33
Norin daryosi Sirdaryoning suv oqimini 70 % dan ortig‘ini beradi. Norin daryosi katta va
kichik Norin daryolarining qo‘shilishidan hosil bo‘lib, uzunligi 534 km, havza maydonining
kattaligi 58370 km
2
ga teng. O‘rtacha yillik oqimi Uchqo‘rg‘on postida 13,8 km
3
ga, maksimal
oqim 18,3 km
3
ga teng bo‘lib, markaziy Tyan-SHan tog‘laridan boshlanadi.
Qoradaryo Farg‘ona va Oloy tizmalaridan boshlanib Namangan shahriga yaqin hududda
Baliqchi qishlog‘i yonida Norin daryosiga qo‘shiladi. Qoradaryoning o‘rtacha
yillik oqimi
(Kampirrovot posti) 3,9 km
3
, maksimal 5,5 km
3
ga teng. Norin va Qoradaryo muz va qor
suvlaridan rizqlanadi.
Farg‘ona vodiysining daryo va soyliklari, asosan, Qirg‘iziston va Tojikiston hududlarida
hosil bo‘lib, deyarli barchasi vodiyning O‘zbekiston qismiga oqib tushadi. Farg‘ona vodiysining
janubiy, sharqiy, shimoli-sharqiy qismidan oqib tushuvchi daryolar Qirg‘iziston hududida,
Qurama tog‘larining janubiy yonbag‘irlarida hosil bo‘ladigan daryo va soyliklar Tojikiston
davlati hududida hosil bo‘ladi. Faqatgina Qurama tog‘larining janubi-sharqiy
qismidan oqib
tushuvchi Olmossoy, CHodaksoy, Rezaksoy, Savoqsoy kabi daryolar vodiyning O‘zbekiston
qismida hosil bo‘ladi.
Farg‘ona vodiysining O‘zbekiston qismida hosil bo‘lgan daryo va soyliklar quyidagi
jadvalda tasvirlangan.
Farg‘ona vodiysining shimoliy qismidan oqib o‘tuvchi daryolar CHotqol va Qurama
tog‘larining janubiy va sharqiy yon bag‘irlaridagi 3500-4000
m va undan ham balandroq
hududlardagi qorlardan rizqlanadilar. CHotqol tog‘ining sharqiy hududlaridan oqib tushuvchi
daryolar muz va qor suvlaridan to‘yinadi.
Farg‘ona vodiysining shimolidan oqib tushuvchi daryolar mavsumiy qorlardan ko‘proq
rizqlanganligi tufayli mart-iyul oylarida to‘liq davri kuzatiladi. Mejen davri esa iyulning
o‘rtalaridan oktyabr oyining o‘rtalarigacha davom etadi. Kuzgi yog‘inlar davrida bu hududda
doylashgan daryolarning suv sathi yana ko‘tarila boshlaydi. SHuningdek, buloq suvlari ham bu
erda daryolarning rizqlanishida ishtirok etadi.
Farg‘ona vodiysining janubiy va sharqiy hududlaridan oqib tushuvchi daryolar deyarli
Qirg‘iziston va qisman Tojikiston hududidan boshlanadi. Janubiy va sharqiy hududlardan oqib
tushuvchi
daryolarning ichida Norin, Qoradaryo, So‘x kabi birmuncha sersuv daryolar bilan
birga, Isfayram, SHohimardonsoy, Isfara, Moylisuv, Aravansoy, Oqbo‘ra
kabi birmuncha
kichikroq daryolar ajralib turadi.
Farg‘ona vodiysining janubiy va sharqiy hududlaridan oqib o‘tuvchi daryolarning oqim
xususiyatlari quyidagi jadvalda tasvirlangan.
CHub V.E.ning (2007) ma’lumotlariga ko‘ra Farg‘ona vodiysining janubiy va sharqiy
hududlaridan O‘zbekiston qismiga 654 m
3
/s yoki 20,626 km
3
/yil yoki 194, 4 mln
3
/yil
miqdordagi suv, atrof hududlardan jami 681,7 m
3
/s yoki 21,498 km
3
/yil suv oqimi kirib keladi.
Buning 57 % Norin daryosiga, 17 % Qoradaryoga, 26 % esa boshqa daryo va soyliklarga to‘g‘ri
keladi.
Dostları ilə paylaş: