I nazariy materiallar


I. Namangan agroiqlimiy rayoni



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/43
tarix16.12.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#183276
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43
Maruza matn (1)

I. Namangan agroiqlimiy rayoni

G‘arb tomonda Tojikiston respublikasi bilan, shimoli-g‘arbda Toshkent viloyati bilan 
chegaralanadi. Mazkur hududlardagi chegaralar Qurama tog‘larini va CHotqol tog‘larining 
janubiy yonbag‘irlarini kesib o‘tadi. SHimoliy va sharqiy chegara CHotqol tog‘larining suv 
ayirgichlari orqali o‘tadi. Uning janubiy qismlari orqali esa Qirg‘iziston respublikasi bilan 
chegaralanadi. 
Agroiqlimiy rayonning janubiy chegarasi Norin daryosi bo‘ylab, Uchqo‘rg‘on shahridan to 
Qoradaryo bilan qo‘shilish joyigacha davom etadi. So‘ngra Sirdaryo bo‘ylab chegara g‘arbga 
tomon Pungon hududlarigacha davom etadi. 
Namangan agroiqlimiy rayoni hududida 10º dan yuqori bo‘lgan aktiv haroratlar yig‘indisi 
shimoliy qismida 4100º dan janubiy qismida 4900º gacha ko‘rsatkichga teng. 
Haroratning maksimum ko‘rsatkichi 42-44º ga teng. Termik xususiyatlariga ko‘ra rayon 
issiq va juda issiq zonani tashkil etadi. Qish juda yumshoq va mo‘‘tadil sovuqlar bo‘ladi. 
Rayonning shimoliy qismida o‘rtacha sovuqli kunlar nisbatan ko‘proq kuzatiladi. 
Haroratning mutloq minimum ko‘rsatkichi -28º dan - 31º gacha o‘zgaradi. O‘rtacha absolyut 
minimum ko‘rsatkichlari shimolida -16º dan janubida - 22º gacha. Qor qoplami hosil qiladigan 
kunlar miqdori mazkur hududda 26 kundan 42 kungacha davom etadi. Agroiqlimiy rayonning 
tekislik qismida barqaror qor qoplamga ega bo‘lgan kunlar deyarli yo‘q va 800 m dan yuqori 
bo‘lgan hududlarda barqaror qor qoplami kuzatiladi. Sovuqsiz kunlar miqdori yiliga o‘rtacha 
219-230 kunga teng. 


30 
Yillik yog‘in sochin miqdori agroiqlimiy rayon hududida notekis taqsimlangan. Rayonning 
shimoliy qismida yillik yog‘in-sochin miqdori 215-315 mm ni, janubiy qismida 160-200 mm ni 
tashkil etadi. Aynan hududlar markaziy Farg‘onaga tutash hududlar hisoblanib, havo oqimining 
sharqiy yo‘nalishidagi harakati doirasida joylashgan. Namlanish rejimiga ko‘ra Namangan 
agroiqlimiy rayoni quruq va mutlaqo quruq zonaga kiradi. Hududning gidrotermik koeffitsenti 
Selyaninov bo‘yicha 0,11 dan 0,3 gacha, qishloq xo‘jaligida agroiqlimiy rayonning asosiy 
yo‘nalishi paxtachilik, donchilik, bog‘dorchilik, uzumchilik, pillachilik hisoblanadi. Mazkur 
rayonning janubiy qismidagi agrotermik ko‘rsatkichlari ingichka tolali paxta etishtirish imkonini 
beradi, lekin hozirgi vaqtda mazkur hududlarda bunday navli paxta etishtirilmaydi. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin