Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
mehnat tarbiyasini amalga oshirish
yo‘nalishlari
Bolalarning o‘zini
mehnatga o‘rgatish
Kattalar mehnati bilan
tanishtirish
135
VIII. 3. Kattalar mehnati bilan tanishtirish
Ta’lim-tarbiyaviy ishning mazmuni Maktabgacha ta’lim
yoshidagi bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali ularga
kattalarning mehnati ijtimoiy-foydali mehnat bo‘lib, narsa va
buyumlarni yaratishga qaratilganligi, ular har bir kishi va butun xalq
uchun zarur ekanligi to‘g‘risida tushuncha berib boriladi. Masalan,
o‘simliklarni, hayvonlarni parvarish qilish orqali ulardan olinadigan
mahsulot kimlar uchun va nima maqsadda ishlatilishi to‘g‘risida bilim
va tushunchalar berib boriladi. Kattalarning mehnati bilan tanishtirish
yana quyidagi maqsadni ko‘zlab ham amalga oshiriladi: kattalar
mehnati to‘g‘risida aniq bilim va tasavvurlar berish, mehnatni va
mehnat natijalarini qadrlashga o‘rgatish, mehnatga qiziqish va
muhabbat uyg‘otish, mehnat qilish xohishini tarbiyalash va ishni
sifatli bajarishga o‘rgatish.
Kattalar mehnati bilan tanishtirishning asosiy mazmuni quyida-
gilardan iborat:
– har bir kishi mehnatining ijtimoiy mohiyati;
V.I.Loginovaning
olib
borgan
ilmiy-tadqiqot
ishlarida
Ta’kidlanishicha, bolalarga mehnat tarbiyasi berish uchun ular lehnat
va mehnat malakalari to‘g‘risidagi bilimlar sistemasini o‘zlashtirib
olishlari kerak ekan:
1. Mehnat maqsad qo‘yish va uning natijasini belgilab olishm
boshlanadi: maqsad - mehnat tasviri.
2. Mehnat qilishdan ko‘zlangan maqsad bo‘yicha kerakli
mariallarni tahlab (ajratib) olish.
3. Materialni ishlash uchun kerakli asboblarni tanlab (ajrab) olish.
4. Natijaga erishish uchun mehnat harakatlarini bajarish.
Bu sistemani quyidagi sxemada keltirish mumkin: maqsad,
ehnatni tanlash, materialni tanlash, mehnat faoliyati - ehnat quroli,
mehnat natijasi.
Shunday qilib, maktabgacha yosh davrida mehnat faoliiti shakl-
lantiriladi. Pedagog rahbarligida mehnatning ijtioiy sabablarini
hamma muhim tomonlari shakllanadi. Kattar mehnati va uning
ijtimoiy ahamiyati to‘g‘risidagi bilimlar zlashtirilib olinadi.
Maktabgacha ta’lim yoshi davrining o‘ziga xos tomonlarini yana
biri bolalar mehnatining o‘yin bilan bog‘liqligidir.
O‘yin jarayonidagi biror harakat doimo biror mehnat jarayonini
aks ettirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, ehnat jara-
136
yonini bajarishda uni o‘yin shakliga aylantirishadi, asalan, barglarni
zambillarda tashishadi, mashinalarda yurishadi.
Shu bilan birga o‘zining xususiyati, mazmuni, yuzaga kelish
sababiga ko‘ra mehnat va o‘yin bir-biridan farq qiladi. Mehnatda
maqsad qo‘yiladi, uni amalga oshirish, natijasiga erishish uchun shart-
sharoit yaratiladi, vositalar izlab topiladi. O‘yinda esa bolalar
kattalarning mehnat faoliyatiga taqlid qiladi. O‘yinda mehnat singari
biror aniq natijaga erishilmaydi, ammo u mehnat kabi bolalarga
quvonch bag‘ishlaydi, ular o‘zlarida qoniqish hissini sezadilar.
O‘yinda bola o‘z o‘ylaganini ivojlantirishi yetakchi rol o‘ynaydi,
mehnatda esa natijaga.
Tarbiyachi bolalarni o‘z faoliyatlarini taxminiy rejalashtirib
olishlariga o‘rgatish va ular faoliyatiga rahbarlik qilishi lozim.
Shunday qilib, butun bog‘cha yoshi davrida mehnat va o‘yin o‘zaro
bog‘liq holda kechadi, biroq har qanday holda ham bolao‘z mehnatini
o‘yinga aylantirish, ularning farqini ishlab chiqarish noto‘g‘ri bo‘lar
edi. Tarbiyachilar va ota-onalar ta’sirida asta-sekin bolalar mehnati
o‘z vazifasi, mazmuni, metodi va tashkil etilishi bilan mustaqil
faoliyat sifatida ajratib boriladi.
Mehnatda uning beradigan samarasi faoliyatning majburiy,
arkibiy qismi hisoblanadi. Ammo bolalar bilan olib boriladigan
tarbiyaviy ishda mehnat natijasiga bolalarda mehnatga avas hissini
tarbiyalash uchun yordam beradigan pedagogik bimil deb qarash
kerak.
Mehnatda natijaga erishishda, mehnat malakalarini shaklan-
tirishda pedagogning va bolalar o‘rtoqlarining bahosi va o‘ziga-o‘zi
baho berish katta ahamiyatga ega. Bolalar yasagan uyumlari o‘yin va
mashg‘ulotlarda qo‘llanilsa, ular o‘zlari yaayotgan buyumlar yanada
sifatli bo‘lishiga intiladilar. Maktabgacha ta’lim yoshi davrida
bolalarning yoshi lg‘ayishi bilan mehnat sabablari ham o‘zgarib
boradi. Mutaxassislarning olib borgan ilmiy izlanishlari natijasi shuni
ko‘rsatadiki, bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish rqali ular
kattalardan mehnatning ijtimoiy sababini ancha erda o‘zlashtirib olar
ekanlar. Lekin ular biron ishni mustaqil bajarganlaridagina o‘z
lehnatlari boshqalar uchun foydali ekanligini ongli ravishda bilib
oladilar. Masalan, onalar va buvilar uchun 8-martga sovg‘a
tayyorlash, kichiq guruh bolalari maydonchasini yig‘ishtirishga
yordamlashish, yirtilgan kitoblarni yamab berish, konsert va teatr
137
qo‘yib berish va boshqalar bolalardagi mehnatning muayyan
natijasiga intilish uyg‘otadi, faoliyatning itimoiy sabablarini anglatib,
mehnatga havasini, ishni bajaishda bolalarning o‘z oldilariga
qo‘yadigan talablarini oshiradi.
Mehnat faoliyatining asosiy tarkibiy qismlari bilan tanishtirish:
– mehnatning maqsadi, uning ijtimoiy ahamiyati;
–materiallarni tanlash (mehnat materiallari);
– jihozlash (mehnat faoliyati uchun zarur bo‘lgan asboblarni tayyorlab
olish);
– mehnat jarayoni (maqsadga erishish uchun bajariladigan mehnat
harakatlari);
5. natija-mehnat mahsuli.
MTT dasturiga binoan har bir yosh guruhidagi bolalar kattalar
mehnati to‘g‘risida quyidagi bilim va tasavvurlarni egallab olishlari
lozim:
Kichik guruh:
1. Ayrim kasb egalarining mehnat jarayoni.
2. Mehnat jarayonidagi mehnat harakatlari.
3. Mehnat jarayonini amalga oshirish uchun kerakli materiallar.
4. Ma’lum bir mehnat jarayonini bajarish uchun jihozlar.
5. Mehnat natijasi.
6. Kishilar mehnatining ijtimoiy ahamiyati.
O‘rta guruhda mehnat to‘g‘risida qo‘shimcha tasavvur va bilimlar
beriladi:
– Harakat sifati haqida.
Kishilarning mehnatini yengillatuvchi moslamalar.
– Kishilarning mehnatga muhabbati.
Katta va maktabgacha tayyorlov guruhida yana yangi tasavvur va
bilimlar beriladi:
1. Kishilar mehnatini yengillatadigan mashina va mexanizmlar to‘g‘-
risida.
2. Kishilar mehnati jamoa xarakterida ekanligi to‘g‘risida.
3. Jamoa mehnati jarayonida kishilarning o‘zaro munosabatlari to‘g‘-
risida.
4. Mehnat qahramonlari, xalqimizning mehnat an’analari haqida.
Kattalar mehnati bilan tanishtirishning vosita va metodlari MTT
da bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish har xil tashkiliy yo‘llar
va metodlar orqali amalga oshiriladi.
138
Birinchi yo‘l – ekskursiya, mashg‘ulot, maqsadli sayrlar orqali
bolalarni kattalar mehnatiga yaqinlashtirish. Bunda kuzatish, kino va
diafilm, diapazitiv, teleeshittirish, badiiy adabiyot, ko‘rgan va
eshitgani to‘g‘risida suhbat, tarbiyachi va bolalarning hikoyalari,
Tarbiyachining hikoya va tushuntirishi, didaktik o‘yinlar kabi turli-
tuman metodlardan foydalaniladi.
Ikkinchi yo‘l – mashg‘ulot va mashg‘ulotdan tashqari vaqtlarda
kattalar mehnatini bolalarga yaqinlashtirish. Gigiyenik va pedagogik
jihatdan mumkin bo‘lgan ishlarni (binoni tozalash, idish yuvish,
yuvilgan kirlarni dazmollash va taxlash, bayram kiyimlarini tikish,
bolalar bilan o‘yin, mashg‘ulot uchun kerakli materiallarni tayyorlash
va boshqalar) bolalar oldida bajarish. Kuzatish, ko‘rsatib tushuntirish,
suhbat, tarbiyachining so‘zlab berishi va shunga o‘xshash mate-
riallardan foydalaniladi. Kuzatishdan keyin bolalar bilan shunga
o‘xshash mehnat turlarini tashkil etish maqsadga muvofiq bolar edi:
kutubxonaga borib kelgandan keyin yirtilgan kitoblarni yamash,
modalar atelyesiga borib kelgandan keyin qo‘g‘irchoqqa kiyim tikish
va hokazolar.
Uchinchi yo‘l – bolalarning kattalar bilan birgalikdagi
mehnatlari. Bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnatlari har xil
bo‘lishi mumkin (xona o‘simliklarini yuvish, polizda ko‘chat yoki
urug‘larni ekish uchun jo‘yaklar tayyorlash, binoning ichini tozalash
va h.k.).
Bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnatlarini tashkil etish
shakllari ham ish mazmuniga qarab har xil bo‘ladi:
1. Asosiy ishni kattalar bajarishadi, bolalar qollaridan kelganicha
yordam beradilar.
2. Tarbiyachi ishni boshlab beradi, qolganini bolalar o‘zlari
mustaqil davom ettirishadi.
3. Kattalar boshlab beradi, bolalar davom ettiradi, keyin esa
bolalar va kattalar birgalikda bajarishadi.
Bolalar kattalar bilan birgalikda mehnat qilishlari orqali mehnat
malaka va ko‘nikmalarini tez va oson egallab oladilar, ularning
kattalar mehnati to‘g‘risidagi bilimlari boyiydi, bunday mehnat
bolalarga quvonch bag‘ishlaydi.
Bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirishda hamma metod va
vositalardan keng ravishda foydalaniladi.
139
Shunday qilib kattalar mehnati bilan tanishtirish bolalar mehnat
va axloqiy tarbiyasining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Mehnat qilish muntazam tarzda bo‘lib, unda hamma bolalar
ishtirok etsa va kattalar mehnati bilan tanishtirib borilsa, u tarbiya
vositasiga aylanadi.
O‘z-o‘ziga xizmat qilish. Bu bolalar mehnatining bir turi bo‘lib,
unda bolalar ilk yoshidan boshlab mustaqil ovqatlanishga, yuvinishga,
kiyinish va yechinishga, o‘yinchoqlarni yig‘ishtirib qo‘yishga
o‘rgatiladi. O‘z-o‘ziga xizmat qilish jarayonida bolalarda mustaqillik,
ma’lum maqsad bilan harakat qilish kabi sifatlar shakllanadi, bolalar
qo‘llaridan kelgan ishni o‘zlari bajarishga o‘rganadilar. O‘z-o‘ziga
xizmat bolalarda oddiy mehnat turlariga nisbatan qiziqish uyg‘otadi,
batartiblikka, intizomli bo‘lishga, xulq-odobga o‘rgatadi. Bolalar
xo‘jalik-maishiy mehnatga MTTda va oilada jalb etiladi. Uning
mazmuni har xil bo‘ladi: xona va MTT maydonchasini yig‘ishtirish,
stolni bezatish va stoldagi idish-tovoqlarni yig‘ishtirish, choy
idishlarini, qo‘g‘irchoq kiyimlarini, mayda narsalarni yuvish,
mashg‘ulotga kerakli materiallarni tayyorlab qo‘yish, mashg‘ulotdan
keyin stol ustidagi narsalarni yig‘ishtirib olish va hokazo.
Tabiatdagi mehnat bolaning har tomonlama rivojlanishida
muhim ahamiyatga ega bo‘lib, o‘simlik va hayvonlar, yil fasllari,
jonsiz
tabiat
to‘g‘risidagi
bilimlar
manbayi,
bolalarda
mehnatsevarlikni, tabiatga ehtiyotkorlik munosabatini tarbiyalash
vositasidir, shu bilan birga bolalar mehnatning bu turi orqali tuproqni
ekishga tayyorlash va o‘g‘itlash, ko‘chatni o‘tkazish, o‘simlik va
hayvonlarni parvarish qilish kabi bir qancha mehnat malaka va
ko‘nikmalarini egallab oladilar. Mehnatning asosan ochiq havoda
140
tashkil etilishi bolalar organizmini chiniqtiradi, ularning sog‘ligini
mustahkamlaydi.
Qo‘l mehnati – mashg‘ulot, o‘yinlarga mehnat faoliyati uchun
zarur bo‘lgan o‘yinchoq va qurilmalarni tayyorlash bo‘yicha bolalar
mehnatidir (qog‘oz qiyqimlarini tashlash uchun, o‘simliklar urug‘i
uchun qutichalar, qo‘g‘irchoq kiyimlari, qalpoqchalar, niqoblar va
shunga o‘xshash narsalar tayyorlash). Qo‘l mehnatini bajarish orqali
bola natijaga erishadi narsa, buyum vujudga keladi. Bolalar
yopishtirish, bo‘yash, qirqish, arralash, mix qoqishni, tikish va shunga
o‘xshash oddiy mehnat malaka va ko‘nikmalarini egallab oladilar.
Ularda ijodkorlik, topog‘onlik, zehnlilik xislatlari o‘sadi.
Mehnat faoliyati har xil mehnat jarayonlaridan tashkil topgan, har
xil mehnat turlarini birlashtiruvchi keng tushunchadir.
Mehnat jarayoni-mehnat faoliyatining o‘ziga xos bir bo‘lagi
bo‘lib, uning tarkibida esa mehnat faoliyatining hamma tarkibiy
qismlari, mehnatning maqsadi, material va mehnat qurol-aslahalari,
biron natijani yuzaga keltirish maqsadiga erishish uchun sarf qilingan
barcha mehnat harakatlari, mehnat sabablari va mehnat mahsuli
yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Mehnat faoliyatini egallash - bu birinchi navbatda mehnat
jarayonini uning tarkibiy qismlari bilan birgalikda egallab olishdir.
Shunga qarab bolalarning mehnat tarbiyasi vazifalari belgilanadi va
ular quyidagilardan iboratdir:
1. Bolalarni bo‘lajak mehnat faoliyati oldidan maqsad qo‘yishga
o‘rgatish.
2. Mehnat jarayonini, mehnat faoliyatini rejalashtirib olishga
o‘rgatish.
3. O‘z ish joyini tayyorlab olishga, mehnat madaniyatiga o‘rgatish.
4. Mehnat malakasi va ko‘nikmalarini o‘rgatish.
5. Bajarilgan mehnatning natijasi, sifati va ahamiyati, qancha vaqtda
bajarilganligiga qarab o‘zining va boshqalarning ishini to‘g‘ri
baholashga o‘rgatish.
6. Mehnat faoliyati sabablarini shakllantirish.
7. Jamoa mehnat faoliyati vaqtida bolalarda ijobiy munosabatlarni
shakllantirish. Maqsad qo‘yish. Maqsad qo‘yish kattalar taklif etgan
maqsadni qabul qilishdan boshlab to o‘zi mustaqil maqsad qo‘yadigan
bo‘lguncha rivojlanib boradi (o‘simlikka suv quyishdan to uni
141
o‘stirguncha). Bolalarning o‘z oldilariga maqsad qo‘yib ish
bajarishlarini rivojlantirishlari uchun quyidagilarga rioya qilish zarur:
1. Bolalar mehnat qilishdan ko‘zlangan maqsadni tushunib yetishlari
kerak (nima uchun u yoki bu ishni bajarishlari kerak, undan
ko‘zlangan natija nima?); 2.Kutilgan natijani rasm, qurilma va shunga
o‘xshashlar tarzida ko‘rsatmali tasavvur eta bilish;
3. Ishning mo‘ljallangan vaqtda bajarilishi;
4. Bolalar kuchi yetadigan ishlarni qilishi (masalan, ko‘chat o‘tkazish,
o‘simlikni sug‘orish, ularni parvarish qilish va hokazo) kerak.
Bola o‘z mehnatidan ma’lum bir natijaga ega bo‘lishni anglab
yetgan taqdirdagina u mehnat faoliyatining maqsadini mustaqil
belgilaydi va ishtiyoq bilan mehnat qiladi.
Mehnat malakalari va ko‘nikmalarini egallab olish – maktabgacha
ta’lim yoshidagi bolalar mehnati jarayonining muhim tarkibiy qismi
hisoblanadi. Agar bola mehnat harakatlarini bilmasa, u hech qachon
mehnat natijasiga erisha olmaydi. Bolalar mehnat malakalari va
ko‘nikmalarini egallab olganlaridagina mehnat jarayonini bajonidil
bajaradilar. Masalan, tikishda ipni o‘lchab kesib olish, ninaga
ovtkazish, uchini tugish, tikish; o‘yinchoq yasash uchun egish, bukish,
taxlash, burchaklarini bukish, qirqish, tikish kabi mehnat harakatlarini
egallab olishlari kerak bo‘ladi. Bu ish harakatlarini ma’lum tartib bilan
bajarish uchun har bir bola o‘z mehnat faoliyatini rejalashtirib ola
bilishi kerak.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mehnat faoliyatini rejalash-
tirish
142
Avvaliga mehnat faoliyatini rejalashtirib olishni bolalarga :
tarbiyachi o‘rgatadi: mehnat maqsadini tushuntiradi, kerakli
materiallarni, mehnat qurollarini tanlaydi va uni har bir bola oldiga
tayyorlab beradi va bolalarga mehnat faoliyati jarayonini qanday
tartibda bajarish kerakligini tushuntiradi. O‘rta va katta guruhlarga
borganda bu harakatlarni mustaqil bajarishga o‘rgatadi. Buning uchun
bolalarga quyidagi savollar bilan murojaat qilib boradi:
1.Biz nima qilamiz?
2. Buning uchun nima qilishimiz kerak?
3. Ishimiz uchun nimalar, qanday materiallar, qanday ish qurollari
kerak?
4. Bu material va ish qurollaridan foydalanish qulay bo‘lishi uchun
ularni ish o‘rnimizda qanday joylashtirishimiz kerak?
5. Ishni nimadan boshlab, qanday davom ettirishimiz kerak? (savol
mehnat oddiy va murakkabligi, mazmuniga qarab bir necha marta
takrorlanishi mumkin).
6. Ishni qanday tugatamiz? Mehnat faoliyatini rejalashtirib olishga
o‘rgatish mehnatni sifatli bajarishga va mehnat madaniyatiga
o‘rgatadi. Natija - mehnat faoliyatining muhim tarkibiy qismi bo‘lib,
uni bolalar ongli ravishda anglab yetishlari kerak. Natijaga erishish
bolalarda mehnat qilish odatini, mehnatsevarlikni tarbiyalaydi, mehnat
harakatlarini sifatli bajarishga o‘rgatadi. Mehnatning sababi, ya’ni
bola nima uchun mehnat qilishini bilishi kerak.
Bu quyidagi shart-sharoit ta’sirida rivojlanadi:
1. Bolalar mehnatidan keladigan natijani va uning ijtimoiy mohiyatini
bilishlari kerak.
2. Bolalar yasagan buyumlardan MTTda, oilada foydalanish kerak.
3. Bolalarning ijtimoiy-foydali mehnatini amaliy jihatdan tashkil etish.
4. Bolalar mehnatining natijasini, uning boshqa kishilar uchun foy-
dasini baholash.
Shunday qilib, mehnat jarayonining undagi tarkibiy qismlar
bilan egallab olinishi maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar mehnat
faoliyatining boshlanishi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |