I nazariy materiallar



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/43
tarix16.12.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#183276
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Maruza matn (1)



I.1. Nazariy materiallar 
 
1-mavzu. Kirish ma’ruzasi. Farg‘ona vodiysi geografiyasi fanining maqsadi va 
vazifalari. Farg’ona vodiysi tabiatini shakllanish tarixi. 
Reja: 
1. Kursning o‘rganish ob’ekt va uning xususiyatlari. 
2. Kursning vazifalari va maqsadi. 
3. Boshqa fanlar bilan aloqasi. 
4. Farg‘ona vodiysining geografik o‘rni, chegaralari

5
. Farg‘ona vodiysining shakllanish tarixi.
Farg‘ona vodiysi respublikamizning sharqiy qismida G‘arbiy Tyan-shan tog‘lari tarkibiga 
kiruvchi Turkiston, Oloy, Farg‘ona, CHotqol, Qurama tog‘larining oralig‘idagi tektonik botiqda 
joylashgan bo‘lib, uning geografik koordinatalari 39º42´-42º

shimoliy kengliklar bilan 69º30´-


74º50´ sharqiy uzunliklarni tashkil etadi. 
Farg‘ona vodiysi hududiy geografik joylanishga ko‘ra O‘rta dengiz bo‘yi mamlakatlari 
Gretsiya, Italiya bilan deyarli bir xil kengliklarda yotadi. Lekin tabiiy geografik, iqlimiy 
xususiyatlariga ko‘ra keskin farq qilib, bu holat materikning birmuncha ichkarisida 
joylashganligi va orografik xususiyatlari bilan bevosita bog‘liqdir. 
Farg‘ona vodiysini Farg‘ona botig‘i (kotlovinasi), Farg‘ona depressiyasi deb ham ataladi 
va bu holatlar vodiyning geologik tuzilishi, tektonik xususiyatlari hamda orografik jihatdan 
murakkab tuzilmaligi bilan bog‘liqdir. CHunki, uning deyarli barcha tomonlari tog‘ tizmalari 
bilan o‘ralgan bo‘lib, faqat g‘arbiy qismida 7 km.li yo‘lak (Xo‘jand darvozasi) orqali Mirzacho‘l 
tekisligiga ochiladi. 
Farg‘ona vodiysi yaxlit artezian havza hisoblanib, ko‘plab daryo va soyliklar vodiy 
markaziga Sirdaryo tomonga oqib tushadi, lekin faqat Sirdaryogina vodiydan oqib chiqib, tranzit 
vazifasini bajaradi. Vodiyning suvayirgichlardan boshlab hisoblaniladigan maydoni 78 ming km
2
bo‘lib, unda O‘zbekiston respublikasining Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari joylashgan 
hudud 19,3 ming km
2
ni tashkil etadi. Qolgan maydonlarda g‘arb tomonida Tojikistonning So‘g‘d 
viloyati, janubiy va janubi-sharqiy tomonida Qirg‘iziston respublikasining Botkend, O‘sh, 
Jalolobod viloyatlari joylashgan. 
Farg‘ona vodiysi O‘rta Osiyodagi qadimgi sivilizatsiya markazlaridan biri hisoblanib, 
qulay tabiiy iqlimiy sharoit tufayli bir necha ming yillardan buyon aholi istiqomat qilib keladi. 
Vodiyning O‘zbekiston qismiga tegishli hududida 9 mln.dan ortiq aholi istiqomat qilib, 
uning o‘rtacha zichligi 1 kv.km.ga 480 kishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa bugungi kunda 
respublikamiz hududini 4,1 foizini tashkil etgani holda, aholining 29 %ni tashkil etishini 
ko‘rsatib turibdi. 
Bugungi kunga kelib Farg‘ona vodiysi respublikamizning iqtisodiyotida muhim o‘rin 
egallaydigan iqtisodiy rayonni tashkil etib, rivojlangan va ko‘p tarmoqli qishloq xo‘jaligi, engil 
va oziq-ovqat, mashinasozlik kabi sanoatning muhim tarmoqlariga ega. 
Farg‘ona vodiysining tabiiy sharoiti qulay va resurslarga boyligi tufayli insonlar tomonidan 
bugungi kunda kuchli o‘zgartirilgan madaniy landshaftlar, urbanizatsiyalashgan hududlar katta 
maydonlarni tashkil etadi. 
Farg‘ona vodiysi – O‘zbekistonning asosiy paxtachilik rayonlaridan biridir. Vodiyda 
dehqonchilik madaniyati yuqori pog‘onaga ko‘tarilgan va bu rayonda O‘zbekiston bo‘yicha eng 
yuqori paxta xosili etishtirilmoqda. Vodiyning tekislik qismidagi sug‘orish mumkin bo‘lgan 
1479000 gektar erning 919.2 ming gektari o‘zlashtirilgan. Vodiyning er-suv sharoitlari 
sug‘oriladigan erlar maydonini yaqin yillar ichida taxminan 200000 gektarga etkazishga imkon 
beradi. 
Farg‘ona vodiysi hududi va geomajmualarining tuzilmasi ancha xilma-xil hamda o‘ziga 
xosdir. Turli gipsometrik yuzalarda iqlimiy sharoitni o‘zgarishi bu hududda tekislik-cho‘l, adir-
chala cho‘l, tog‘-dasht va baland tog‘-o‘rmon kabi geomajmualarning shakillanishiga olib 



kelgan. Geomajmualarning har birida gidrotermik va geomorfologik sharoitlarning nisbiy bir-
xilligi xos bo‘lib, ular tahsirida ekzogen jarayonlar, oqim, kimyoviy elementlarning migratsiyasi 
va turoq xosil bo‘lishidagi umumiyliklar o‘simlik qoplami hamda geomajmualarning barcha 
xususiyatlarida o‘z ifodasini topgan. 
Farg‘ona vodiysi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasining Andijon, Namangan va 
Farg‘ona viloyatlari kiradi. Maydoni 18,4 ming km
2
yoki mamlakat hududining 4,1 foizini 
tashkil qiladi. Aholisi, 1 yanvar 2019 yil ma’lumotlariga ko‘ra, 3mlndan kishi, bu esa 
O‘zbekiston aholisining 27,9 foiziga teng.
Farg‘ona vodiysi (cho‘kmasi)-ning O‘zbekiston qismida joylashgan mahmuriy birliklarni 
o‘z ichiga oladi. U respublikamizning sharqiy qismida o‘rnashgan, shimol, sharq va janubda 
Qiriziston Respublikasining Jalolobod, O‘sh va Batken viloyatlari bilan, janub va janubi-g‘arbda 
Tojikiston Respublikasining Sug‘d viloyati bilan chegaradosh, bevosita O‘zbekiston bilan esa u 
nisbatan torroq masofada Toshkent viloyatiga tutash. 
Deyarli to‘rt tomondan tog‘lar bilan o‘ralgan: shimol, shimoli-g‘arb va sharqda 
Tyanshanga qarashli qurama, CHotqol va Farg‘ona, janubda Turkiston va Oloy tog‘ tizmalari 
joylashgan. Iqtisodiy hududdan o‘tuvchi Sirdaryo vodiyni nisbatan kattaroq va tekisroq shimol 
va asosan tog‘ oldilardan iborat janubiy qismlarga ajratadi. Farg‘ona cho‘kmasini vodiy deb 
atalishi ham aynan ana shu Sirdaryoga bog‘liq. Biroq vodiyning «O‘rta Osiyo durdonasi» 
bo‘lishiga ko‘p jihatdan Sirdaryo emas, balki uning ko‘p sonli irmoqlari sababchi bo‘lgan. 
Ushbu irmoqlar –soylarning quyi qismida qadimdan voha va vohachalar vujudga kelgan, 
ularning keyinchalik sug‘orish inshootlari bilan birlashtirilishi natijasida butun Farg‘ona vohasi 
tashkil topgan. SHunday qilib, mazkur hududini tog‘lararo cho‘kma (kotlovina), vodiy va voha 
sifatida qarash mumkin.
Vodiyning markaziy qismlarida balandligi dengiz sathidan 200-300 metrdan oshmaydi va 
chekka tomon esa er usti ko‘tarilib boradi. Bu ko‘tarilish shimolda keskinroq, binobarin, 
hududning eng baland qismlari uning shimol, shimoli-g‘arbiga to‘g‘ri keladi (tahminan 2200 m). 
Maydoni ancha kichik, lekin aholi soni ko‘p va nihoyatda zich joylashgan ushbu 
hududning iqtisodiy shaklida ajratilishi eng avvalo uning geografik o‘rni va demografik 
salohiyati bilan tavsiflanadi. Bu erda xosil qiluvchi ishlab chiqarish tarmoqlari bo‘lib esa asosan 
paxta va pilla etishtirish, bog‘dorchilik, engil va oziq-ovqat sanoatlari xizmat qiladi. SHu nuqtai 
nazardan aytish mumkinki, mintaqa iqtisodiyotini rivojlangan agrosanoat majmuasi tashkil 
qiladi. Unga qo‘shimcha ravishda bu erda kimyo, neft va neft kimyosi hamda mashinasozlik, 
ayniqsa avtomobilsozlik rivojlanib bormoqda. 
Farg‘ona iqtisodiy mamlakat yalpi ichki mahsulotini 23,7, sanoat ishlab chiqarishini 1/5 
va qishloq xo‘jaligi mahsulotini yaqin 30 foizini beradi. Vodiyda qadimdan paxtachilik va 
pillachilik bilan shug‘ullanib kelishgan, bunga uning geografik o‘rni, yahni Buyuk Ipak yo‘lida 
joylashganligi ham o‘z tahsirini ko‘rsatgan. Hududning aynan ana shunday tranzitlik xususiyati 
o‘tmishda bu erda xo‘jalik va madaniyatning rivojlanish yo‘nalishlarini qisman belgilab bergan.
Vodiy qazilma resurslarga boy emas va, binobarin, bu omil xosil qiluvchi bo‘la olmaydi. 
Bu erda yoqili (neft) va rangdor metallarning kichik konlari bor xolos. Asosiy mineral boyliklar 
vodiyning tog‘ qismida–tutash respublikalar hududida joylashgan. 
Farg‘ona viloyati O‘zbekistonning janubi-sharqida, Farg‘ona vodiysining janubi-
g‘arbida joylashgan. Uning chekka shimoliy nuqtasi Sirdaryonint Pungan ko‘prigiga yaqin 
joyda bo‘lib, 40 gr. 35 minut va janubiy nuqtasi So‘x qishlog‘ining janubrog‘ida 40 gr. 
shimoliy kenglikdan o‘tadi. CHekka g‘arbiy nuqtasi YAkkatut qishlog‘ida bo‘lib, 71 
gr. va sharqiy nuqtasi Quva rayonidagi Birlik MFYning markazidan sharqroqda 72 gr. 
10 minut sharqiy uzoqlikdan o‘tadi. CHekka shimoliy nuqtasi bilan janubiy nuqtasi 
orasidagi masofa 96 km, g‘arbi bilan sharqi orasidagi masofa 100 km. U janubiy 
Zakavkazedagi subtropiklar —Talish tog‘lari, g‘arbda javubiy Italiya, Madrid va sharqda 
Pekin kengligida yotadi. Viloyat hududi cho‘llar zonasining o‘ziga xos regioni bo‘lib,
yillik foydali haroratining yig‘indisi jihatdan bu o‘lka subtropiklardan qolishmaydi.



Viloyat shimoli — g‘arbda Tojikiston, shimolda Namangan, sharqda Andijon 
vodiylari va janubida Qirizistonning O‘sh vodiysi bilan chegaralanadi. CHegara 
chizig‘ining uzunligi 600 km. Ana shu chegara chizig‘i doirasida viloyat hududi ipak 
qurti pillasining tuzilishiga o‘xshaydi, g‘arbiy va sharqiy bo‘lagi meridian yo‘nalishida 
keng, o‘rta qismi ancha qisilgan. CHegara chizig‘i shimoli-g‘arbda 50—55 km. 
masofada Sirdaryoning o‘ng sohili bo‘ylab o‘tsa, shimolda markaziy Farg‘ona qumliklari va 
sho‘rxoklaridan, janubda esa adirlar hamda adir oraliq tekisliklaridan iborat. 
SHohimardon va So‘x qishloqlari tog‘ mintaqasida joylashib, ular 1400—1800 metr 
oraliqlaridagi balandliklarni ishg‘lo qiladi. 
Hududi 
er 
yuzasining 
nishabligi 
uning 
hamma 
qismida 
janubdan shimolga tomon yo‘nalishda bo‘lib, orasidagi farq 
TOG

E
taklaridan (Vodil) 
hisoblaganda 200 m, tog‘li rayonlardan hisoblaganda 1000 m. dan ortadi. Viloyatning
er maydoni 7,3 ming kv. km.
Farg‘ona vodiysi hududi Janubiy Tyanshan burmalangan Kap sistemasining 
Turkiston-Oloy zonasiga kiradi. Burmalangan sistema Turkiston-Oloy zonasi umumiy 
regionning shakllanishi bilan bir vaqtda Kaledon va Gersin tektonik harakatlari tahsirida 
shakillangan. Birinchi buyuk harakatlar Tyanshan geosinklinali egilmasi silurdan 
boshlanadi, keyinchalik gersin tektonik harakatlari tahsirida murakkab Turkiston-Oloy
va Zarafshon-Oloy struktura zonalarini xosil qiladi. Bu zonalarning chegaralanishida 
mezazoygacha shakllangan o‘ta chuqurlikdagi uzilma-yoriqlar ehtiborga olinadi. Turkiston-
Oloy burmalangan zonasi umumiy geosinklinali sistemasiga mos holda joylashgan.
Turkistoi-Oloy burmalangan zonasi yoysimon ko‘rinishda g‘arbdan-sharqqa tomon 
Janubiy Tyanshan geosinklinali sistemasiga mos yo‘nalishda joylashadi. Turkiston-
Oloy zonasida quyi va o‘rta paleozoyning asosiy va ultraasosiy iffuziv jinslari chuqur 
uzilmalari bo‘yicha otilib chiqqanligi kuzatiladi. Turkiston-Oloy zonasining sharqiy 
qismida yoriqli strukturalar keng tarqalgan. SHunday strukturalar g‘arbiy qismida 
kamayib boradi, lekin vertikal tik uzilmalar ortib boradi. Farg‘ona vodiysi hududi bu 
mezozoygacha bo‘lgan strukturalar er yuzasiga chiqmasdan qalin mezokaynazoy 
yotqiziqlari ostida qolib ketgan. Farg‘ona viloyat hududi joylashgan
So‘x va SHohimardon 
daryo xavzalarining yuqori qismlarida bu strukturalarning burmalik va uzilma xillarini 
uchratish mumkin. Bahzida bu geostrukturalar keyingi tektonik harakatlar natijasida
yana murakkablashib ketgan. 
Turkiston-Oloy burmalangan zonasi mezozoy va kaynazoyda asosan to‘rt 
davrni boshidan kechirgan: 1) so‘nggi gersen ko‘tarilmalarining yuvilishi va 
tekislanishi; 2) nurash qobig‘ining shakllanishi; 3) platforma qoplamlarining 
shakllalishi va uzilmalarning xosil bo‘lishi; 4) platformalarning bir qismi harakatchan
epiplatformaga aylanishi: 
Butun — mezo-kaynazoy davomida Farg‘ona xavzasida cho‘kindi to‘plangan. 
Gersin burmalangan vodiylarining geologik taraqqiyot tarixi mezozoy, paleogen va 
neogen cho‘kindilarining xususiyatlarini belgilab beradi. Farg‘ona cho‘kmasi neogen 
davrigacha tipik platforma vodiysiniig egilmasiga o‘xshagan. Erta yuradan to turon
asrigacha Farg‘ona cho‘kmasi chuchuk suvli xavzadan iborat bo‘lib, Turondan so‘nggina 
dengiz sharoiti shakllanadi. Bu dengiz rejimi oligotsengacha davom etadi. Farg‘ona 
vodiysi hududisi umumiy — Alp geologik taraqqiyotiga mos holda rivojlangan. viloyat 
hududida poleozoy, mezozoy va kaynazoy yotqiziqlari uchraydi. Paleozoy yotqiziqlari 
asosan So‘x va SHohimardon atrofidagi tog‘ tizmalarida uchraydi. Vodiyning tekis-
rayonlarida er yuzasiga chiqmagan bo‘lsada, tog‘ oldi, tog‘lik rayonlarida So‘x, 
SHohimardon — Isfayram daryolari xavzasida paleozoyning devon sistemasi keng tarqalgan. 
Devon sistemasining quyi, o‘rta va yuqori bo‘limlariga oid yotqiziqlar So‘x—
SHohimardon soylari yuqori va o‘rta oqimlari xavzasida organik qoldiqlar bilan birga 
uchraydi. Devonning quyi qatlamlari SHohimardon soyining chap qirog‘ida «oq ko‘l» 
nomi bilan ataladi. Bu svita, SHohimardon o‘ng qirog‘ida «jiydali» nomi bilan



ataluvchi terrigen (uvoq) qatlamchalaridan tashkil topgan. Gilli slanets, alevrolit, 
qumtosh, konglomeratlarning qalinligi 1000 metrga etadi. Bu qatlamlarda toshga 
aylangan fauna va floralar topilgan. Quyi devonga mansub terrigen-vulkanik jinslar So‘x 
daryosining chap irmog‘ida qalinligi 250-300 m bo‘lib tarkibida diabaz porfirit, tufli 
qumtosh qumli oxaktosh, terrigen jinslar bilan almashinib keladi. Devonning o‘rta bo‘limi
jinslari janubiy Farg‘onada tarqalgan. So‘x va SHohimardon soylari vodiysida ham 
uchraydi. Tarkibida organik qoldiqlari bor karbonatli fatsiya ham tarqalgan. YAxlit va 
qatlamchalardan iborat kulrang oxaktoshlar, kristallangan marmartoshlar, shuningdek, 
vulkanogen jinslar ham uchraydi. Vulkanogen jigarrang diabaz va diabazli porfiritlar
SHohimardonsoy (Vodil qishlog‘ining janubiy sharqi) So‘x va Isfayramsoy xavzalarini 
ishg‘ol qiladi. o‘rta devon janubiy Farg‘ona hududi dolomitli oxaktosh, oxaktoshli
fatsiyadan shuningdek, terrigen effuziya jinslar, metamorfik slanetslardan iborat.
Devon sistemasining yuqori bo‘limi janubiy Farg‘ona hamma joyda dolomit, 
oxaktosh va vulkanogen jinslardan iborat. Dolomit, oxaktosh qatlamlarining 
umumiy qalinligi 200—2500 metrga etadi, shundan sof oxaktosh 300 metr qalinlikda 
uchraydi. Toshko‘mir sistemasi janubiy Farg‘onada So‘x—SHohimordon daryolari 
xavzasida uchratiladi. Toshko‘mir sistemasining quyi bo‘limi umumiy qalinligi 1800 
metrga etadi.
Toshko‘mir sistemasining o‘rta bo‘limi Oloy tog‘larining shimoliy yon 
bag‘irlarida er yuzasiga chiqib yotadi. o‘rta toshko‘mir bo‘limi Qorachatir zonasida 
4000 metr qalinlikda uchraydi. Toshko‘mir sistemasining yuqori bo‘limi Qorachatir 
tizmasining Guzan tog‘larida er yuzasiga chiqib yotadi. YUqori toshko‘mir 
yotqiziqlarining asosiy qismi dengiz (4000 metrgacha) va qisman materik
yotqiziqlaridan (2500 metrgacha) iborat bo‘lib katta qalinlikda uchraydi. Tarkibi
bo‘yicha mayda shag‘alli konglomeratlar, gravelitlar va yomon tabaqalangan
qumtoshlar, shuningdek. alevrolit, oxaktosh qatlamlaridan iborat. YUqori toshko‘mir
yotqiziqlari faunalar bilan nisbatlangan. Perm sistemasi, vodiyning tekislik
rayonlarida er yuzasiga chiqmasada Qorachatir tizmasi, Guzan tog‘larida dengiz va 
kontinental fatsiyalari ko‘rinashida joylashgan. Litologik jihatdan Perm sistemasining 
quyi bo‘limi yuqori toshko‘mir jinslariga o‘xshab ketadi, terrigen jinslar karbonatlar bilan 
almashinib turadi. Bu qorachatir sivtasini tashkil etadi. Perm sistemasining maksimal 
qalinligi 1500—2000 metrgacha, kontinental jinslar 1700—0500 metrgacha etadi. 
Mezozoyning Trias sistemasi Janubiy Farg‘onada keng tarqalgan emas, ular asosan 
kontinental fatsiyadan iborat bo‘lgan yotqiziqdir. Quyi va o‘rta trias sistemasi
tarkibida ko‘plab o‘simlik qoldiqlari topilgan. Trias sistemasi litologik tarkibi konglomerat, 
gil, qumtoshdan iborat rangi oqish kulrang, bahzida sarish yashil ko‘rinishga ega. Umumiy 
qalinligi 90—100 metrga etadi. 
Viloyat hududida yura yotqiziqlari bevosita er yuzasiga chikib yotmaydi, faqatgina 
adir—tog‘li qismida bir necha ochilmalar uchratilgan. Viloyat hududi asosan parmalash 
quduqlari yordamida, bo‘r: paleogen, neogen va to‘rtlamchi davr qatlamlari ostida 
yotganligi qayd etiladi. YUra sistemasiiing quyi, o‘rta va yuqori bo‘limlari xilma-xil 
fatsial sharoitlarda xosil bo‘lgan. Ularning umumiy qalinligi, 1000 metrdan ortadi. 
Litologik tarkibi bo‘yicha kontinental va dengiz muhitida xosil bo‘lgan uvoq jinslar, 
ximik va biologik- xosilalardan iboratdir. Ayniqsa, ular ichida mayda donali terrogen 
jinslar karbonatlar, gillar, gipslar, tuzlar va shuningdek ko‘mir, neft, sidritlarning bo‘lishi 
harakterlidir. 
Bo‘r yotqiziqlari viloyat hududi So‘x daryosining xavzasida, Kuvasoy,
Log‘on adirlarida er yuzasiga chiqib yotadi. Bo‘r sistemasining xosil bo‘lishida
dengiz kontinental va laguna fatsiyalari qatnashadi. Bo‘r sistemasining quyi va
yuqori bo‘limlarining qalinligi 400 metrdan ortiqroq. Bo‘r sistemasi Farg‘ona
depressiyasida kontinental-o‘zan: alliyuvial, ko‘l, sayoz dengiz fatsiyalaridan tashkil 



topgan va litologik jihatdan qizil gil, qumtosh, konglomerat, shag‘al, graviy, mergel, 
dolomit, gips va organik chig‘anoqlarning komplekslaridan iborat. 
Paleogen yotqiziqlari Farg‘ona vodiysi hududi keng tarqalgan. Ular adir zonasida er 
yuzasiga bevosita chiqib yotgan bo‘lsa 
VODIYNING 
markaziy tomoni yosh yotqiziq (neogen—
to‘rtlamchi sistemasi) ostida qolib ketgan. Paleogen sistemasining quyi qismi Laguna 
fatsiyasi yotqiziqlaridan tashkil topgan, yuqori qismi kontinental yotqiziqlardan 
iboratdir. Poleogen, eotsen, oligotsen bo‘lim yotqiziqlari har xil litologik tarkibdagi 
jinslardan iborat bo‘lib, qalinligi 100—200 metrgacha. Litologik tarkibi bo‘yicha 
karbonatli, chig‘anoqli 
VA Q
umtoshli qatlamchalar, karbonatli konkretsiyalar qizil 
glina gil, alevrolitlar, sariq qumtoshlardan iborat. 
Farg‘ona viloyat hududida neogen keng tarqalgan bo‘lib Farg‘ona 
depressiyasining rivojlanishi bilan chambarchas bog‘langandir. CHimyon, Avval, 
CHo‘ng‘ara atrofi rayonlarida neogen er betiga chiqib yotadi. Kontinental uvoq jinslari 
qizil rangda uchrovchi massaget va jigar rang qatlamlari baqtriya qatlamlari 
hisoblanadi. SHo‘rsuv rayonida neogen yotqiziqlar gipsli qizil—glina ko‘rinishidagi gil 
(loyqa)lardan iborat. Neogen jinslarining qalinligi 450 metrgacha etadi. Molas tarkibida 
kontinental igna bargli flora qoldiqlari va hayvon suyak qoldiqlari topilgan. 
Viloyat hududi to‘rtlamchi sistema yotqiziqlari juda keng tarqalgan. Ularning 
qalinligi tog‘ oldi—adir zonalarida bir necha o‘nlarcha metrdan vodiyning markaziy 
qismiga tomon ortib boradi va 2 km va undan ortib ket adi . To‘rtl am chi
(antropogen) davr yotqiziqlari genetik belgilariga ko‘ra viloyat hududi 1) alyuvial; 2) 
muzloq jinslari; 3) alyuvial-deltali, 4) dellyuvial-prolyuvial, 5) Eol yotqiziqlari; 6) Ko‘l 
yotqiziqlari, 7) Elyuvial-dellyuvial jinslarga ajratiladi. Bu tip yotqiziqlari viloyat 
maydonida juda notekis tarqalgan. Viloyat hududi to‘rtlamchi davr yotqiziqlarini adir 
zonasidagi daryo terrassalarini So‘x, Toshkent, Mirzacho‘l va Sirdaryo deb ataluvchi 
(Q
1
Q
2
,Q
3,
Q
4
) bo‘limlarga tenglashtirish mumkin. YOsh jihatdan to‘rtlamchi sistemani 
geologik-geomorfologik, faunistik va litologik belgilariga ko‘ra quyi to‘rtlamchi, o‘rta 
to‘rtlamchi, yuqori to‘rtlamchi va hozirgi zamon bo‘limlariga ajratish mumkin. 
Litologik belgilariga ko‘ra to‘rtlamchi sistema yotqiziqlarini muz yotqizig‘i—morena, 
allyuvial yotqiziqlar, xarsangtoshlar, shag‘al, konglomerat, qumlar, supes, suglinka, 
shamol yotqiziqlari— eol qumlari, ko‘l yotqiziqlari, gil, loyqa qum qatlamlari, yarim 
parchalangan organik qoldiqlar xemogen yotqiziqlar, sho‘rxok tuzli suglinki va 
loyqalar uchratiladi. Ko‘p xollarda sut emizuvchi hayvon va faunalar uchratilgan. 
Quyi to‘rtlamchi So‘x nanay svitasi shag‘al qum va konglomeratlardan iborat bo‘lib, 
qalinligi tog‘ oldi qismda 5—b metr, vodiyning markazi tomon borgan sari 300—400 
metrga etadi. Vodiyning markaziy 
QISMI 
tayanch parma quduqlari buralash natijasida 
qadimgi to‘rtlamchi qatlamlar 1500 metr va undan ortiqroqdir. O‘rta to‘rtlamchi — 
Toshkent svitasi yotqiziqlari daryoning 5 - 6 terassalarini tashkil etadi. Vodiyning 
markaziy qismi tomon quruq deltalar, keng konus yoyilmalaridan iborat. Litologik 
jihatdan ostki qismi konglomerat, shag‘al, qumloqlar, ustki qismi qalinligi tog‘oldi 
rayonlarda 
o‘nlarcha 
metr, 
vodiyning 
markazi 
tomon 
200 
metr, 
hattoki, 
400 
metrgacha 
etadi. 
YUqori 
to‘rtlamchi 
Mirzacho‘l 
svitasi 
quyi 
terassalarni 
xosil 
qilib, 
lyossimon jinslardan iborat. 
Tarkibida fauna qoldiqlari va madaniy qatlam qoldiqlari saqlangan. Svitaning 
qalinligi adirlik rayonlarda 50—70 metr, vodiy markazida 100 metrdan ortib ketadi. 
Sirdaryo svitasi vodiyning markaziy qismi tomonda rivojlanib, daryo vodiylarining yosh 
terassalari qayir yotqiziqlarini o‘z ichiga oladi. Tarkibida qadimgi bronza va neolit 
hayvon va o‘simlik qoldiqlari tiklangan. Litologik tarkibi shag‘al, qum, va 
suglinkalardan tashkil topgan. Qalinligi tog‘ oldi rayonlarda bir necha metrdan, 
vodiy markaziy qismida 20—30 metrga etadi. Hozirgi zamon yotqiziqlarga yassi 
tepalik yonbag‘irlaridagi elyuvial dellyuvial qoldiqlari va daryo o‘zanlaridagi alyuviy 



jinslar, vodiy markaziy qismidagi shamol-eol qumlari kiritiladi. Bularning qalinligi bir 
necha metrdan iborat. 
Magmatizm viloyat hududi kuzatilmagan. Magmatik jinslarining uvoqlari 
SHohimardon, Isfayram, So‘x va Isfara daryolari xavzalari o‘zan va deltalarida 
allyuvial jinslar sifatida uchratiladi, xolos. Onalik jinslari Oloy tog‘larida bo‘lib, viloyat 
hududi
GI 
shag‘al, konglomerat tarkibidagi granit, dioritlar daryolarining faoliyati natijasida
olib kelingan. Effuziv magmatizm vodiyning Vodil qishlog‘i yaqinida Qiriziston hududi
yaqinida borligi aniqlangan. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin