28
V
5
6
4
2
1
VI
2
3
2
1
1
VII
2
3
2
1
0
VIII
3
3
2
0
0
IX
2
3
2
0
0
X
4
3
2
0
0
XI
4
2
2
0
0
XII
3
2
1
0
0
Y-k
42
39
23
6
3
Farg‘ona vodiysining agroiqlimiy xususiyatlari
Hududni agroiqlimiy rayonlashtirish sxemasida iqlim ko‘rsatkichlari birmuncha
mukammal tasvirlab berilgan (1974).
Farg‘ona vodiysining iqlimiy xususiyatlaridan kelib chiqib 0º dan yuqori va barqaror
bo‘lgan haroratlar va vegetatsiyaning boshlanishi fevral oyining ikkinchi dekadasiga to‘g‘ri
keladi. Kuzgi 0º haroratdan pastga qarab sovub borishi esa dekabr oyining 2-3 dekadasiga to‘g‘ri
keladi. Havo haroratining yil davomida 0º dan yuqori bo‘lgan davri bir yilda o‘rtacha 280-310
kunni tashkil etadi.
Em-hashak ekinlari beda, mevali ekinlar va doimiy
ekinlarning vegetatsiya davri, ya’ni
ularning o‘sib rivojlanishini dastlabki bosqichi havo haroratining 5º li ko‘rsatkichga o‘tishi bilan
boshlanadi. Bu bosqich Farg‘ona vodiysidagi barcha agroiqlimiy rayonlarda mart oyining
birinchi dekadasiga to‘g‘ri keladi. Yil davomida 5º dan yuqori bo‘lgan haroratlar yig‘indisi
Farg‘ona vodiysida 235 kundan (SHohimardon qishlog‘i) va 265 kungacha (Pop) ko‘rsatkichni
tashkil etadi. Lekin asosiy ekinlar, jumladan madaniy ekinlarning haqiqiy vegetatsiya davri 10º
dan yuqori haroratli kunlar boshlanishiga to‘g‘ri keladi. Ayni shu vaqt issiqsevar ekinlar
jumladan, paxta, makkajo‘xori kabi ekinlarni ekib o‘stirish imkoniyatini beradi.
Farg‘ona vodiysida 10º li haroratlarga o‘tishning bahorgi bosqichi SHohimardon qishlog‘i
hududini hisobga olmaganda, mart oyining uchinchi dekadasiga to‘g‘ri keladi.
Butun vodiy
bo‘yicha harorati 10º dan yuqori bo‘lgan kunlar miqdori o‘rtacha 200-220 kunga teng.
SHohimardon qishlog‘ida bahorgi 10º li haroratlarga o‘tish muddati aprel oyining 2-dekadasiga
to‘g‘ri keladi va ayni shu hududda mazkur haroratli kunlarning o‘rtacha ko‘rsatkichi 190 kunga
tengdir.
Farg‘ona vodiysining katta qismida havo haroratining 10º dan yuqori bo‘lgan termik
resurslari aktiv haroratlar ko‘rsatkichining birmuncha kattaligi bilan ajralib turadi. Uning
miqdori Kampirovotda – 4000º dan 4600º gacha Namangan shahridagi ko‘rsatkichni tashkil
etadi. SHohimardon qishlog‘ida eng kam bo‘lib 3300º ni tashkil etadi.
Farg‘ona vodiysidagi agroiqlimiy rayonlarda o‘ziga
xos geografik joylashuv, hududning
orografik tuzilishi, tog‘ tizmalari bilan o‘ralganligi va ularning ekspozitsiyasidagi tafovutlar
havo oqimlarini kirib kelishida va atmosfera yog‘inlarini hosil bo‘lishida
muhim omil
hisoblanadi va shu omillar agroiqlimiy rayonlarning vegetatsiya davridagi namlik bilan
ta’minlanishiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi.
Farg‘ona vodiysi uchun yog‘adigan ko‘p yillik yog‘inlarning o‘rtacha miqdori cho‘l
hududlari uchun xos hisoblanadi. Uning o‘rtacha ko‘rsatkichi o‘rtacha 85-120 mm ga teng.
SHuning bilan birga yoz oylaridagi yuqori haroratli kunlarning uzoq davom etishi tufayli
agroiqlimiy rayonlarining namlik bilan tog‘ ta’minlanishi ko‘rsatkichi ham pasayib ketadi.
Farg‘ona vodiysida yog‘in-sochin miqdorining g‘arbdan sharqqa qarab ortib borishi
vodiyning orografik imkoniyatlaridan kelib chiqadi. YA’ni Farg‘ona
tizmasining havo
oqimlariga ro‘para kelishi natijasida yog‘in miqdori keskin ortadi va 800 m balandliklarda
yog‘in miqdori 500 mm ga etadi. Yilning yog‘in-sochin miqdorining umumiy ko‘rsatkichiga
nisbatan vegetatsiya davridagi miqdori uncha katta emas. Masalan, bahorgi va kuzning
boshlaridagi yog‘in miqdori yilning yog‘inning 10-15 % ni tashkil etadi xolos. Kuzgi, qishki,
bahorgi yog‘inlar esa yillik yog‘inning 85-90 % ni tashkil etadi. SHunga ko‘ra qishloq xo‘jaligi
29
rayonlarining tuproqlari vegetatsiya davri uchun zarur bo‘lgan namlikni to‘playdi. Lekin bu
namlikning katta qismi bug‘lanishga sarflanadi. Vegetatsiya davridagi yog‘inlar
miqdori yillik
yog‘inning 40 % ni yoki 186 mm ni tashkil etadi.
Agroiqlimiy rayonlarga tushgan yog‘inlar ko‘rsatkichi hudud bo‘yicha namlikning kirimini
tashkil etadi va shunday holatda ham namlik bilan ta’minlanishda to‘liq asos bo‘la olmaydi.
CHunki, namlikning kirim qismi bilan birga chiqim qismi ham bo‘lib, uni bug‘lanish va harorat
va shamollar ko‘rsatkichi bilan ham qiyosiy baholanadi.
SHunga ko‘ra Farg‘ona vodiysining katta hududlarida yozgi mavsum davomida havo
namligining etishmasligida katta farqlar yuzaga keladi. Ayni shu vaqtda haroratning yuqoriligi
tufayli tuproq yuzasini bug‘lanishi butun vegetatsiya davrida 1100-1400 mm ni tashkil etadi.
SHunga ko‘ra butun hududda vegetatsiya davridagi bug‘lanish miqdori yog‘adigan yog‘inlar
miqdoriga nisbatan ancha ortadi. Qo‘qon va Beshariqda bu ko‘rsatkich 25-30 marotaba ortadi.
O‘rtacha olganda esa butun hududda bug‘lanish ko‘rsatkichi yog‘inlarga nisbatan 15-20
marotaba ortadi. Ayni bug‘lanish ko‘rsatkichi yuqori hududlarda bug‘lanishga harorat bilan
birgalikda shamollar ham ta’sir ko‘rsatadi.
Agroiqlimiy rayonlarda namlik ko‘rsatkichini tahlil etishda bug‘lanish va yog‘inlar
miqdorini qiyosiy tahliliga asoslangan qator tadqiqotlar mavjud.
SHunday tadqiqotlardan biri
hududni namlanish koeffitsenti hisoblanadi. Bunda yillik yog‘in miqdoriga nisbatan shu
vaqtdagi namlik defitsiti hisobga olinadi.
Agroiqlimiy hududlarning namlanish koeffitsentini aniqlashda Selyaninovning gidrotermin
koeffitsenti (GTK) ham qo‘llaniladi. Bunda yillik yog‘in miqdorini ijobiy haroratlar yig‘indisiga
nisbatan butun vegetatsiya davri uchun 10 marotaba kichraytirib olinadi.
L.N.Babushkin klassifikatsiyasi bo‘yicha Farg‘ona vodiysi hududi (tekislik qismi) mutlaqo
quruq va juda quruq zonaga ajratiladi. GTK bu erda 0,08-0,2 gacha, namlanish koeffitsenti esa
0,02 dan 0,05 gachani tashkil etadi. Bu erda shunga ko‘ra tabiiy namlik etarli emas. SHuning
uchun dehqonchilik faqat sug‘orish asosida tashkil etiladi.
Farg‘ona vodiysining tog‘oldi va adirlar hududi lalmikorlik asosida boshoqli ekinlarni ekib
o‘stirish imkoniyatiga ega hisoblanadi. Bu jihatdan ancha yaxshi bo‘lgan sharoitga Farg‘ona
tizmasining tog‘oldi hududlari kiradi va bu erda 600-800 m balandlikda
tabiiy namlik bilan
ta’minlanish 75-90 % ni tashkil etadi.
Farg‘ona vodiysidagi agroiqlimiy rayonlar umumiy jihatlari bir xil bo‘lsa-da, o‘ziga xos
xususiyatlarga ham egadirlar.
Dostları ilə paylaş: