Book · January 022 citations reads 484 author



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

Hurmatli do‘stlar!
Biz yurtimizdagi har bir ayol timsolida, avvalo buyuk zot – Ona siymosini 
ko‘ramiz. Shu bois “Avvalo onangizga va yana bir bor onangizga yaxshilik 
qiling”, degan muborak hadisga amal qilib, mo‘’tabar onalarimiz, qadrli opa-
singillarimiz, dilbar qizlarimizga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni insoniy 
burchimiz, deb bilamiz. Hazrat Mir Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, 
Sizlarning oldingizdagi bu qarzimiz haqqini, ming xazina bilan ham ado etib 
bo‘lmaydi. 


 103 
Biz yaxshi tushunamiz – xotin-qizlarning huquq va manfaatlari ta’minlangan 
jamiyatda albatta tinchlik, adolat, erkinlik va farovonlik bo‘ladi. Ayol baxtli 
bo‘lsa, oila va jamiyat ham albatta baxtli bo‘ladi. 
Barchamiz – Prezidentdan boshlab eng quyi bo‘g‘indagi rahbar va 
mutasaddilar, ana shu muhim mezonga amal qilib ishlashimiz zarur. Shundagina 
xalqimiz ham, Yaratgan ham bizdan rozi bo‘ladi. 
Aziz va muhtarama opa-singillar! 
Sizlarni 8-mart bayrami bilan yana bir bor chin qalbimdan qutlab, 
barchangizga sihat-salomatlik, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka 
tilayman. 
Doimo yaqinlaringiz, farzand va nabiralaringiz, el-yurtimiz ardog‘ida bo‘lib 
yurish nasib etsin! 
Umringiz uzoq, baxtingiz ziyoda bo‘lsin!
Go‘zal bayramingiz muborak bo‘lsin!
Barchangizga katta rahmat. 


 104 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning OAV da 
e’lon qilingan nutqidan 
 
Qadrli vatandoshlar! 
Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun 
milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma’naviy boylik, 
buyuk qadriyatdir. Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir 
kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning 
allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va 
hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin. Turkiy tillarning katta oilasiga 
mansub bo‘lgan o‘zbek tilining tarixi xalqimizning ko‘p asrlik kechmishi, uning 
orzu-intilishlari, dardu armonlari, zafarlari va g‘alabalari bilan chambarchas 
bog‘liqdir. Ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali jahonga o‘z 
so‘zini aytib kelganlar. Shu tilda buyuk madaniyat namunalarini, ulkan ilmiy 
kashfiyotlar, badiiy durdonalar yaratganlar. O‘tmishda o‘lkamizni bosib olgan 
turli yovuz kuchlar bizni avvalo o‘z tilimizdan, tariximiz va madaniyatimizdan, 
dinu diyonatimizdan judo qilishga qayta-qayta urindilar. Ular el-yurtimiz boshiga 
qanday azob-uqubatlar, kulfat va musibatlar solgani tarixdan yaxshi ma’lum. 
Ammo jasur va matonatli xalqimiz har qanday og‘ir sinovlarda ham o‘z ozodligi 
va istiqloli uchun mardona kurashdi. Bu yo‘lda behisob qurbonlar berdi. Har 
qanday zulm va zo‘ravonliklarga qaramasdan, o‘z ona tilini – milliy g‘ururini 
saqlab qoldi. Nafaqat saqlab qoldi, balki uni har tomonlama rivojlantirib, bugungi 
avlodlarga bezavol yetkazib berdi. Bu borada ma’naviy jasorat va fidoyilik 
ko‘rsatgan buyuk arboblarimiz, adib va olimlarimiz, ulamolarimiz, ulug‘ 
san’atkorlarimizning xotirasini bugun hurmat va ehtirom bilan yod etamiz. Ushbu 
qutlug‘ ayyomni bayram qilar ekanmiz, avvalo, 1989-yil 21-oktabr sanasini – 
“Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kunni eslashimiz o‘rinlidir. 
Yurtimizda mustabid tuzum hali o‘z hukmini o‘tkazib turgan g‘oyat og‘ir 
sharoitda xalqimizning taqdiri va kelajagini hal qiladigan bu qonunni qabul qilish 
biz uchun oson kechmagan edi.
Qonun loyihasi ikki marta umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan edi. Uning 
atrofida qanday qizg‘in bahs va tortishuvlar bo‘lib o‘tganini, o‘ylaymanki, 
ko‘pchilik yurtdoshlarimiz juda yaxshi eslaydi. Shaxsan men ham o‘shanda bu 
tarixiy jarayonlarning bevosita guvohi va ishtirokchisi bo‘lganman. Bu muhim 
hujjatning qabul qilinishida fidoyi va vatanparvar ziyolilarimiz, keng 
jamoatchilikning qat’iy shijoati hamda Birinchi Prezidentimiz muhtaram Islom 
Abdug‘anievich Karimovning siyosiy irodasi katta o‘rin tutdi. O‘zbek tili davlat 
tili sifatida xalqimizni birlashtiradigan, jamiyatimizni ulug‘ maqsadlar sari 


 105 
safarbar etadigan qudratli kuch bo‘lib maydonga chiqdi. Ayni vaqtda u 
O‘zbekistonning davlat mustaqilligi sari qo‘yilgan birinchi dadil qadam edi. Bu 
qonun xalqimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilash yo‘lidagi azmu qarorining yorqin 
namoyoni bo‘ldi. Oradan ikki yil o‘tib, O‘zbekiston Respublikasining davlat 
mustaqilligi aynan ona tilimizda jahonga e’lon qilindi.
Mamlakatimizning Asosiy qonuni – Konstitutsiyamizning o‘zbek tilida 
yaratilishi uning nufuzini yanada yuksaltirdi. Yurtimiz bo‘ylab va xalqaro 
maydonlarda ona tilimizda yangrayotgan Davlat madhiyasi ham qalblarimizda 
Vatan tuyg‘usini jo‘sh urdiradi. O‘zbek tili o‘tgan yillar davomida 
mamlakatimizdagi yuzdan ortiq millat va elat vakillarini o‘zaro bog‘laydigan 
mehr-oqibat tiliga aylandi.
Bundan besh asr muqaddam hazrat Alisher Navoiy: 
“Turk nazmida chu men tortib alam, 
Ayladim ul mamlakatni yakqalam”, deb yozgan edi. Ya’ni, ul zot ona tili 
bayrog‘ini baland ko‘tarib, butun el-ulusni, yurtlarni shu bayroq ostida 
birlashtirdim, deb iftixor qilgan. Barchamizga yaxshi ayonki, ona tili – millat 
ma’naviyatining mustahkam poydevoridir. Ulug‘ ma’rifatparvar bobomiz 
Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek, har bir millatning dunyoda borligini 
ko‘rsatadigan oyinai hayoti – bu uning milliy tili va adabiyotidir. Shu ma’noda 
dunyo hamjamiyatidan munosib o‘rin egallashni maqsad qilib qo‘ygan har qaysi 
davlat avvalo o‘z xalqining milliy tili va madaniyatini asrab-avaylashga, 
rivojlantirishga intiladi. Mustaqillik yillarida ona tilimizni tom ma’noda davlat 
tiliga aylantirish yo‘lida katta chora-tadbirlar amalga oshirildi. 
Shu o‘rinda bir fikrga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Hozirgi kunda Yer 
yuzida 7 mingdan ziyod til mavjud bo‘lsa, ularning faqat 200 ga yaqini davlat tili 
yoki rasmiy til maqomiga ega. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, o‘zbek tiliga 
davlat tili maqomini huquqiy jihatdan muhrlab bergan mazkur qonunning 
xalqimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Bu tarixiy voqeadan so‘ng 
lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish haqida yana bir muhim 
qonun qabul qilindi. 

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin