II. Andijon agroiqlimiy rayoni. Ushbu rayonga hududiy jihatdan Andijon viloyati er maydonlari kirib, uning shimoli-
g‘arbiy chegarasi Norin daryosi hisoblanadi. SHimoliy chegarasi esa Qirg‘iziston respublikasi
bilan tutashadi. Mazkur chegara Farg‘ona tizmasining janubi-g‘arbiy etaklaridan o‘tadi. G‘arbiy
chegara Qoradaryodan Oltinko‘lgacha davom etadi va janubga tomon Farg‘ona viloyati
chegaralariga tutashadi.
Termik resurslariga ko‘ra Andijon rayoni issiq zonaga kiradi. Bu erdagi aktiv haroratlar
yig‘indisi 400º -4600º ni tashkil etadi.
Qish juda yumshoq. Butun hudud bo‘ylab mo‘‘tadil qish kuzatiladi va faqat Kampirovot
rayonida o‘rtacha darajadagi sovuqlar kuzatiladi. Haroratning mutloq minimum ko‘rsatkichlari -
29º dan – 32º gacha, o‘rtacha mutloq minimumlari esa -19º dan -23º gacha kuzatiladi. Qor
qoplamli kunlar yiliga o‘rtacha 39-42 kunni tashkil etadi. Barqaror qor qoplami faqat
Kampirovotda kuzatiladi. Sovuqsiz kunlar miqdori 208-230 kunga teng. YOz issiq va quruq
bo‘ladi. Farg‘ona vodiysidagi boshqa agroiqlimiy rayonlarga qaraganda Andijon agroiqlimiy
rayoni yog‘in-sochin bilan yaxshi ta’minlangan. Ayniqsa, uning sharqiy qismida yog‘in miqdori
ko‘proq. Yillik yog‘in miqdori G‘arbdan SHarqqa tomon 247 mm dan 455 mm gacha ortib
boradi. Namlanish rejimiga ko‘ra rayon quruq va qurg‘oqchil zonaga kirib gidrotermik
koeffitsent Selyaninov bo‘yicha 0,20-0,44 ga teng.
Rayon hududi paxtachilik, donchilik, mevachilik, bug‘doychilik, uzumchilik tarmoqlari
uchun juda qulay, lekin mutloq balandligi 800 m dan baland hududlarda issiqlik miqdori paxta
etishtirish uchun etarli emas. Qoradaryo bo‘ylarida sholikorlik qilinadi. Rayonning termik
resurslari subtropik ekinlar va donchilik, bog‘dorchilik uchun mos keladi. Rayon hududidagi 500
m dan baland bo‘lgan hududlarda lalmikor dehqonchilik qilsa bo‘ladi, lekin hozirgi kunda
bunday maydonlarda ham sug‘orma dehqonchilik amalga oshiriladi.