101
bu raqamlar hamon yuqori bo‘lib qolmoqda. O‘tgan yili 28 mingdan ziyod oila
ajralib ketgani ham fikrimizni tasdiqlaydi.
Albatta, barchamizning istagimiz, tilagimiz bitta: qani edi, yurtimizda ajrim
degan noxush holatning o‘zi bo‘lmasa, oilalar parokanda, bolalar tirik yetim
bo‘lib, sarson-sargardon bo‘lmasa.
Men bir fikrni qayta-qayta aytishdan charchamayman.
Oila – bu mehr va baxt qo‘rg‘oni. Oila bor ekan, farzand degan bebaho
ne’mat bor, insoniy qadr-qimmat va ma’naviyat bor. Oilaviy baxt bu – eng ulug‘
saodatdir. Mashhur qo‘shiqlardan birida aytilganidek, “Uyida baxti borlar – har
yerda baxtiyordir”.
Men aziz yigit-qizlarimizga murojaat qilib aytmoqchiman: turmush
qurishga, oilaga, farzand taqdiriga nihoyatda chuqur mas’uliyat bilan qarang. Bu
masalaga yuzaki yondashib, ham o‘zingiz, ham o‘zga bir inson hayotini xavf
ostiga qo‘ymang.
Men bu borada ko‘pni ko‘rgan mahalla faollari, muhtaram faxriylarimiz,
kayvonilar, ma’naviyatimiz va dinimiz fidoyilari, o‘z tengdoshlariga ibrat bo‘lib
kelayotgan yoshlarimiz bir yoqadan bosh chiqarib harakat qiladilar, deb
ishonaman.
Dostları ilə paylaş: