XVIII. 3. Tashxislashning qo‘shimcha shakllari
1
. Ko‘rib, yodda saqlash.
Bolaga bir minut davomida 7-10 ta bir-
biriga bog‘liq bo‘lmagan narsalarning, masalan, koptok, daraxt,
avtobus, tuya, olma, qo‘lqop, kitob, piyola, zontik, kapalak rasmi
ko‘rsatiladi. So‘ngra ular teskari ag‘darilib qo‘yiladi, boladan ko‘rgan
narsalarni aytib berish so‘raladi. Agar bola bir daqiqa davomida
xohlagan tartibida ko‘rgan narsalaridan 5, 7 yoki 10 tasini aytsa,
demak bu eng yaxshi natija.
2. Eshitib yodda saqlash.
Bolaga 2-3 soniya oralatib 7-10 ta, bir-biriga
bog‘liq bo‘lmagan narsalar nomini ayting va undan eslab qolganlarini
takrorlashni so‘rang. Uslubiyati xuddi ko‘rib, yodda saqlashning
tekshiruvidagidek bo‘ladi.
3
. Mazmunini yodda saqlash.
Bolaga ma’lum bir mazmundagi hikoya
(1-2 marta) aytib yoki o‘qib beriladi. So‘ngra boladan unda nima
haqida gapirilayotganligini aytib berish so‘raladi. Agar bola hikoyani
so‘zma-so‘z aytsa, demak, unda eshitib yodda saqlash rivojlangan,
agar u hikoyani o‘z so‘zlari bilan aytib, shu o‘rinda hikoyadagi asosiy
narsani ajratsa, uning mazmunini yetkaza bilsa, demak unda
mazmunini yodda saqlash rivojlangan.
4. Bolaning tasavvuri va ijodiy fikrlashi rivojlanganligini aniqlashda
Rorshax metodikasi bo‘yicha tashxislash yordam beradi.
Bu metodikani shvetsariyalik olim, doktor Rorshax ishlab chiqqanligi
uchun uning nomi bilan atalgan. Bolaga qog‘ozga simmetrik tarzda 10
ta siyoh charejamasi (tomchisi) havola etiladi. Tekshiruvdan
o‘tayotgan bola har bir dog‘ga qarab, xuddi musaffo yoz osmonida
so‘zib yurgan bulutlarning goho kemaga, goho uchib borayotgan
chavandozga o‘xshab ketishidek, ularning nimani eslatayotganligini,
ularda nimani ko‘rayotganligini aytib berishi kerak. Bola
qarayotganda vaqtni cheklash tavsiya etilmaydi. Javoblarni izohlash,
aniqlash juda murakkab va mutaxassis-psixologlar tomonidan to‘liq
amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. Biroq nafaqat mutaxassislar, balki
ota-onalar ham bolasida ko‘p narsani ko‘rishi va bilishi mumkin.
Mana bir necha misollar: agar 6-7 yoshli bola o‘ziga taklif etilgan
siyoh charejamasidan biron marta ham odamga o‘xshagan shaklni
uchratmagan bo‘lsa, Rorshax testi asosida bu bolada rivojlanish
322
to‘xtab, uning yon‐atrofdagi kishilar bilan munosabati juda-juda og‘ir
yuzaga kelgan, deb xulosa chiqarish mumkin emasmi? Agar shu
yoshdagi bola aynan o‘sha dog‘larda turli xil tuzilmalarni ko‘rsa,
demak, u o‘zida hissiyot shaklining, o‘ylashning rivojlanganligini
namoyon etib, ranglarni qiziqarli qilib izohlaydi, talqin etadi. Uning
javoblarida odatiylik bilan o‘ziga xoslik o‘rtasida munosabat
me’yorda. Bu hol bola juda aqlli, ruhiy vazmin, o‘z salohiyatidan
yengil va erkin foydalana biladi, degan xulosa chiqarish nahotki
haqiqiy bo‘lmasa. agar bola dog‘larda hech narsa ko‘ra olmasa,
demak, gap uning fikrlashi, asosan tasavvuri past darajadaligiga borib
taqaladi.
5.
Bo‘lajak birinchi sinf o‘quvchilarining og‘zaki-mantiqiy fikrlashini
tekshirib ko‘rishni quyidagi topshiriqlar yordamida o‘tkazish mumkin:
Buning uchun: Qanday so‘z to‘g‘ri keladi? – qish oyi…(sentyabr,
oktyabr, fevral, noyabr, mart); – bir yilda …(24 oy, 3, 12, 4, 7);
– ota o‘z o‘g‘lidan…(katta, kichik, teng); – yo‘lovchilar trans-
porti…(kombayn, yuk mashinasi,avtobus, teplovoz).
Ortiqcha so‘zni ayting:
– atirgul, lola, shahar, boychechak, rayhon; -daryo, ko‘l, ko‘prik,
hovuz;
– qo‘g‘irchoq, sakragich, qum, koptok, lego; -stol, gilam, kreslo, kro-
vat, stul;
– terak, qayin, arg‘uvon daraxti, atirgul tog‘ teragi; -tovuq, xo‘roz,
burgut, kurka;
– aylana, uchburchak, to‘rtburchak, ko‘rsatkich, kvadrat; – Sanjar,
Iskandar, Husan, Mavluda, Burhonov; – son, bo‘linma, qo‘shilma,
ayirish, ko‘paytirish;
– quvnoq, tez, g‘amgin, shirin, ehtiyotkor. To‘g‘ri ayt (og‘zaki-
mantiqiy fikrlash darajasi bir-biriga o‘xshash narsalarni chiqara
bilish). Masalan, “chinnigul” so‘ziga xuddi “bodiring”ga “sabzovot”
qanday to‘g‘ri kelganidek mos so‘z topishini tanlab olish kerak.
Bodring (sabzavot) – Chinnigul (begona o‘t, shudring).
Poliz (sabzi) – Bog‘ (devor, qo‘ziqorin, olma, quduq, o‘chirgich).
Soat (vaqt) – Gradusnik (oyna, katta, krovat, harorat, shifokor).
Mashina (motor) – Qayiq (dengiz, mayoq, elkanli kema, to‘lqin,
quruqlik)
Stol (kotiba) – Pol (daryo, gilam, chang, taxtalar, mix).
323
Ularni
umumlashtirib qanday
so‘z bilan
aytish
mumkin?
– ola bug‘i, tovon baliq…; – bodring, pomidor…; – shkaf,
divan…; – iyun, iyul…; fil, chumoli…;
Ko‘rsatish: rasmda qayerda aylana kvadrat ostida, kvadrat aylana
ustida, aylana kvadrat ustida, kvadrat aylana ostida, aylana kvadrat
ustida va aylana kvadratning chap tomonida, aylana va kvadrat ichida
va boshqa.
Mantiqiy fikrlash: Bola oldiga uch qator, har birida to‘rttadan
kartochkalar qo‘yiladi-nuqtalar, qorchalar va tayoqchalar. Birinchi
qatorda nuqtachalar, ikkinchisida qorchalar, uchinchisida tayoqchalar
chizilgan.
Birinchi va ikkinchi qatordagi kartochkalarni ko‘zdan kechira
turib kattalar bolalar bilan ularning 1 dan 4 gacha oshib borish
tartibida qo‘yilganligiga ishonch hosil qiladi.
Topshiriq:
Tayoqchalar
chizilgan
uchinchi
qatordagi
kartochkalarni ham 1- va 2- qatordagi kabi joylashtirib chiqing.
Har bir kvadratga kerakli sonni yoz.
3 + = 8 4 + = 8 7 -
= 4
Ikki qo‘shiluvchi sondan aylana
uchburchak yordamida 5 soni tarkibini
birinchi
v
qatorda ko‘rsatilganidek tasvirlang.
– “Katta” (>) va “Kichik” (<) belgilarini to‘g‘ri qo‘y.
– Sabzilarni sana. Quyonchalarning qaysi biri to‘g‘ri javobni tashlab
turibdi. X bilan belgila.
– 3-va 5-kvadrat oralig‘idagi kvadrat ichida nechta aylana bor? X
bilan belgilang.
– Beshinchi o‘rindagi narsani aylana ichiga ol.
– Bir xil miqdorda olmalar bo‘lgan tovoqlarni bir-biri bilan bog‘la.
– Topshiriqni yeching. Lobarda uchta shar bor edi. Bittasi yorildi.
Qancha shar qoldi? Chiz.
– Quyonchalarning qo‘li nechta? Topshiriqni yech.
324
– Uchta sichqonning nechta qulog‘i bor? Topshiriqning yechimini
yozamiz.
– Yetishmayotgan shakl (chiz).
– Sonni kvadrat bilan (qaysi birida shuncha narsaning rasmi bo‘lsa)
birlashtir.
– Uchburchakka quyida chizilgan narsalardan bitta kam bo‘lgan
miqdorda aylanalar chiz.
– Gultuvaklardan oltita guli borini aylanaga ol.
– Bolalardagi tasvirlash faoliyati bo‘yicha bilim, ko‘nikma va mala-
kasini tekshirish uchun topshiriq
– Bolalarning sovuq va iliq ranglarini, kuz, bahor, yoz va qishning
o‘ziga xos ranglarini biladigan, aniq ajratadiganlarini aniqlash.
– To‘q qizil, jigarang, yashil va ko‘m-ko‘k rangli suratlarni toping. –
Qalam, bo‘yoq (akvarel, guash), flomaster, barmoq, kaftga chizilgan
suratlarni ko‘rsating.
– Rasmlarni (rasm aralashib yotibdi) quyidagi tartibda joylashtir:
portret, peyzaj, natyurmort.
– Fotosuratlardan kichik shakldagi haykalchalarni, (loydan yasalgan
o‘yinchoqlar) monumental haykal (yodgorlik) qayerdaligini ko‘rsat.
– Shahrimizdagi yoki qishlog‘imizdagi maydon va yodgorliklarni ay-
tib ber.
– Qaysi rassom va bezakchi rassomlarni bilasan (Tansiqboyev,
Kamoliddin Behzod, Abdullayev, M.Nabiyev, Repin, Ayvazov.)
– Odamni, hayvonni harakatda va yer usti hamda yer osti, havo, suv,
kosmik transport rasmini chiz.
– Butun bo‘lakdan kuchukcha yasa.
– Qog‘ozdan do‘ppi, kema, stakan kabilarni yasa.
– Pape-mashe (qog‘ozdan biron-bir buyum yasash piyola, lagan va h.)
usuli bilan qanday qilib piyola yasashni aytib ber.
– To‘g‘ri burchak va kavdratdan qaychi yordamida boshqa geometrik
shakllar qiling (kvadrat-aylana, to‘rtburchak-oval.).
– Fotosurat yoki chizmalardan metro-ertaqlar saroyini qur.
– Gugurt qutisidan kley yordamida mashina, uy yasa.
– Odam rasmini chiz. Keksa kishini, Bolani (o‘g‘il yoki qiz bola).
– Odam rasmini chiz. U chopyapti U o‘tiribdi.
– Majnuntol, terak va archa rasmini chiz.
– Ranglarni bo‘yab chiq, qanday rang paydo bo‘ldi?
Sariq + ko‘k =
325
Qizil + ko‘k =
Sariq + qizil =
Qizil + oq =
– Chiz. Natyurmort. Portret. Peyzaj.
– Sana, nechta kvadrat (4). Sana, nechta to‘rtburchak? (3) Sana,
qancha uchburchak? (5). Aylana qancha ?(5)
Tasvirlash faoliyatida o‘zini namoyon etish va unga munosabati.
Bolalar rasmiga qaraymiz… Ayrimlar o‘ylaydiki, bular hech narsani
anglatmaydi, shunchaki chizilgan birinchi mashg‘ulot faoliyati. Biroq
bu faoliyat boshqalardan ko‘ra ko‘proq bolani namoyon qiladi, uning
atrof-olamga munosabatining ko‘plab jihatlarinin ochib beradi.
Misollarda qarab ko‘ramiz: Olti yoshli bolaga “Mening oilam”
mavzusida rasm chizishni taklif qiling:
– jon-jon deb ishga kirishdi– u o‘zi yashaydigan uyini sevadi;
– oilasini chizishdan bosh tortdi– bu noxush xotiralar bilan bog‘liq;
– kimni birinchi bo‘lib chizsa, bola uchun aziz inson;
– o‘zini yirik qilib chizsa, uyda unga ko‘proq ahamiyat berishadi,
kattalar diqqat markazida;
– aksi bo‘lsa, oiladagi ahamiyatsizliginin ko‘rsatadi;
– katta ona va kichik ota – oilada ruhiy muvofiqlik buzilgan. Ona
ahamiyatli;
– barcha figuralar juda kichik bo‘lsa, bola ziqlik, ezilganlik, tashvish-
lilik holatlari mavjud;
– jinsiy alohidalik hisobga olinmay chizilsa, jinsiy tarbiyaning to‘xtab
qolganligi;
– oyog‘i katta bo‘lsa, oilada joyi borligi belgisi, oyog‘i kichik bo‘lsa,
oilada tutumning noqat’iyligidan darak;
– boshiga chiziqchalar tortilgan, go‘yoki bizga orqasini o‘girib
turgandek bo‘lsa, o‘ziga ketdi;
– yopiq yuz – bola oilada bo‘lishni xohlamaydi;
– og‘zi labi katta va yorqin bo‘lsa, serjahllilik belgisi;
– qiz bola o‘zini kipriklarigacha chizsa, unga birovga yoqish yoqadi,
katta ehtiros kuchi bor;
– to‘xtab-to‘xtab chizilganda yoki chizgan tasvirini obrazini ustidan
chizib tashlasa– bu kishi oldida qo‘rquv hissini tutayotganligi;
– barcha oila a’zolari alohida bo‘laqlarda chizilsa, oilada do‘stlik
yo‘q, ko‘pchilik begonalashib ketgan;
– televizor va gilamlar ham chizilgan bo‘lsa, ularga bola xayrixoh.
326
– yoritgich uskunalarini, quyoshni chizsa, oilada issiqlik yo‘qligini
boshidan kechiryapti;
– oila o‘rniga oddiy uyni chizsa, uni zo‘rlash manbai sifatida qarab,
borgisi kelmayotganligidan darak;
– rasmda qo‘g‘irchoq yoki kuchukchaning rasmi bo‘lsa, oilada iliqlik
yetishmaydi. Bola hayvonlar va o‘yinchoqlar bilan muomala qilishga
intiladi;
– ko‘pgina mayda narsalar– yaqinlar bilan munosabat yetarli emas;
– ko‘p qora chiziqlar– tashvishlanishni boshdan kechirmoqda;
– rangli qalamlarni ishlatishdan bosh tortsa, tashvishli va o‘zini past
baholaydi;
– bola o‘zini o‘rtaga chizsa, demak, o‘zini eng ahamiyatli, agar
qog‘oz pastiga chizsa , eng qaram deb hisoblaydi.
Dostları ilə paylaş: |