21
Farg‘ona vodiysining shimoliy qismida tog‘ oldi zonasi uncha katta bo‘lmagan
maydonlarni egallab CHotqol tog‘larining janubiy etaklarigacha cho‘zilgan, lekin bu hudud
boshqa tog‘ oldi hududlariga nisbatan kichikroq maydonni egallaydi. Hududning mutloq
balandligi 1000-1500 m gacha ko‘tarilib, relefi birmuncha kuchli parchalangan.
Hududning
litologik tarkibida denudatsiya tufayli hosil bo‘lgan mayda donali qoplama jinslar, shag‘al va
konglomeratli jinslardan tashqari yassi yuzalarda lyoss va lyossimon suglinkalar ishtirok etadi.
Ayniqsa, lyoss va lyossimon jinslar hududning 60 % dan ortiq maydonini egallab olgan.
Farg‘ona vodiysining shimoli-g‘arbiy qismida Qurama tog‘larining tog‘ oldi qismi
joylashgan. Mazkur hudud G‘ovasoy, CHodaksoylar bilan
Ohangaron soyliklari suv
ayrgichlariga to‘g‘ri keladi. toshli, shag‘alli va yuza qismi mayda donali jinslardan iborat
bo‘lgan litologik tarkibli hududlarning maksimal balandligi 2000 m ga etadi. Uning ostki
qatlamida esa paleozoy erasining ohaktosh va slanetsli qatlamlari joylashgan.
Farg‘ona vodiysining janubi-sharqiy hududlari Oloy-Farg‘ona tizmalari
etaklarini egallab
olgan. Oloy tizmalari etaklaridagi tog‘ oldi hududi Aravansoy va Oqbo‘ra soyliklarining
oralig‘idagi baland va qiya tekisliklarni egallab, alohida ko‘tarilgan tog‘
massivlari ham
uchraydi. Masalan, Ulug‘tog‘ massivi 1300 m dan baland ko‘tarilgan janubi-sharqida CHilustun,
undan sharqroqda Qirtosh tog‘ massivlari ko‘tarilgan bo‘lib, balandligi 1200 m dan ortadi. Tog‘
massivlari kuchli denudatsiyaga uchragan, litologik tarkibi asosan paleozoyning devon davri
kristallashgan ohaktoshlari va metamorfik slanetslaridan iborat.
Dostları ilə paylaş: