A. K. Xusanov


Uslub:  Yakka tartibda ishlash. 119  Mashg’ulotni bajarish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/138
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183725
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   138
ҚЎЛЛАНМА. (Охирги вариант) (2)

Uslub: 
Yakka tartibda ishlash.


119 
Mashg’ulotni bajarish:
1.Tirik dafniyaning bir nechtasini suv to’ldirilgan stakanga solib, yorug’ 
joyga qo’yiladi.
2.Oddiy ko’z bilan qo’l lupasi yordamida harakati kuzatiladi. 
3.Dafniya tomizgich yordamida tutilib, buyum oynasining ustiga qo’yiladi. 
Usti mum yoki plastilindan qilingan oyoqchalari bor qoplag’ich oyna bilan 
yopiladi.
4.Preparat mikroskopning kichik obektivi orqali kuzatiladi. Dafniya tanasini 
qoplab turgan to’rsimon tiniq chig’anog’iga, bosh tomonida joylashgan 
antennasiga va murakkab ko’ziga e’tibor beriladi.
5.Ko’krak oyoqlarining tuzilishi kuzatilib, ularning to’xtovsiz harakat 
qilishiga e’tibor beriladi. 
Mavzu haqida ma’lumot: 
Dafniya chuchuk suv havzalarida, sholipoyalarda uchraydi. Tanasi 1-3 mm 
kattalikda bo’lib, ikki yon tomonidan yassilangan va xitindan iborat to’rsimon 
chig’anoqning ichida joylashgan. Lekin chig’anoq yupqa va tiniq bo’lganligi 
uchun dafniyaning ichki organlari ko’rinib turadi. Chig’anoqning qorin va dum 
tomonlari ochiq bo’lib, uning ichidan doimo suv o’tib turadi. Suv bilan birga 
dafniyaning 5-juft qorin oyoqlari asosidagi jabralariga kislorod keladi. 
Chig’anoqning keyingi uchi esa muvozanatni saqlash vazifasini bajaradigan uzun 
o’simta hosil qiladi. Dafniyaning bosh qismidagi antennulalari rivojlanmagan, 
antennalari esa ancha uzun bo’lib, ular dafniyaning harakatlanish organidir. 
Antennalari yordamida dafniya suvga tayanib sakrab harakatlanadi, shunga ko’ra u 
«suv burgasi» deb ham ataladi.
Mashg’ulot yuzasidan topshiriq. 
1.
 
Quyidagi nomlarni rasmdagi kerakli raqamlar bilan izohlang. 
 
 
 
 
 
 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin