I nazariy materiallar


Tipik va och tusli bo‘z tuproqlarda madaniy o‘simliklar o‘sadigan, mirzacho‘l



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/43
tarix16.12.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#183276
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Maruza matn (1)

Tipik va och tusli bo‘z tuproqlarda madaniy o‘simliklar o‘sadigan, mirzacho‘l 
kompleksi prolyuvial yotqiziqlaridan tuzilgan, kuchsiz parchalangan adirlararo va adirlarorti 
tekisliklaridagi vohalar
Farg‘ona vodiysining janubi-sharqiy qismida (Farg‘ona tumani va 
Quvasoy shahri) rivojlangan.
Adirorti tekisliklari CHimyon-Avval-Quvasoy adirlari bilan Oloy tizmasining 
shimoliy etaklari o‘rtasidagi Vodil graben-sinklinaliga joylashgan [49]. U qalinligi 50 m gacha 
bo‘lgan mirzacho‘l yotqiziqlaridan tuzilgan. Tekislikning shimoliy qismiga tomon toshloqlar 
ozayib, mayda zarrali jinslar qalinlashib boradi. Ayniqsa uzoq yillar davomida sug‘orilib 
kelinayotgan erlarda mayda zarrali qatlamning qalinligi agroirrigatsion keltirilmalar hisobiga 
oshadi [73]. Er osti suvlari tekislikning janubiy qismlarida chuqur joylashgan. Adir yaqinlarida 
esa tub jinslar bilan to‘silishi natijasida ayrim joylarda buloqlarni xosil qilgan. 
«CHimyon-Avval» chuchuk er osti suvlari xosil bo‘ladigan zonasining
umumiy 
maydoni 17036 ga bo‘lib, shundan Farg‘ona tumaniga 12247 ga, Quvasoy shahriga 4609 ga 
to‘g‘ri keladi. U Avval botiiga joylashib, shimoldan CHimyon, Oqbilol, Avval va Tolmazor 
adirlari bilan, janubdan Oloy tizmasining tog‘ oldi etaklari bilan, g‘arbdan Burbaliq adiri bilan 
chegaralanadi. Uning kengligi markazida 15 km, g‘arbida 6-9 km, shimoli-sharqida 60 km ga 
etib boradi. Botiqda So‘x, Toshkent, Mirzacho‘l va qisman Sirdaryo komplekslarining ovak 
cho‘kindi qatlamlari uchraydi. Bu jinslar orqali SHohimardon, Isfayram va ularning ko‘plab 
tarmoqlari hamda sug‘orish tizimlari va yoin suvlarining shimilishidan katta zahiradagi er osti 
suvlarining oqimi xosil bo‘lgan. Botiqni to‘ldirgan turli qatlamlar yagona suv kompleksini xosil 
qiladi. Eng katta miqdordagi er osti chuchuk suvlari mirzacho‘l, toshkent va qisman so‘x 
kompleksini o‘z ichiga olgan 100 m qalinlikkacha bo‘lgan qatlamda uchraydi. Daryolar va 
irrigatsiya sistemalaridan shimilgan suvning miqdori 6 m
3
/sek ga boradi. Er osti suvlarining 
asosiy qismi sulfat, gidrokarbonat, kalsiy, magniyli suvlar bo‘lib, kam minerallashgan (0,5-0,8 
g/l).
Tog‘lar va uning etaklarida hamda adir orti tekisliklarida yuza suvlarining 
shimilishidan xosil bo‘lgan, janubdan shimolga tomon harakatlanayotgan er osti oqimi 
CHimyon, Oqbilol, Avval adirlarida to‘silib, Marilonsoy vodiysida, ayniqsa Avval qishloi 
yaqinida yuzlab qaynar va oqar buloqlarni xosil qiladi. Buloq suvlari yaqinlarida ajoyib 
manzarali, so‘lim oromgohlar-daraxtzorlar vujudga kelgan. Avval buloqlarini muhofaza zonasini 


59 
tashkil qilinishi er osti suvlarini saqlashda katta ahamiyatga ega. Lekin buloqlar zonasida 
joylashgan yashash joylari, choyxonalar, tomorqa erlari va boshqalarni bo‘lishi suv 
zahiralarining sifatiga salbiy tahsir ko‘rsatishi mumkin. SHuning uchun er osti suvlari zonasidagi 
xo‘jaliklarni ko‘chirish, rekreatsiya maskanlarini barpo etish, ko‘kalamzorlashtirish, buloq 
suvlarni ifloslanishining oldini olish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish zarur. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin