S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


T ikanli bitlar (E chinophthiridae)



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/136
tarix16.12.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#183403
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   136
Parazitologiya.Дадаев С

2. T ikanli bitlar (E chinophthiridae) 
oilasiga faqat dengiz sutemizuvchilarida 
parazitlik qiladigan bitlar kiradi. Ularning tanasi tikanchalarga o 'x sh ag an tukcha- 
lar bilan qoplangan bo'ladi. Tulenlar burun teshiklarining old qismida tulen biti 
parazitlik qiladi.
3, 
Pedikulidlar fPediculidae) 
oilasiga faqat odam va odam simon m aymunlarda 
parazitlik qiladigan bitlar kiradi. O dam da bitlarning 3 turi yashavdi, y a ’ni bosh biti, 
kiyim biti va qov biti uchraydi (67-rasm).
biti.
66-rasm . H ayvon bitlari:
1 -ot biti, 2 -c h o ‘chqa biti, 3-qoram ol
174


67-rasm . O dam b itlari va u larn in g
tuxu m lari (sirkalari):
A -k iyim biti va B -u nin g tuxum i,
1-qopqoqcha,
2-yelim sim on sekret.
D -bosh biti,
E -qov biti va F -u n in g tuxu m i,
G -bitlar o y o g ‘in in g oxirgi b o ‘g ‘im i;
Qov biti (Phthirus pubis) odam badanining tukli joylarida (qovda, q o ‘ltiq tagi 
junlarida, soqolda va hatto qosh hamda kipriklar orasida) uchraydi.
Qov biti boshqa bitlardan farq qiladi. Uning boshchasi aniq k o ‘rinib turadi. 
K o 'k rak va qorin qismi bir-biridan aniq ajralrnagan. Bitlar ichida eng kichigi (erka- 
gi - 1 mm, u rg ‘ochisi - 1,5 mm) hisoblanadi. Qov biti 26 kungacha yashaydi.
Qov biti ftirioz kasalligini q o ‘z g ‘atadi. U o ‘zining yassi tanasi bilan odam teri- 
siga mahkam yopishib oladi, xartumini teriga sanchib, bitta jo y d a qimirlamasdan 
uzoq vaqt davomida qon so'radi, chaqqan joyi tinimsiz kechayu-kunduz qichiydi va 
k o ‘karib qoladi. Uning so ‘lagi gemoglobinni parchalaydi, shuning uchun chaqqan 
joyi k o ‘karib qoladi. U jinsiy aloqa vaqtida, um um iy o ‘rin-ko‘rpadan foydalanil- 
ganda, ichki kiyimlar orqali bir odamdan boshqa odamga o ‘tadi. Qov bitining 
kasallik tarqatish-tarqatmasligi isbotlanmagan. Aksincha, odamda yashaydigan 
bitlaming boshqa turlari - bosh biti va kiyim biti turli kasalliklami tarqatuvchilar 
sifatida xavflidir.
Kiyim biti (Pediculus humanus vestimenti) va bosh biti (Pediculus humanus ca­
pitis) bir-birlari bilan chatishib serpusht nasi beradi, shuning uchun ular bitta tur­
ning (Pediculus humanus) tur xillari deb hisoblanadi.
Bosh biti sochlarda b o ‘lib, o ‘z tuxumini (sirkalarini) sochga yopishtirib q o ‘yadi. 
Tanasining kattaligi erkaginiki 2 -3 mm, urg'ochisiniki esa 4 m m atrofida b o ‘ladi. 
Rangi to ‘q kulrang.
Kiyim biti kiyim-kechaklarning choklarida yashaydi va shu joyiarga tuxum 
q o ‘yadi. Uning tanasi och kulrang b o ‘lib, u rg ‘ochisining kattaligi 4—5 m m ga boradi.
175


Qorin segmentlarining ikki yonidagi pigment d o g i a r och rangda, tanasini qoplab 
turgan xitinli qoplamasi ju d a yupqa b o ‘lib, hatto so'rilgan qon ko'rinib turadi. Bit­
lar hayotining ham m a rivojlanish davrida odam qoni bilan ovqatlanadigan, doimiy 
ektoparazitdir. Bir kunda 2 -3 marta 3 -1 0 daqiqa davomida qon so'radi, ovqatsiz 
10 kungacha yashashi mumkin.
Kiyim biti harakatchan, 27° С li haroratda 1 daqiqada 35 sm masofagacha ha- 
rakat qiladi. Otalangan u rg ‘ochilari bir kunda 6 -1 4 tadan tuxum (sirka) qo'yadi. 
Kiyim biti umri davomida 300 taga yaqin, bosh biti esa 150 tagacha tuxum qo'yadi. 
Tuxum dan bir haftada yosh bitchalar chiqadi. Umuman, tuxum qo'yishidan bosh- 
lab, voyaga yetgan bitga aylanguncha rivojlanish davri 16-20 kunga to 'g 'r i ke­
ladi. V oyaga yetgan bitlar 1,5-2 oy yashaydi. Ancha tez rivojlanadigan bo'lgani 
uchun parazitlarning soni qisqa vaqt ichida ko'payib ketishi mumkin. Bitlar qon 
bilan ovqatlanganda, odam terisiga o 'z so ‘lagini tushiradi. Chaqqan jo y lar qichi- 
shadi, qashiganda terida jarohatlar paydo bo'ladi. Bitlab ketgan odam (qarovsiz 
qolgan bolalar, qariyalar) pedikullyoz kasalligiga uchrashi mumkin. Pedikullyoz 
avj olishi natijasida organizmni umuman quvvatsizlantirib, koltun degan kasallikka 
sabab b o ‘lishi mumkin. Bu kasallikda jarohatlangan teridan qon chiqib, jarohatlar 
ya!lig‘lanadi, yiringlaydi va sochlar bir-biriga yopishib qoladi.
Bitlar, shuningdek, o g 'ir kasalliklar - toshmali va qaytalama terlama (tif) tar- 
qatuvchilari hisoblanadi. Toshmali tif bilan og'rigan bemorning tana harorati 
ko'tariladi, badanida shu kasallikka xos bo'lgan toshmalar paydo bo'ladi, boshi 
og'riydi, hatto hushidan ketishi mumkin. Bu kasallikdan birinchi va ikkinchi jahon 
urushlarida qanchadan-qancha odamlar qirilib ketgan.
Toshmali terlama kasalligining q o 'zg'atuvchisi Provachek rikketsiyalari bo'lib, 
bem orlam ing qonida b o ‘ladi. Birinchi marta 1910-yilda amerikalik olim G.T. Rik- 
kets tomonidan kasallikning qo'zg'atuvchilari toshmali tif bilan og'rigan bemorlar- 
ning qonida va ularda parazitlik qilayctgan bitlar ichagida aniqiangan. Lekin olim 
o ‘zining bu tajribasini oxiriga yetkaza olmay o 'zig a yuqqan toshmali tifdan o'ladi. 
Kasallik qo'zg'atuvchisini aniqlashda va yuqish y o ‘llarini o'rganishda chex olimi
S.Provachekning hissasi katta bo'ldi, ammo u ham o 'z tajribalarini nihoyasiga yet­
kaza olmadi, chunki u rikketsiyalar bilan zararlangan bitlar ustida ish olib borib, 
tajriba uchun o 'zig a kasailikni yuqtiradi va bu kasallikdan 1915-yilda o'ladi. Bir 
yildan keyin kasallik q o ‘z g ‘atuvchilari to 'liq o'rganilib, ikkala olim sharafiga Pro­
vachek rikketsiyasi deb nomlanadi.
Toshmali tif qo'zg'atuvchilarinir.g bem or qonida bo'lishini aniqlashda rus shi- 
fokori O.O. M ochutkovskiy (1845-1903) fidoiylik ko'rsatadi. U toshmali tif bilan
176


og'rigan bemor qonini o 'ziga inyeksiya qiladi va 18 kundan keyin ushbu kasal- 
likning o g ‘ir k o ‘rinishiga uchraydi. Bit bemor qonini so'rar ekan, o'ziga kasallik 
q o ‘z g ‘atuvchilarini yuqtirib oladi. Rikketsiyalar bitlar oshqozonida ko'payadi va 
axlati bilan birga tashqariga chiqadi. Rikketsiyalar bit orqali ikki y o ‘l bilan sog'lom
odamga o'tishi mumkin:
1. Qonni so‘rganda, y a ’ni rikketsiyalar bilan ifloslangan bitning o g 'iz apparati 
orqali (ayrim m a ’lumotlar asosida xulosa qilingan, lekin zararlangan bitlarning 
so'lak bezlarida kasallik q o 'zg 'atu v ch ilan topilmagan);
2. Badanning bit axlati qolib ketgan joyi qashilganda.
M a ’lumki, bit qon so'rayotgan paytda axlatini chiqarib turadi. Bitlar axlatida 
rikketsiyalar bo'lib, chaqqan joylar qashlanganda, jarohatlangan teri orqali yuqadi.
Qaytalama terlama kasalligining tarqatuvchisi ham bitlardir. Qaytalama terlama 
kasalligining meycr spiroxetasi b o ‘lib, bemor qoni bilan birga bit oshqozoniga va 
u yerdan bit tanasi bo 'shlig'iga tushadi. Spiroxetali bitlar odamni chaqqanda, unga 
kasallik yuqtirmaydi. Bit ezilganda uning tanasidagi suyuqlik (gemolimfa) qashlan- 
gan jo y g a tushgan taqdirdagina odamga kasallik o'tadi. Bitning bitta m o'ylovi ezii- 
sa kifoya, bir tomchi gemolimfa tushgan joyidagi teri orqali spiroxetalar yuqadi.
Bitlar o g 'ir sharoitda, odamlar bir joyda to'planib antisanitar holatda yashash- 
lari natijasida, yuvinish, kiyim-kechaklami almashtirish imkoniyati bo 'lm aganda 
ko'plab uchraydi. Ayniqsa, ocharchilik va urush yillarida bitlar keng tarqalgan. 
Hozirgi sharoitda ham, odamlar g ‘uj bo'lib yashaydigan joylar, y a ’ni bog'cha, 
maktab, harbiy xizmat joylari va qamoqxonalar bitlarning tarqalishi uchun qulay 
joylardir.
Kasallikning oldini olish pedikullyozni yo'qotishdan iborat. Ichki kiyim va 
o'rin-ko'rpalarga issiqlik yoki bug' bilan ishlaydigan kameralar yordamida (100° С 
da) ishlov berilsa, bitlar tamomila qirilib ketadi. Shu bilan birga, shaxsiy gigiyena 
qoidalariga ham q at’iy rioya qilish kerak. Yana shuni ham eslatib o'tish kerakki, 
rikketsiyalar o'lib, qurib ketgan bitlar tanasida ham ancha vaqt tirik holda saqlani- 
shi mumkin, hatto qurib ketgan bitlarning axlatida ham uzoq vaqtgacha o'zining 
yuqumliligini yo'qotmaydi. Demak, kasallik tarqalishi uchun bitlar tirik bo'lishi 
shart emas, balki bemor kiyimlarida saqlanib qolgan zararlangan bitlarning axlati 
yoki o'ligi ham kasallik vuqishiga sababchi bo'lishi mumkin.

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin