Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


VIII. 2. Maktabgacha ta’lim muassasasida mehnat



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

VIII. 2. Maktabgacha ta’lim muassasasida mehnat 
tarbiyasining mazmuni 
Yosh avlodga mehnat tarbiyasi berish masalasi hozirgi davrda eng 
dolzarb mavzu hisoblanadi. Mehnat har bir kishi kamo lotida va 
umuman jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Bog‘cha 
yoshidagi bolalarni jismoniy, aqliy axloqiy va estetik tomondan 
tarbiyalashda mehnat tarbiyasi muhim ahamiyatga egadir. Mehnat har 
bir yosh guruhidagi bolalarning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga 
olib tashkil etiladi, unga to‘g‘ri rahbarlik qilingandagina yetarli 
natijaga erishish mumkin. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar 
mehnatining o‘ziga xos tomonlari ko‘pgina olimlar tomonidan olib 
borilgan ilmiy ishlarda keng o‘rganib chiqilgan. 
Bolalar mehnatining muhim belgisi uning ma’lum maqsadga 
qaratilganligidir. Kichik bog‘cha yoshidagi bolalarning mehnati biror 
jarayonga oid harakat bo‘lib, u faqat kattalarning rahbarligi 
natijasidagina amalga oshirilishi mumkin. 


133 
Bola kubiklarni bir joydan ikkinchi joyga, mashinadan- stolga, 
stoldan - mashinaga ko‘chiradi va hokazo. Tarbiyachi boshqa stol 
ustidagi kubiklarni ko‘rsatib, uni mashinada ortib olib borish 
kerakligini aytadi. Bola kubiklarni mashinasida shkafga tashiy 
boshlaydi va joyiga tartibli qilib joylab qo‘ya boshlaydi. «Qatnov» bir 
necha marta takrorlanib, barcha kubiklar joyiga yig‘ishtirib qo‘yiladi. 
Bolalar faoliyatida maqsad paydo bo‘ladi. Keyingi galda bolaning o‘zi 
o‘ynayotgan o‘rtoqlariga o‘ynab bo‘lgandan keyin o‘yinchoqlarni 
mashinada joyiga olib borib qo‘yishni aytadi. 
Katta guruh bolalarida mustaqil maqsad qo‘yish qobiliyati 
moddiy samara beradigan mehnat turlarida muvaffaqiyatli rivojlanadi: 
gulzorda, ekinzorda ishlash, o‘yinchoqlar yasash va boshqalar.
Faoliyatni rejalashtirish mehnat tarbiyasining muhim tarkibiy 
qismi hisoblanadi. Bolalarni kuzatish ular faoliyatining tartibsiz
rejasiz ekanligini ko‘rsatadi. Bolalar bunday harakatlar orqali biror 
natijaga erishish uchun juda ko‘p vaqt va kuch sarflaydilar, shu bilan 
bir vaqtda o‘z ishlaridan o‘zlari qoniqmaydilar. erishish yo‘lidagi 
mehnat harakatlari, o‘yin o‘zining rivojlanishidagi har qanday 
bosqichda to‘xtatilishi mumkin, mehnatda esa, albatta, ko‘zlangan 
natijaga erishiladi. Bolalarning mehnat faoliyati qachon va qanday 
qilib o‘yindan ajratiladi? Kichik bog‘cha yoshidagi bolalar 
mehnatining asosiy turi o‘z-o‘ziga xizmatdir. Bu kichik bolalar uchun 
ancha mashaqqatli ish. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarni 
mehnatning bu turiga o‘rgatishda ko‘pincha o‘yin vaziyatlaridan 
foydalaniladi («Qo‘g‘irchoqni sayrga otlantiramiz», «Qo‘g‘irchoqni 
uxlatamiz» va shularga o‘xshashlar). Avvaliga bolalar o‘yin obrazi 
orqali mehnatga o‘rgatiladi. Shu orqali bolalar ishonch bilan harakat 
qilishni o‘rganadilar. Sekin-asta o‘zo‘ziga xizmat qilish malaka va 
ko‘nikmalari shakllana boradi. 
Mehnat tarbiyasining asosiy maqsadi bolalarni har tomonlama 
rivojlantirish, axloqli qilib tarbiyalash, kelajakdagi mehnat faoliyatiga 
ruhiy jihatdan tayyorlash, mehnat qilish xohishini singdirib borishdir. 
Mehnat tarbiyasining vazifalari xilma-xildir, shuning uchun ularni 
guruhlar bo‘yicha quyidagicha turkumlarga ajratiladi (V.I.Loginova): 
Birinchi guruh vazifalari bolalarning mustaqil mehnat faoliyatiga 
pedagogik ta’sir ko‘rsatish bilan belgilanadi: 


134 
1. Bolalarni maqsad qo‘yishga, mehnat malakalari, ko‘nikmalari, 
mehnat madaniyati bo‘yicha kerakli materiallar va mehnat qurollarini 
tanlab olishga o‘rgatish.
2. Bolalarda bo‘lajak mehnat faoliyatini shakllantirish, mehnat 
jaryonlarini mehnatda qatnashuvchilar o‘rtasida taqsimlash, mehnatda 
yaxshi natijalarga erishish malakalarini shakllantirish. 
3. 
Mehnat 
faoliyatining 
dastlabki 
ijtimoiy 
sabablarini 
shakllantirish, buyumlar va harakatlarga qiziqish uyg‘otish orqali 
mehnat natijalariga erishish, katta guruhlarda esa mehnatning ijtimoiy 
ahmiyatli ekanligini tushinib yetish. Ikkinchi guruh vazifalari kattalar 
mehnatiga ijobiy munosabatni tarbiyalashga qaratilgan: 
1) Bolalarga kattalarni qanday natijalarga erishish uchun mehnat 
qilayotganini tushuntirish.
2) Bolalarda mehnat ahliga hurmatni, ularga qo‘lidan kelganicha 
yordam berish xohishlarini tarbiyalash.
3) Kattalarning mehnat natijalarini asrabravaylashga o‘rgatish. 
Uchinchi guruh vazifalari mehnat faoliyatida bola shaxsini 
shakllantirishga qaratilgan: 
– Bolalarda mehnatsevarlik, har qanday mehnatda qatnashish, 
boshlagan ishini oxiriga yetkazish uchun bor kuchini ayamaslik, o‘z 
shaxsiy mehnatiga nisbatan to‘g‘ri munosabatni tarbiyalash.
– Javobgarlik, mustaqillik, maqsadga qaratilganlilik, qat’iylik, 
tashabbuskorlik va faollik, sabr-matonatlilik, chidamlilik kabi bola 
shaxsining axloqiy sifatlarini tarbiyalash.
– Madaniy xulq va o‘z tengdoshlariga nisbatan ijobiy 
munosabatni tarbiyalash, o‘zaro kelishgan holda birga ishlay olish
jamoa ishida natijaga erishguncha o‘z mehnati bilan qatnashish, o‘zi 
va o‘rtoqlarining mehnatini xolisona baholash, yordam berish va 
hokazo.

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin