97
Shuningdek, Osiyo qitʼasining inson huquqlari boʻyicha
mintaqaviy
mexanizmini muntazam faoliyat koʻrsatadigan platforma –
Samarqand forumi
negizida yaratish borasida koʻmak berishga tayyormiz.
Hurmatli doʻstlar!
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 75 yillik tarixi inson huquqlari universal
qadriyat ekanini yaqqol isbotladi. Bu ustuvor
tamoyilsiz yer yuzida tinchlik,
xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga erishib boʻlmaydi.
Nutqimning yakunida shuni yana bir bor taʼkidlab aytmoqchiman:
Oʻzbekiston Inson huquqlari boʻyicha kengash aʼzosi sifatida xalqaro
huquqning inson huquqlariga oid umum eʼtirof etilgan prinsip va
normalarini qatʼiy himoya qiladi va faol ilgari suradi.
Eʼtiboringiz uchun rahmat.
Dostları ilə paylaş: