Cuoriladigan o‘tloq va botqoq-o‘tloq tuproqlarda madaniy o‘simliklar rivojlangan quruq deltalardagi vohalar asosan So‘x daryosi va qisman Isfara daryosining (sharqiy
sektoridagi) konussimon yoyilmalarida rivojlangan. Ular uchun er yuzasining nishabligi
yoyilmaning yuqori qismidan chekkasiga tomon elpiichsimon shaklda tarqalishi xosdir. Viloyat
hududida So‘x yoyilmasining yuqori, o‘rta va quyi qismlari to‘liq rivojlangan. YOyilmalar
V.I.Eliseev [51] bo‘yicha yuqori qismida oqim fatsiyasining shag‘allar va shag‘alli qumlaridan,
o‘rta qismida veer fatsiyasining qumoq va qumloqlaridan, chekka qismida turun fatsiyasini gil,
mergel va qumoqlaridan iborat. YOyilmalarda gidrologik jihatdan suv shimiladigan, suv
oqadigan va yuqoriga ko‘tariladigan qismlar ajratiladi.
Birinchisi yoyilmaning yuqori qismining shag‘al va shag‘alli-qum yotqiziqlarini o‘z
ichiga oladi. Bu erda yuza suvlari va atmosfera yoinlari shimiladi. So‘x daryosining o‘rtacha
yillik suv sarfi 41,5 m
3
/sek bo‘lsa, V.A.Geyns [46] bo‘yicha shimilishga 25 m
3
/sek, yahni yillik
oqimning 60% ga yaqini sarflanadi. Mayda zarrali jinslarda er osti suvlarning oqimi sekinlashib,
yoyilmaning o‘rta qismida yuqoriga ko‘tarilishi yuz beradi. Natijada buloqlar va botqoqlashgan
tuproqlarni xosil qiladi. YOyilmaning yuqori qismida 11 km masofada er osti suvlari 100 m
chuqurlikda, 17-18 km masofada 50-70 m chuqurlikda kuzatiladi. Quyi qismida nishablik keskin
kamayadi va mayda zarrali qatlam qalinlashadi. Natijada er osti suvlarining oqimi sekinlashadi
va ularning chuqurligi 1-10 metrga boradi va minerallashish darajasi ortadi [29; 115].
Er osti suvlarining yuqoriga ko‘tarilishi veer fatsiyasining yuqori qismida kengligi 8-8,5
km bo‘lgan hududda yuz beradi. V.A.Geyns [46] bu zonani ikkiga, yahni intensiv va kuchsiz suv
ko‘tariladigan qismlarga ajratadi. Birinchisi (kengligi 3-3.5 km) veer fatsiyasining yuqorisidan to
Katta Farg‘ona kanaligacha, ikkinchisi kengligi 5 km gacha bo‘lgan quyi hududda rivojlangan.
Birinchi qismda ko‘plab qaynar va oqar buloqlar kuzatiladi. Ikkinchi qismda esa er osti suvlari
faqat oqimli o‘zanlarda kichik buloqlarni xosil qiladi.
Hozirgi kunda sug‘oriladigan o‘tloq va botqoq-o‘tloq tuproqlarda
tuproq
deflyasiyasi yildan-yilga ortib bormoqda. Viloyatda Qo‘qon guruhi tumanlari va Markaziy
Farg‘ona erlaridagi ekin dalalari kuchli shamol, garmsel va havo quroqchiligiga tez-tez uchrab
turadi. SHamol tahsirida tuproqning yuza qismining qurib qolishi va unumdor qatlamni
deflyasiyasiga uchrashi ro‘y beradi. YUqoridagi muammolarni hal etishda ihotazorlar tizimi
muhim ahamiyatga ega. SHamol tezligi 15 m/s dan yuqori bo‘lsa, ihotazorlarni yangi
o‘zlashtirilgan qumli erlarda 80-100 m, engil qumoqli tuproqlarda 150-170 m, mexanik tarkibiga
ko‘ra oir qumoq erlarda 250-300 m uzoqlikda joylashtirish maqsadga muvofiqdir.