3-jadval Havo haroratining 1991-2010 va 1930-2010 yillardagi qiymatlari orasidagi farqlar (E.Soliev bo‘yicha) Stansiya Qish YOz Yil Qo‘qon
6,2
6,4
2,2
Namangan
4,2
0,8
0,4
Farg‘ona
4,0
1,8
0,9
Pop
3,3
1,4
0,7
Fedchenko
3,8
0,3
0,9
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, qishdagi maksimal isish Qo‘qonda 6,2 ºS ga;
Namanganda 4,2 ºS ga; Farg‘onada 4,0 ºS ga, vodiyning shimoli-g‘arbiy qismida 3,3 ºS ga;
janubi-g‘arbiy qismida 3,8 ºS ga teng.
Qo‘qon shahri va unga yaqin bo‘lgan hududlarda so‘nggi o‘n yillikda havo haroratining
ortishi mazkur hududlar atmosfera havosida chang miqdorining me’yorga nisbatan 1,86 % ga
oshganligi bilan bog‘liq ekan.
O‘zbekiston Respublikasida global iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlariga doir bir qator
tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‘lib, atmosfera havosidagi SO
2
miqdorini ikki baravar
ko‘payganda mumkin bo‘lgan iqlim o‘zgarishi holatini to‘rtta modeli yaratildi.
Bular SSSM (Kanada), GFDL va GLSS (AQSH), UKMO (Buyuk Britaniya)dan iboratdir.
Kanada iqlim markazi modeliga muvofiq global isish davrida yillik haroratning 5,2 ºS ga ortishi
sodir bo‘ladi. Buyuk Britaniya metsobyurosi (UKMO) modeli bo‘yicha esa 1ºS ga ortadi. AQSH
geofizik-gidrodinamik laboratoriyasi va Goddart kosmik tadqiqot instituti (GFDL GLSS)
modellari bo‘yicha respublikamizda yillik havo harorati o‘rtacha 2,9 ºS va 1,2 ºS ni tashkil etadi.
Bu ko‘rsatkich esa 1951-1980 yillardagi ko‘rsatkichlarga to‘g‘ri keladi. Agarda respublikamiz
hududida bunday tendensiya kuzatiladigan bo‘lsa sovuqsiz kunlar miqdori 8-15 kunga
ko‘payishi, beqaror vegetatsion qish rejimi yuzaga kelishi mumkin ekan. SHuningdek, tog‘oldi
rayonlarida yog‘ingarchilikning ortishi tufayli sel hodisalarining ham keskin ortishi kuzatilishi
mumkin. O‘tgan XX asrning ikkinchi yarmidagi iqlimiy o‘zgarishlar tahlil etilganda, 1961-1990
yillarda respublikamizning deyarli barcha tekislik hududlarida yog‘in miqdorining ortib
borganligi qayd etilgan. 1991-2000 yilgi ma’lumotlar esa tog‘ va tog‘oldi hududlarida ham
yog‘in miqdorining ortganligini isbotlaydi.
Farg‘ona vodiysida shamollar asosiy iqlim hosil qiluvchi omil sifatida atmosfera
yog‘inlarining taqsimlanishiga, radiatsion-sirkulyasion jarayonlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
SHamolning kuchi va yo‘nalishida vodiyning orografik tuzilishi asosiy o‘rinni egallaydi.
SHamollarning kuchi va davomliligi bo‘yicha Farg‘ona vodiysining g‘arbiy qismlari
ajralib turadi. Bu erda yil davomida kuchli shamollar bo‘ladigan kunlar 65 kun, Qo‘qonda 23
kun, Namanganda 7 kun, Andijonda 5 kunni tashkil etadi. Bu ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki,
Farg‘ona vodiysining g‘arbidan sharqiga tomon shamolning kuchi pasayib boradi. Kuchli
shamollarning esishi ko‘pincha aprel va may oylariga to‘g‘ri kelib, vodiyning g‘arbiy va
markaziy Farg‘ona hududlarida deflyasiya jarayonlarini hosil qiladi.
Farg‘ona vodiysida 15 m/sek va undan kuchli bo‘lgan shamollarning takrorlanishini
quyidagi jadvaldan ko‘rinishimiz mumkin.