I nazariy materiallar



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/43
tarix16.12.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#183276
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43
Maruza matn (1)

CHo‘l qumli tuproqlar. 
Bu tuproqlar cho‘l qumli o‘tloq tuproqlari kompleksini tashkil qilib, markaziy Farg‘onada 
So‘x konus yoyilmasining periferik qismlarida, Achchiqko‘l massivida, orol tarzidagi 
tepaliklarda uchraydi. Sizot suvlari 4-5 m va undan pastda bo‘lgani uchun, o‘simlikka 
kambag‘al, chimli qatlam kam, chirindi miqdori shunga ko‘ra 0,5 % dan ortmaydi, mineral 
tarkibida SO
2
(Karbonatlar) 4,6 % ga teng. 
SHo‘rxoklar
. Markaziy Farg‘onadagi sho‘rxoklarni xususiyatlarini ko‘plab tadqiqotchilar 
tomonidan o‘rganilgan va ularning kelib chiqshini hududning tarkibi, gidrogeologik holati va 
relef xususiyatlari bilan bog‘laganlar. Ayniqsa, M.A.Pankov, B.V.Gorbunov, A.N.Rozanovlar 
sho‘rxoklarni atroflicha o‘rganib, ularni tarkibida xlor natriy, gips, karbonatlar mavjudligini 
e’tirof etadilar. SHo‘rxoklar ichida tipik sho‘rxok tuproqlar muhim o‘rin egallaydi. Bu tuproqlar 
Markaziy Farg‘onada eng ko‘p tarqalgan tuproqlar guruhini tashkil etadi. Turli relef va litologik 
tarkib sharotida sho‘rxoklar, o‘tloq sho‘rxok va o‘tloq tuproqlari bilan komplekslar hosil qiladi. 
SHo‘rxok tuproqlar Markaziy Farg‘onada konus yoyilmalarini periferik qismlarida orol-orol 
tarzida joylashgan bo‘lib, o‘zlashtirilgan erlar oralig‘ida orol tarzida, o‘zlashtirilmagan 
maydonlarda esa yaxlit yuzalarni hosil qiladi. Bu tuproqlar allyuvial, prolyuvial-allyuvial jinslar 
ustida joylashgan bo‘lib, mexanik tarkibini suglinka, qumoq, qumoq jinslar tashkil etadi. Sizot 
suvlar chuqurligi 1-2 m da. Sug‘oriladigan massivlarda kam minerallashgan bo‘lib, 
o‘zlashtirilmagan joylarda kuchli minerallashgan tarkibga ega. Tuproq profilida gilli qatlam juda 
kam ifodalanadi, gumus miqdori deyarli juda kam. Tuz tarkibida xlorli natriy miqdori 23 % ni 
tashkil etadi. 
 
 Farg‘ona vodiysi adirlar hududida tarqalgan tuproqlar va ularning xususiyatlari 
Butun Farg‘ona vodiysi uchun adirlar o‘ziga xos relef, geologik tuzilish, litologik tarkib, 
mikroiqlimiy xususiyatlari, tuproqlari va o‘simlik qoplami bilan ajralib turadi. Adirlar ko‘pincha 
tekisliklarga yaqin joylashgan holatlarda past adirlar (500-800 m) tog‘ oldi hududlariga yaqin 
joylashgan holatda baland adirlar (800-1200 m) deb gipsometrik jihatdan ajratiladi. 
Adirlar ham Farg‘ona vodiysining geologik-tektonik taraqqiyoti davrida alohida geologik-
geomorfologik hosila sifatida shakllandi va antklinal va sinklinal strukturalardan tashkil topdi. 
YAngi tektonik harakatlar davrida tog‘ tizmalari bilan bir qatorda tog‘ oralig‘idagi botiqlar 
ham asta-sekin ko‘tarila boshladi. Buning natijasida neogen davrida vodiy hududiga yotqizilgan 
qatlamlarni cho‘kindi jinslar yuva boshlagan. SHu bilan birga daryo vodiylarida ko‘plab 
zinapoyasimon relef shakllari – terassalari hosil bo‘lgan. Tektonik harakatlar tog‘lar hududiga 
yaqin joylarda kuchli bo‘lganligi sababli bunday hududlarda yangi tektonik harakatlar adirlarni 
yuzaga keltirdi. Tekislik qismiga yaqin hududlarda esa tektonik harakati tufayli yassi-
gumbazsimon ko‘tarilgan adirlar hosil bo‘ldi. Ularning litologik tuzilishida lyos, lyossimon 
jinslar, qumoq, shag‘alli va suglinkali jinslar ishtirok etadi. Ular adirlar tuproqlarining onalik


46 
jinslarini tashkil etib, tuproqlarning mexanik tarkibi ushbu jinslarning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. 
Adirlar antklinal burmalar bo‘lib, ular yaqin geologik o‘tmishda, ya’ni to‘rtlamchi davr oxiri va 
to‘rtlamchi davrda hosil bo‘lgan. 
Farg‘ona vodiysi adirlarining relefi va iqlimiy xususiyatlaridan kelib chiqib turli tipdagi 
tuproqlar hosil bo‘lgan. Adirlarning gips qatlamiga ega bo‘lgan qismlarida gipsli bo‘z tuproqlar 
tarqalgan. Bunday tuproqlar N.G.Minashina (1978) tomonidan o‘rganilgan. Uning pastki 
gorizontlari sur-qo‘ng‘ir tuproqlarga o‘xshab ketadi. YUqoriga ko‘tarilgan sari esa gipsli 
qatlamlar ko‘payib boradi. 
Gipsometrik, iqlimiy, litologik holatlaridan kelib chiqib adirlarning mutloq balandligi 
450-500 m qismlaridan boshlanuvchi hududlaridan to 800-1000 m balandliklargacha zonal 
tuproqlar bo‘z tuproqlar, gipsli bo‘z tuproqlar, gipslashgan sur qo‘ng‘ir tuproqlar tarqalgan. Bo‘z 
tuproqlar balanlik mintaqalariga xos tuproqlar bo‘lib, asosan adirlar va tog‘ yonbag‘irlarida 
tarqalgan. SHuningdek, Farg‘ona vodiysining adirlar hududida gipsli tuproqlar ham keng 
tarqalgan bo‘lib, ularning kesmasidagi gipsli qatlamning joylanishiga, chuqurligiga, qalinligiga 
ko‘ra va miqdoriga ko‘ra turlichadir. Adirlar hududida yuqoriga ko‘tarilgan sari gipsli qatlam er 
yuzasiga ko‘tarilib boradi. Bunday holatda gipsli qatlamlarning ko‘tarilishiga atmosfera 
yog‘inlari ta’sir ko‘rsatadi. Gipsli qatlamlar sug‘orish va atmosfera yog‘inlari tufayli yuvilib 
boradi. Natijada adirlar yonbag‘rida gipsli qatlamlar oppoq qatlamlarni hosil qiladi. Ayniqsa, 
sug‘orish ta’sirida bunday jarayon jadalroq amalga oshadi. 
Adirlarning yuqori qismlarida va ayniqsa, baland adirlarda yuvilgan shag‘alli bo‘z 
tuproqlarning yupqa gorizontlari uchraydi. Bunday tuproqlarning yuvilishi atmosfera yog‘inlari 
tufayli sodir bo‘ladi. Bunday tuproqlarda chirindili qatlam deyarli hosil bo‘lmaydi. Efimer 
o‘simliklari ham juda siyrak o‘sadi va tuproqlar yuvilish jarayonlari tufayli doimiy chirindili 
yoki chimli qatlam hosil qilmaydi. 
Bunday holat, ayniqsa, SHimoliy va Janubiy Farg‘ona adirlarida kuzatiladi. Farg‘ona 
vodiysining g‘arbiy qismida birmuncha qurg‘oqchil sharoitda joylashgan Isfara-So‘x-Rishton 
guruhi adirlarida gipsli sur qo‘ng‘ir tuproqlar tarqalgan bo‘lib, relefning notekisligi va surilma 
jarayonlari tosh-shag‘alli jinslarning ochilib qolishiga va nihoyat jo‘yakli surilmalarni hosil 
bo‘lishiga olib keladi. Tosh-shag‘alli tuproqlar unumsizligi tufayli tabiiy o‘simliklar ham siyrak 
o‘sadi. Aslida ushbu adirlar bo‘z tuproqlar mintaqasida joylashgandir. Lekin iqlimiy omillar 
ya’ni doimiy esib turuvchi g‘arbiy shamollar, yuqori harorat, namlikning beqarorligi tufayli bo‘z 
tuproqlar hosil bo‘lishi uchun sharoit etarli emas. CHunki, mayin jinsli tuproq qatlami mavjud 
emas yoki juda kamdir. 
Adirlarda shakllangan tuproqlarning onalik jinsi sifatida ishtirok etuvchi mayda jinslar, 
sertosh bo‘lib, uning qatlamlaridagi gipsli qatlam yuqori gorizontlarda kamroq, quyi 
gorizontlarda kuchli sementlashgan. Adirlar tuprog‘idagi suvli so‘rim tarkibida SO

miqdori 
ko‘p. Kationlar orasida Sa
2
K asosiy o‘rinni egallaydi. Gipslashgan sur qo‘ng‘ir tuproqlarning 
chirindiga o‘ta kambag‘alligi, gipsning yuza qatlamlarga yaqin joylashganligi bu erlarni 
o‘zlashtirishda bir qator ilmiy asoslangan meliorativ tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi. 
Ayniqsa, adirlarning yangi o‘zlashtirilgan gipsli tuproqlarida gipsning yuvilishi juda tez kechadi 
hamda ko‘plab karst o‘pqonlari hosil bo‘ladi. 
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, adirlarning o‘zida ham tuproqlarning tarqalishida vertikal 
mintaqalanish hosil bo‘ladi. Bunga sabab esa adirlarning litologik, geomorfologik, gipsometrik 
xususiyatlari asos bo‘lib xizmat qiladi. Adirlarning eng yuqori qismida yuvilgan shag‘alli bo‘z 
tuproqlar hosil bo‘lgan hudud balandligi ortib borgan sari gipsli qatlam er yuzasiga yaqinlashib 
boradi. Bunga asosiy sabab esa yog‘inlar ta’sirida yuqoridagi gipsli qatlamlarning yuvilib 
ketishidir. 
Adirlarning o‘rtacha qismida gipslashgan bo‘z-sur-qo‘ng‘ir tuproqlar tarqalgan. Bu 
tuproqlarni guruhlarga ajratishda quyidagi holatlar hisobga olinadi: 
1. Adirlarning intensiv yuvilish tufayli birmuncha tekislanib ketgan yuzasi mikro va mezo 
relef shakllaridan iborat bo‘lib, chaqiq ba’zan yirik toshlar bilan qoplangan; 


47 
2. Gipsli sur qo‘ng‘ir tuproqlar yuzasi qatqaloq bilan gipsli bo‘z tuproqlar chimli qatlam 
bilan ajralib turadi. Ular chirindi miqdori va qatlam qalinligi bilan ham farqlanadi. 
3. Sur qo‘ng‘ir tuproqlar uchun xos bo‘lgan zich qo‘ng‘ir rangli saz qatlam uchramaydi. 
Gipslashgan bo‘z-sur qo‘ng‘ir tuproqlarning kesmasi 2 ta yarusdan iborat. Birinchi yarus 
chimli va chim osti qatlamlaridan iborat bo‘lib, saz mexanik tarkibli, chirindiga boy, 
sho‘rlanmagan. Tuproqning yuza qismida gips yo‘q hisobida, gipsli qatlamda esa uning miqdori 
40-70 % ni ba’zan 90 % ni tashkil qiladi. Gips qatlamlari relefga bog‘liq holda adir tepalari va 
yonbag‘irlarda 30-40 sm dan, yonbag‘ir etaklarida 60-80 sm dagi chuqurlikdan boshlanadi 
(jadvalga qaralsin). 
Adirlar tuproqlarining skeletlik darajasini yuqoriligi, mayin jinslar qatlamini 20-35 sm 
qalinlikda ekanigi, karbonatlar va gipsning er yuzasiga yaqinligi, tosh va shag‘allarning ko‘pligi 
hamda suv eroziyasiga mayinligi bilan xarakterlanadi. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin