Nazorat uchun savol va topshiriqlar:
1. O‘zbekistonda oilalar farovonligini oshirish maqsadida qanday
ishlar amalga oshirilmoqda?
2. Oilada bolani to‘g‘ri tarbiyalash shart-sharoitlari deganda nimani
tushunasiz?
3. MTMning oila bilan ishlash shakllaridan misol keltiring.
4. Ota-onalar majlisi kim tomonidan o‘tkaziladi?
5. Ota-onalar qo‘mitasga kimlar saylanadi?
XVII. MODUL. MAKTABGACHA TA’LIM
TASHKILOTLARIDA PEDAGOGIK JARAYONNI TASHKIL
ETISH
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:
MTTda bolalar hayotini
tashkil etish, bolalar faoliyatida ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga
oshirish va rahbarlik qilish, kunning birinchi va ikkinchi yarmida
bolalar hayotini tashkil etish.
XVII.1. Maktabgacha ta’Iim muassasalarida bolalarni
rivojlantirishni tashkil etish
MTMda bolalar hayotini tashkil etish. Fiziologiya, gigiyena,
psixologiya, pedagogika sohasida olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar
natijasida MTMda kichkintoylar hayotini tashkil etishning quyidagi
prinsiplari yuzaga keldi:
Har bir yosh guruhda bolalarni jamoatchilik ruhida tarbiyalash va
bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydigan shart-
sharoitlar yaratish.
Bolalarni yosh guruhlariga taqsimlashda har bir guruhga faqat bir
xil yoshdagi bolalarni tanlash va shunga qarab ta’lim- tarbiya
jarayonini tashkil etish.
Bolalarning har xil faoliyat bilan shug‘ullanish1ari va bir- birlari
bilan muloqotga kirisha olishlari uchun zarur moddiy muhitni
290
yaratish. Buning uchun guruh xonasi va maydonchani gigiyenik,
pedagogik, estetik talablar darajasida kerakli asbob- anjomlar bilan
ta’minlash.
Bolalarning yoshiga mos kun tartibiga rioya qilish va uning
barqarorligini ta’minlash.
Bolalar shaxsini shakllantiradigan faoliyat turlarini (o‘yin, mehnat,
ta’lim) tashkil etish va bu faoliyatlar uchun kun tartibidan ma’lum
vaqt ajratish.
Bolalarning har xil faoliyatlarini ilmiy asoslangan prinsiplar
asosida almashtirib borish MTMning har xil yosh guruhlarida
bolalar hayotini to‘g‘ri tashkil etish.
Bolalar faoliyatida ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirish va
rahbarlik qilish
Bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan
pedagogik jarayon murakkab va rang-barangdir.
Tarbiya masalalari ta’lim-tarbiya ishining tashkiliy shakllari,
bolalar faoliyatining har xi1 turlari: mashg‘ulot1arda ta’liın berish
orqali, ijodiy va qoidali o‘yinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari,
ularning o‘z mehnati va kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali, o‘z-
o‘ziga xizmat qilish, sayrlar o‘tkazish, gigiyenik tadbirlar orqali
amalga oshiriladi.
Ta’lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish MTMdagi
pedagogik jarayonni, har bir faoliyat turini to‘g‘ri tashkil etishga
bog‘liq.
MTMning pedagogik jarayonida ta’lim muhim ahamiyat kasb
etadi va u kundalik hayotda, o‘yinda, mehnatda, mashg‘ulot1ar orqali
amalga oshiriladi. Mashg‘ulotda ta’lim va tarbiya vazifalari hal etiladi.
Bolalar tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishish, nutqni
o‘stirish va savod o‘rganish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy
faoliyat, musiqa bo‘yicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka va
ko‘nikmalar sistemasini egallab oladilar. Bolalar egallab olishlari
kerak bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalar MTM dasturida belgilab
berilgan bo‘lib, u bolalarning umumiy rivojlanishida va ularni maktab
ta’limiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Mashg‘ulotlarda ta’lim
berish didaktika prinsiplari asosida bolalarning yosh va o‘ziga xos
xususiyatlarini e’tiborga olib ma’lum izchillikda olib boriladi,
mazmuni
sekin-asta
murakkablashtirib
boriladi.
Natijada
u
rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega bo‘ladi.
291
Gigiyena
Badiiy, texnik-hunar
Bilish
Dasturda har bir yosh guruhida hafta davomida o‘tkaziladigan
mashg‘ulot1ar soni va har bir mashg‘ulot qancha davom etishi
belgilab qo‘yilgan. Tarbiyachi mana shunga asoslanib, o‘zining
haftalik mashg‘ulotlar jadvalini tuzib oladi, bu ta’limning hamma
bo‘limlari bo‘yicha belgilangan ta’lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri
taqsimlash va bir xilda amalga oshirishga imkon yaratadi.
Mashg‘ulotlar jadvalini tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish
kerak:
Dasturning hamma bo‘limlari bo‘yicha mashg‘ulotlarni haftaga
teng taqsimlash.
Haftaning birinchi va oxirgi kuniga osonroq mashg‘ulotlar qo‘yi-
1adi.
Haftaning seshanba, chorshanba va payshanba kunlarida
bolalardagi aqliy faoliyat tezlashadi, shuning uchun bu kunlarga
murakkabroq ishlar rejalashtiriladi.
Kun davomida birinchi bo‘lib bolalardan aqliy zo‘r berishni
ko‘proq talab etadigan, kam harakatli maslıg‘ulotlar rejalashtiriladi
(tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishtirish, ona tili,
matematika). Ikkinchi nıashg‘ulotga yengilroqlari: tasviriy faoliyat,
jismoniy tarbiya, musiqa nıashg‘uloti va shunga o‘xshashlar
rejalashtiriladi.
Kun davomida mashg‘ulotlar quyidagicha tartibda almashtirib
boriladi: matematika va jismoniy tarbiya, ona tili va tasviriy faoliyat
va hokazo.
Mashg‘ulotlarni bunday taqsimlash bolalarning dastur materialini
yengilroq o‘zlashtirib olishiga imkon yaratadi.
292
O‘yin bolalarning muhim faoliyati hisoblanadi. U bolalarning
jismoniy va ruhiy rivojlanishida, shaxs sifatida shakllanishida va
bolalar jamoasining tashkil topishida muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘yin bolaga quvonch bag‘ishlaydi, ijobiy his va kechinmalarini,
hayotdan olgan taassurotlarini aks ettiradi. O‘yin mazmuni bola
shaxsining shakllanishiga muhim ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun
kattalar bolalar o‘yiniga rahbarlik qilayotib, ularda tevarak-atrofdan
olayotgan taassurotlari ijobiy tomonini aks ettirish xohishini
uyg‘otishlari kerak.
Tarbiyachi bolalar o‘yiniga rahbarlik qilar ekan, ularning tevarak-
atrofdagi hayot to‘g‘risidagi bilimlarini boyitadi (bu orqali o‘yin
mavzusi, mazmuni, syujeti boyiydi), bolalarning axloqiy hislarini,
o‘zaro ijobiy munosabati va odatlarini tarbiyalaydi. O‘yindan
bolalardagi o‘zaro o‘rtoqlik, do‘stIik, bir- biriga yordam ko‘rsatish
xislatlarini tarbiyalashda va bolalar hayotini tashkil etish shakli
sifatida foydalanadi.
Bolalarning o‘yin bilan shug‘ullanishi va mehnat qilishlari uchun
kerakli materiallar bilan ta’minlanadi, shu orqali bolalar o‘yinining
mehnat bilan uyg‘unlashib ketishiga erishiladi.
Tarbiyachi bolalarning syujetli-rasmli o‘yinlarining hamma xilini
syujetli-rolli, qurilish drammalashtirilgan tabiiy materiallar bilan
o‘ynaydigan qilib tashkil etadi. Bolalarga o‘yin harakatlarini
o‘rgatadi, tengdoshlari bilan bo‘ladigan munosabatlarda haqqoniylik
prinsipiga rioya qilishni uqtiradi. Shu bilan birga u bolalardagi
ijodkorlik, tashabbuskorlik, faollik va boshqa xislatlarni qo‘llab-
quvvatlaydi.
Ijodiy o‘yinlar ertalabki qabul paytida, kunning birinchi-ikkinchi
yarmidagi sayrda, ya’ni mashg‘ulotdan tashqari hamma vaqtda tashkil
etilaveradi.
Mashg‘ulotlarda va mashg‘ulotdan tashqari vaqtda o‘ynaladigan
didaktika –harakatli o‘yinlar muhim rol o‘ynaydi. Tarbiyachi
bolalarning sensor rivojlanishini, aqliy tarbiyasini, bilish jarayonlarini
didaktik o‘yinlar orqali amalga oshiradi. Harakatli o‘yinlarda
bolalarning jismoniy madaniyatini tarbiyalash uchun yaxshi shart-
sharoit yaratish kerak.
Harakatli o‘yinlar ertalabki va kechki sayr soatlarida tashkil etilib,
kuniga 1-2 marta butun guruh yoki guruhcha bilan o‘tkazilishi kerak.
O‘rta va katta guruhlarda turli xil sport o‘yinlari o‘tkazib turiladi.
293
Hamma o‘yinlar uchun kun tartibidan vaqt ajratish va kerakli
materiallar bilan ta’minlash tarbiyachining zimmasiga yuklatilgan.
Kun davomida bir necha marta: ertalabki qabul vaqtida, ertalabki
va kechki sayrda bolalarning mustaqil faoliyatlari tashkil etiladi.
Bolalar o‘zlariga tanish bo‘lgan didaktik va harakatli o‘yinlarni
o‘ynaydilar, xohlagan rasmlarini chizadilar, xohlagan narsalarini
(plastilindan) yasaydilar, kitoblar, rasmlarni tomosha qiladilar,
xohlagan badiiy asarlarini tinglaydilar.
Bolalarning mustaqil faoliyati ular uchun dam olish soati
hisoblanadi, ammo ish bilan bir vaqtda bolalarning o‘z-o‘zini tashkil
eta bilish qobiliyati o‘sishiga, xulq, madaniyati, irodaviy sifatlarining
tarbiyalanishiga, jamoa munosabatlarining shakllanishiga yordam
beradi. U har xil faoliyatlarda bolalardagi o‘ziga xos ijodkorlikning
rivojlanishiga keng imkoniyat yaratadi. Shuning uchun bolalarning
mustaqil faoliyatiga ham tarbiyachining rahbarlik qilishi taqozo
etiladi, chunki xohlagan ishi bilan shug‘ullanishiga imkon yaratish,
kerakli material va asbob-uskunalar bilan ta’minlashda, yordam
berishda, tarbiyachining maslahati lozim bo‘ladi.
Kun davomida sistemali ravishda mehnat faoliyati tashkil etilib,
bolalar kattalarning mehnati bilan tanishtirib boriladi. Bu ish
mashg‘ulot1arda, ekskursiyalarda, maqsadli sayrlarda, bolalarning
kattalar bilan birgalikdagi mehnatida amalga oshiriladi. Bunda
bolalarning asosiy e’tibori mehnatning insonlar uchun foydasiga,
uning xilma-xilligiga, axloqiy munosabatlariga qaratiladi.
Bolalarning ovqatlanishga, mashg‘ulotga tayyorlanishlari, tabiat
burchagida navbatchilik vazifasini bajarishlari, ularda topshiriqqa
nisbatan javobgarlik hissini rivojlantiradi, shu bilan birga ijtimoiy his
va munosabatlarni shakllantiradi.
Navbatchilik ikkinchi kichik guruhda yilning ikkinchi yarmidan
boshlanadi va hamma yosh guruhlarida davom etadi. Katta guruh
bolalarining qo‘l mehnati, tabiatdagi mehnati, xo‘jalik-maishiy
mehnatlari har kuni ertalabki soatda, ertalabki va kechki sayrda
sistemali ravishda tashkil etib boriladi. Haftasiga bir marta butun
guruh ishtirokida bolalarning jamoa mehnati tashkil etiladi,
mashg‘ulotlarda qo‘l mehnatining yangi turi o‘rgatiladi. Mehnat
jarayonida bolalarning mehnat qilish malaka va ko‘nikmalari
takomillashadi, kuzatuvchanligi rivojlanadi, qiziqishlari ortadi,
294
mehnatsevarlik, javobgarlik, burch hissi kabi axloqiy sifatlari
shakllanib boradi.
Bolalarning mehnat faoliyatini ularning jismoniy va aqliy
faolligini o‘stiradigan qilib tashkil etilishi kerak. Buning uchun ularni
hamma kerakli materiallar va mehnat qurollari bilan ta’min1ash
lozim. O‘z-o‘ziga xizmat bolalar mehnatini tashkil etish shakllaridan
biri hisoblanadi.
Kichkina guruhdan boshlab bolalar mustaqil kiyinish va
yechinishga o‘rgatiladi. Katta guruh bolalari o‘zlarini har doim
batartib (tashqi ko‘rinishi, sochi, kiyimlari, oyoq kiyimi) tutishlari
kerak. Ular o‘yinchoqlarni, kitoblarni, ish qurollarini o‘yin va
mashg‘ulotdan keyin joy-joyiga yig‘ishtirib qo‘yadilar. Har kuni
ertalabki mashg‘ulotdan keyin, kunduzi uyqu, kechki nonushtadan
keyin sayr uyushtiriladi. Sayrda ijodiy o‘yinning hamma turlari,
bolalarga tanish va yangi qoidali o‘yinlar tashkil etiladi. Bolalarning
o‘yin, mehnat, mustaqil faoliyatlariga rahbarlik qilish muhim
ahamiyat kasb etadi.
Tarbiyachi bolalarning xilma-xil mustaqil faoliyatlari uchun
shart-sharoit yaratadi, kerakli material, asbob-anjomlar, o‘yinchoqlar
bilan ta’minlaydi, maydonchada, guruh xonasida o‘yin uchun joy
tayyorlaydi. O‘yin va mashg‘ulot1ar o‘tkaziladigan joy gigiyenik
jihatdan talabga javob berishi (yorug‘, ozoda, yaxshi shamollatilgan,
nam latta bilan pollari artilgan, havo temperaturasi normal bo‘lishi)
kerak. Sayrda tabiatni, kattalar faoliyatini, ijtimoiy hayot voqealarini
kuzatish imkoni yaratiladi. Sayr boshlanishida bolalarning mustaqil
xatti-harakat qilishlari, yugurish, o‘tirish, gaplashish va tomosha qilish
uchun sharoit mavjud bo‘ladi. Keyin harakatli o‘yinlar, bolalarning
mustaqil faoliyatlari, mehnat, kuzatish, turli-tuman ijodiy o‘yinlar
tashkil etiladi.
MTMda bolalar turmushini tashkil etishga katta e’tibor beriladi.
Har bir yosh guruhida tashkil etilgan kun tartibi bolalarning uyquga,
ovqatlanishga, faol mehnat qilishga bo‘lgan talabini to‘la qondirishi,
bolalarda ijobiy hissiy kayfiyatni saqlash, bolalar va kattalar o‘rtasida
to‘g‘ri munosabat o‘rnatish uchun kerakli shart-sharoit yaratilishi
kerak.
Amalga oshiriladigan tadbirlarda tarbiyachi bolalarda madaniy-
gigiyenik malakalarni, ijtimoiy xulqni, xatti- harakatlar madaniyatini
tarbiyalab boradi.
295
Bolaning sog‘lom bulib, to‘g‘ri rivojlanishi uchun tinch va
chuqur, kerakli uyqu muhim ahamiyatga ega. Tarbiyachi guruh
xonasida
bolalarni
uyquga
yotqizgandan
keyin
xonaning
shamollatilgan bo‘lishini, tinchlikni ta’minlaydi. Bolalarning uyg‘on-
ganlarini sekin-astalik bilan turg‘azish kerak.
Bola organizmining o‘zgaruvchan tashqi ta’sirlarga chidamliligini
oshirish maqsadida har xil chiniqtiruvchi tadbirlar – havo, quyosh, suv
vannasi bilan chiniqtirish amalga oshiriladi. Bunga chiniqtiruvchi
tadbirlar vaqtini sekin-asta ko‘paytirib borish, suv temperaturasini
pasaytirib borish, kunduzi uyquni ochiq havoda tashkil etish, bolalar
kiyimlarini yengillatib borish orqali erishiladi. Bolalarning kunduzi va
kechki soatlarda ochiq havoda bo‘lishlarini ta’minlash ularning
sog‘lom, barkamol bo‘lib o‘sishlarida katta ahamiyatga ega.
Bolalarning ochiq havodagi faoliyatlarini qiziqarli va maroqli
o‘tishini ta’minlash uchun mar xil o‘yinlar, sport, ermak o‘yinlari,
kuzatish va mehnat faoliyatlariga kerakli shart- sharoit yaratiladi.
Dostları ilə paylaş: |