Farg‘ona vodiysida tuproqlarni hosil bo‘lishi va hududiy tarqalishiga ta’sir etuvchi omillar
Ma’lumki, geografik qobiqdagi qonuniyatlar landshaftlarning barcha komponentlarini
alohida-alohida va yaxlit holda qamrab oladi. Mazkur qonuniyatlar landshaftning ko‘zgusi
hisoblangan tuproqlarda ham yaqqol ifodalanadi. Tuproqlar landshaftning muhim bo‘lgan zonal
komponenti hisoblanadi. Lekin tuproqni hosil qiluvchi onalik jins esa azonal komponent
hisoblanadi.
38
Tuproqlarning hosil bo‘lishi va tarqalishida juda muhim bo‘lgan geografik qonuniyatlar
amal qiladi va o‘z navbatida bu qonuniyatlarni o‘rganish tuproq hosil bo‘lish jarayonlarini,
tuproqlarning hududiy tarqalishi, dinamikasini o‘rganishda muhim ahamiyatga egadir.
Farg‘ona vodiysi bir butun tabiiy-tarixiy region hisoblanib, uning tuproqlarini hosil
bo‘lishi va tarqalishida ko‘plab zonal, azonal, regional omillar ishtirok etadi. SHuningdek,
mahalliy va mintaqaviy omillar ham tuproqlarning hosil bo‘lishi va hududiy tarqalishida
geologik-geomorfologik omillar bilan mutanosib holatda ishtirok etadi.
SHunga ko‘ra tuproqlarni hosil qiluvchi va hududiy joylashuviga ta’sir etuvchi omillarga
alohida to‘xtalamiz.
Geologik-geomorfologik omillar
Farg‘ona vodiysida tuproqlarning hosil bo‘lishi va hududiy tarqalishida geologik va
geomorfologik omillar muhim o‘rinni egallaydi. Ayniqsa, geologik yotqiziqlar va ularning
tarkibi, tuproq hosil qiluvchi omil sifatida ishtirok etadi. Masalan, yuqori gipsometrik
hududlarda tuproq hosil qiluvchi omil sifatida er yuzasiga chiqib yotgan toshli, yirik tarkibli
paleozoy va mezozoy yotqiziqlari yoki ularning nurash jarayonida hosil bo‘lgan mahsulotlari
ishtirok etadi. Nurash yotqiziqlari tog‘ etaklari va tog‘ oldi qiya tekisliklarida hosil bo‘lgan
tuproqlar uchun ham onalik jins hisoblanadi. Adirlar qismida neogen va to‘rtlamchi davrning
alevrolit, shag‘al, gil, lyos, qumtoshli yotqiziqlari, adirlar yonbag‘ri va etaklarida esa allyuvial-
prolyuvial jinslar asosan bo‘z tuproqli mintaqani hosil qiladi. Garchan bo‘z tuproqlar vodiyning
tekislik qismidagi zonal tuproqlarning genetik asosini tashkil qilsa ham, quyi qismlarda hosil
bo‘lgan allyuvial tuproqlarning genetik tarkibini birgina onalik jinslari emas, balki uning
gidrogeologik holati belgilaydi.
Farg‘ona vodiysi tuproqlarining hosil bo‘lishida geologik geomorfologik omillarning
azonal xususiyatlari bilan birgalikda mintaqaviy omillar va shuningdek, yonbag‘irlar
ekspozitsiyasi, qiyalik, fizik va kimyoviy nurash jarayonlari bevosita ishtirok etadi.
Tuproqlarning hosil bo‘lishi va mintaqaviy tarqalishida Roychenko (1960) ning
tadqiqotlari ham muhim o‘rin egallaydi. Farg‘ona vodiysini o‘rab turgan Turkiston-Oloy
tog‘larida geologik geomorfologik omillarga ko‘ra bir qancha vertikal holatdagi tuproq tiplarini
joylanishini ko‘rsatib berdi. Tog‘ bo‘z tuproqlari quyi mintaqani, so‘ngra tog‘-dasht tuproqlari,
tog‘-o‘rmon jigarrang tuproqlari, tog‘ o‘tloq dasht subalp tuproqlari kabi tuproq tiplarini
mintaqaviy tarqalishini tog‘larning orografik-gipsometrik xilma-xilligi bilan bog‘laydi.
Farg‘ona vodiysida tuproqlarning hosil bo‘lishi va tarqalishida geologik-geomorfologik
omillarning ahamiyatini o‘rganishda vodiyning janubidan o‘rab olgan tog‘lar va unga tutash
hududlarga tegishli ma’lumotlar asosida tahlil qilib ko‘rdik.
Quyidan yuqoriga tomon tuproqlarni joylanishida bo‘z tuproqlar birinchi mintaqani tashkil
etadi. Bo‘z tuproqlar adirlar, adirlararo va adir orti cho‘kmalaridagi hududlarni egallab,
geomorfologik, iqlimiy jihatdan uncha katta farq qilmaydigan maydonlarda och tusli, to‘q tusli
va bo‘z tuproqlar quyidan yuqoriga qarab joylashadi. Bunday bir xil tipdagi tuproqlarning
o‘zgarishi albatta, geomorfologik omillar ta’sirida ro‘y beradi. Ularning onalik jinsi mexanik
tarkibini belgilab beradi va gilli, loyli, shag‘alli jinslar bo‘z tuproqlarning hosil bo‘lishiga sabab
bo‘lgan.
Gipsometrik jihatdan birmuncha baland (1300-1700 m) o‘rta tog‘li mintaqada tipik bo‘z
tuproqlar hosil bo‘lgan. Ularning mexanik tarkibini, lyos va lyossimon suglinkalar tashkil qiladi.
Keyingi mintaqani tog‘ dasht tuproqlari egallab 2000-2600 m balandliklarda joylashgan.
Bu tuproqlarning hosil bo‘lishida geologik asos shag‘alli, ohak toshli dag‘al jinslar hisoblanib,
yonbag‘ir jarayonlari kuchli rivojlanadi.
Tog‘ o‘rmon tuproqlari 2100-2300 m balandliklarda joylashib, ularning geologik asosi
ellyuvial jinslardan tashkil topgan.
Tog‘ o‘rmon-dasht subolp tuproqlari eng yuqori gipsometrik hududlarni egallaydi.
Ularning geologik asosini uncha qalin bo‘lmagan suglinkali-shag‘alli delyuvial jinslar tashkil
etadi.
39
Umuman olganda Farg‘ona vodiysida relefning murakkabligi, tekislik va tog‘lar
o‘rtasidagi nisbiy balandlikning katta ekanligi, tog‘ jinslari va gruntning hududiy tarqalishidagi
genetik xilma-xillik, iqlimiy farqlar hududning turli qismlarida turli xil tuproq tiplarini hosil
bo‘lishiga sabab bo‘lgan.
Farg‘ona vodiysining markaziy qismini deyarli barcha tomondan adirlar o‘rab turadi.
Vodiyning markaziy qismiga yaqinroq bo‘lgan Rishton yo‘nalishidagi meridiandan sharqiy
qismi chala cho‘l zonasiga, g‘arbiy qismi cho‘l zonasiga kiradi. Gipsometrik jihatdan qaralganda
adirlar zonasi dengiz sathidan 450-500 m balandlikdan boshlanadi. Adirlarning relefi, litologik
tarkibiga mos holda bo‘z tuproqlar va gipslashgan bo‘z tuproqlar, bo‘z-sur qo‘ng‘ir tuproqlar,
sur qo‘ng‘ir tuproqlar tarqalgan. Bo‘z tuproqlar balandlik mintaqalariga mos keluvchi tuproq tipi
hisoblanib, adirlar va tog‘ oldi yonbag‘irlarida, adirlararo tekisliklarda talqalgan.
Adirlarning geologik tuzilishiga mos holda gipsli tuproqlar keng tarqalgan bo‘lib, gipsli
qatlamlar tuproq kesmalarining turli chuqurliklarida uchraydi. Adirlardagi yonbag‘ir yuvilish
jarayonlari atmosfera yog‘inlari, tufayli va sug‘orish ta’sirida gipsli jinslarning pastqamliklarga
tushib kelishi kuzatiladi. SHuning bilan birga hududiy tabaqalanish ham tuproqlarni hosil
bo‘lishi va joylanishida muhim ahamiyatga egadir. Masalan, Farg‘ona vodiysining g‘arbiy
qismida joylashgan Isfara, So‘x-Rishton adirlar mintaqasida gipsli sur qo‘ng‘ir tuproqlar hosil
bo‘lgan bo‘lib, ularning genetik asosini notekis relefli past balandliklar va toshli-shag‘alli jinslar
tashkil etadi. SHuning bilan birga bu mintaqada o‘simlik qoplami ham yaxshi rivojlanmagan,
asosan efimer va efimeriodlarning siyrak formatsiyalari o‘sadi. SHunga ko‘ra bu adirlar quruq
bo‘lib, yog‘in-sochin miqdori ham Farg‘ona vodiysidagi boshqa adirlarnikidan kamdir. Aslida
mazkur hududlar zonal va azonal xususiyatlarga ko‘ra bo‘z tuproqlar mintaqasini hosil qilishi
kerak. Ammo, ob-havoning quruqligi, yuqoriligi, g‘arbiy shamollarning yil davomida
davomliligi bo‘z tuproqlarni hosil bo‘lishi uchun sharoit yaratmaydi. SHunga ko‘ra bu
hududlardagi mintaqaviy tuproqlar azonal holatda joylashgan. SHuning bilan birga tuproqlarning
mexanik tarkibini dag‘al jinslar tashkil etib, tuproq gorizontlarini shakllanishi, chirindili
qatlamning qalinlashuvi uchun sharoitlar etarli emas.
Adirlar mintaqasida geologik tuzilishiga mutlaqo mos keluvchi litologik tarkibli tuproq
hosil qiluvchi mayda jinslar qatlamining sertoshligi, pastki qatlamlarda gipsli linzalar
joylashganligi ularning muhim xususiyatlarini belgilaydi. Mayin kristalli gipsli qatlam ko‘pincha
zich, ko‘pincha sementlashgan, gubkasimon tuzilishga ega. Tuproq qatlamining yuqori qismida
joylashgan gipsli qatlamlar och sarg‘ish tusda bo‘lib, ko‘pincha mayin jinslar bilan aralashgan
holda uchraydi. Tuproq gorizonti bo‘ylab chuqurlik ortib borgani sari gipsning rangi tiniqlashib,
tosh-shag‘al jinslar oralig‘ida uzunligi 3-4 sm keladigan ignasimon kristallar, toshlarga
mahkamlangan “soqol”simon gipslar ham tez-tez uchrab turadi. Bunday tuproqlar ko‘pincha
kuchsiz sho‘rlanishga ega bo‘lib, yuvilishga o‘ta moyildir.
Gipslashgan sur qo‘ng‘ir tuproqlarning chirindiga o‘ta kambag‘alligi litologik tarkibiga,
relefga va asosan yog‘in miqdorining etarli emasligiga bog‘liqdir. Bunday hududlarning relefi va
tog‘ jinslarining litologik tarkibi gipsli qatlamlarning yuvilishiga sharoit yaratib beradi. SHunga
ko‘ra bunday adirlar yuzasida va ayniqsa, sug‘orishga tortilgan hududlarida har bir gektar erga
100 dan ortiq o‘pqon va karst o‘ralari, to‘g‘ri keladi. Buning asosiy sababi alevrolitli va gipsli
qatlamlar yuvilishga juda moyil bo‘ladi. Ba’zi erlarda diametri 2-3 m li suffozion o‘ralar hosil
bo‘ladi.
Bunday holatlar adirlarni o‘zlashtirish va sug‘orishda ularning geologik tuzilishi, relefi,
litologik tarkibini atroflicha o‘rganishni taqazo etadi. Adir erlarni yoppasiga o‘zlashtirish va
sug‘orish esa hamma vaqt kutilgan natijalarga olib kelavermaydi.
SHunga ko‘ra Farg‘ona vodiysidagi tuproqlarning hosil bo‘lishi va tarqalishida hududiy
omillar, mahalliy omillar va zonal-azonal omillar bilan bog‘liq qonuniyatlar borligini aytib
o‘tishimiz mumkin. Relefning har bir pog‘onasida, yotqiziqlarning muayyan metologik tarkibida
tuproqlarning hosil bo‘lishi va hududiy tarqalishi landshaft hosil qiluvchi omillar ishtirokida ro‘y
beradi. Turli gipsometrik pog‘onalarda tuproqlarning hosil bo‘lishi va joylanishida, ularning
mexanik tarkibi, kimyoviy tarkibi, gumus tarkibida geologik, biologik, geokimyoviy aylanma
40
jarayonlarning ham muhim ekanligini ko‘rsatib o‘tish joizdir va bu jarayonlar zonal va azonal
omillar ta’sirida yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: |