I nazariy materiallar


Tog‘ oldi va tog‘li hududlar tuproqlarining mintaqaviy joylanish xususiyatlari



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/43
tarix16.12.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#183276
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43
Maruza matn (1)

 
Tog‘ oldi va tog‘li hududlar tuproqlarining mintaqaviy joylanish xususiyatlari 
Farg‘ona vodiysining tog‘li va tog‘ oldi hududlari garchan katta maydonlarni egallab 
olmagan bo‘lsa ham uning orografik tuzilishi, geologiyasi, gipsometriyasi jihatdan vodiy uchun 
ahamiyati kattadir.
Farg‘ona vodiysining tog‘li va tog‘ oldi hududlari uning janubiy, shimoliy-sharqiy 
hududlarida birmuncha katta maydonlarni egallab, ma’muriy jihatdan Qirg‘iziston va Tojikiston 
davlatlari tarkibiga kiradi. Lekin, So‘x, SHoximardon zonalari, Namangan viloyatining Pop
YAngiqo‘rg‘on tumanlari maydonining katta qismi tog‘li hududlar va tog‘ oldi zonalarini tashkil 
etadi. Hududiy joylanishi va orografiyasiga ko‘ra mazkur hududlar iqlimiy jihatdan muayyan 
tafovutlarga ega. Masalan, vodiyning janubiy qismida joylashgan tog‘lar va tog‘ oldi hududlarida 
shimoliy va sharqiy hududlarga nisbatan havo haroratining yuqoriligi, yog‘inlar miqdorining 
kamligi yaqqol ifodalanadi. Aynan shu holat landshaft komponentlarining mintaqaviy tuzilishida 
aks etadi.
Landshaft komponentlari qatorida tuproqlar ham balandlik mintaqalanish qonuniyatlariga 
bo‘ysunadi. Mazkur hududlarda tuproqlarning hosil bo‘lishi va joylanishi bevosita tabiiy 
geografik jarayonlarga bog‘liq bo‘ladi. Tuproqlarning vertikal mintaqalanishida zonal omillar 
ham ishtirok etadi. Farg‘ona vodiysini o‘rab olgan tog‘lar cho‘l zonasida joylashganligi tufayli 
balandlik mintaqalanishining ikki tipi: mo‘‘tadil mintaqa cho‘llari va subtropik cho‘llar 
mintaqasiga ajratiladi. G‘arbiy va janubi-g‘arbiy hududlardagi tog‘li va tog‘ oldi zonalari 
ko‘proq subtropik cho‘llar tabiatini, sharqiy va shimoliy hududlardagi tog‘ va tog‘ oldi zonalari 
mo‘‘tadil mintaqa cho‘llari tabiatini ifodalaydi. 
SHuning bilan birga tog‘ tizmalarining yo‘nalishi, ekspozitsiya, jinslarning metologik 
tarkibi ko‘p jihatdan tuproqlarning mintaqaviy joylanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. SHunga ko‘ra 
Farg‘ona vodiysidagi janubiy ekspozitsiyadagi tog‘li hududlarni dasht va o‘tloq dasht 
mintaqasiga, o‘tloqlarni esa shimoliy ekspozitsiyadagi hududlarga ajratiladi. Tog‘li hududlarda 
tog‘ oldi, past tog‘li hududlar birinchi tabiiy qavatni hosil qiladi. SHunga ko‘ra tuproqlarning
mintaqaviy joylanishi aynan shu hududlardan boshlanadi. 
O‘rta tog‘ mintaqasi Farg‘ona vodiysida ikkinchi tabiiy zinapoyani tashkil etadi. Uning 
o‘rtacha balandlik ko‘rsatkichi 800-900 m dan -2500-300º m. gacha etadi. Bu balandlik 
mintaqasi issiqlik va namlik rejimi, tuproq qoplamining joylanishiga ko‘ra yaqqol ajralib turadi. 
Hududning zonal tuproqlari, tog‘ dasht, tog‘ jigarrang, tog‘ o‘rmon tuproqlari hisoblanadi. Tog‘ 
oldi zonasida esa bo‘z tuproqlar mintaqasi joylashgan. YOg‘in-sochin va namlikning nisbatan 
barqaror bo‘lgan ushbu qismida tipik bo‘z tuproqlar joylashgan. 
Baland tog‘ mintaqasi hududning eng yuqori gipsometrik qavatini egallab 2700-2800 va 
undan yuqori balandliklarni tashkil etadi. Baland tog‘ mintaqasida 3 ta kichik mintaqalar: baland 
tog‘ o‘tloq, o‘tloq dasht va uning yuqori qismida qor va muzli (glyasial-nival) mintaqa ajratiladi. 
Baland tog‘ mintaqasida o‘tloq dasht, dasht qo‘ng‘ir tuproqlar, qoramtir subolp tuproqlari 
joylashgan. 


48 
Baland tog‘ mintaqasi tuproqlari muayyan balandliklarda yaxlit zonalarni hosil qilmaydi, 
muzlik uchlari, daryo o‘zanlari, surilmalar, qurumlar, tog‘ ko‘chkilari, nurash jarayonlari 
tuproqlarni mintaqaviy joylanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
O‘zbekiston respublikalari tuproq qoplamlari atlasidagi tuproq geografik rayonlashtirish 
sxemasida Farg‘ona vodiysining O‘zbekistonga qarashli hududlari 2 ta tabiiy iqlimiy zonaga 
ya’nisubtropik cho‘l zonasi va subtropik tog‘ oldi tog‘ osti yarim cho‘l zonasiga kiritilgan. 
Birinchi zonada Markaziy Farg‘ona okrugi Pop, So‘x-Isfara, Qo‘qon-YOzyovon, Markaziy 
Farg‘ona tuproq rayoniga ajratilgan. 
Ikkinchi zonada SHimoliy Farg‘ona tuproq okrugi CHodak-Kosonsoy va Norin tuproq 
rayoniga, SHarqiy Farg‘ona okrugi esa Oqbo‘ra-Aravon, SHaxrixon rayonlariga ajratiladi. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin