106
2. Ilmiy manbalar. NUTQIY HOLAT VA NUTQIY VAZIYAT Muloqotning tashqi omillaridan biri
nutqiy holat va
nutqiy vaziyat dir.
Nutqiy holat , o‘z navbatida quyidagi
ichki paradigma larga bo‘linadi:
a) jinsiy tafovut;
b) saviya
; d) ijtimoiy mavqe (kelib chiqish);
e) yosh;
f) ma’lumot;
g) mutaxassislik;
h) ijtimoiy qiymat
. Nutqda muloqot qiluvchining holati yaqqol ko‘zga tashlanib turadi.
Quyidagi ikki misolni kuzatish asosida bunga amin bo‘lamiz:
1. Yengil tabiat, shallaqi o‘zbek ayolining (og‘zaki) nutqi: –
Mumkinmi? Salom! Ruxsatingiz bilan o‘zimni tanishtirsam... Men, k sojaleniyu, sizning sochineniyalaringizni o‘qigan emasman. Xotya eshitganman. V asnavnom, mamashkalar to‘g‘risida yozarkansiz.. Mening ham to‘rtta bolam bor... Nima? “Unaqaga o‘xshamaydi-ku”, deysizmi? Rahmat, kompliment uchun! Hamma shunaqa deydi. Men mamamga o‘xshayman. Mamam oltmish yoshidayam appetitniy edi. Kak kukolka! Kechirasiz, olovingiz bormi?.. Yo‘q-yo‘q, men “More” chekaman... Senkyu! Zajigalkangizga gap yo‘q! Itak, to‘rtta bolam bor. Maratik – Nukusda. Internatda. Yoshi... minutochku… Yoshi poemu... o‘n to‘rtda. Shu yil o‘n to‘rtga kiradi. Papasiga o‘xshagan krasavchik, Maratik! Smugliyligi, ko‘zlarining razrezi... Papasi bilan birinchi vstrechamiz praktikaga borganimda bo‘lgan. Zam ministr edi. Shunaqa abayatelniy, shunaqa intelligentniy!.. Ikki yilcha turdik.. sivilizovanniy ajrashdik. To‘g‘risini aytdi. “Jannochka dedi, jonim dedi, dorogusha dedi, buyog‘i prokol bo‘ladiganga o‘xshaydi, xotinim jaloba yozibdi, dvoejonstva uchun partiyadan o‘chirishlari mumkin”, dedi. Bilasiz, u paytda bunaqa masalalar strogiy edi. “Maratik uchun volnavatsa qilma, o‘zim opekamga olaman, sen Toshkentga ketaver, tez-tez borib turaman” dedi. “O-key” dedim... ... Nigorochka – Samarqandda. Tois, Nigorochka emas, Nargizochka! Nigorochka – Qo‘qonda...
107
Gde-to ikki yil oldin Samarqandga bordim. Nargizochkaning detdomiga kirdim. Detdom – tak sebe, ammo direktori nishtyak ekan! Dilda! Bo‘yi pachti ikki metr! “Bratan, dedim, Nargizochkadan xabar olishim qiyin, ishim ko‘p”, dedim. “Xotirjam bo‘ling, Nargizochkaga o‘zim otalik qilaman”, dedi. Uch kun mehmon bo‘ldim. Kr-r-rutoy erkak ekan! Molodes! Kstati... Dubayda bo‘lganmisiz? Obyazatelno boring! Texnika – pachti darom! Tilla – navalom! Arablar temperamentniy bo‘... nu mayli, bunisi nevajno…