1-Ma’ruza Mavzu: Multimedia tushunchasi. Multimedianing xususiyatlari Reja



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/46
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183444
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46
МАЪРУЗА (3)

Maruza. Mavzu:
Optik IP-tarmoqlarda xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlash 
xususiyatlari. 
Zich to‘lqin uzunligi bo’yicha zichlashtirishga (Dense Wavelength Division 
Multiplexing, DWDM) ega bo‘lgan texnologiya tomonidan tavsiya etilgan, yetarli 
chastota oralig‘i bilan birgalikda keng tarqalgan IP texnologiyasi, IP-over-DWDM 
kabi ma’lum va keyingi avlodning (Next Generation, NG) Internet tarmoqlarida 
katta masofalarga ma’lumotlarni uzatishda yetakchi hisoblanadi. 
 
DWDM – bu zich to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish texnologiyasi 
bo‘lib, juda ko‘p chastotalarda yoki to‘lqin uzunliklarida ma’lumotlar paketlarini 
bir vaqtda uzatish orqali, optik tola resurslaridan samarali foydalanishga imkon 
beradi. 
Ovozli paketlarni va videoni haqiqiy vaqt oralig’ida uzatish kabi ayrim 
xizmatlarni kafolatlash uchun xizmat ko‘rsatish sifatini QoS ta’minlash 
muammosi, optik magistrallar uchun amalda yechimini topmagan.
Optik DWDM texnologiyasi qo’llanilgan tarmoqlarda QoSni ta’minlash 
muammolari, elektron kommutatorlarda va marshrutizatorlarda qo‘llaniladigan 
QoS usullaridan bir qancha fundamental farq qiladi.
Eng asosiy farq DWDM qurilmalarida, kechiktiruvchi optik liniyalarda 
buferlanishi mumkin bo‘lgan paketlar navbati konsepsiyasining mavjud 
emasligidir. Kechikish liniyasi (Fiber Delay Line, FDL) - bu ma’lum bir vaqt 
oralig‘ida optik signalni kechiktirish uchun qo‘llaniladigan uzun optik tolali 
liniyadir. 
Optik tarmoqlarda navbat alternativasi sifatida, kelgusida ma’lumotlarni 
optik kommutatsiyalash yo‘li orqali chastota oralig‘ini zahiralash uchun signalli 
axborotlarni qo‘shimcha uzatish qo‘llaniladi.
 
3.7.1.
 
Optik kommutatsiyalash texnologiyalari 
 


DWDM texnologiyasiga asoslangan optik tarmoq bo‘ylab IP-trafiklarni 
uzatish uchun uchta asosiy kommutatsiyalash texnologiyasi tavsiya etilgan. Shunga 
mos holda IP-over-DWDM tarmoqlari quyidagicha sinflanishi mumkin: 
-
to‘lqinli marshtutizatsiyaga ega bo‘lgan tarmoqlar (Wavelength Routing, 
WR); 
-
paketlarni optik kommutatsiyalashga ega bo‘lgan tarmoqlar (Optical Packet 
Switching, OPS); 
-
bloklarni optik kommutatsiyalashga ega bo‘lgan tarmoqlar (Optical Burst 
Switching, OBS). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin