatli guruhlarda bolalarni maktabga
tayyorlashni rejalashtirish
Rejalashtirish – bu zarur shart-sharoit, foydalanilayotgan vosita,
shakl va uslublarni ko‘rsatgan holda, ta’lim-tarbiya ishini amalga
oshirishning tartibi va ketma-ketligini oldindan belgilash jarayoni.
Umuman, ta’lim-tarbiya ishining samaradorligi rejalashtirish qay
darajada pishiq-puxta o‘ylangani va amalga oshirilgani bilan belgi-
lanadi.
Rejalashtirish pedagogik vaziyat rivojida noaniq holatlarning
kamayishi bilan bir qatorda, pedagogning bugungi va ertangi
faoliyatida uzviylikni ta’minlaydi.
Ta’lim-tarbiya ishini rejalashtirish pedagogning bolalar jamoasi
va ota-onalar hamkorligiga, ular tomonidan birgalikdagi faoliyat
doirasidagi maqsad va vazifalarni anglash, maktabgacha ta’lim
tashkilotida bolalar hayotini qiziqarli va foydali bo‘lishini ta’minlash
istagiga asoslangan.
Rejalashtirish modelini tanlashda har bir pedagogning kasbiy
tayyorgarligi, tajribasi, o‘z faoliyati natijalarini ko‘rib, tahlil eta olishi
hamda MTTdagi shart-sharoit e’tiborga olinishi zarur.
Istiqbol reja – bolalar bilan ishlashda asosiy hujjat hisoblanib, u
bolalar faoliyatining barcha turlarini va ularga xos kundalik ish
shakllarini rejalashtirishni talab etadi. Mazkur hujjatsiz tarbiyachining
ish boshlashi tavsiya etilmaydi.
O‘zini tutish madaniyati va ma’naviy fazilatlar bolalar bilan
olib boriladigan tarbiyaviy jarayon mobaynida (maishiy hayotda,
o‘yin, mehnat, mashg‘ulot jarayonida) shakllantirilishi sababli, u
alohida bo‘lim tarzida rejalashtirilmaydi. Shuning uchun talabning
murakkablashib borishini ko‘zda tutgan holda, pedagogik uslub va
vositalarga tayanib, istiqbolli rejalashtirishni joriy etish maqsadga
muvofiqdir.
Istiqbolli mavzu rejasi bir oyga tuzilib, quyidagi bo‘limlarni
o‘z ichiga oladi:
335
1.Ta’limiy faoliyat paytida ta’lim berish.
2.Bolalar bilan individual ish (ta’limiy faoliyatlardan keyin).
3.Ota-onalar bilan ishlash.
Rejada guruh bolalarining ro‘yxati, adabiyotlar ro‘yxati, ish
kuni davomida bolalar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha mashg‘ulotlar
jadvali kiritiladi.
Kundalik reja 1-2 haftaga mo‘ljallab tuziladi. U reja-konspekt
shaklida yozilib, unda butun ish kuni davomidagi faoliyat batafsil
yoritiladi: ertalab (bolalar bilan individual ishlash, madaniy-gigiyenik
va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha ish,
didaktik o‘yinlar o‘tkazish va boshq.), mashg‘ulotlar davomida
(uning turi, mavzusi, maqsadi, kerakli jihozi, mashg‘ulotning borishi),
sayr paytida (kuzatish, mehnat, harakatli o‘yinlar, o‘yin faoliyati,
yakka ishlash, bolalarning uyga ketishi).
Pedagog reja shaklini mustaqil tanlashi mumkin. Shunga
qaramasdan, MTT pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlangan reja
yozishning yagona shaklidan foydalanish tavsiya etiladi.
Istiqbolga mo‘ljallangan mavzular rejasi quyidagilarni
nazarda tutadi:
Bolalar asosiy faoliyat turlarining o‘zaro bog‘liqligini (o‘yin,
mehnat, ta’lim va h).
Bir
oyga
mo‘ljallangan
vazifalarning
ketma-ketlik
va
muntazamlilik tamoyilining amalga oshirilishini.
Muayyan yosh guruhiga doir dasturning barcha bo‘limlaridagi
vazifalarning o‘zaro bog‘liqligini.
Bevosita ta`limiy faoliyat, o‘yin, mehnat faoliyatidan keyin ayrim
bolalar bilan individual ishlashning tizimliylik asosida olib
borilishini.
Kuzatuvlarni bir kun oldin yoki shu kuni rejada qayd etishni.
Rejani bunday tarzda yozish turini qo‘llaganda yakuniy
ta’limiy faoliyat, suhbat, ekskursiyalar, kompleks faoliyatlarning kuni
belgilanib olinishi zarur. Bunday rejalashtirish pedagogning kuchi va
vaqtini tejash bilan birga, bolalar bilan ta’lim-tarbiya ishlarining yaxlit
manzarasini ko‘rish imkoniyatini yaratadi. Bu o‘z navbatida bir yilga
mavzular
bo‘yicha
rejalashtirish,
ta’lim
sohalarini
o‘zaro
uyg‘unlashtirish, loyihalarni va bolalarning sinov-tadqiqot faoliyatini
amalga oshirish hamda integral ishlash tamoyilini joriy etishda katta
ahamiyat kasb etadi.
336
Ish rejasi:
– ta’lim-tarbiya faoliyatining maqsadi, strategik va taktik vazifalarini
aniq ifoda etish;
– ta’lim-tarbiya ishining mazmunini maqsadli belgilash, uning
vositalari va tashkiliy shakllanishini tanlash;
– jamoaning va har bir shaxsning ilgarilanma harakatini rejalashtirib
hamda tegishli o‘zgartirishlar kiritib borish jarayonida o‘z faoliyatning
istiqboldagi natijalarini belgilash imkoniyatini yaratadi.
Ilmiy jihatdan asoslangan aniq pedagogik rejaning mavjudligi
pedagog ishini yengillashtirib, uning ijodiy imkoniyatlarini oshiradi.
Ta’lim-tarbiya ishini rejalashtirish pedagog, bolalar jamoasi va ota-
onalarning o‘zaro hamkorligiga, ular tomonidan birgalikdagi faoliyat
maqsad va vazifalarini tahlil etishga asoslanadi.
O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan
Davlat talablari, bolalarni qisqa muddatli guruhlarda maktabga
tayyorlash “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi pedagoglar uchun yangi
imkoniyatlarni vujudga keltiradi, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
ta’lim jarayonini tashkil etishda qo‘llanayotgan eski shakl va
uslublarni qayta ko‘rib chiqishga undaydi, pedagogik tashabbus,
tajriba va ijodga keng yo‘l ochadi.
Taxminiy ish tartibi:
337
“Ish kuni” shunday tashkil etiladiki, u erkin mustaqil faoliyat va
kattalar bilan mashg‘ulot orasida muayyan vaqt muvozanat bo‘lishiga
imkon yaratadi.
Har bir kun erkin faoliyat bilan boshlanadi va yakunlanadi, bunda
bolalar o‘z qiziqishlari bo‘yicha shug‘ullanadilar (o‘ynash, rasm
chizish, qurish-yasash bo‘yicha biror nima yasash, tengquri bilan
birgalikda rasmli kitobni tomosha qilishi va h.k.).
Pedagog erkin faoliyat uchun ajratilgan vaqtidan o‘yin faoliyati
uslublari shakllantirish maqsadida bir necha juft, kichik guruhlar (3-4
dan bola) bilan birgalikda o‘ynashda foydalanadi.
Shunday qilib, belgilangan vaqt mobaynida boshqa bolalar o‘z
qiziqishlari bo‘yicha ishlari bilan band bo‘lganda, pedagog 2-3 juftni
Dostları ilə paylaş: |