52
landshaft sinflari ajratiladi. Landshaftlarning poonalar xosil qilib joylanish (zonal) xususiyatiga
landshaft sinflari ichida landshaft kichik sinflarini ajratish mumkin bo‘ladi [59].
Bular asosan,
turli geomorfologik yuzalarda, yahni vodiy tekisligida, adirlarda,
adirlararo va adirlar orti
tekisliklarida, o‘rta va baland tog‘larda, tog‘ oraliidagi botiqlarda joylashgan.
Landshaftlarning zonal xususiyatlari ularni relefdagi o‘rniga bog‘liq ravishda o‘zgarib
boradi. Bunga bog‘liq ravishda landshaftlarning suv va geokimyoviy tarkibi, yahni atmosfera
yoinlari hisobiga namlanib borishi turlicha bo‘ladi. Buning asosida landshaft guruhlari
geomorfologik
yaruslarga qarab tekislik, baland tekislik (adir yoni), adir, adir orasi va adir orti
tekisliklari hamda tog‘larga ajratildi.
Landshaft guruhlarida esa tog‘ jinslari tarkibi, relef xarakteri, tuproq va o‘simlik
qoplamidagi farqlar bo‘yicha landshaft turlari ajratildi. Ayrim
landshaftlarni ajratishda
antropogen tahsir ham hisobga olindi. Masalan, sug‘oriladigan erlar voha landshaftlari sifatida
ajratildi. Landshaftlarni shakllanishi va rivojlanishida yangi tektonik harakatlar muhim o‘rin
egallaydi. Bu harakatlar tahsirida landshaftlarning vertikal tabaqalanishi yuz bergan [27; 10].
Viloyat hududida vertikal tabaqalanish turli landshaft yaruslari va landshaftlarni ham vujudga
keltirgan (3.1.1-jadval). Jadvalda yuqorida keltirilgan mezonlar asosida aniqlangan landshaftlar
va ularning o‘zgarganlik holati berilgan. Bundan ko‘rinadiki, cho‘l landshaftlarining katta qismi
kuchli o‘zgarishga uchragan. Tashkil etilgan METHlar esa balandlik mintaqalari va landshaftlar
bo‘yicha mutanosib tanlanmagan. Ko‘plab noyob hudud va obhektlar muhofazaga olinmagan.
Farg‘ona vodiysi landshaftlari va ulardagi METHlarning
hozirgi holati kartasida
landshaftlarning chegaralari va ularning o‘zgarganlik holati hamda METHlar aks ettirilgan
(3.1.1–rasm). Landshaftlarning o‘zgarganlik holatini aniqlashda inson xo‘jalik faoliyatining
tahcirida landshaftlarni o‘zgarishi, ulardan xo‘jalik maqsadida foydalanish turi va
landshaftlarning o‘zgarmay qolgan xususiyatlari ham inobatga olinadi. Bunda o‘zlashtirilgan
hududlar maydonining landshaftlar maydoniga nisbati asos qilib olindi [58].
Farg‘ona vodiysi landshaftlari asosan qishloq xo‘jaligi maqsadida o‘zlashtirilgan.
Ularning asosiy qismini sug‘orma
dehqonchilik, bog‘dorchilik va qisman chorvachilik tashkil
etadi. Masalan, sug‘oriladigan erlar 357,4 ming ga teng bo‘lib, viloyat umumiy maydonini 51
%ni tashkil etadi [Landshaftlarning o‘zgarganlik holatini aniqlashda havo, er usti va er osti
suvlarini
ifloslanishi, kimyoviy tarkibining o‘zgarishi, o‘simlik va hayvonot dunyosi
to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar ham hisobga olindi. YUqoridagilar asosida landshaftlarning
o‘zgarganlik holatini quyidagilarga ajratildi:
Dostları ilə paylaş: