15
Sirdaryoning oqimi bo‘ylab pasayib borib vodiydan chiqish joyida 330 m ni tashkil etadi.
Litologik asosini eng yosh Sirdaryo yotqiziqlari tashkil etadi. Bu yotqiziqlar
mexanik tarkibiga
ko‘ra engil loyli, qumoq va qumli jinslardan iborat bo‘lib Sirdaryo va uning irmoqlari faoliyati
tufayli tekis va juda kam qiyali holatda yotqizilgan. Mazkur hudud Sirdaryoning chap sohilida
daryo tomonga juda kam 0,0005-0,0007 gr nishablikka ega. Bu
hududga Norin va Qoradaryo
oralig‘i ham kirib bu erda relefning o‘zgarishi deyarli gidrologik omillarga bog‘liqdir. Sirdaryo
hosil bo‘lgan joyidan boshlab ustki terrasalari kengayib, torayib, to‘lqinsimon
balandliklar
orqali o‘tadi va go‘yoki siqilgan relef ko‘rinishini oladi.
Sirdaryo, Norin va Qoradaryo 3 ta terrasa hosil qilgan. Birinchi terrasani balandligi 1,5-2
m ga teng bo‘lib, goh qisqarib, goh kengayib boradi. Uning maksimal kengligi 3-4 km ga teng.
Ikkinchi terrasa birinchi terrasaga nisbatan yaqqol ifodalanadi uning balandligi esa 4 m ga etadi.
Sirdaryoning uchinchi terrasa 10-15 m ga ko‘tariladi. Sirdaryoning chap sohilida ular yaqqol
ifodalanadi. O‘ng sohilida esa konus yoyilmalar bilan tutashib baland tepaliklar ko‘rinishini
oladi.
Dostları ilə paylaş: