1-amaliy mashgʻulot fanining asosiy tushunchalari mohiyati; xavf turlarini, ularni guruhlash va identifikatsiyalash



Yüklə 142,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix18.12.2023
ölçüsü142,61 Kb.
#183940
  1   2   3
4 kurs hfx



1-AMALIY MASHGʻULOT 
Fanining asosiy tushunchalari mohiyati; xavf turlarini, ularni 
guruhlash va identifikatsiyalash. 
Hayot faoliyat xavfsizligi (HFX) — ishlab chiqarish va noishlab chiqarish 
muhitida insonni atrof muhitga ta'sirini hisobga olgan holda xavfsizlikni 
taminlashga yo'naltirilgan bilimlar sistemasidir. 
Hayot faoliyat
– bu insonning kunlik faoliyati, dam olishi va yashash 
tarzidir. Inson hayoti jarayonida uni o`rab turgan atrof muhit bilan uzluksiz aloqada 
bo`ladi va shu bilan birga har doim uni o`rab turgan muhitga bog’liq bo`lib kelgan 
va shunday qolaveradi. Inson shuning uchun ham o`zini o`rab turgan atrof-muhit 
hisobiga oziq-ovqat, havo, suv, dam olish uchun zarur moddiy narsalar va 
boshqalarga bo`lgan ehtiyojini qanoatlantiradi. 
Atrof-muhit 
–bu insonni o`rab turgan muhit bo`lib, insonning hayot 
faoliyatiga, uning sog’ligi va nasliga to`g’ridan to`g’ri, birdan urinma yoki 
masofadan ta`sir etishga qobiliyatli omillarning (jismoniy, ximiyaviy, biologik, 
informatsion, ijtimoiy) shartli yig’indisidir. 
Inson va atrof-muhit uzluksiz o`zaro ta`sirda bo`lib, doimiy harakatdagi 
«Inson – atrof muhit» sistemasini tashkil etadi. 
Tabiiy muhit o`zi mukammal bo`lib, inson ishtirokisiz mustaqil mavjud 
bo`laoladi va rivojlanaoladi. Inson tomonidan yaratilgan boshqa barcha borliq 
muhiti mustaqil rivojlanaolmaydi va ular paydo bo`lganidan so`ng eskirishga va 
yemirilishga mahkum narsalardir. 
Insoniyat o`zining dastlabki rivojlanish bosqichida tabiiy atrof-muhit bilan 
o`zaro uyg’un harakat qilgan. Atrof-muhit asosan biosfera, er osti, gallaktika va 
cheksiz koinotdan tashkil topgan. 
Biosfera
- barcha turdagi organizmlar, jumladan inson yashashi mumkin 
bo`lgan atrof-muhit bo`lib, u murakkab tuzilishdagi yer sharining muhim
qobig’idir. Biosfera bir necha milliard yillar davomida shakllangan. 
Inson evolyutsiyasi jarayonida o`zini oziq-ovqat, moddiy boylikka bo`lgan 
ehtiyojlarini samaraliroq qondirish, iqlim va ob-havo ta`siridan himoyalanish, 
o`ziga qulaylikni oshirishga intilib tabiiy muhitga, birinchi o`rinda biosferaga 
to`xtovsiz ta`sirini o`tkazdi. Bu maqsadga etish uchun u biosferani bir qismini 
texnosfera band etgan joyga aylantirdi.
Texnosfera 
- o`tmishda biosferaga taalluqli bo`lgan keyinchalik insonlar 
tomonidan moddiy,ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini yanada yaxshilash maqsadida 
to`g’ridan-to`g’ri yoki sirtdan texnik vositalar bilan ta`sir etgan hududdir. 
Texnosfera insonlar tomonidan texnik vositalar yordamida yaratilgan shaharlar, 
qo`rg’onlar, qishloq aholi punktlari, sanoat va korxonalar zonasi band etgan 
hududlar hisoblanadi. 
Zamonaviy hayotda insonlarning ijtimoiy mavqelarini yuksalishi bilan birga 
ularning tinchligiga, sog’ligiga va mehnati xavfsizligiga xavf soladigan omillar 
soni ham ortib bormoqda. Ma`lum sharoitda ularni insonlarning ruhiy holatiga, 
sog’ligiga salbiy ta`sirini ko`rsatishi hammaga ma`lum. SHu sababli insonlarni 
nafaqat ularning aqliy yoki jismoniy mehnat faoliyati davomida balki, yashash 
joyida, yo`lda va barcha holatlarda xavfsizligini, yaxshi kayfiyatini, mehnat 


qobiliyati va ish unumdorligini taminlash, sog’ligi haqida qayg’urish masalalarini 
ijobiy hal etish juda dolzarb masalalardan biridir. Qayd qilingan masalalarni ijobiy 
hal etishda hayot faoliyati xavfsizligi fanining o`rni, uning nazariy ma`lumotlari 
bilan bo`lajak mutaxassislarga muammolarini ijtimoiy hayotda mumkin qadar 
ijobiy hal etilishiga yordam beradi. 

Yüklə 142,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin