55
uchraydi. Bu relikt to‘qayzorlar hayvonot va o‘simlik dunyosiga ancha boy [38; 127]. Bu erda
sudralib yuruvchilardan cho‘l kaltakesagi, kulrang kaltakesak,
turkiston kaltakesagi, suv ilon,
chipor ilonlar, cho‘l bilaguzugi, qushlar va sutemizuvchilar uchraydi [98; 54; 42].
Barxan-do‘ng, do‘ng-marza qumlar va ular orasidagi galofitli sho‘rxoklar birga
uchraydigan yangi o‘zlashtirilgan o‘tloq tuproqli yuqori terrasadagi vohalar
viloyatning
shimoli-g‘arbiy, shimoli-sharqiy qismida Sirdaryoning ikkinchi terrasasi hamda Isfara, So‘x,
SHohimardon, Isfayram yoyilmalarining chekkalarida rivojlangan. Ular mirzacho‘l kompleksi
yoshidagi gil, mergel,
qumloq va qumoqlardan, ikkinchi terrasa yuzasi esa sirdaryo
kompleksining allyuvial yotqiziqlaridan tuzilgan bo‘lib, tagida (6-7 metr chuqurlikda) shag‘al
yotadi. Terrasa yuzasi ko‘milgan allyuvial tekisliklar va ko‘plab qoldiq o‘zanlar kabi relikt
shakllar hamda qum balandliklari va sho‘rxoklar bilan murakkablashgan.
Qumli va sho‘rxok cho‘llarni o‘zlashtirilishidan vohalar vujudga kelgan bo‘lib,
tuproq qatlamida yangi sug‘orilgan o‘tloq-soz tuproqlar, qumli-o‘tloq, kuchli sho‘rlashgan
qumoqli-sho‘rxoklar rivojlangan. Do‘ng-marza qumlar asosan taqirlar, sho‘rxoklar, botqoqliklar,
o‘tloqlar va vohalar yaqinida uchraydi. Ularning balandligi 2-6 m, o‘simliklar bilan qoplangan.
Barxanlar asosan bir tomonlama yo‘nalishga ega bo‘lgan kuchli shamollar
kuzatiladigan hududlarda tarqalgan.
Ular yarim oy shaklida, balandligi 0.5 m dan 80 m gacha
bo‘lgan va o‘simliklar bilan deyarli qoplanmagan qum balandliklaridir. Ular Achchiqko‘l,
Damko‘l, Sarisuv va Duvana atroflarida uchraydi. Barxan-do‘ng qumlar ancha keng tarqalgan.
Ularning balandligi 3-8 metrga boradi. Ular janubi-g‘arbdan, shimoli-sharqqa yo‘nalgan. Qumlar
o‘simliklar bilan yarim mustahkamlangan.
Farg‘ona qumlari kvars va kremniyga nisbatan kambaalroq, dala shpati, slyuda,
silikatlar(kalsiy, magniy, kaliy)ga esa boydir. Gipslashgan qumlar Damko‘l, Sarisuv,
Sarsonqumda uchraydi. Barxan qumlarida suvda eriydigan tuzlar juda oz kuzatiladi. Bunday
tuzlarga barxan-do‘ng, ayniqsa do‘ng-marza qumlar boydir. Farg‘ona
qumlari kaliy, fosforga
boyligi bilan O‘zbekiston ning shimoliy qismida tarqalgan qumlardan ajralib turadi.
Vodiyning g‘arbidan esuvchi «Qo‘qon» shamolining tezligi 7 m/s dan oshganida, tuproq
deflyasiyasi yuz berib, havoning changlanishi kuzatiladi [79]. CHangli bo‘ronlar yiliga 14-15
kunni tashkil qilib, shamolning tezligiga bog‘liq.
Kuchli shamollar ko‘proq erta bahor va kuzda xosil bo‘ladi.
Bu davrda qumlarning
uchirilishi, barxanlarning siljishi shamolning maksimal tezligiga bog‘liq ravishda ro‘y beradi.
Qumlarning siljish tezligi antropogen tahsir harakteriga ham bog‘liq. o‘simlik qoplami nobud
bo‘lgan qumlarning shamol tahsirida siljishini vodiyning g‘arbiy hamda sharqiy hududlarida
ham kuzatish mumkin.
G‘arbiy Farg‘onada och sariq va och qo‘nir, markazda kul rang va qoramtir, sharqida esa
kulrang rangli qumlar tarqalgan. Qumlarning rangi ularning petrografik tarkibiga bog‘liq.
Qoramtir qumlarda biotit, qoramtir slanetslar ko‘p bo‘lsa, och qo‘nir va och sariq qumlarda esa
dala shpati ko‘proq uchraydi.
Farg‘ona vodiysining qum massivlarini kelib chiqishi bo‘yicha turli fikrlar
bildirilgan. Ko‘p tadqiqotchilarning fikrlari tahlil qilinganda vodiy qumliklari turlicha
manbalarning ishtirokida xosil bo‘lgan degan xulosaga kelish mumkin.
Har bir qum
massivlarining xosil bo‘lishi va rivojlanishi o‘ziga xosdir. Sarisuv, Damko‘l, Achchiqko‘l,
Sarsonqum massivlaridagi qumlar Sirdaryoning qadimgi allyuvial yotqiziqlarini shamol
deflyasiyasiga uchrashishidan xosil bo‘lgan. Sirdaryo qadimgi vaqtlarda hozirgi o‘rniga nisbatan
ancha janubdan oqqan [113]. Tektonik harakatlar, daryo yoyilmalarining shimolga tomon
migratsiyasi va koriolis kuchi kabi omillar tahsirida u o‘z yo‘nalishini shimol tomonga siljitgan.
Uning qoldiq o‘zanlari va qayirlaridagi yotqiziqlardan hozirgi qumliklar xosil bo‘lgan [51].
Farg‘ona vodiysining cho‘l landshaftlaridagi noyob o‘simlik va hayvon turlarini
muhofaza qilish, saqlab qolish va tiklash tadbirlarini amalga oshirish
hozirgi kundagi muhim
vazifalardan biridir. CHunki, bir vaqtlar katta maydonni tashkil etgan cho‘l landshaftlaridagi
tabiiy o‘simlik va hayvonot dunyosi hozirgi kunda Markaziy Farg‘ona qumli cho‘llarida va
sho‘rxoklaridagina saqlanib qolgan. Olib borilgan tadqiqotlarimiz tahlili asosida Markaziy
56
Farg‘onada landshaftlarni muhofaza qilishning eng samarali shakllaridan biri davlat
qo‘riqxonasini tashkil etish maqsadga muvofiqligi aniqlandi [20]. Keyingi yillarda bu boradagi
tadqiqotlar E.A.Bo‘kova va boshqalar [44] tomonidan olib borilgan bo‘lib, qo‘riqxona tashkil
etish maqsadga muvofiqligi tahkidlab o‘tilgan.
Dostları ilə paylaş: