XVIII. 2. Bolalarning sog‘ligi va jismoniy rivojlanganligi
holatini tashxislash
Maktabga qabul qilinishdan oldin barcha bolalar o‘z yashash
joylaridan bolalar poliklinikasi tarkibida tor mutaxassislik bo‘yicha
shifokorlardan iborat bo‘lgan tibbiy komissiya tekshiruvidan o‘tishi
shart. Ular bolaning sog‘ligi va maktabga tayyorgarligi haqida o‘z
xulosalarini berishadi. Mazkur tekshiruvning erta bahorda o‘tkazilishi
bolada aniqlangan yetishmovchiliklarni yoz davomida
dispanserizatsiyada to‘ldirib olish imkonini beradi. Harakatning
asosiy turlari, qo‘l muskullari sport o‘yinlarining oddiy ko‘nikmalari,
harakat
sifati
rivojlanganligini
musobaqa,
estafeta
tarzida
o‘tkaziladigan sport va harakatli o‘yinlar davomida tekshirish
mumkin.
Bolaning
shaxsiy–psixologik
va
aqliy
rivojlanganligini
tashxislash.
Tashxislash suhbati savollari:
311
–
Familiyangni, ismingni, otangni ismini ayt.
–
Ota- onangning familiyasi, ismi, otasining ismini ayt.
–
Sen qizmi yoki o‘g‘il ? Katta bo‘lsang kim bo‘lasan: xolami,
tog‘ami?
–
Sening akang (opang) bormi, kim katta ?
–
Yoshing nechada ? Bir yildan keyin nechaga kirasan, iki yildan
keyin- hi?
–
Hozir ertalabmi yoki kechqurun(kunduzimi yoki ertalabmi)?
–
Sen qachon nonushta kilasan-kechqurunmi, ertalabmi? Tushlikni
ertalab qilasanmi, kunduzimi? Tushlik oldin bo‘ladimi yoki kechki
ovqat?
–
Sen qayerda yashaysan? Uy manzilingni ayt ( Qanday mamlakatda?
–
Prezident kim? Vatanimizning bayrog‘ini, gerbini ko‘rsat va boshq.)
–
Otang (onang) kim bo‘lib ishlaydi?
–
Rasm chizishni yaxshi ko‘rasanmi? Bu qalamning (lentaning,
ro‘molning) rangi qanaqa?
–
Hozir yilning qaysi fasli – qishmi, bahormi, yozmi, kuzmi? Nega
sen shunday deb hisoblaysan?
–
Nega qor qishda bo‘ladi, yozda emas?
–
Haydovchi (shifokor, o‘qituvchi ) nima ish qiladi?
–
Maktabda qo‘ngiroq, parta nima uchun kerak?
–
O‘zingning o‘ng ko‘zingni, chap qulog`ingni ( o‘ng yoki chap qo‘l
bilan ) ko‘rsat. Ko‘z va quloq nima uchun kerak?
–
Qanday hayvonlarni bilasan?
–
Sen qanday qushlarni bilasan?
–
Nima katta: sigirmi, echkimi? Kushmi yoki asalari? Nimaning
panjasi katta: kuchuknikimi, xo‘roznikimi?
–
Nima katta: 8mi, 5mi, 7mi, 3 ? 3dan 6 gacha, 9 dan 2 gacha sana.
–
Bilmasdan birovning narsasini sindirib qo‘ysang, nima qilish
kerak?
–
Uy telefonlaringning, onangning, otangning, buvingning ish
joylaridagi telefonlarning raqamini eslab ko‘r…
–
Agar ota-onang ( kechqurun va dam olish kunlari) uyda yo‘q bo‘lsa
– qayerda bo‘lishi mumkin?
– Sen (katta do‘konda, bozorda, hayvonot bogida, seni majburan olib
ketganda, notanish ko‘chada ko‘p kishilik avtobusda, metroda va
boshq.) adashib qolsang, bunday holatlarda nima qilgan bo‘larding?
312
Kern-Irasek uslubi bo‘yicha tashxis o‘tkazish. Bolalarni
tekshiruvdan o‘tkazish 4 topshiriqdan iborat bo‘lib, undan ko‘zlangan
maqsad ulardagi maktab uchun zarur bo‘lan faoliyatlari rivojidagi,
jumladan, bosh miya chanog‘ini analitik va sintetik vazifalari,
motorikalaridagi yetishmovchilikni aniqlashdir. Kern-Irasek metodi
bo‘yicha bolaning maktabda ta’lim olishga tayyorligi darajasini
aniqlash alohida yoki 10-15 boladan iborat guruh bilan bir vaqtning
o‘zida olib borilishi mumkin. To‘rtinchi topshiriq esa har bir bola
bilan alohida, maxsus ajratilgan xonalarda ajratiladi. Bolaga (yoki
guruhdagi 10-15 bolaga) oddiy qog‘ozdan toza bir varoq beriladi.
Qog‘ozning yuqoridan o‘ng burchagiga tadqiqot bilan qamrab olingan
bolaning ismi, familiyasi, yoshi hamda tekshirish o‘tkazilayotgan sana
yozib qo‘yiladi. Ish qog‘ozi tagiga qattiq qog‘oz qo‘yiladi. Qalam
bolaning oldiga shunday qo‘yilishi kerakki, unga o‘ng va chap qo‘l
bilan ham olish o‘ng‘ay bo‘lsin. Tashxis o‘tkazish uch topshiriqdan
iborat:
1. Odam rasmi. 2. Uch so‘zidan iborat, chizilgan qisqa ibora (U
osh yedi). 3. Chizilgan nuqtalar guruhi. Varaqning yuz qismi birinchi
topshiriqni bajarish uchun ajratiladi. Birinchi topshiriqqa quyidagi
yo‘riqnoma beriladi: “Bu yerga (har biriga qaergaligi ko‘rsatiladi)
biror-bir
erkakning
(tog‘angning)
rasmini
bilganlaringizcha
chizinglar”. Shundan so‘ng tushuncha (yordam) berish, rasmning
kamchiligi va xatosi yuzasidan ogohlantirish taqiqlanadi. Boladan
tushadigan har bir savolga quyidagicha javob berish lozim. “O‘zing
bilganingday qilib chiz”. Agar bola ishni boshlay olmay tursa,
quyidagicha unga dalda berish kerak: “Ko‘ryapsanmi, sen qanday
yaxshi boshlading”, “Chizishda davom et”. “Xola”ni chizsam
bo‘ladimi? Degan savolga barchamiz tog‘ani chizyapmiz deya
tushuntirish kerak. Agar bola ayol figurasini chiza boshlagan bo‘lsa,
uni oxirigacha yetkazishni kutib turib, keyin yonidan erkak kishining
rasmini chizishni so‘rash kerak. Bola rasm chizishni yakunlagach, ish
qog‘ozi teskari ag‘dariladi. Uning orqa tarafi ko‘ndalang chiziq bilan
teng ikkiga bo‘linadi (buni oldindan qilish ham mumkin). 2-topshirqni
bajarish uchun 10-15 ta kartochka (7-8sm ga 13-14 sm o‘lchamda)
kerak bo‘ladi. Unga “U osh edi” iborasi qo‘lyozmada yoziladi (harflar
o‘lchami-1 sm, bosh harf-1, sm). Ibora yozilgan kartochka bolaning
oldiga, ish qog‘ozdan sal yuqoriroqqa qo‘yiladi. Ikkinchi topshiriq
quyidagicha izohlanadi: “Qaranglar, bu yerda nimadir yozilgan. Sen
313
hali yozishni bilmaysan. Shuning uchun buni chizishga harakat qil.
Yaxshilab ko‘rib olgin, bu qanday yozilgan va varaqning yuqori
qismiga (qayergaligini ko‘rsating) xuddi shunday qilib yozing”. Agar
bolalardan birortasi qator uzunligi hisobini ololmay uchinchi so‘zni
sig‘dira olmasa, unga uchinchi so‘zni pastdan yoki tepadan yozish
mumkinligini aytish lozim. Yuqoridagi o‘lchamli kartochkalarni
uchinchi topshiriqni bajarish uchun ham tayyorlab qo‘yish kerak.
Ulardan nuqtalar guruhi tasvirlangan bo‘lib, ular oralig‘i vertikal va
gorizontal bo‘yicha – 1 sm, nuqtalar diametri-2mm. Bola 2-topshiriqni
bajarib bo‘lgach, birinchi kartochka undan olinib, o‘rniga ikkinchi
(nuqtalari bor) kartochka shunday qo‘yiladiki, unda nuqtalar orqali
tasvirlangan besh burchakli o‘tkir burchagi pastga qaragan bo‘lishi
kerak. Uchinchi topshiriqqa quyidagicha yo‘riqnoma beriladi: “Bu
yerda nuqtalar chizilgan. Xuddi shunday qilib varaqning pastki
qismiga (qayergaligini ko‘rsating) o‘zing chizishga harakat qil”.
Natijani baholang. Har bir topshiriq ballar bilan baholanadi: 1 –
eng yaxshi baho, 5 – eng yomon baho. Besh ballik tizimda
baholashning namunaviy mezonlari rasmlarda ko‘rsatilgan. 1-
topshiriq (odam rasmi) 1 ball–chizilgan figurada bosh, gavda va qo‘l-
oyoqlar bo‘lishi lozim. Boshni gavdaga bog‘lovchi bo‘yin (u
gavdadan katta bo‘lmasligi kerak). Boshda soch bo‘lishi (yoki do‘ppi,
telpak), quloq bo‘lishi, yuzda ko‘z, burun, og‘iz bo‘lishi kerak. Qo‘l 5
ta barmoq bilan. Erkak kishi kiyimi belgilari.
2 ball – 1balga qo‘yilgan talablarning barchasi. Uch qismning
tushib qolishi mumkin: bo‘yin, soch, qo‘lning bitta barmog‘i, biroq
yuzdagi hech bir a’zoning tushib qolishi mumkin emas. 3 ball –
rasmdagi figurada bosh, gavda, qo‘l-oyoqlar bo‘lishi kerak. Qo‘l va
oyoqlar ikki chiziq bilan chizilishi lozim. Bo‘yin, quloq, soch, qo‘l
panjalari bo‘lmasligi mumkin. 4 ball – oddiy bosh rasmi qo‘l-oyoqlar
bilan. Qo‘l va oyoqalar bir chiziq bilan tasvirlangan. 5 ball – gavda va
qo‘l-oyoqlarning aniq tasviri yo‘q.
2-topshiriq (yozilgan matnni chizish). 1 ball – bola tomonidan
chizilgan iborani chizish mumkin. Harflar namunadagiga nisbatan 2
baravar katta. Harflar uchun so‘zni hosil etgan.Qatorlar to‘g‘ri
chiziqdan 300dan ko‘p og‘magan. 2 ball – gapni o‘qish mumkin.
Harflar kattaligi namunaga yaqin, ular tikligi shart emas. 3 ball –
harflar kamida ikki guruhga bo‘lingan bo‘lishi lozim. Hech
bo‘lmaganda 4 ta harfni o‘qish mumkin. 4 ball – namunaga hech
314
bo‘lmaganda 2 ta harf o‘xshashi kerak. Barcha harflar guruhi hali
yozuv ko‘rinishiga ega emas. 5 ball – chiziqlar tasvirlanmagan,
tushunarsiz. 3-topshiriq (nuqtalar guruhini chizish). 1 ball–berilgan
namunaga qarab aniq bajarilgan. Nuqtalar chizilgan, aylana emas.
Gorizontal va vertikal bo‘yiga simmetriya saqlangan.Figuralar
qanchalik kichik bo‘lsa ham mayli, biroq katta bo‘lsa yarim
barobardan oshmagan bo‘lishi kerak. 2 ball – simmetriyada unchalik
ahamiyatli bo‘lmagan kamchilik bo‘lishi mumkin: bitta nuqta
tikkasiga yoki eniga qolganlaridan chiqib qolgan yoki nuqta o‘rniga
aylana chizilgan bo‘lishi ham mumkin. 3 ball–nuqtalar guruhi
namunaga qo‘pol ravishda o‘xshash. Barcha figuralarda simmetriya
buzilgan bo‘lishi mumkin. Beshburchakning o‘xshash, uchi pastga
yoki tepaga qaragan shakli saqlangan bo‘lsa. Nuqtalar soni ko‘p yoki
kam bo‘lishi mumkin (7 tadan kam emas, 20 tadan ko‘p emas). 4 ball
– nuqtalar to‘p bo‘lib joylashgan bo‘lib, ular har qanday geometrik
figurani eslatishi mumkin. Nuqtalar kattaligi va soni ahamiyatli emas.
5 ball – noaniq chiziqlar. Bajarilgan alohida topshiriqlar ballari
yig‘indisi tekshirishning umumiy natijasini belgilaydi.
3-topshiriq (yig‘ma fikrni tekshirish).
Maqsad: bolaning fikrlash amaliyoti, mantig‘i, lug‘at boyligi
rivojlanganligi darajasi va boshqalarni aniqlash.
Qaysi hayvon katta: otmi yoki it. a) ot– 0 ball b) it–(-5) ball
Ertalab biz nonushta qilamiz, kun yarmida (yoki tunda…) a)
tushlik qilamiz… biz osh, go‘sht yoki nimadir yeymiz – 0 b)
peshinlik, kechki ovqat eymiz, uxlaymiz va boshqalar – (-3).
Kunduzi yorug‘ , kechasi…
a) qorong‘u – 0 b) noto‘g‘ri javob – (-4).
Osmon ko‘m-ko‘k , o‘t… a) yashil 0.b) noto‘g‘ri javob – (-1).
Gilos, nok, olxo‘ri, olma- bular nima? a) mevalar - 1.b) noto‘g‘ri
javob - (-1).
Nega poezd o‘tmasdan turib, uning yo‘li yoniga shlagbaum
to‘siladi?
a) poyezdning tagiga hech kim tushib ketmasligi, falokat yuz
bermasligi uchun – 0. b) noto‘g‘ri javob – (-1)
4.Toshkent, Samarqand, Chirchiq (tanish shaharlar aytiladi) nima
ular?
a) shaharlar-1; b) bekatlar – 0; v) noto‘g‘ri javob – (-1).
315
5 Soat necha (soatdan to‘g‘ri kelgan soatining 18, 15, 19, 55, 11,
5 minutlarini
ko‘rsating)? Bola
soatini o‘zi
belgilasin.
a) agar barcha javoblar to‘g‘ri bo‘lsa – 4; b) agar bilmasa – 0; v)
agar bir martaginasi to‘g‘ri bo‘lsa – 3.
6. Kichik sigir–bu buzoqcha, kichik it– bu…, kichik qo‘y–bu….
kuchukvachcha, qo‘zichoq –4. b) ikkalasidan bittasi –0. v)
noto‘g‘ri javob –
(-1).
7. It ko‘proq mushukka o‘xshaydimi yoki tovuqqa?
a) mushukka (nimasi bilan ular bir xil), chunki
unda ham
to‘rt oyoq,
jun, tirnoq bor (hech bo‘lmasa bitta o‘xshash
joyini aytsa – 0).
b) o‘xshash belgilarisiz aytsa – (-).
v) agar tovuqqa desa-(-3).
8. Nega barcha avtomobillarda tormoz bor?
a) tog‘dan tushayotganda, burilishda uni sekinlatish uchun (ikkita
sabab) – 1.
b)bitta sabab – 0. v) noto‘g‘ri javob–(-1).
9. Bolg‘a bilan bolta nimasi bilan bir-biriga o‘xshaydi?
a) agar ikkita umumiy belgisi (taxta, temir, mix qoqish mumkin,
asboblar, orqa tomoni yassi) aytilsa – 3. b) agar bitta belgisi aytilsa –
2. v) noto‘g‘ri javob – 0.
10. Olmaxon bilan mushuk nimasi bilan bir-biriga o‘xshaydi? a)
agar ikkalasining ham ikki umumiy belgisi (oyog‘i, juni, daraxtga
chiqib yurishi kabi) aytilsa–3. b) agar bitta o‘xshash jihati aytilsa – 2.
v) noto‘g‘ri javob–0.
11. Mix nimasi bilan vintdan farq qiladi? Agar stolda, sening
yoningda ikkalasi ham yotgan bo‘lsa sen ularni qanday bilasan?
a) rezbasidan (bolaning tushuntirishi) – 3. b) vint buraladi, mix
qoqiladi, vint gayka, mixda esa qalpoqcha bor – 2. v) noto‘g‘ri javob –
0.
12. Futbol, suvga sakrash, tennis, suzish, gimnastika – bu
nimalar?
a) sport jismoniy madaniyat – 3. b) o‘yinlar, mashqlar,
musobaqalar – 2. v) noto‘g‘ri javob – 0.
13. Sen qanday transport vositalarini bilasan? Agar “u nima?” deb
so‘rashsa “Bu minib harakatlantiriladigan narsalar”, – deb javob
qaytarish kerak.
316
a)agar yerda yuradigan 3 ta transportni va samolyot, kemani aytsa
– 4.
b) agar faqat yerda yuradigan uchta transport vositasini aytsa yoki
tushuntirishdan so‘ng barchasini sanab bersa – 2. v) noto‘g‘ri javob –
0.
14. Keksa kishi nimasi bilan yosh kishidan ajralib turadi? Ular
o‘rtasida qanday farq bor? a) uchta belgisi (ajinlar, yomon ko‘radi
yoki eshitadi, oq sochi va soqoli bilan) – 4. b) bir-ikki belgi uchun – 2.
v) noto‘g‘ri javob – 0.
15. Odamlar nima uchun sport bilan shug‘ullanadilar? a) ikkita
sababga – 4.
b) bittaga – 2. v) noto‘g‘ri javob – 0.
16. Kimdir ishdan bosh tortsa nega bu axloqsizlik, noto‘g‘ri,
yomon deyiladi?
a) qolganlar u uchun ishlashi kerak (mazmuni: kimdir jabr
chekadi) yoki dangasalik qilyapti hech narsa sotib ololmaydi deyilsa –
2. b) noto‘g‘ri javob– (-2).
17. Nima uchun xatning ustiga marka yopishtiriladi? a) xatni
pochta orqali jo‘natish uchun – 5. b) agar jarima to‘lanish kerak bo‘lsa
– 2.
v) noto‘g‘ri javob – (-2). Natijalarni ishlash quyidagi sxemalar
bo‘yicha olib boriladi: ballarning summasi alohida savollar bilan
aniqlanadi. Yig‘ma fikr rivojlanganligining birinchi darajasini +24 va
undan baland. Ikkinchi daraja +14 dan +23 gacha- o‘rta yuqori.
Uchinchi daraja 0 dan +13 gacha – o‘rta (me’yor). To‘rtinchi daraja (-
1) dan (-10) gacha – past. Beshinchi daraja (- 1) va undan past -juda
yomon.
“Grafik diktant”. O‘quv topshirig‘ini qabul qilish, o‘quv
amaliyotini bajarish, ya’ni ixtiyoriy (erkin) e’tibor rivojlanganligi
darajasini aniqlash uchun L.A.Venger metodikasi bo‘yicha tashxis
o‘tkazish.
Yo‘riqnoma:
– Katakli daftar varog‘idan olish va bolaga chiroqli naqshlar
chizishni o‘rgatishni taklif etish. – Men senga chiziqni qanday
tortishni aytaman, sen men aytgandek qilib chiz. – Sen o‘ng qo‘ling
qayerdaligini eslaysanmi? To‘g‘ri, bu o‘sha qalam ushlab turgan
qo‘ling. Qani uni yonga cho‘z-chi. Qayerni u ko‘rsatib turibdi (eshikni
va boshq). – Demak, men qachon chiziqni o‘ng tomonga tortinglar
317
desam sen eshik tomonga qaratib chizasan. – Chap qo‘ling qayerni
ko‘rsatyapti? (derazani yoki boshq). –To‘g‘ri. Men qachon chap
tomonga, desam sen chiziqni deraza tomongan tortasan. – Men faqat
qaysi tomonga chiziqni chizishni aytmay, balki uning uzunligiga
qancha ya’ni, bir katak yoki ikki katak bo‘lishini ham aytaman. –
Faqat men aytgan narsani chizinglar. Chiziq tortayotganingda to‘xtab,
kutib tur, qachon men yangi chiziqni qanday chizishni aytganimdan
so‘ng oldingisi to‘xtagan joydan boshlash kerak. Bolaga naqshni
qayerdan boshlab chizishni ko‘rsatish (varaqning ustki chap
burchagidan, chekkasidan biroz joy tashlab) va aytib turish kerak:
bitta katakcha yuqoriga. Bitta katakcha o‘ngga. Bitta katakcha pastga.
Bitta katakcha o‘ngga. Bitta katakcha yuqoriga. Bitta katakcha
o‘ngga. Bitta katakcha pastga. Bitta katakcha o‘ngga. Bitta katakcha
yuqoriga. Endi o‘zing xuddi chizganingga o‘xshatib davom ettir.
“Diktant” to‘g‘ri bajarilgan holda quyidagi naqsh hosil bo‘lishi kerak:
Agar bola xatoga yo‘l qo‘ysa, tuzating: Bu naqsh mashq uchun edi.
Bola uni chiza turib yo‘riqnomani tushunishi kerak. Mustaqil
chizishni davom ettirayotganida uni oxirigacha yetkazish zarur. Naqsh
oxiriga yetgach, bolaga navbatdagi naqshni qayerdan boshlash
kerakligini ko‘rsating va aytib turing: –Ikki katak yuqoriga. Bir katak
o‘ngga. Bir katak yuqoriga. Ikki katak chapga. Ikki katak pastga. Bir
katak o‘ngga. Ikki katak pastga. Ikki katak o‘ngga. Ikkita yuqoriga.
Bitta o‘ngga. Bir katak yuqoriga. Ikkita o‘ngga. Bitta pastga. Bitta
katak o‘ngga. Ikkita pastga. Naqshni chizishni o‘zing davom ettir.
Endi chizish jarayonida hech qanday qo‘shimcha ko‘rsatmalar
berilmaydi va xatolar tuzatilmaydi. Naqsh qatorini oxirigacha to‘liq
chizib bo‘lingach, quyidagilarni aytib turishni boshlang: – Ikki katak
tepaga, ikki katak o‘ngga, bir katak pastga, bir katak chapga
(“chapga” so‘zini ovozda alohida ta’kidlash kerak). Bir katak pastga.
Ikki katak chapga. Ikki katak tepaga. Ikki katak o‘ngga. Bir katak
pastga. Bir katak chapga. Bir katak pastga. Chizishni o‘zing davom
ettir: Va, nihoyat oxirgi naqsh: – Ikki katak tepaga. Bir katak chapga.
Ikki katak tepaga. Bir katak o‘ngga. Bir katak pastga. Ikki katak
o‘ngga. Bir katak pastga. Bir katak chapga. Ikki katak pastga. Uch
katak o‘ngga. Ikki katak tepaga. Bir katak chapga. Ikki katak tepaga.
Bir katak o‘ngga. Bir katak pastga. Ikki katak o‘ngga. Bir katak
pastga. Bir katak chapga. Ikki katak pastga. Chizishni o‘zing davom
ettir. Naqshning aytib turilgandagisi hamda bola tomonidan mustaqil
318
davom ettirilib bajarilgani alohida-alohida baholanadi. Eng yuqori
daraja, bu – naqshning xatosiz chizilishi. Uni 4 ball bilan baholash
kerak. Agar 2-3 ta xatosi bo‘lsa, 3 ball qo‘yiladi. Ko‘p xatolari bo‘lsa,
2 ball. Agar to‘g‘ri chizilgan qismlardan, xato chizilgan qismlar ko‘p
bo‘lsa, bu holda 1 ball beriladi. Va nihoyat agar birorta chizilgan qism
bo‘lmasa 0 ball qo‘yiladi. Bola naqshni aytib turilganda bajarib 0 dan
(agar butunlay noto‘gri bo‘lsa), 12 ballgacha (agar uch asosiy naqsh
xatosiz bajarilgan bo‘lsa) umumiy ball yig‘ishi mumkin. Tashxisning
aynan ushbu usulini tanlashimizning boisi unda bolaning aqliy
rivojlanishining barcha shakllari qamrab olinadi: bilish jarayoni
(solishtirish ko‘nikmasi, umumlashtirish, tahlil qilish, mustaqil
xulosalar chiqarish va boshq..), obrazli fikrlash, bolaning mantiqiy
imkoniyatlari uning qanchalik aqliy rivojlanganligiga holis baho
beradi. “Grafik diktant” bolaning o‘quv topshiriqni qanday qabul
qilishini, o‘quv harakatlarini qanday bajara olishini aniqlashtiradi.
Ta’lim olish faoliyatining ko‘nikma va ilk zaminini aniqlash
tashxisi: Bolaning o‘quv faoliyatiga ilk zamin va ko‘nikmalarni
egallaganligi, shuningdek, darajasini aniqlash uchun J.Saidnazarova
tomonidan tayyorlangan savollar jamlanmasi tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: |