I nazariy materiallar


Adir (chala cho‘l) landshaftlari



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/43
tarix16.12.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#183276
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Maruza matn (1)

Adir (chala cho‘l) landshaftlari
 
Adirlar Turkiston va Oloy tizma tog‘larining shimoliy etaklaridan to adiryoni 
tekisliklarigacha bo‘lgan hududlarni egallaydi. Bu erda qator adir balandliklari, adirorti, 
adirlararo va adiryoni tekisliklari rivojlangan. Joyning mutloq balandligi 550-1200 metr. Adirlar 
(nisbiy balandligi 100-300 m) relefda ifodalangan antiklinal tektonik tuzilmalar bo‘lib, ular 
ko‘ndalang, bo‘ylama vodiylar va pastqamliklar bilan parchalangan. Ular asosan to‘rtlamchi va 
neogen davri (konglomerat, qumtosh, mergel, gil va boshqa ) tog‘ jinslari hamda qisman 
paleogen va bo‘r yotqiziqlaridan tuzilgan.
Adirlar sharqiy va shimoli-sharqiy yo‘nalishda cho‘zilib, cho‘l tekisliklarini janubdan 
o‘rab turadi. Oltiariqsoyning g‘arbida adirlar yaxlit balandliklarni xosil qilib, tog‘larga
yondashadi. SHarqida esa, ular ikki qator, bahzi joylarda uch qator bo‘lib, bir-biridan adirlararo 
tekisliklari bilan ajralib turadi. Ular uchun shag‘alli-toshli va qisman mayda zarrali bo‘z 
tuproqlar hamda shuvoq, efemer va sho‘ralarning siyrak qoplami xosdir. Grunt suvlari ancha 
chuqurda yotganligidan asosan avtomorf, sug‘oriladigan ayrim qismlarida esa gidromorf 
landshaftlar shakllangan. 
Sug‘oriladigan och bo‘z tuproqlarda madaniy o‘simliklar o‘sadigan, shag‘alli-toshli, 
gil-qumoqli mirzacho‘l kompleksidan tuzilgan adir yoni qiya tekisliklardagi vohalar
adirlarining shimoliy etaklari bo‘ylab tor polosada cho‘zilgan adiryoni shleyflari va quruq 
deltalarning yuqori qismlarida rivojlangan. Qiya tekislik relefi yoyilmalar orasidagi 
pastqamliklarning tez-tez almashinishidan to‘lqinsimon xarakterga ega bo‘ladi. Mutloq balandlik 
450-700 m ga boradi. Tekisliklarning yuqori qismlari shag‘alli-toshli, quyi qismi esa qumoq va 
gillardan tashkil topgan. Uning yuzasi Isfara, So‘x, SHohimardon va Isfayram daryolarining 
tarmoqlari hamda vaqtincha oqar suvlarning quruq vodiylari bilan kesilgan.
Farg‘ona vodiysida suv resurslarining transchegaraviy ifloslanishi Isfayramsoy daryosi va 
Farg‘ona-Marilon sanoat tarmoi hududida sodir bo‘lmoqda [78]. Buning asosiy sababi 
Isfayramsoy daryosiga oqava suvlarni nazoratsiz tashlanishi bo‘lsa, er osti suvlari esa sanoat 
korxonalari hamda erlarning sug‘orilishi va turli xil mineral o‘itlarning ishlatilishi natijasida 
ifloslanib bormoqda

Bu landshaftlarda grunt suvlari ancha chuqurda yotadi. Lekin tektonik 
yoriqlar kesib o‘tgan adirlar yaqinida xosil bo‘lgan buloqlar o‘ziga xos kichik gidromorf tabiiy 
geografik komplekslarni vujudga keltirgan. 


58 
Adiryoni tekisliklari Beshariq, O‘zbekiston , Rishton, Oltiariq, Quva, Farg‘ona 
tumanlarida uchraydi. Hozirgi vaqtda bu tekisliklar o‘zlashtirilib mevali bog‘lar barpo 
etilmoqda. Bu hududda: «Zilha qumlari» tabiat yodgorligi; muhofaza qilinadigan o‘rmonlar: 
O‘zbekiston tumanida chala cho‘l o‘rmonlari (1161 ga), mevali daraxtzor (58 ga); Oltiariq 
tumanida alohida qimmatga ega bo‘lgan o‘rmonzorlar (146 ga), yonoqchilik o‘rmonlar (16 ga) 
muhofazaga olingan. «Sariqo‘ron tepaligi», «Sariqo‘ron gidroinshooti», «Kitkon tepa» «Saur 
buloq», «YOnlama migratsiyaga uchragan konussimon yoyilmalar», «YOmonjar jarlari», 
«Qadimiy pista» va boshqalarni METHlar tizimiga kiritish rejalashtirilgan. 
Bo‘z tuproqlarda efemer va shuvoq-sho‘ralar o‘sadigan, asosan to‘rtlamchi va 
neogen molasslari hamda qisman paleogen-bo‘r yotqiziqlaridan tuzilgan, turli darajada 
parchalangan chala cho‘l adirlari Farg‘ona vodiysining janubiy hududini egallaydi. Ularning 
mutloq balandligi 850-1200 m. Bu hududda yangi tektonik xarakatlarning faolligi 
kuzatiladi. Uning tahsirida adirlarda turli darajadagi denudatsiya jarayoni yuz bergan. Masalan, 
CHimyon adirlarining g‘arbiy qismida joylashgan Belchust adiri denudatsiya jarayoni tahsirida 
“ochiq” adir tuzilmasi shakllangan. Bu xususiyat adirda o‘tkazilgan kompleks kesmada aniq 
ifodalangan bo‘lib, tog‘ jinslarining yuvilishi natijasida botiq ko‘rinishga kelib qolgan (3.2.1-
chizma).
Ikkinchisi molasslardan tuzilgan yosh adir antiklinallar bo‘lib, qadimgi yotqiziqlar hali 
ochilmagan. Turli geologik yotqiziqlar va ularning xilma-xil relefi adirlarning morfologik 
tuzilmasini murakkablashtirgan. Bu hududda ilmiy, turistik, rekreatsiya, o‘quv-mahrifiy 
ahamiyatli obhektlar mavjud. Olib borgan tadqiqotlarimiz asosida bu landshaftda quyidagi 
METHlar o‘rganildi va ajratildi.

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin