I nazariy materiallar


Antropogen relef shakllari va ularning dinamikasi



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/43
tarix16.12.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#183276
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43
Maruza matn (1)

 
Antropogen relef shakllari va ularning dinamikasi


22 
Antropogen relef shakllarining hosil bo‘lishi va ularning dinamikasi turli geomorfologik va
iqlimiy mintaqalarda bir xilda sodir bo‘lmaydi. Relefning o‘zi dinamik xususiyatiga ega bo‘lib, 
uning rivojlanishida turli omillar ishtirok etadi. Mazkur bog‘liqlik ya’ni jarayonlarni yuzaga 
keltiradi. Antropogen jarayonlar tufayli hosil bo‘lgan relef shakllari maqsadli o‘zlashtirish 
jarayonida ijobiy va salbiy ko‘rinishlar hosil qiladi. bunday relef shakllari terrasalar, dambalar
ko‘tarilmalar, qum tepalarini o‘rnida hosil bo‘lgan tekis maydonlar, rekultivatsiya qilingan 
karerlar, jarliklar va boshqa antropogen formalaridan iborat bo‘ladi. SHuning bilan birga aytish 
joizki, relef va tog‘ jinslari tuproq hosil qiluvchi omil sifatida ishtirok etib, o‘z navbatida o‘zi 
ham dinamik jarayonlarga tortiladi. O‘z vaqtida V.V.Dokuchaev, S.S.Neustruevlar ham relefning 
bu jihatlariga baho bergan va ayniqsa, tuproqlarning hosil bo‘lishi, rivojlanishida relefning 
o‘rnini etarlicha ta’riflaganlar. 
Farg‘ona vodiysidagi antropogen relef formalari va ularning dinamikasi relefning 
antropogen omillar ta’sirida o‘zgarishi va uning ahamiyatini YU.F.CHemekov (1972), 
F.N.Milkov (1973), G.Minashina (1974), L.I.Kurakova (1976, 1983), I.S.Zonn (1981)lar 
tomonidan atroflicha o‘rganilgan. 
YU.F.CHemekov (1972)ning fikriga ko‘ra inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida relefning turli 
formalari hosil bo‘ladi. Bunday formalarni antropogen relef shakllari deb nomlab, texnogen 
ko‘rinishdagi er usti va er osti formalari mavjudligini e’tirof etadi. 
Qishloq xo‘jaligi maydonlarida erlarni loyqali suvlar bilan sug‘orish ta’sirida ko‘p 
miqdorda loyqalar to‘planadi va loyqa yotqiziqlarning differensiyasasi yuzaga keladi. ayniqsa, 
ariq va kanallarga yaqin joylarda bunday loyqalar ko‘proq to‘planib, relef balandlashadi. Bu 
holatni irrigatsion relef deb aytiladi. Bunday relef shakllari xatto 5-6 m gacha etishi mumkin va 
I.S.Zoni (1981) Irrigatsion erozion yoki akkumulyativ makrorelef shakllari deb nomlaydi. 
Antropogen relef shakllari deganda sug‘orish va texnika vositalari, mexanizmlar ta’sirida 
hosil bo‘lgan relef shakllarini e’tirof etish mumkin. 
Farg‘ona vodiysida ham antropogen relef formalarining turli xo‘jalik faoliyati bilan 
shakllangan ko‘rinishlari keng tarqalgan. Antropogen relef shakllari o‘zgarish darajasiga ko‘ra 
juda kuchsiz o‘zgargan (20 %) gacha , kuchsiz o‘zgargan (20 40 %), o‘rtacha o‘zgargan (40-60 
%), kuchli o‘zgargan (60 80 %), juda kuchli o‘zgargan (80-100 %) hududlarga ajratiladi. 
Farg‘ona vodiysi hududidagi antropogen relef shakllarini A.Maqsudov (1990) tomonidan 
klassifikatsiya qilingan va u quyidagi jadvalda ifodalanadi.

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin