53
uzoq vaqt davomida shakllangan ekologik muvozanat buzilishga uchray boshladi.
Bu ekologik
xavfni dastlab Farg‘ona vodiysida 1878 yilda tadqiqot olib borgan A.F.Middendorf [77] anglab
etdi. Uning fikricha, «Qum bosish sug‘orish sababli emas; bu-xo‘jalikni xo‘jasizlarcha
boshqarish, o‘ylamasdan o‘simlik qoplamini yo‘qotish natijasidir…» degan edi..
CHo‘l landshaftlarining maydoni
1
936 yilga qadar 168 ming ga tashkil etgan.
Kishilarning xo‘jalik faoliyati tahsirida ularning maydoni yildan-yilga qisqarib bordi. Hozirgi
vaqtda viloyat hududida yirik qum massivlari asosan Danara, Beshariq, YOzyovon, Uchko‘prik
tumanlarida qolgan. Vohalar orasida orolsimon shakldagi qumliklar Buvayda, Oxunboboev,
Rishton, Quva tumanlarida uchraydi. Bu qumliklar barxan-do‘ng va do‘ng-marza qum relef
shakllariga ega bo‘lib, deflyasiya «o‘choq»lari, qum tepalari o‘rtasidagi sho‘rxokli, taqirli va
botqoqli pastqamliklardan iborat.
Farg‘ona vodiysining g‘arbiy qismida 1948-1953 yillarda barpo etilgan davlat o‘rmon
ihotazorlari tizimi 1970-1980 yillar davomida kesib yo‘qotildi [122].
Buning oqibatida
vodiyning minglab gektar ekin maydonida shamol tahsirida tuproq eroziyasi kuchaydi. o‘simlik
qoplami nobud qilingan qumlarning siljishini vodiyning g‘arbiy hamda sharqiy hududlarida ham
kuzatish mumkin.
Masalan, Buvayda tumani hududida joylashgan barxan qumlarining antropogen tahsir
sababli harakatlanishi ortib, ayrimlari qo‘shni Namangan vodiysiga «ko‘chib» o‘tgan. Hozirgi
kunda sug‘oriladigan qumloq va qumli tuproqlarda deflyasiyaning kuchayishi yuz bermoqda.
Bunga ekinzorlar atrofidagi ihotazorlarning yo‘qotilishi, ishlov beriladigan erlar hududining
kengaytirilishi va boshqalar sabab bo‘lmoqda.
Vodiyda xo‘jalik tarmoqlarining rivojlanishi va erlarning keng miqyosda o‘zlashtirilishi
ayrim o‘simlik va hayvonot turlarini butunlay
yo‘qolishiga olib keldi. o‘zR «Qizil kitobi»ga [139; 140] viloyat hududida tarqalgan
o‘simliklarning 27 turi, hayvonlarning 41 turi kiritilgan. SHundan, 11 turdagi hayvon va 2
turdagi o‘simlik vakillari muhofazaga olingan hududlarda tarqalgan (3.1.2-jadval).
Noyob o‘simlik turlarining asosiy qismi tog‘ mintaqasida tarqalgan bo‘lib, muhofazaga
olinmagan.
Muhofaza choralari shu kunlarda amalga oshirilmasa, ular yo‘q bo‘lib
ketishi
mumkin. CHunki o‘simlik va hayvon turlarining ko‘pchiligi yo‘q bo‘lib ketish arafasidagi turlar
sifatida «Qizil kitob»ga kiritilgan.
Tog‘ yonbairlari, adirlar va yoyilmalarning shag‘alli qismlarida sug‘oriladigan
erlarni kengaytirilishi, drenaj quduqlari va zovurlarning samaradorligini past bo‘lishi, daryo
yoyilmalarining er osti suv muvozanatidagi o‘zgarishlar erlarning meliorativ holatini
yomonlashishiga olib keldi [26]. Natijada 1990 yildan 2000 yilgacha bo‘lgan davr mobaynida
sho‘rlangan erlar maydoni Farg‘ona vodiysi bo‘yicha 3,7 barobarga ortib ketdi. Farg‘ona
vodiysida sho‘rlangan erlar 73,8 %ni, shundan kuchli sho‘rlanishga uchragan erlar 14,5 %ni
tashkil etmoqda.
Vodiyda sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan toshko‘mir, neft-gaz, surma, simob,
polimetall va boshqa konlar mavjud. Rudali tog‘ jinslarining nurashi, ularni qazib olish va qayta
ishlashda xosil bo‘lgan turli mikroelementlar suv, havo, tirik organizmlar va insonlarning
xo‘jalik faoliyati tahsirida vodiyning pastqam hududlarida to‘planishidan
anomal geokimyoviy
mintaqalar va zonalar vujudga kelgan.
Makro- va mikroelementlar organizmga ozuqa, suv va boshqa qo‘shimcha mahsulotlar
tarkibidan o‘tadi. Bu elementlarni organizmda ko‘payishi yoki etishmasligi turli endemik
kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Masalan, Farg‘ona vodiysining hududidagi landshaftlarda yodning ozligi kishilarda va
chorva mollarida endemik buqoqning keng tarqalishiga sabab bo‘lmoqda. Bunga vodiyning
tabiiy sharoiti (quruq iqlim, tuproqda gil va gumusning ozligi, kalsiyning ko‘pligi, hududni
okeanlardan uzoqligi,
joyning balandligi, er osti suvlari sathining yaqinligi va boshq.) va
texnogen omil (atrof-muhitni turli chiqindilar bilan ifloslanishi, sug‘oriladigan maydonlarni
ko‘pligi va boshq.) tahsir ko‘rsatadi.
54
Atmosfera havosini azot oksidlari, ozon, uchuvchi organik birikmalar bilan ifloslanish
darajasi Qo‘qon va Farg‘ona shaharlarida sanitariya-gigienik mehyorlardan ortiqligi saqlanib
qolmoqda [82; 120]. Bunday holatlarni oldini olish uchun sanoat korxonalari atrofida sanitariya-
himoya zonalarini tashkil etish zarur. Bu zonalarda o‘simliklarni turli chang va zararli
birikmalarni o‘zida ushlab qolish xususiyatlarini ehtiborga olish maqsadga muvofiqdir.
Farg‘ona vodiysida
ichimlik
suvlarining
kimyoviy
tarkibiga
ko‘ra sifat
ko‘rsatkichlarining salbiy tomonga o‘zgarishi kuzatilmoqda. Masalan, Isfara va So‘x
er osti
suvlari xosil bo‘lish zonalarida er osti suvlarining ifloslanishi yuz bermoqda. Ularda er osti
suvlarining minerallashish ko‘rsatkichi 1,5 g/l dan 2,3 g/l gacha o‘sgan. Er osti suvlari qishloq
xo‘jaligi faoliyati bilan bog‘liq holda, minerallashish ko‘rsatkichi 1,4-1,7 g/l gacha va qattiqligi
17,2 mg-ekv/l gacha ortishi kuzatiladi [83; 78].
SHunday qilib, Farg‘ona vodiysi aholisida uzoq yillar davomida shakllangan tabiatdan
foydalanish madaniyatining unutilishi va tabiiy resurslardan nooqilona foydalanish
landshaftlarda salbiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarmoqda.
CHo‘l landshaftlari Markaziy Farg‘ona sinklinalidagi turli yoshdagi, genezisdagi
hamda morfologiyadagi yoyilmalar, qumliklar, Sirdaryo terrasalaridagi tekisliklarda rivojlangan
[74]. Vodiyning geografik o‘rni, uning Evrosiyo materigining ichki qismida joylashganligi
hamda quyosh radiatsiyasi, er yuzasining tuzilishi va atmosfera sirkulyasiyasiga bog‘liq holda
unda issiq,
quruq va uzoq yoz, yumshoq va qisqa qish, yoinlar, asosan, bahor va qish vaqtida
bo‘ladigan subtropik iqlimning kontinental tipi shakllangan. Farg‘ona vodiysida yil davomida
quyoshli kunlar ko‘p bo‘lib, viloyatning hamma tumanlarida o‘rta hisobda 2600-2800 soatga
to‘g‘ri keladi. o‘rtacha yillik harorat 13-14
0
, maksimal harorat 46
0
(Beshariq), minimal harorat -
30
0
ga (Quva) teng. Bahorda so‘nggi sovuq tushishining o‘rtacha muddati va ijobiy haroratning
yig‘indisi joyning dengiz sathidan balandligiga ko‘ra o‘zgarib boradi.
Quyosh ufqdan baland ko‘tarilganligi va quyoshli kunlarning ko‘p bo‘lganligi sababli
viloyat hududi quyosh radiatsiyasini ko‘p oladi. Farg‘onada gorizontal maydonning har sm
2
yil davomida 145 kkall issiqlik qabul qiladi. Uning 58 kkall ga yaqin qismi yozga, 16 kkall
qish oylariga to‘g‘ri keladi. Demak, yozda qishdagiga nisbatan 4 marta ko‘p issiqlik tushadi
[131].
Yillik yoin miqdori 80-200 mm atrofida bo‘ladi. Eng kam yoin (80-100 mm) Qo‘qon-
SHo‘rsuv oraliida kuzatiladi. SHu erdan yoin sharqqa va tog‘larga tomon ortib boradi. Eng ko‘p
yoin Quva va SHohimardonda kuzatiladi. YOin miqdorining asosiy qismi noyabr va mart oylari
oraliiga to‘g‘ri keladi. Yillik yoinning 30-39 % i bahorda, 30-36 % i qish oylarida, 12-14 % i yoz
va 12-18 % i kuz oylarida tushadi [132].
SHamollar rejimi vodiyning orografiyasi va havo oqimlari bilan uzviy bog‘langan bo‘lib,
yozda g‘arbdan sharqqa, qishda sharqdan g‘arbga esadi. SHamollarning esish tomoni bunday
o‘zgarib turishiga, qishda vodiyning sharqidagi tog‘larda mahalliy antitsiklonlarni xosil bo‘lishi,
yozda esa vodiyning qizib ketishi natijasida esa bu erda mahalliy
past bosim mintaqasini
(termik depressiya) vujudga kelishi sababchidir.
Dekabr, yanvar va fevral oylarida hamma joyda sharqiy shamollar, yahni so‘rish rejimi
hokimlik qiladi. Martda viloyatning g‘arbiy qismida «Qo‘qon» shamoli kuchayib, u aprel va
noyabr oylarida ham hokimlik qiladi. Bu shamol yiliga o‘rta hisobda 53 kun esib turadi. Kuchli
shamollar (15-40 m/s) g‘arbda mart-may, sharqda esa may-iyul oylariga to‘g‘ri keladi.
Tekisliklarda antropogen omil tahsirida landshaftlarining mikrorelefi, mikroiqlimi, tuproq va
o‘simlik qoplami eng ko‘p o‘zgarishlarga uchragan va turli landshaftlar shakllangan
Dostları ilə paylaş: