-
Personalizatsiya. IPTV tizimi ikki tomonlama aloqani ta’minlaydi va
foydalanuvchilarga, ularning xohishlariga binoan ko‘rish
imkonini beradi
(masalan, VoD - talab bo‘yicha video xizmati - abonent buyurtmasi bo‘yicha
Operator videoserveridan filmlarning translyatsiyasi).
-
Qoldirib ko‘rish. Videomagnitofon bilan IPTV kombinatsiyasi - keyin
ko‘rish uchun IPTV kontentini yozish uchun mexanizmni ta’minlaydi.
-
Turli tipdagi terminallar qo‘llanilgandagi IPTV xizmatiga ulanish - IPTV
kontentini ko‘rish faqatgina televizion qabul qilgichlar orqali chegaralanmaydi.
IPTV xizmatlariga ulanish uchun foydalanuvchilar o‘zlarining personal
kompyuterlari va mobil qurilmalaridan foydalanishlari mumkin.
IPTV arxitekturasi
IPTV tizimi arxitekturasining umumiy ko‘rinishi 3.7-rasmda keltirilgan.
Arxitektura o‘zining tarkibiga quyidagi funksional bloklarni kiritadi:
- kontent manbalari. Kontent manbai IPTV ma’lumotlar markazi sifatida
aniqlanadi, ishlab chiquvchidan video kontentni qabul qiluvchi (eshittirish
dasturlari, filmlar, o‘yinlar va boshqalar). So‘ngra
kontent kodlanadi va
foydalanuvchilarga uzatiladi yoki VoD xizmati uchun ma’lumotlar bazasida
yig‘iladi;
- IPTV xizmati bog‘lamalari. Xizmatlar bog‘lamasi turli formatlardagi video
oqimlarni qabul qilish komponentini o‘zida ifodalaydi. So‘ngra bu video oqimlar
IP tarmoqda uzatish uchun paketlarga inkapsulyatsiyalanadi;
- keng polosali tarmoqlar. Magistral tarmoqlar va ulanish tarmoqlaridan
iborat bo‘lgan
keng polosali tarmoqlar, yuqori o‘tkazish qobiliyati, yuqori
ko‘rsatkichli xizmat ko‘rsatish sifati va taqsimlovchi imkoniyatlar bilan
xarakterlanadi. Bunday tarmoqlarning
asosiy xususiyati, xizmatlar bog‘lamasidan
foydalanuvchilar qurilmasiga IPTV ma’lumotlar oqimini ishonchli taqsimlash
uchun zarur bo‘lgan ko‘p adresli jo‘natish (multikasting) hisoblanadi. IPTV
magistral tarmoqlarda tolali optik liniyalar, ulanish tarmoqlarida turli keng polosali
- simli va simsiz texnologiyalar qo‘llaniladi;
3.7-rasm. IPTV tizimining soddalashtirilgan arxitekturasi
- foydalanuvchi qurilmasi. IPTV foydalanuvchi qurilmasi tarkibiga, keng
polosali tarmoq oxiri bilan shakllanuvchi interfeys vositasi kiradi. Bu yerda uy
tarmog‘ini tashkil qiluvchi shlyuzlar qo‘llanilishi mumkin.
Foydalanuvchi
qurilmasidagi IPTV trafikni terminallashtiruvchi funksional blok IPTV mijozi
deyiladi. Odatda bu blok TV – qo‘shimcha ko‘rinishida qo‘llaniladi. TV-
qo‘shimchaning asosiy vazifasi o‘zining tarkibiga xizmatlar bog‘lamasi bilan
ulanishni o‘rnatish, video oqimlarni dekoderlash,
foydalanuvchi tomonidan
boshqarishni aks etishi va monitorga ulanishni kiritadi.
IPTV tarmoqlarida turli xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan
standartlarning katta to‘plami qo‘llaniladi: ITU-T, ETSI, IETF, MPEG. TV –
signalini siqish standartlari talab etilgan o‘tkazish oralig‘ini o‘n va yuz martaga
kamaytirish imkonini beradi. Raqamli eshittirish standartlarini keng tarqalgani
yevropa
standarti DVB, amerika standarti ATSC va yaponiya standarti ISDB
hisoblanadi. IPTV xizmatlarini taqdim etuvchi tarmoq protokollarining katta soni
orasida quyidagi ayrimlarini aytamiz: transport protokollari UDP,
RTP va RTCP;
signalizatsiya protokollari SIP, H.323; mashrutizatsiya protokollari RIP, OSPF,
ko‘p adresli jo‘natish protokoli IGMP.