I nazariy materiallar


Allyuvial prolyuvial tekkisliklar relefi



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/43
tarix16.12.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#183276
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43
Maruza matn (1)

Allyuvial prolyuvial tekkisliklar relefi 
Farg‘ona vodiysida katta maydonlarni egallab konus yoyilmalari va konus yoyilmalari aro 
pastqamliklarni ishg‘ol qiladi. Allyuvial prolyuvial tekisliklarni hosil bo‘lishi, litologik tarkibi 
ham atrofdagi tog‘lardan daryo va soyliklar keltirgan jinslarga bog‘liq bo‘lib, ular shag‘alli, gilli, 
qumoq, qumli va yuqori qatlamlari agro irrigatsion loyqali jinslardan tashkil topgan bo‘lib yuqori 
to‘rtlamchi davr yotqiziqlari hisoblanadi. 
Allyuvial prolyuvial tekisliklar genezisiga ko‘ra akkumulyativ relef tiplarini hosil qilib, 
konus yoyilmalari bir oz ko‘tarilgan va qiyaroq, konuslararo pastqamliklar esa yassi va uncha 
sezilarli bo‘lmagan holda Sirdaryo tomonga kichik nishablikni hosil qiladi. 
Konus yoyilmalari Farg‘ona vodiysining janubidan oqib tushuvchi soyliklarda yaqqol 
ifodalanadi va ular kattaligi jihatidan ajralib turadi. Bu erda Isfara konus yoyilmasi yuqori 
qismida shag‘alli jinslardan va quyi qismida mayda donali, qumoq, qumloq va loyqali jinslardan 
tashkil topgan. Umuman nishablik yoyilmaning yuqori qismida 0,1-0,06° dan quyi qismida 
0,005-0,001° gacha pasayib boradi. 
Farg‘ona vodiysida konus yoyilmalari ichida So‘x konus yoyilmasi alohida ajralib turadi. 
Geomorfologik jihatdan So‘x konus yoyilmasi yuqori, o‘rta va quyi periferik qismlarga 
ajratiladi. YUqori qismida o‘rtacha balandlik 600-700 m atrofida bo‘lib, asosan shag‘alli va 
qisman qumoq jinslardan tashkil topgan. ( -rasm) 
SHohimardonsoy daryosi Vodil qishlog‘iga kirib kelgunga qadar Oltiariqsoy
Fayzobodsoy, Marg‘ilonsoy kabi kichik tarmoqlarga ajralib ketadi. Va har bir soyliklar yuqori 
va quyi qismlardan iborat konus yoyilmalarni hosil qiladi. ularning yuqori qismlari asosan 
shag‘alli jinslardan, quyi qismlari esa suglinali loyqali jinslardan tashkil topgan. Konus 
yoyilmalarining yuqori qismlarida mutloq balandlik 500-600 m dan quyi qismlarga tomon 
pasayib 400 m atrofidagi juda kam qiyalikka ega bo‘lgan tekisliklarni hosil qiladi. 
Farg‘ona vodiysining sharqiga tomon Aravonsoy SHaxrixonsoy, Oqbo‘ra, Andijonsoy 
konus yoyilmalari joylashgan. Aravansoy-SHaxrixonsoy konus yoyilmalari tizimiga kirib, 
adirlar etagidan to markaziy Farg‘ona tomon qiya tekisliklarni hosil qiladi. Litologik jihatdan 
yuqori qismining 1-2 m gacha qalinlikdagi loyqali jinslar va unin ostida shag‘alli jinslar yotadi. 
YUqori qismida mutloq balandlik 550-600 m dan quyi qismlariga tomon 350-400 m gacha 
pasayib boradi. 
Farg‘ona vodiysining Sirdaryo o‘ng sohili bo‘lgan shimoliy qismida ham alyuvial 
prolyuvial tekisliklarni konus yoyilmalari, konus yoyilmalariaro pastqamliklar tashkil etadi. 
Konus yoyilmalari va ular o‘rtasidagi pastqamliklarni hosil bo‘lishi G‘ovasoy, Kosonsoy, 
Podshootasoy kabi soyliklarning faoliyati bilan bog‘liqdir. Tashqi konus yoyilmalari Qizilyor
CHortoq – Namangan, To‘raqo‘rg‘on-CHust-Pop-CHodak qiya tekisliklarini hosil qiladi. 
Ularning litologik tarkibini glinali, suglinkali va quyi qismida shag‘alli jinslar tashkil etadi. 


16 
Adir orti cho‘kmalari ham shimoliy Farg‘onadagi alyuvial prolyuvial tekisliklar tarkibiga 
kirib ularning asosini tektonik bukilmalar tashkil etadi. 
Asht-Bobodarxon adir orti cho‘kmasining janubiy tomonidan Supatog‘ massivi o‘rab 
turadi. SHimoliy qismini esa qadimgi to‘rtlamchi davr konglomeratlaridan ibora ko‘tarilmalar 
chegaralaydi. CHo‘kmaning litologik tarkibini shag‘alli jinslar, janubiy qismida esa shag‘alli 
jinslar ustini lyoss va lyossimon suglinkalar qoplab olgan. Asht-Bobodarxon cho‘kmasi g‘arbiy 
yo‘nalishda davom etib Oqbel tizmasi etaklarigacha bo‘lgan hududda Samgar cho‘kmasi nomini 
oladi. Bu cho‘kma Qoramozor soyligining usti lyossimon suglinkalar qoplab olgan konussimon 
yoyilmasi hisoblanadi. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin