11
Qoratog‘ – Qorachatir antiklinal zonasi.
Bu antiklinal struktura deyarli kenglik
yo‘nalishi bo‘yicha joylashgan bo‘lib 2 ta murakkab tuzilishdagi antiklinal strukturalardan
iborat. Qoratog‘ va G‘o‘zon antiklinoriysidan tuzilgan, ularni yadro qismini paleozoy
strukturalari egallaydi. Undan sharqroqda So‘x – CHimyon antiklinal strukturalari joylashgan.
Mazkur tektonik zona o‘zining tektonik rivojlanishida murakkab yo‘lni boshdan kechirgan. Buni
uning tarkibidagi qatlamlarning betartib joylashganligidan ko‘rish mumkin. Qoratog‘ –
Qorachatir antiklinal zonasi bir qancha tarmoqdan iborat va ular quyidagilardan iborat:
G‘arbiy tarmoq.
Mazkur tektonik tarmoqni tektonik xususiyatlarini juda ko‘p tadqiqotchilar o‘rganib,
tegishli
xulosalarni
qilganlar.
Jumladan,
K.P.Kalinskiy,
V.N.Veber
(1934,
1937);
N.P.Vasilkovskiy 1939, S.S.SHuls 1948, R.I.Grachyov 1946, O.A.Rijkov (1947)lar va bevosita
burmalash ishlarini amalga oshirgan B.B.Tal – Virskiy, I.S.Vasilkovskiy (1955, 1956), Tal-
Virskiy (1947)larning ma’lumotlari ayniqsa muhimdir.
G‘arbiy tarmoqni tashkil qilgan Qoratog‘ – Qorachatir antiklinal zonasining Qayroqtog‘
ko‘tarilmasi Konibodom shahridan janubi-g‘arbda joylashgan bo‘lib, uning paleozoy yadrosi
uzunligi 35 km ni tashkil qiladi.
SHarqiy qismida antiklinal struktura ikki qismga tarmoqlanadi. Har ikkalasini yadrosi
paleozoy jinslari yotadi. G‘o‘zon antiklinal strukturasini tarkibi Qoratog‘ antiklinal zonasi
strukturasiga o‘xshaydi. G‘o‘zon antiklinali ham 2 ta ko‘tarilmadan iborat: G‘arbiy qismi Isfara,
sharqiy qismi G‘o‘zon antiklinali deb nomlanadi.
Dostları ilə paylaş: