efemer-shuvoq o‘sadigan paleozoyning slanets va oxaktoshlaridan tuzilgan, chuqur jarlar
bilan kesilgan qoldiq past tog‘lar
asosan So‘x daryosining chap sohilidagi Tul va Devayron
qishloqlari (So‘x tumani) oraliida joylashgan. Turkiston tizmasining shimoliy etagida joylashgan
tog‘lar asosan paleozoyning slanetslari hamda qisman oxaktoshlari va konglomeratlaridan
tuzilgan bo‘lib, kuchsiz o‘zgarishga uchragan. Mutlaq balandligi 1300 m dan 1800
m gacha
boradi. YOin miqdori 180-240 mm. Vaqtincha oqar suvlarning erozion ishidan tog‘lar chuqur
jarlar bilan kesilgan. Oxaktoshlarda karst relefi rivojlangan. o‘simlik qoplami siyrak,
uning
tarkibida efemer va efemeroidlar, chala buta va butalar ko‘pdir.
Kuchsiz ishqorlangan va kuchli yuvilgan, yirik sekletli jigarrang tuproqlarda
siyrak archa o‘rmonlari uchraydigan, paleozoyning oxaktosh va slanetslaridan tuzilgan
kuchli parchalangan o‘rta tog‘lar
So‘x tumanining janubida va Farg‘ona tumanini
SHohimardon-YOrdon qishloqlari atrofida kuzatiladi. Tog‘ tizmalarida o‘simliklardan efemer va
efemeroidlar, mingbosh, shuvoq, andiz, gulhayri, shirach, betaga, bo‘rigul; butalardan–
nahmatak, qizil do‘lana, qoraqand hamda 1900-2800 m balandliklarda
siyrak archazorlar
uchraydi. Tog‘ o‘rmonlarida archaning uch turi – zarafshon (qizil), saur va turkiston archalari
o‘sadi. Tog‘larda beshbair, isiriq, zira, kiyik o‘t, oq gulhayri, tillabosh, turkiston adonisi, qora
andiz va boshqa ko‘plab dorivor o‘simliklar uchraydi.
Tog‘ mintaqasidagi viloyatga qarashli hududlar asosan Haydarkon va YOrdon-
SHohimardon graben-sinklinal vodiylarining ayrim qismlarida joylashgan. Haydarkon botiining
shimolida Haydarkon, janubida Terskey tizmalari tik devordek ko‘tarilib turadi. U to‘rtlamchi
davrning ovak allyuvial va prollyuvial yotqiziqlari bilan to‘lgan.
Tubi paleozoy slanetslaridan,
ustida esa qalin konglomerat qatlami, so‘ngra shag‘al, qumoq va qumloqlardan tuzilgan. Botiq
g‘arbda So‘x daryosi, sharqda Alovuddin daryosi bilan chegaralanadi, uzunligi 23 km, kengligi
1,5-6 km ga boradi. Undan So‘x daryosi tomon Obshir, Gavian, Garati kabi soylar oqib keladi.
YUzasi sharqdan g‘arbga tomon qiyalangan.
SHohimardon–YOrdon botii ham tektonik yoriqlar bilan murakkablashgan. U
assimmetrik tuzilishga ega: tik janubiy yonbari tog‘ dashtining siyrak o‘simliklari bilan,
yotiq
shimoliy yonbari esa qalin archa o‘rmonlari bilan qoplangan. Botiq antropogen tahsir natijasida
nisbatan kam o‘zgargan bo‘lib, Oqsuvning Duoba, Qorasho‘ra irmoqlari oqib o‘tadi. Hamzaobod
qishloi yaqinida Ko‘ksuv va Oqsuv daryolarining qo‘shilishidan SHohimardon daryosi xosil
bo‘ladi. Farg‘ona vodiysining kichik hududini tashkil etgan tog‘ landshaftlarining xilma-xilligini
saqlab qolishda muhim bo‘lgan METHlarni o‘rganish va ularni muhofazaga olish muhim
vazifalardan biridir. CHunki yildan-yilga antropogen tahsir tekisliklardan tog‘larga
tomon tez
siljib bormoqda.
Daryo vodiysida doimiy oqim kuzatilmaydi. o‘zan ostida xosil bo‘lgan er osti suv
oqimi CHashma qishloi yaqinida er yuzasiga chiqib, qaynar buloqlarni xosil qilgan. Uning atrofi
tol, terak va mevali daraxtlar bilan ko‘kalamzorlashtirilgan. Hozirgi vaqtda uning suvidan aholini
ichimlik suvi bilan tahminlashda va ekin maydonlarini sug‘orishda foydalanilmoqda [15].
1.
Tabiiy muhitini otimallashtirishda amaliy geografiya
2.
Tabiiy muhitni otimallashtirish mazmunini tushuntiring.
3.
Er resurslarini va undagi ekinzorlarni muhofaza qilishda tabiiy muhitni
otimallashtirish yo‘llari